O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Elektr stantsiya va podstantsiyalarning tavsifi va ularni turkumlashtirish
Download 0.56 Mb.
|
Stansiya va potstansiya maruza
Elektr stantsiya va podstantsiyalarning tavsifi va ularni turkumlashtirish.
Reja:
1. O`zbekiston respublikasidagi yirik elektr stantsiyasi va podstantsiyalarning tavsifi. 2. Elektr stantsiya va podstantsiyalarni turkumlashtirish. Hozirgi vaqtda vatanimiz O`zbekiston Respublikamizda 43 dan ortiq elektr stantsiya mavjud bo`lib, ularning umumiy quvvati 14278 MVt. ni tashkil etadi. Mana shu quvvatning 12400 MVt qismi issiqlik elektr stantsiyalariga to`g`ri keladi. O`zbekistondagi yirik IES lar: Sirdaryo IES-3000 MVt, Toshkent IES-1860 MVt, Novo-angren-2100 MVt, Navoiy IES- 1678 MVt. Gidroelektr stantsiyalardan (GES), eng yirik bu CHorvoq elektr stantsiyasi quvvati 620 MVt. Hozirgi vaqtda O`zbekiston Respublikasida atom elektr stantsiyasi yo`q, lekin yaqin 8 yilda AES qurish ko`zda tutilmoqda. Yirik GES O`zbekistonda bo`lmasa ham. Markaziy Osiyoda bir qator GES lar mavjud. Bular : Norak GESi, Tog`dagul GESi, Poypazin GESi va boshqalar. EEIU va T fanida bizlar O`zbekiston elektr sistemasi markaziy Osiyo va Janubiy Qozogiston birlashtirilgan elektr sistemasining asosini tashkil etishini ta’kidlab o`tgan edik. Mana shu GESlar bilan O`zbekiston elektr sistemasi 500 kv li o`ta yuqori EUY bilan bog`liq. Hozirgi vaqtda elektr energiyasi quyidagi turkumdagi elektr stantsiyalarda ishlab chiqariladi: Issiqlik elektr stanstsiyalarida (IES). Bu tipli IES ikkiga bo`linadi: issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stantsiyalar (IEIS) va faqat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stantsiyalardir. Bu turli elektr stantsiyalarni kondensatsion elektr stantsiyalar deyiladi (KES). Gidroelektr stantsiya (GES) va gidroakkumlyatsion elektr stantsiya (GAES) Atom elektr stantsiyalar (AES). Dizel’ elektr stantsiyalar (DES). Quyosh elektr stantsiyalar (QES). Geotermal’ elektr stantsiyalar (GYOTES). Bu tipli elektr stantsiyalar er ostidagi (qatlamidagi) issiqlik suv hisobidan elektr energiya ishlab chiqariladi. SHamol elektr stantsiyalar (SHES). Umuman elektr podstantsiyalarni shartli ravishda quyidagicha ajratiladi. Sistema tashkil etuvchi podstantsiyalar, masalan «korakul» podstantsiyasi, kuchlanishi 500/220/110 kV «Guzor» podstantsiyasi, kuchlanishi 500/220/110 kV va boshqalar. O`zbekistonda hammasi bo`lib bu turli elektr podstantsiya 5-8 ta Tugun elektr podstantsiyalar, masalan «Buxoro» kuchlanish 220/110/35 kV podstantsiya bu turli elektr podstantsiya O`zbekistonda 20-30 ta Taqsimlovchi elektr podstantsiyalar - bu turli podstantsiyalar eng katta turkumni tashkil etadi va elektr energiyasini bevosita iste’molchilarga etkazib beradi. Masalan, Buxoro viloyatning har bir tumanida 350-450 ta 10/0,4 yoki 6/04 podstantsiyalar mavjud. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling