O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 4.51 Kb. Pdf ko'rish
|
xizmat ko‘priklari, vaqtinchalik kema bog‘lovchi joylar, suv to‘sgichlar va boshqalar kiradi.
112 1.10-jadval Suv dimlovchi gidrotexnika inshootlarining balandligi, zamin turi va avariya oqibatlari bo‘yicha sinflanishi Suv dimlovchi inshoot Zamin gruntining turi Sinflarni aniqlovchi inshoot balandligi, m Gruntli materialli to‘g‘onlar Qoyali. Qumoq, yirik bo‘lak- langan, qattiq va yarim qattiq holdagi loylar. Plastik holdagi suvga to‘yingan gillar >100 >75 >50 70…100 35…75 25…50 25…70 15…35 15…25 <25 <15 <15 Betonli va temir betonli to‘g‘onlar, gidroelek- trostantsiyalar, suv osti konstruktsiyalari, kema ko‘taruvchi shlyuzlar, kema ko‘targichlar va bosimli frontdagi boshqa betonli inshootlar Qoyali. Qumoq, yirik bo‘lak- langan, qattiq va yarim qattiq holdagi gillar. Plastik holdagi suvga to‘yingan gillar >100 >50 >25 60…100 25…50 20…25 25…60 10…25 10…20 <25 <10 <10 Eslatma: 1. Agar suv dimlovchi inshoot buzilishi pastda joylashgan shaharlarga, yirik ishlab chiqarish korxonalariga, transport magistrallariga katastrofik oqibatlar olib keltirsa, unda 1.10-jadval bo‘yicha aniqlangan inshoot sinfini oqibatlar masshtabini asoslangan holda oshirishga yo‘l qo‘yiladi. 2. Agar suv dimlovchi inshoot buzilishi pastki byefda katastrofik oqibatlar olib kelmasa, unda 1.10-jadval bo‘yicha aniqlangan sinfni bir birlikka kamaytirish mumkin. Kapitalligi bo‘yicha barcha doimiy inshootlar to‘rt sinfga bo‘linadi. Sinf inshootning xalq xo‘jaligi uchun tutgan o‘rni, buzilish sodir bo‘lganda yoki ularni foydalanish davri qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlaridan keladigan zararni hisobga olgan holda QMQ bo‘yicha qabul qilinadi. Suv dimlovchi inshootlar uchun sinf ularning balandligi, zamin turi va avariya oqibatlariga ko‘ra 1.10-jadvaldan va foydalanish davri qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlariga ko‘ra 1.11-jadvaldan qabul qilinadi. Asosan suv himoyalovchi inshootlarning sinfi 1.10- va 1.11- jadvallardagi eng katta qiymati qabul qilinadi. Meliorativ tizimlardagi inshootlar sinfi sug‘oriladigan yoki zax qochiriladigan maydonga xizmat ko‘rsatishiga qarab 1.12-jadval bo‘yicha qabul qilinadi. Suv xo‘jaligi majmuasidagi bir nechta qatnashuvchilar (masalan, melioratsiya, energetika va suv transporti) talablarini ta’minlaydigan majmua gidrouzeldagi asosiy gidrotexnika inshootlari sinfi qatnashuvchilardan birining ko‘rsatkichi eng yuqori sinfga mos kelishi bilan belgilanadi. Agar quvvati 1,5 mln kW dan kichik bo‘lgan gidravlik yoki issiqlik elektr stansiyalari tizimdan ajratib qo‘yilganda va yirik aholi punktlari yoki sanoat korxonalari, transport va shu kabilarga xizmat ko‘rsatishda elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzilishlar oqibatlari miqyosini hisobga olish mumkin bo‘lsa, elektr stansiyasi tarkibidagi 1.11-jadval bilan aniqlanadigan asosiy gidrotexnika inshootlarining sinfini ko‘tarish mumkin. Asosiy gidrotexnika inshootlari sinfini (IV sinfdan tashqari) quyidagi hollarda bir birlikka kamaytirish mumkin: 1) bosimli front hosil qilishda ishtirok etmaydigan (GES binosi, bosimli derivatsiya va turbina quvurlari va tenglashtiruvchi kameralardan tashqari) I va II sinf inshootlari; 2) ekspluatatsiya sharoitlari energetik, kema o‘tkazuvchi va meliorativ inshootlarni ta’mirlashda gidrouzel ishlashiga imkon yaratuvchi; 3) meliorativ tizimlardagi inshootlar xizmat 113 qilish muddati chegaralangan va 10 yildan oshmaydigan (bu inshoot esa tizimni ekspluatatsiya qilish davrida boshqasi bilan almashtiriladi). Asoslanishi kerak bo‘ladigan vaqtinchalik inshootlarni agar bu inshootlar buzilishi qurilish maydoni, aholi punktlari va korxonalariga katastrofik xarakterdagi talofatlarga olib kelsa yoki I, II, III sinflarning inshootlarini sekinlashishi (to‘xtashi)ga sabab bo‘lsa, IV sinfga kiritish mumkin. Asoslanishi kerak bo‘lgan suv to‘sgichlar (peremichkalar) va qurilish tunnellarini III sinfga kiritishga yo‘l qo‘yiladi. 1.11-jadval Gidrotexnika inshootlari sinfini ularning ekspluatatsiyasiga rioya qilmaslik oqibatlari bo‘yicha aniqlash Inshoot sinflari Gidrotexnika qurilish obyekti asosiy ikkinchi darajali Gidravlik, gidroakkumulyatsiyalovchi va issiqlik elektrstantsiyalarining gidrotexnika inshootlari, quvvati, mln kWt > 1,5 <1,5 I II – IV III III – IV Atom elektrostansiyalarining gidrotexnika inshootlari, quvvati ming kWt >500 101…499 <190 I II III III III IV Ichki suv yo‘llarining gidrotexnika inshootlari yuqori magistrali magistral va mahalliy ahamiyatli kichik daryolardagi mahalliy ahamiyatli II III IV III IV IV Yuk oborotiga ega bo‘lgan kema qatnaydigan daryolardagi port inshootlari, ming shartli t. >3000 151…3000 <51 II III IV III IV IV Sug‘orish maydoni 400 ming ga katta daryodagi gidrouzellar va sug‘orish tizimlaridagi bosh kanallar II III Daryodagi gidrouzellar, meliorativ tizimlardagi bosh kanallarning sug‘orish va zax qochirish maydoni ming ga bo‘lganda: 51…400 <0 III IV IV IV 1.12-jadval Meliorativ tizimlardagi inshootlar sinfi Inshoot sinfiga ko‘ra, amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida qidiruv va loyiha ishlarining tarkibi va loyiha topshirig‘ining hajmi aniqlanadi, mustahkamlik va ustivorlik hisoblaridagi zaxira koeffitsiyentlari qabul qilinadi, hisobiy suv sarflari belgilanadi, qurilishda ishlatiladigan materiallarning turi va sifati aniqlanadi. Maqsadli vazifasiga ko‘ra gidrotexnika inshootlari umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Suv xo‘jaligining barcha tarmoqlari majmuasi tarkibiga kiruvchi gidrotexnika inshootlari umumiy deb, tizimning faqat bir yoki bir necha tarmog‘iga qo‘llanadigan gidrotexnika inshootlari esa maxsus deb ataladi. Umumiy gidrotexnika inshootlariga suv dimlovchi, qirg‘oqlarni himoyalovchi va boshqaruvchi yoki yo‘naltiruvchi (suv oqimlari va suv havzalari, bo‘ylama va ko‘ndalang Su g‘ o r i l a d i g a n yo k i z a x q o ch i r i sh m a y d o n i , m i n g g a In sh o o t l a r s i n f i Su g‘ o r i sh d a Z a x q o ch i ri sh d a A so s i y I k k i n ch i d araj al i >400 50…400 <50 – >50 <50 II III IV III IV IV 114 dambalar, hovuzlar qirg‘oqlari, tub va qiyaliklarini mustahkamlash), suv tashlovchi va suv o‘tkazuvchi inshootlar kiradi. Maxsus gidrotexnika inshootlari suv transporti (shluzlar, kema ko‘targichlar, kema to‘xtaydigan joylar, kema tuzatiladigan joylar, to‘lqin qaytargichlar, mayaklar), yog‘och oqizuvchi (yog‘och tushirgichlar, novlar va boshqalar), suv energiyasidan foydalanish (gidroelektrostansiyalar, bosimli havzalar, tenglashtiruvchi (rezurvuarlar va boshqalar), meliorativ tizimlardigi inshootlar (shluzlar, rostlagichlar, kanallar, nasos stansiyalari, suv ayirgichlar va boshqa inshootlar), baliq xo‘jaligi (baliq o‘tuvchi yo‘llar, baliq ko‘targichlar, baliq to‘sgichlar, baliq yetishtiruvchi hovuzlar va boshqalar), suv ta’minoti va suv tarqatish (suv oluvchi, nasos stansiyalar, tozalash inshootlari, rostlanadigan havzalar, ishlab chiqarish korxonalari qoldiqlarini yig‘uvchi joylar, suv va boshqalar) inshootlariga bo‘linadi. Bajaradigan funksiyasining tavsifiga ko‘ra gidrotexnika inshootlarining quyidagi turlari mavjud: 1) suv dimlovchi – ma’lum bosim hosil qilib, shu bosimni o‘ziga qabul qilish, bularga asosan daryolardagi, dengizlardagi, ko‘llardagi, suv oqimlaridagi har xil to‘g‘onlar va dambalar kiradi; 2) boshqaruvchi yoki to‘g‘rilovchi – qirg‘oqlarni mustahkamlash va daryo oqimi bilan o‘zanni o‘zaro ta’sirini rostlash yoki qirg‘oqlarni oqim va to‘lqin ta’siridan himoyalovchi qirg‘oqlarni mustahkamlovchi inshootlar, yo‘naltiruvchi dambalar va shporalar kiradi; 3) suv o‘tkazuvchi – suvni bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazuvchi kanallar, quvurlar, tunnellar, novlar va shu kabilar kiradi; 4) suv oluvchi – suv havzalari, ochiq suv oqimlaridan kerakli miqdordagi suv olish; 5) suv tashlovchi – ortiqcha suvlarni hamda kerakli miqdordagi suvni pastki befga o‘tkazuvchi vodosliv(suvto‘kkich) lar va sifonlar kiradi. Joylashuviga ko‘ra gidrotexnika inshootlari daryolarda, dengizlarda, ko‘llarda, ichki tarmoqlarda, yer ostida joylashgan turlarga bo‘linadi. Ichki tarmoqdagi meliorativ inshootlar rostlovchi (rostlagichlar, suv bo‘lgichlar, suv sathini dimlovchi inshootlar va h.k.), suv o‘tkazuvchi (tunellar, quvurlar, akveduklar, dyukerlar, novlar, jala va yomg‘ir suvlarini tushirgichlar) va tutashtiruvchi (tezoqarlar, sharsharalar, konsolli sharsharalar) turlariga bo‘linadi. Materiali bo‘yicha gidrotexnika inshootlari gruntli, yog‘ochli, toshli, metalli , beton va temir-betonli bo‘ladi. Yog‘ochli inshootlar o‘rmonga boy hududlarda quriladi. Katta gidrotexnika inshootlari qurilishida yog‘och vaqtinchalik va yordamchi inshootlarni barpo etishda va qolip ishlari uchun material sifatida ishlatiladi. Metall gidrotexnika inshootlarining ko‘priklari, quvurlari va zatvorlari ko‘rinishida keng qo‘llaniladi va u temir-betonli konstruksiyalarda armatura sifatida ham ishlatiladi. Birgalikda ishlash sharoitlari va joylashuvi bo‘yicha birlashtirilgan bir guruh gidrotexnika inshootlariga gidrouzel deb ataladi. Joylashgan o‘rniga ko‘ra gidrouzellar daryolardagi, kanallardagi, dengizlardagi, ko‘llardagi va havzalardagilarga bo‘linadi. Asosiy vazifasi bo‘yicha gidrouzellar energetik, suv transporti, suv oluvchi, sug‘orish va boshqa gidrouzellarga bo‘linadi. Gidrouzellar ko‘pincha kompleks tarzda quriladi va asosiy vazifasiga ko‘ra ular suv oluvchi – energetik, transport – energetik va hokazolarga bo‘linadi. Masalan, Tuyabo‘yin gidrouzeli (1.1-rasm) sug‘orish va energetika, Zarafshon daryosidagi «Birinchi may» gidrouzeli sug‘orish uchun mo‘ljallangan. Gidrouzellar bosimli va bosimsiz turlarga bo‘linadi. Bosimli gidrouzellar ularga ta’sir qiluvchi suv bosimiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1) past bosimli (bosim 10 m gacha); 2) o‘rta bosimli (bosim 10...50 m); 3) yuqori bosimli (bosim 50 m dan ortiq). O‘rta bosimli gidrouzellar ko‘pincha elektr energiyasini ishlab chiqarish va suv jamg‘arish uchun, ya’ni suv bilan ta’minlash maqsadida katta hajmli suv omborlarini tashkil qilish uchun quriladi. Yuqori bosimli gidrouzellar asosan energetik, irrigatsiya va transport o‘tkazish vazifalarini bajaradi. Daryolardan suv olish va transport maqsadlarida foydalaniladigan past bosimli gidrouzellar daryoning tekis qismlarida quriladi. 115 Umuman suv xo‘jaligi maqsadlarini yechish uchun xizmat qiluvchi ma’lum uzoqlikdagi masofada joylashgan gidrouzellar majmuasiga gidrotizimlar deb ataladi. Hozirga qadar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)da har xil vazifani bajaruvchi juda ko‘p sondagi gidrotizimlar qurilgan. Ularni eng kattalaridan biri Shimoliy Kavkazdagi Kuban- Kalaus sug‘orish-suv chiqarish tizimi bo‘lib, undagi ko‘p sonli inshootlar tuguni yordamida 200 ming ga yer maydonini sug‘orish, 3 mln ga maydonga suv chiqarish va suv bilan ta’minlash mumkin. 1.1. - rasm. Tuyabo‘yin gidrouzeli sxemasi: 1–o‘zandagi suv ombori; 2–Koparas suv ombori; 3–Sultonsanjar suv ombori; 4– Qo‘shbuloq suv ombori; 5–Tuyabo‘yin gidrouzeli to‘g‘oni; 6–GES; 7–O‘ng qirg‘oq magistral kanali; 8–Chap qirg‘oq magistral kanali; 9–Pitnak arna kanali; 10 – Turkmandaryo; 11–Tiniq suv tashlagich kanali; 12– suv chiqargich; 13 – Qo‘ng‘irot-Toshkent temir yo‘li; 14 – Urganch- Toshkent avtomobil yo‘li; 15 – Urganch-Toshkent temir yo‘li. O‘zbekistonda sug‘orishga mo‘ljallangan Qarshi, Mirishkor, Katta Farg‘ona, Andijon, Amu-Buxoro kabi yirik gidromeliorativ tizimlar qurilgan. Chorvoq, Bolshaya-Alma-Atinka, Zani daryolarida esa gidroenergetik tizimlar mavjud. Gidrotexnika inshootlari sanoat va uy-joy qurilishi inshootlaridan farqli o‘laroq, muvozanat holatidagi yoki harakatdagi suv bilan doimiy ravishda bog‘liqdir, bu o‘z navbatida unga mexanik, fizik-kimyoviy va biologik ta’sir qiladi. Suvning mexanik ta’sirlari inshoot va uning zaminiga statik va dinamik yuklanishlar ko‘rinishida ta’sir etadi. Betonli to‘g‘onning yuqori bef tomonidan gidrostatik bosim ta’sir qiladi (1.2 a-rasm). Bunday yuklanish inshootni siljitishi va ag‘darishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun to‘g‘on og‘irligini oshirish, uning tovoni bilan zaminni o‘zaro birlashishini ishonchli qilish kerak. Ustidan suv o‘tkazuvchi to‘g‘onlarda (1.2 b-rasm ) suv, uning elementlariga gidrodinamik ta’sir etadi, uning pastki befini (suv urilma, risberma) mustahkamlashni loyihalarda hisobga olishimiz lozim, aks holda suv ombori to‘g‘oni tubining buzilishlari (yuvilishlar)ga olib keladi. Suv omborida hosil bo‘ladigan shamol to‘lqinlari to‘g‘onga dinamik ta’sir qiladi. Yuqori seysmik hududlarda qurilgan to‘g‘onlar, seysmik inersiya yuklanishlarni 116 qabul qiladi. Bu yuklanishlarga suvning seysmik bosimi va inersiya kuchlari, gruntli to‘g‘onlarda esa grunt bo‘shliqlaridagi suvning dinamik bosimi kiradi. Inshoot tovoniga pastdan yuqoriga filtratsiya bosimi ta’sir qiladi. Qish vaqtida muz qoplamasining termik kengayishi natijasida va muz ko‘chish (oqish) davrida gidrotexnika inshootlari muzlardan hosil bo‘ladigan yuklanishlarni qabul qiladi. Suvning fizik-kimyoviy ta’sirlari ko‘pgina ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib, ular inshoot yuza qismlarini oqim ta’sirida yemirilishiga, metall konstruksiyalari va qurilmalarning korroziyasiga, kavitatsiya va kavitatsiya eroziyasiga, filtratsiya oqimi ta’sirida inshoot zaminidagi gruntlarning tarkibidagi gips, tuzli tosh, ohaktoshlarning tez erishi tufayli kimyoviy suffoziya sodir bo‘lishiga olib keladi. Suvning biologik ta’sirlari suvda yashaydigan organizmlarning gidrotexnika inshootlarining yog‘och qismlarining chirishiga, quvurlarda, beton yuzalarida va panjaralarida suv o‘tlarining o‘sishiga olib keladi. 1.2-rasm. Betonli to‘g‘onlarga suvning ta’siri sxemalari: a – ustidan suv o‘tkazmaydigan; b – ustidan suv o‘tkazadigan; 1– to‘g‘on; 2,3 –yuqori va pastki beflar; 4 – ponur; 5 – shpunt; 6 – suv urilma; 7 – risberma; 8 – tish. Gidrotexnika inshootlari qurilish jarayoni qator maxsus o‘ziga xos xarakterga ega: 1) gidrouzel quriladigan joydan bir yoki bir necha «qurilish toshqinlarini» o‘tkazishi lozim; 2) qurilish ishlari nisbatan qiyin sharoitlarda olib boriladi; 3) inshootni navbat bilan ekspluatatsiya qilish; 4) katta hajmdagi tuproq va beton ishlari bo‘lganligi sababli unumdorligi yuqori bo‘lgan texnikalarni ishlashining talab qiladi. Tarmoqdagi maxsus gidrotexnika inshootlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) meliorativ tizimlar ishonchliligini ta’minlash (suv iste’moli grafigi asosida sug‘orish tarmoqlariga suvni o‘z vaqtida tarqatish); 2) zax qochirish tarmoqlaridagi suvni o‘z vaqtida chiqarib yuborish. Sug‘orish va zax qochirish tarmoqlarida suv taqsimlashni boshqarish inshootini gidravlik ishlash sharoitlari ularning konstruksiyasini va boshqarish elementlari (zatvorlar) ni qabul qilishni belgilab beradi. Chizmalar, hisobiy-tushuntirish bayonidan va smetalardan tashkil topgan texnik hujjatlar to‘plamiga inshootning loyihasi deb ataladi. Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quriladigan obyektning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligi, suv xo‘jaligidagi uning kompleks masalalarini hal qila olishi mumkinligi, inshootni mustahkam va ekspluatatsiya qilishga qulay bo‘lishini, xizmat qilish muddatini uzaytirishni va hududning sanitariya sharoitlarini hisobga olish kerak. Gidrotexnika inshootlarining loyihasini tuzishda va ularni qurishda qurilish muddatlarining qisqa bo‘lishi, qurilishdagi ishlarning keng miqyosda mexanizatsiyalashtirilishi va mahalliy qurilish materiallaridan ko‘proq foydalanish hamda inshootlarning mustahkam, arzon bo‘lishi va yaxshi ishlashi ko‘zda tutilishi zarur. 117 Gidrotexnika obyektlari loyihalari ikki bosqichda olib boriladi. Bir bosqichli loyihada texnik ishchi loyiha, ikki bosqichli loyihada esa texnik loyiha va ishchi chizmalar tuziladi. Texnik (texnik-ishchi) loyiha loyiha topshirig‘i asosida ishlab chiqiladi, u daryodan foydalanish sxemasi hamda texnik- iqtisodiy asoslash asosida tuziladi. Loyiha topshirig‘ida qurilishga mo‘ljallangan obyektning xalq xo‘jaligidagi tutgan ahamiyatiga asoslanib, inshoot quriladigan o‘rni va suv sathlari, iqlimiy, gidrologik, gidrogeologik va topografik sharoitlar, asosiy inshootlar tarkibi, asosiy energetik va suv xo‘jaligi ko‘rsatkichlari, mahalliy ishlab chiqarish bazalari va qurilish materiallaridan foydalanish imkoniyati, qurilishni elektr energiyasi bilan ta’minlash, qurilish o‘rniga keluvchi yo‘llarni o‘rnatish, kapital mablag‘larning qiymati va qurilish muddati mo‘ljallanadi. Yirik gidrotexnika obyektlari ikki bosqichda loyihalanadi. Texnik loyiha bosqichida barcha kerakli muhandislik hisoblari bajariladi, qurilish uchun maydon tanlanadi va tasdiqlanadi, obyektning bosh plani ishlab chiqiladi, normal va jadallashgan dimlangan sathlar belgilanadi, suv ombori hajmi va chuqurligi qabul qilingan asosiy inshootlar konstruksiyalari uchun gidrouzelning so‘ngi joylashuvi qabul qilinadi, vaqtinchalik inshootlar loyihalari ishlab chiqiladi, kerakli bo‘lgan qurilmalarning soni va parametrlari belgilanadi, qurilishning qiymati va texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Ishchi chizmalar texnik kengashda tasdiqlangan texnik loyihaga muvofiq tuziladi, bunda ishlab chiqarishda qurilish-montaj ishlarida kerak bo‘ladigan texnik loyihada qabul qilingan detallar aniqlashtiriladi. Bir bosqichli loyihalash (texnik-ishchi loyihani ishlab chiqish) qurilish obyekti namunaviy yoki iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lgan qayta qo‘llaniladigan hamda texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan obyektlar uchun qo‘llaniladi. Loyihalashda amaldagi normativ hujjatlar, materiallar va buyumlar standarti, namunaviy loyiha kataloglari, qurilish detallari va konstruksiyalari qo‘llanmalar (dasturlar) ga asosan qabul qilinadi. Qayta takrorlanadigan konstruksiyalar bir xil parametrlarga ega bo‘lgan inshootlar uchun namunaviy inshootlar ishlab chiqiladi. Barcha yirik gidrotexnika inshootlarining turi, konstruksiyasi va asosiy o‘lchamlari mahalliy sharoitlarga ko‘ra belgilanadi. Shuning uchun ular individual loyiha bo‘yicha quriladi. Individual loyihaning bir necha variantlari tuzilib, texnik-iqtisodiy jihatdan eng maqbul varianti qabul qilinadi. Tayyor gidrotexnika obyektlari loyihalari davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi va belgilangan tartibda saqlanadi. Nazorat savollari 1. O‘zbekiston Respublikasi suv resurslari haqida nimalarni bilasiz? 2. Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish qay ahvolda? 3. Orol dengizi havzasi suv resurslari haqida ma’lumot bering. 4. Orol dengizi havzasi suv resurslaridan foydalanish qanday amalga oshiriladi? 5. Suvdan foydalanishni tartibga solishning umumiy masalalarini tushuntiring. 6. Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari deganda nimani tushunasiz? 7. Respublikamizda gidrotexnika inshootlari qurilishi qanaqa tarixga ega? 8. O‘zbekistonning suv xo‘jaligi majmuasini hozirgi holati haqida aytib bering. 9. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi, atrof-muhitni himoya qilish, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumat qarorlari mazmuni to‘g‘risida ma’lumot bering. 50>50>0>51>190>10>10>25>15>15>25> Download 4.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling