O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 0.56 Mb.
|
Stansiya va potstansiya maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Nazorat savollar.
1.Transformatorlarning pasport kattaliklari. 2. Transformatorlarning aktiv va reaktiv quvvat isroflari. 3.YUklantirish kaeffitsenti. 4. Transformatorlarni tanlash. 5.Avto transformatorlar. 6.Elektr yoyini uchirish usullari. 7. Transformatorlarni sovo`tish usullari.
Elektr yoyi, himoya vositalari Ma’ruza №4 Elektr stantsiya va podstantsiyalarning kommutatsion apparatlari. Reja:
O`chirgichlari. Ajratgichlar, ayirgich va qisqa tutashgichlar. Umuman o`chirgichlar avvalo yoyni uchirish usuli bilan, keyin kuchlanish bilan farq qiladi. Yuqori kuchlanishli o`chirgichlar ya’ni 1000 V dan katta katta kuchlanishli va 10000 V dan past kuchlanishli o`chirgichlar. Yuqori kuchlanishli o`chirgichlarga mansub, eng keng kullaniladigan moyli o`chirgichlarni kurib chiqamiz. Bu o`chirgichlarda, tokli zanjirlarning qutblari alohida izolyatsiya hossasiga egamoy muyitda joylashadi. Moy bu tipli o`chirgichlarda gazogenerator, ya’ni gaz ishlab chikish uchun hizmat qiladi. Qutblar ajrashayotgan vaqtda, yoy paydo bo`lish natijasida harorat oshadi, moy kuyib gaz- suyuklik aralashmasi paydo qiladi. Mana shu arlashma yoyni chuzib tez sundiradi. Moyli o`chirgichlar ikki tipga bo`linadi. Bu bakli (katta idishli) moy o`chirgichlar va kam moyli o`chirgichlar. Bakli o`chirgichlarda har uchala faza bir katta idishda (bakda) joylashtiriladi. Bu erda moy ham izolyatsiya ham yoy uchirish vositasi bo`lib hizmat qiladi. Qutblar katta tezlik bilan ajrashayotgan paytda ular orasida elektr yoy yona boshlaydi. YOy harorati ta’sirida moy portlab, gazsimon vodorod va gazga parchalanadi. Vodorod, gaz va moy bugi pufak paydo qiladi. Pufakning bosimi katta tezlikda ortadi. Natijada yoy pufak ta’siri ostida chuziladi va shu bilan bir vaqtda, vodorodni issiqlik utkazuvchanligi tufayli yoyning harorati tushadi. YOyning chuzilishi va harorati pasayishi tufayli yoy tez sundiriladi. Masalan bakli o`chirgich MKP-35-1000-25 AU yoyni uchirish vaqti 0,08 sek. Bakli o`chirgichlar: MKP-35, S-35M, U-110A, VT-35, U-220B. Harfli belgilardan keyingi rakam, o`chirgichning kuchlanishini bildiradi. Kurinib turibdiki, bakli o`chirgichlar 35, 110, 220 kVli yuqori kuchlanishlarga ishlab chiqariladi. Kam moyli o`chirgichlarda har bir faza qutblari alohida idishlarda joylashtiriladi. Bu erda moy faqat yoy uchirish vositasi bo`lib hizmat qiladi. O`chirgichlarning geometrik ulchamini kamaytirish maqsadida, har bir qutb alohida yoy uchirish kamerasida joylashtiriladi. Bu kameraning tuzilishi har kaysi o`chirgichlarda har hil. Kam moyli o`chirgichlarga misollar: MKPE-10, VMGE-10, VMGE-35, VMT-110B, VMT-220B. Havo o`chirgichlarida yoy uchirish kamerasi mavjud. Bu kameralar ma’lum bosimli havo puflash tuzilma vositasi bilan yoyni uchiradi. 500, 750 kV elektr tarmoqlarda faqat havo, o`chirgichlari kullaniladi. Havo o`chirgichlariga misol: VVU-35A, VVBM-110B, VVB-220. Ko`ndalang puflash. Bo`ylama puflash. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling