O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 5.15 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Амалий mashg‘uloti ta‘lim tехnоlоgiyasining mоdеli
- ZUXRASOCH VA SUV QIRQQULOGI
- 14-mavzu: Bo‘lim. Qarag‘aytoifa (ochiq urug‘li o‘simliklar) (‘ino’hyta) Ginkgonomalar (Linkgooles) qabilasi. Ginkgo bilobaning
- I. N. Gorojonkin (1880 y)
- G. Gallir
Spora beruvchi boshoqlarda yetishgan sporalar tashqariga chiqqach suv yoki shamol yordamida tarqaladi. O'sish uchun qulay sharoitga tushgan sporalarning ayrimlaridan erkak o'simta, ayrimlaridan esa urg'ochi o'simta unib chiqadi. Erkak o'simta kichkina, chetlari bo'lingan. Undagi anteridiyda ko'p xivchinli spermatozoidlar yetishadi. Urg'ochi o'simta esa erkak o'simtadan biroz kattaroq bo'lib, undagi arxegoniy ichida tuxum hujayra hosil bo'ladi. Spermatozoidning tuxum hujayrasiga kelib qo'shilishi (urug'lanish) qirqbo'g'imlarda faqat suvda amalga oshadi. Urug'langan tuxum hujayradan hosil bo'lgan murtak o'sib yangi o'simlik — sporafitni hosil qiladi. Yozning boshlarida dala qhqbo'g'imining ildizpoyasidan yozgi poya o'sib chiqadi. 212 Bu poya nozik, yashil va shoxlangan bo'ladi. U organik moddalar tayyorlash va uni ildizpoyada to'plash uchun xizmat qiladi. Qirqbo'g'imlar sporalari orqali ko'payishdan tashqari ildizpoyalari orqali vegetativ yo'l bilan ham ko'payadi. O'zbekistonda qirqbo'g'imning sershox qirqbo'g'im deb nomlanadigan ikkinchi turi ham o'sadi.. 213 13-mavzu: Bo‘lim. Qirqquloqtoifa (Paportotniktoifa) (‘oly’odio’hyta) Polipodiumkabilar sinfchasi. Polipodiumdoshlar oilasi. O‘rmon qirqqulog‘i. Амалий mashg‘uloti ta‘lim tехnоlоgiyasining mоdеli O`quv vaqti: 80 minut Talaba sоni O`quv mashg`ulоtining tuzilishi Амалий mashg`ulоt rеjasi O`quv mashg`ulоtining maqsadi: Pomidor, o‗rik, yong‗oq, karam, no‗xat barglari misolida oddiy va murakkab barglarni barg joylanishini va shakli o‗zgargan barglarni o‗rganish. G‗o‗za va tut bargi misolida ikki pallali o‗simliklar, makkajo‗xori bargi misolida bir pallali o‗simliklar bargining anatomik tuzilishini o‗rganish. Pеdagоgik vazifalar: Talabalar tоmоnidan o`zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish va bahоlash O`quv faоliyatining natijalari: Talabalarni mavzu bo`yicha bilimlarini ko`rsatadilar. Ma‘lumotlalarni rеja asоsida оchib bеradilar Ta‘lim usullari BBB - texnologiyasi O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli Guruхiy Ta‘lim vоsitalari Mavzuga oid rasmlar, jadvallar Qayta alоqa usullari va vоsitalari Savоl - javоb Амалий mashg`ulоtining tехnоlоgik хaritasi Ishlash bоsqichlari, vaqti Faоliyat mazmuni O`qituvchining Talabaning 1 - bоsqich O`quv хujjatlarini to`ldirish, davоmat оlish 5 daq. Kirish 5 daq. 1. Talabalarni pеd. Tехnоlоgiya talablari asоsida 2 ta guruхga bo`ladi va tоpshiriqlar bеradi. 1-gurux: 2-gurux: Talabga muvоfiq guruхlarga bo`linadilar va tоpshiriqlarni qabul qilib оladilar 2 - bоsqich Asоsiy 20 daq. davоmida guruхlarda ishlash, 30 daq. davоmida хar bir guruх 15 daq. chiqish qiladi. Хar bir guruхga tоpshiriq ustida ishlashini nazоrat qilib zaruriy ko`rsatmalarni va yordamini bеrib bоradi. Хar bir guruх o`z tоpshirig`i ustida ishlaydi, markеrlar yordamida klastеr, sхеma yoki turli jadvallarni chizib to`ldirib bоradi. Guruхlardan 2 ta (va bundan оrtiq) ishtirоkchi tоpshiriq bo`yicha chiqish qiladilar 3 - bоsqich. Talabalarni bahоlash 20 daq. Mavzu bo`yicha хulоsa qilish. Хar bir guruх faоliyati tavsiflanadi va guruхning хar bir ishtirоkchisi qanday baхоlanganligi aytiladi Хar bir talaba o`z faоliyati baхоsini eshitadi va e‘tirоzi bo`lsa aytadi. Mashg`ulоt yuzasidan mulохazalari bo`lsa bildirishi mumkin. Yer yuzida qirqquloqlarning 10 000 ga yaqin turi tarqalgan. O'rta Osiyoda qirqquloqdoshlar oilasiga mansub 32 tur o'sadi. Shulardan 10 turkumga kiruvchi 15 turi O'zbekiston hududida tarqalgan. Qirqquloqlarga ildizpoyali ko'p yillik o'tlar kiradi. Faqat tropik va subtropik mintaqalardagina ularning daraxtsimon vakillari uchraydi. Yer betiga qirqquloqlarning bir to'p patsimon qirqilgan uzun barglari o'sib chiqadi. Yosh barglarning uchi o'ralgan bo'lib, barg o'sgan sari yozila boradi. 214 ZUXRASOCH VA SUV QIRQQULOG'I Qirqquloqlar o'sishi jihatidan qirqbo'g'imlarga o'xshasa ham, lekin bargining yirikligi va spora beruvchi boshoqlarining bo'lmasligi bilan ulardan farq qiladi. Qirqquloqlarning sporalari barglarining ostki tomonida yoki chetida joylashgan qo'ng'ir rangli bo'rtmalar (soruslar) ichiga joylashgan sporangiylarda yetishadi. Qirqquloqlarning ko'payishi ham xuddi qirqbo'g'imlarnikiga o'xshash jinssiz va jinsiy bo'g'inlarning gallanishi bilan sodir bo'ladi. Soruslardagi sporangiylar ichida yetilgan sporalar sporangiy po'sti yorilgach tashqariga chiqadi va shamol yoki suv yordamida tarqaladi. Nam tuproqqa tushgan sporadan gametafit o'sib chiqadi. Qirqquloqlarning gametafit bo'yi 1 sm keladigan, yashil, yupqa va yuraksimon bo'lib, pastki qismidagi rizoidlari bilan tuproqqa yopishib turadi. Lekin u uzoq yashamaydi. Gametafitdagi anteridiylarda ko'p xivchinli harakatchan spermatozoidlar, arxegoniylarda esa tuxum hujayra yetiladi. Yomg'ir paytida anteridiy va arxegoniy uchidan ochiladi va anteridiydan chiqqan spermatozoidlar arxegoniylar ichiga kirib, tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak hosil bo'ladi. Murtak esa o'sib yangi qirqquloqni hosil qiladi. Qirqquloqlardagi vegetativ ko'payish ildizpoyalari orqali sodir bo'ladi. O'zbekistonda qirqquloqlar asosan tog'lardagi o'rmonlarda, qoyalar soyasida, g'orlar ichidagi sernam tuproqlarda o'sadi. Bularga misol qilib, zuxrasoch qirqquloq va suv qirqqulog'ini keltirish mumkin. Zuxrasoch ildizpoyali ko'p yillik o't. Bargi (poyasi) keng nashtarsimon, uzunligi 10—40 sm, 2-3 karra patsimon bo'lingan. Barg bo'laklari ham qisqa bandli, pastki tomonida soruslar joylashgan, sporalari iyun-avgust oylarida hosil bo'ladi. 215 Zuxrasoch tog'larda qoyalarning yoriqlarida, soya joylarda, buloqlarning bo'ylarida o'sadi. Qirqquloqlarning O'zbekistonda suvda o'sadigan vakili suv qirqqulog'idir. Suv qirqqulog'i suv yuzida suzib yuradigan ipsimon ildizpoyali mayda o'simlik. Barglari (poyalari) 3 tadan bo'lib joylashgan. Ulardan 2 tasi yashil, poyaning ikki tomonida o'rnashgan, yassi, uchinchisi suv ichida osilib turadi, mayda ipsimon bo'laklarga ajralgan. Sporali mevasi 4—8 ta, ular suvdagi bargning asosida o'rnashgan. Suv qirqqulog'i O'zbekistonning ko'pchilik viloyatlaridagi suvlarda o'sadi. Uning sporali mevasida har xil sporalar hosil bo'ladi. 14-mavzu: Bo‘lim. Qarag‘aytoifa (ochiq urug‘li o‘simliklar) (‘ino’hyta) Ginkgonomalar (Linkgooles) qabilasi. Ginkgo bilobaning gerbariy materiallaridan, kiparisnomalar qabilasi Амалий mashg‘uloti ta‘lim tехnоlоgiyasining mоdеli O`quv vaqti: 80 minut Talaba sоni O`quv mashg`ulоtining tuzilishi Амалий mashg`ulоt rеjasi O`quv mashg`ulоtining maqsadi: Pomidor, o‗rik, yong‗oq, karam, no‗xat barglari misolida oddiy va murakkab barglarni barg joylanishini va shakli o‗zgargan barglarni o‗rganish. G‗o‗za va tut bargi misolida ikki pallali o‗simliklar, makkajo‗xori bargi misolida bir pallali o‗simliklar bargining anatomik tuzilishini o‗rganish. Pеdagоgik vazifalar: Talabalar tоmоnidan o`zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish va bahоlash O`quv faоliyatining natijalari: Talabalarni mavzu bo`yicha bilimlarini ko`rsatadilar. Ma‘lumotlalarni rеja asоsida оchib bеradilar Ta‘lim usullari BBB - texnologiyasi O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli Guruхiy Ta‘lim vоsitalari Mavzuga oid rasmlar, jadvallar Qayta alоqa usullari va vоsitalari Savоl - javоb Амалий mashg`ulоtining tехnоlоgik хaritasi Ishlash bоsqichlari, vaqti Faоliyat mazmuni O`qituvchining Talabaning 1 - bоsqich O`quv хujjatlarini to`ldirish, davоmat оlish 5 daq. Kirish 5 daq. 1. Talabalarni pеd. Tехnоlоgiya talablari asоsida 2 ta guruхga bo`ladi va tоpshiriqlar bеradi. 1-gurux: 2-gurux: Talabga muvоfiq guruхlarga bo`linadilar va tоpshiriqlarni qabul qilib оladilar 2 - bоsqich Asоsiy 20 daq. davоmida guruхlarda ishlash, 30 daq. davоmida Хar bir guruхga tоpshiriq ustida ishlashini nazоrat qilib zaruriy ko`rsatmalarni va yordamini bеrib bоradi. Хar bir guruх o`z tоpshirig`i ustida ishlaydi, markеrlar yordamida klastеr, sхеma yoki turli jadvallarni chizib to`ldirib bоradi. 216 хar bir guruх 15 daq. chiqish qiladi. Guruхlardan 2 ta (va bundan оrtiq) ishtirоkchi tоpshiriq bo`yicha chiqish qiladilar 3 - bоsqich. Talabalarni bahоlash 20 daq. Mavzu bo`yicha хulоsa qilish. Хar bir guruх faоliyati tavsiflanadi va guruхning хar bir ishtirоkchisi qanday baхоlanganligi aytiladi Хar bir talaba o`z faоliyati baхоsini eshitadi va e‘tirоzi bo`lsa aytadi. Mashg`ulоt yuzasidan mulохazalari bo`lsa bildirishi mumkin. Paporotniksimonlar - Pterophyta. Bular qadimiy o`simliklar bo`lib hisoblanadi. qadimiyligi bilan ular riniofit va plaunsimonlardan keyin turadi. Geologik kelib chiqishi tahminan qirq bo`g`imsimonlar bilan bir davrga to`g`ri keladi. Poporotniklar 300 avlod va 10000 turni o`z ichiga oladi. Bular cho`l, dasht, botqoqlik, ko`llar, sho`r suvlar va o`rmonlarda hayot kechiradi. Тropik iqlim sharoitida o`suvchi vakillarinnig balandligi 25 - 30 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetadi. Mayda vakillari bir necha mm ni tashkil qiladi. Paporotniklar barglari yirik patsimon bo`lib, ular yer usti poyasida va yer osti ildiz poyasida spiral shaklida joylashadi. Poporotniksimonlar sporadan ko`payadi. Sporalar sporangiyda, barglarda to`p- to`p bo`lib joylashgan soruslarda yetishadi - sporalar paydo bo`lish oldidan reduksion yo`l bilan bo`linadi. Sporalardan yangi yuraksimon o`simta rivojlanadi. Bu o`simtalardan urg`ochi jinsiy organ-arxegoniyli va erkak jinsiy organ-anteridiy vujudga keladi. Urug`lanish nam yoki kuchli yomg`ir, shudringda ro`y beradi. Paporotniklar, suvda urug`lanadi. Paporotniksimonlar 2 sinfga: dastlabki paporotniklar va chin paporotniklarga bo`linadi. 217 Dastlabki paporotniklar sinfi vakillari faqat qazilma holda topilgan. Ular hozirgi paporotniklardan kalta bo`yi, barglarining maydaligi, poyasining yaxshi o`smaganligi bilan farq qiladi. Hozir dastlabki paporotniklarning 60 ga yaqin turlari borligi aniqlangan. Chin poporotniklar sinfi. Bunga kazilma holldagi va hozirgi vaqtda uchraydigan paporotniklar kiradi. Polebotanika fani chin paporotniklar yuqori perm davrida paydo bo`lgan deb hisoblaydi. Chin paporotniklar sinfi 2 ta tartibga bo`linadi: chin yoki teng sporali hamda suv paporotniklar yoki har xil sporali paporotniklar. Savollar: 1. Yuksak o`simliklarni tuban o`simliklardan farqi nimalardan iborat? 2. Nima uchun arxegonial o`simliklar deyiladi? 3. Arxegonial o`simliklarga qaysi bo`lim o`simliklari kiradi? 4. Moxsimonlarning jinsiy ko`payishi organlari nima deb ataladi? 5. Plaunsimonlar qanday o`simliklar? 6. qiriqbo`g`inlar qanday o`simliklar? 7. Paporotniklarning otalik jinsiy gametalari kayerda hosil bo`ladi va qanday nomlanadi? 8. Soruslarning hosil bo`lishi qaysi o`simliklarga xos? 14-mavzu: Bo‘lim. Qarag‘aytoifa (ochiq urug‘li o‘simliklar) (‘ino’hyta) Ginkgonomalar (Linkgooles) qabilasi. Ginkgo bilobaning gerbariy materiallaridan, kiparisnomalar 1. quruqlik sharoitida yashaydigan va urug` yetishtiradigan yuksak o‘simliklar urug`li o‘simliklar deb ataladi. Bu o‘simliklarda urug` bo‘lishi bilan arxegonial yuksak o‘simliklardan, ya‘ni moxlar, riniofit, plaun, qiriqbo‘g`im va paparotniklardan tubdan farq qiladi. Hozirgi zamon yuksak urug` yetishtiruvchi o‘simliklar asosan yuqorida aytilgan sporali yoki arxegoniylardan kelib chiqqan. Urug`li o‘simliklar ikki bo‘limga: ochiq urug`lilar (Gymnospermaye)va yopiq urug`lilar (Angiospermaye) ga bo‘linadi. 2. Ochiq urug`lilar qadimiy o‘simliklar bo‘lib, ularning qadimiy avlodlari toshko‘mir davrining oxirlarida yashaganlar. Jumladan urug`li paporotniklar, bennettitlar, keytonlilar yo‘qolib ketib, qazilma holda saqlanib qolganlar. Ginkoviylar, velvichiyalarni bittadan turi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda qarag`aylar, sagovniklar, gnetoviylar keng tarqalgandir. Yer yuzida ochiq urug`lilarning hozir 660 turi mavjud bo‘lib, asosan daraxt, qisman buta va liana turlari uchraydi. Shoxlanishi monopodial bo‘lib, poyasi kambiy va fellogen to‘qimalarining faoliyati natijasida o‘ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi yugonlashish xususiyati bilan yopiq urug`li o‘simliklarga yaqin tursada gistologi elementlaridan- tarxeyalardan tuzilganligi va o‘tkazuvchi bog`lamlar yo‘qligi bilan ulardan farq 218 qiladi. Bargining tuzilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. 1. gr megofil linyasi bo‘yicha poporotniklarga o‘xshash barglar. 2 gr mikrofil linyasi bo‘yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi 2-5 yilda to‘kiladi. Ochiq urug`lilar doimiy yashil o‘simliklar bo‘lib, ildizi-asosiy va yon ildizlardan iborat, mikoriza hosil bo‘ladi. Ochiq urug`li o‘simliklarning xarakterli xususiyatlaridan biri urug` va urug` kurtakni ochiq bo‘lishidir. Ularning urug`lari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda ochiq holda joylashadi. Urug`kurtak megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan bo‘lib, tashqi tomonidan intgument bilan o‘rab olingan. Megosporofilning otalanishidan urug` rivojlanadi. Ochiq urug`lilarning muhim xususiyatlaridan biri spermatozoidning spermiyaga aylanishidir. Spermiyani hosil bo‘lishi bu o‘simliklarni suvsiz muhitida ham otalanishiga imkon yaratib beradi. Ochiq urug`lilar MDH ning shimoliy qismida, Uralda, Markaziy Osiyoda va Kavkazda keng tarqalgandir. Ochiq urug`lilarnig kelib chiqishi, klassifikatsiyasi olimlar orasida jonli munozaraga sabab bo‘lmoqda. Barcha arxegonial o‘simliklar uchun xos xususiyat (moxsimonlardan to ochiq urug`lilargacha) tuxum xujayraning arxegoniyda hosil bo‘lishidir. Ochiq urug`lilarning tarqqiy etgan shakillarining hosil bo‘lishi yopiq urug`lilarning hosil bo‘lish davriga - devon davriga to‘g`ri keladi. Ochiq urug`lilar quyidagi 3 ta sinfga bo‘linadi. 1-sinf Sagovniklar. 2-sinf qubbalilar 3-sinf qobiqli urug`lilar. qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag`aylar tartibiga bo‘linadi. qarag`aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko‘mir davrining oxiri karbon davrining boshida keng tarqalgan. Yura davrida barq urib rivojlangan. qarag`aylarning 560 turi mavjud bo‘lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo‘linadi. qarag`aylar oilasi Pinaceaye. qarag`aylar oilasi vakillari MDH xududida keng tarqalgan o‘simliklardir. Bu oilaga quyidagi turlar kiradi: oddiy qarag`ay - sosna, qoraqarag`ay - Yel, Тilog`och - list vennitsa, Oq qarag`ay - pixta, barglari qisqa ninasimon bo‘lib, mutyovka shaklida yoki juft bo‘lib joylashadi. Ildizi yaxshi rivojlangan bo‘lib, yon ildizlar hosil qiladi. qarag`ay bir uyli ayrim jinsli o‘simlikdir. Ochiq urug`lilarning ko‘payishini oddiy qarag`ay Pinus sibirica misolida qurib chikamiz. qarag`ay tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bo‘yi 50 m balandlikka yetadi, 400 yil hayot kechiradi. Sporafill erkak va urg`ochi qubbada hosil bo‘ladi. qubbalar bitta o‘simlikda joylashadi. Uzunligi 4-5 sm, diametri 3-4 sm bo‘lib, unda spiral ravishda mikrosporofill joylashgan bo‘lib, chang hosil qilishga xizmat qiladi. Mikrosporofill tuximsimon shaklda bo‘lib, unda ko‘p miqdorda mikrospora hosil bo‘ladi. Mikrospora bir yadroli, tashqi tomondan intina va ekzina qavati bilan o‘ralgan bo‘lib, yonida 2 ta to‘rsimon havo pufakchasini hosil qiladi. Mikrosporaning unishidan erkak gametofit - chang hosil bo‘ladi. Mikrospora ikkiga bo‘linib, undan ikkita xujayra hosil bo‘ladi. (anteridiyli va vegetativ). Anteridiyli xujayra sperma hosil qilishga xizmat qilsa, vegetativ xujayra spermani tuxum xujayraga yetkazib beriishga xizmat qiladi. 219 Urg`ochi qubbalar yosh novdaning uchida joylashadi. qubbaning asosiy o‘qida tangachalar joylashgan bo‘lib, unda ikkitadan urug`kurtak hosil bo‘ladi. Urug`kurtak nutselus va integumentdan tuzilgan bo‘ladi. Nutselus tuxumsimon bo‘lib, ustidan integument o‘rab turadi. Nutselusning qubba o‘qiga qaragan qismida chang kirishi uchun yo‘l - mikropill joylashgan bo‘ladi. Nutselus markazida dastlab bitta xujayra joylashib, unnig bo‘linishidan 4 ta megospora hosil bo‘lsa, undan 3 tasi xalak bo‘ladi yoki undan endosperm hosil bo‘ladi. Erkak qubbadagi chang urug`kutrakka tushib una boshlaydi. Dastlab changning ekzina qavati yorilib vegetativ xujayra chang nayini hosil qiladi. Ikkinchi xujayra anteridial xujayra 2 ga bo‘linib, spermagenli xujayrani hosil qiladi. Spermagenli xujayraning bo‘linishidan 2 ta sperma hosil bo‘ladi. Bu sperma tuxum xujayrasini otalantiradi. Ochiq urug`lilarning changlanishidan otalanishigacha 13 oy vaqt o‘tadi. Undan murtak (2n) rivojlanadi. Murtakni rivojlanishi endospermdagi zapas oziq moddalar xiosbiga ro‘y beradi. Murtakda ilidzcha, poyacha va barga joylashgan bo‘ladi. Murtakni tashqi tomonidan endosperma o‘rab turadi. Urug`kurtak rivojlanib urug` hosil qiladi. Changlanish jarayoni o‘tgandan keyin ikkinchi yil urug` yetiladi. Bu vaqtda qubbalar 4-6 sm uzunlikka ega bo‘ladi. Shunday qilib, ochiq urug`lilar poporotniklarga nisbatan bir qancha belgilari bilan xarakterlanadi. Jumladan gametofit umuman mustakilligini yo‘qotgandir, ular sporafitdan hosil bo‘ladi. Otalanish suvsiz muhitda ro‘y beradi. qarag`ayda uch xil qubbalarni ko‘rish mumkin. 1. qizil mayda qubbalar changlanish ro’y beradi. 2. Yashil yirik qubbalarda otalanish ro’y beradi. 3. Jigar rang qubbalarda urug` hosil bo’ladi. Ochiq urug`lilarda jinsiy jarayonni rus olimi professor I. N. Gorojonkin (1880 y) o‘rgangan. 3. Ochiq urug`lilarning halq xo‘jaligidagi ahamiyati. Ochiq urug`lilar juda katta maydonlarda Тayga o‘rmonlarini hosil qiladi. Тayga o‘rmonlarida o‘ziga xos biotsenoz hosil bo‘ladi. Natijada turli hayvonlar, xashoratlar, qushlar turlarini oziqlanishi va ko‘payiishi uchun sharoit vujudga keladi. O‘rmonlar suv va tuproqni eroziyadan saqlaydi. Kurilish materiali hisoblanadi. Yogochsozlik sanoatining xom ashyo bazasidir. Ingichka barglilardan viskoza, ipak, sellioza, balzam, smola, spirt, uksus kislotasi, oshlovchi moddasi olinadi. Sibir qarag`ayi urug`i tarkibida 79 % gacha yog` mavjud. Medetsina sanoatida vitamin-lar, preparatlardan pinobin olinadi. Halq medetsinasida nerv kasallarini davolashda, tuberkulyoz, buyrak, siydik qopini, gemorroye kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Faqat yog`ochdan 20 mingdan ortiq turli material va modda olinadi. Bir kub metr yog`ochdan 1,5 ming m. sun‘iy ipak yoki 600ta trikotaj kostyum yoki 200 kg qog`oz olinadi. O‘rmon boylik deb bejiz aytilmagan. 4. Yopiq urug`li o‘simliklar. Yopiq urug`lilar (Angiospermaye) yoki gullik o‘simliklar mezozoy erasining bor davrida hosil bo‘lgan bo‘lib, o‘simliklar ichida 220 eng yuksak tuzilgan organizmlar hisoblanadi. Bu o‘simliklarning xarakterli xususiyatidan biri gulning hosil bo‘lishidir. Guldagi urug`chi tugunchasida tuxum xujayrasi joylashib otalangan tuxum xujayrasining rivojlanishidan urug` hosil bo‘ladi. Urug`chi tugunchasining rivojlanishidan urug`ni tashqi tomonidan o‘rab turuvchi meva hosil bo‘ladi. Shuning uchun gullik o‘simliklar yopiq urug`lilar deb nomlanadi. Yopiq urug`li o‘simliklar hayotida sporofit nasil ustun bo‘lib, jinsiy nasl ochiq urug`lilarga nisbatan qisqarganligi bilan xarakterlanadi. Yopiq urug`lilarning xarakterli xususiyatlaridan biri qo‘sh urug`lanishi jarayonining sodir bo‘lishidir. Yopiq urug`lilar xar xil tashqi muhit sharoitiga moslanish xususiyatiga ega bo‘lib, yer sharining turli tabiat zonalarida keng tarqalgandir. Тashqi muhit sharoitiga moslashishda yopiq urug`lilar o‘ziga xos vegetativ va generativ organlar hosil qiladiki bular o‘ziga xos tuzilishga ega, ularni avlodini tiklanishiga imkon yaratib beradi. 5. Yopiq urug`lilarnig kelib chiqishi haqida hozirgacha aniq ma‘lumotlar yo‘q. Ba‘zi botaniklar, yopiq urug`lilar ochiq urug`lilardan kelib chiqqan, degan fikrni o‘rtaga tashlaydilar. Hozirgi zamon sistematiklarining aksariyati yopiq urug`lilar-ning dastlabki vakillari - urug`li poporotniklar deb hisoblaydilar. Yopiq urug`lilarnig kelib chiqishi va vatanini sernam tropiklarga bog`laydilar. Biroq qaysi tropik tuman yopiq urug`lilarnig vatani hisoblanadi, degan muammo xal qilingancha yo‘q. Botanik G. Gallir yopiq urug`lilarning vatani okean ostida qolib ketgan Panfik materigi deb hisoblaydi. Professor M. I. Galenin ularni kelib chiqqan vatani Angarid bilan Okeaniya, I. Beyli giponetik materik Gondvan, A. Тaxtajyan Sharqiy Osiyodagi qadimgi materik - Kataziya deb hisoblaydi. Sernam tropiklarda gulli o‘simliklarning 80% i, ya‘ni 120 mingga yaqin daraxt va buta o‘simliklarning 221 mavjudligi, shu xududlarni yopiq urug`lilarnig kelib chiqishini boshlangich markazi ekanligini isbotlaydi. Yopiq urug`li o‘simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar va bir pallalilar sinfiga bo‘linadi. Ikki pallalilar va bir pallalilar sinfi vakillari bir qancha anatomik va morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Savollar: 1. Ochiq urug`li o‘simliklar paparotniksimonlardan nima bilan farqlanadi? 2. Nima uchun ochiq urug`li o‘simliklar deyiladi? 3. Ochiq urug`li o‘simliklarda qanday hayot shakillari mavjud? 4. Ochiq urug`li o‘simliklar qanday ko‘payadi? 5. Yopiq urug`li o‘simliklarni ochiq urug`li o‘simlilkrdan farqi nimada? 6. Yopiq urug`li o‘simliklar qaysi o‘simliklardan kelib chiqqan? Download 5.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling