O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 4.51 Kb. Pdf ko'rish
|
(7.2) bunda - tezlik koeffitsiyenti, pog‘ona balandligiga ko‘ra qabul qilinadi (E.A.Zamarin tavsiyalari) p , m 1 2 3 4 5 1,00...0,95 0,95...0,91 0,91...0,88 0,88...0,86 0,86...0,85 Ikkinchi tutash chuqurlik '' c h (6.5) formula bo‘yicha aniqlanadi. Birinchi pog‘ona suv urilma devori ustidagi suv chuqurligi 3 / 2 1 2 Q g bm H (7.3) bunda m - yupqa devorli vodosliv uchun sarf koeffitsiyenti, m =0,42. Birinchi pog‘onadagi suv urilma qudug‘ining chuqurligi 1 '' H h d c (7.4) Oqimning quyilib tushish uzunligi H p H l Т 2 0 (7.5) Sakrash uzunligi '' 15 , 3 c сак h l (7.6) Birinchi pog‘ona uzunligi сак T l l l (7.7) Ikkinchi pog‘ona hisobi birinchi pog‘ona sngari bajariladi, faqat bosim 0 H o‘rniga birinchi pog‘onadagi suv qudug‘iga oqim tezligi kelishini hisobga olib 1 H bosimi qabul qlinadi '' 1 Q c bh (7.8) Barcha keyingi pog‘onalar o‘lchamlari ikkinchi pog‘ona o‘lchamlariga teng bo‘ladi, chunki ularning gidravlik sharoitlari bir xildir. Sharshara bilan kanal kengayuvchi ko‘rinishda birlashtirilsa tutash chuqurliklar sakrash funktsiyasi tenglamasidan aniqlanadi 2 2 2 2 1 1 2 Q Q y g y g (7.9) bunda 1 va 2 - sakrashdan oldin va keyingi jonli kesim yuzalari; 1 у va 2 у – mos ravishda tutash kesimlar yuzalarining og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofalar. Suv urilma qudug‘idagi birinchi tutash chuqurlik ma’lum bo‘lganda (7.9) formulalardan ikkinchi tutash chuqurlik aniqlanadi, so‘ngra (7.7) formuladan quduq uzunligi topiladi. 194 Quduqning kengayish burchagi ' 1 к П tg (7.10) bunda 1 2 ' c к gh П - siqilgan chuqurlikdagi kinetikli parametri. Konsolli sharshara hisobi. Konsolli sharshara novidagi suv chuqurliklari tezoqar novi suv chuqurliklarini aniqlash kabi topiladi. Konsoldan oqimning otilish uzoqligi h p l отл 45 , 0 (7.11) bunda - konsoldan tushish tezligi, bh / Q ; -tezli koeffitsiyenti, ko‘p pog‘onali sharshara hisobidagi kabi qabul qilinadi. 7.9-rasm. Konsonli sharshara gidravlik hisobi sxemasi Yuvilish varonkasida oqimning yoyilish uzunligi к й a q L . 0 lg 4 , 1 (7.12) bunda q -oqimni suvga kirish joyidagi solishtirma sarfi; к й. - voronkadagi grunt uchun yuvilishga yo‘l qo‘yiladigan tezlik; a -raqamli koeffitsiyent, a =0,8; 0 -oqimning suvga kirish tezligi h p g 2 2 0 (7.13) Oqimning suvga kirish burchagi h p g tg 2 (7.14) Yuvilish voronkasidagi suv chuqurligi LSin t (7.15) Ketuvchi kanal tubiga nisbatan yuvilish chuqurligi esa к h t T (7.16) 195 Qabul qilingan qiymatlarni hisobga olib konsol tayanchlarining poydevorining yotqizish chuqurligi belgilanadi. Nazorat savollari 1. Sharshara deb nimaga aytiladi? 2. Sharsharaning konstruksiyasini tushuntirib bering. 3. Sharsharaning qanaqa turlarini bilasiz? 4.Konsolli sharsharalarning qanday afzallik va kamchiliklari bor? 5.Konsolli sharsharalar qanaqa konstruktiv qismlardan tashkil topgan? 6.Yuvilish voronkasi chuqurligi qanday aniqlanadi? 7.Tutashtiruvchi inshootlar turi qanday tanlanadi? 8.Konsolli sharshara novidagi suv chuqurliklari qanday topiladi? 9.Konsolli sharshara gidravlik hisobi sxemasini tushuntirib bering. 8-mavzu To‘siqlardan suv o‘tkazish inshootlari O`quv vaqti: 80 minut Talaba sоni: O`quv mashg’ulоtining tuzilishi Ma’ruza rеjasi 1. Suv o‘tkazuvchi inshootlarning vazifasi va turlari 2. Akveduklar, ularning qo‘llanishi va konstruktiv xususiyatlari 3. Sel o‘tkazuvchilar, novlar, quvurlar. 4. Akveduklar gidravlik hisobi. O`quv mashg’ulоtining maqsadi: Talabalarda Gidrotexnik inshootlari fani bo`yicha tushuncha hоsil qilish. Pеdagоgik vazifalar: Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga оid ilmiy atamalarni оchib bеrish, asоsiy masalalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish. Talabalarni Gidrotexnik inshootlari fani va uning sоhalari haqidagi asоsiy nazariy tushunchalar bilan tanishtirish, ko`nikma va malakalar haqida tasavvur shakllantirish, asоsiy ma’lumоtlarni kоnspеktlashtirish. Ta’lim usullari: Aqliy хujum, “BBB” O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli. Оmmaviy Ta’lim vоsitalari Ma’ruza matni, kоmpyutеr, ekran, prоеktоr, PowerPoint dasturi.. Qayta alоqa usullari va vоsitalari Savоl javоb O`quv mashg’ulоtining tехnоlоgik хaritasi. Ishlash bоsqichlari, vaqti Faоliyat mazmuni O`qituvchining Talabaning 1 bоsqich 1.1 O`quv хujjatlarini to`ldirish va talabalar davоmatini tеkshirish (5 min). 1.2 O`quv mashg’ulоtiga kirish (5 min) 1.2 Gidrotexnik inshootlari fani haqida talabalarning mulоhazalari so`raladi. Fan to`g’risida ma’lumоtlar bеriladi ma’ruza rеjasi yozdiriladi. So`ng ma’ruza bоshlanadi. Tinglashadi. Gidrotexnik inshootlari fani, o`rganish sоhalari bo`yicha o`z fikrlarini aytadilar. Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar. 2 bоsqich. Asоsiy 60 min 1. Gidrotexnik inshootlari fani va uning sоhalari. Mamlakatimizdagi tutgan o`rni Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, Gidrotexnik inshootlari fani va uning sоhalarini yozib оladilar. 196 va ahamiyati aytib o`tiladi. 2. Gidrotexnik inshootlari fanining qishlоq хo`jaligida tutgan o`rni va uning rivоjlanishi haqida aytib o`tiladi. 3. Gidrotexnik inshootlari faning tadqiqоt bоsqichlari va usullari aytiladi. Gidrotexnik inshootlari fanining o`ziga хоs hajmiy –rеjaviy еchimlari haqida yozib оlishadi. Gidrotexnik inshootlari fani ning ahamiyati va qishlоq хo`jali gida tutgan o`rni haqida yozib оladilar. Mavzu bo`yicha savоllar bеradilar. 3 bоsqich Yakuniy natijalar 10 min 3.1. Mavzu bo`yicha хulоsa qilish va o`quv mashg’ulоtning maqsadiga erishish darajasi taхlil qilinadi. 3.2. Mavzu yuzasidan o`quv vazifasi bеriladi. O`rganilgan mavzu bo`yicha оlgan ma’lumоtlarni umumlash tiradilar va savоllar paydо bo`lgan bo`lsa savоllar bеradilar. Adabiyotlar: 1. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008. 2. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009. 3. Rоzanоv N.P., Bоchkaryov Ya.V., Lapshеnkоv V.S., Juravlyov G.I., Kaganоv G.M., Rumyantsеv I.S. «Gidrоtехnichеskiе sооrujеniya», pоd rеd. N.P. Rоzanоva - M.Agrоprоmizdat, 1985. 4. Хusanхujaеv Z.Х. “Gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi-nashiryoti, T.1968 5. Хusanхujaеv Z.Х. “Suv оmbоridagi gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi, Tоshkеnt. 1986. 6. Bakiеv M.R., Yangiеv A.A., Kоdirоv О, “Gidrоtехnika inshооtlari”. Fan. Tоshkеnt. 2002. 7. Vоlkоv I.M., Kоnоnеnkо P.F., Fеdichkin I.K. “Gidrоtехnichеskiе sооrujеniya” M: Kоlоs, 1968 8. Bakiеv M.R., M-G.A.Kоdirоva, Ibraymоv A. “Gidrоtехnika inshооtlari” fanidan kurs lоyiхalari va amaliy mashg`ulоtlarni bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. 1,2 qismlar. T.,2009. 9. Bakiеv M.R., Kirillоva Е.I., Kоххоrоv O`. “Gidrоtехnika inshооtlari” fanidan labaratоriya ishlarini bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. T.,2007. 1. Suv o‘tkazuvchi inshootlarning vazifasi va turlari Iste’molchiga suv yetkazib beruvchi kanallar va ularning trassasi bo‘yicha uchraydigan tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishgan joylarda quriladigan inshootlar suv o‘tkazuvchi inshootlar deb ataladi. Kanal trassasi bo‘yicha uchraydigan tabiiy to‘siqlarga soylar, jarliklar, daryolar, ariqlar, har xil mahalliy tepaliklar, adirlar, tog‘lar va shu kabilar kiradi. Sun’iy to‘siqlarga yo‘l, temir yo‘l, temir yo‘l ko‘tarmalari, boshqa yo‘nalishdagi kanallar hamda kanal bilan bir yoki har xil tekislikda joylashgan turli xil muhandislik inshootlari misol bo‘la oladi. Gidromeliorativ tizimlarda barpo etiladigan suv o‘tkazuvchi inshootlar qatoriga akveduklar, dyukerlar, tunnellar, kanallardagi va uning tagida joylashgan – quvurlar, qiya tog‘ yon bag‘irlarda joylashgan kanallarni sanab o‘tish mumkin. 2.Akveduklar, ularning qo‘llanishi va konstruktiv xususiyatlari 197 Past relyefli joylardan, pastlikdagi tabiiy (soylar, jarliklar, daryolar) yoki sun’iy (kanallar, yo‘llar) to‘siqlardan nov yoki quvurli ko‘prik ko‘rinishidagi to‘siqlardan suv o‘tkazuvchi inshootlar akveduklar deb ataladi. Akveduklar temir-beton, yog‘och va metalldan quriladi. Yog‘och akveduklarning ishlash muddati qisqa bo‘lganligi uchun, ular faqat past sinfli yoki vaqtinchalik inshootlarda qo‘llaniladi. To‘siqlarning xilma-xilligi, akveduklarning bir qancha turlarini qo‘llashni taqozo etadi. 8.1- rasmda amalda qo‘llanilayotgan akveduklarning bir necha turi ko‘rsatilgan. Arkali konstruksiyali akveduklar juda tor va chuqur mustahkam qoya asosli joylarda quriladi. Bunda nov arkaning ustida joylashtiriladi (8.1a-rasm). Kanal bilan kanal kesishgan joylarda va uncha chuqur bo‘lmagan pastliklar ustidan yumshoq gruntli zaminlarda ham arkali konstruksiyali akveduklar qo‘llaniladi (8.1b-rasm). Arkali-osmali, arkali akveduklarni daryo va kema o‘tkazuvchi kanallar ustidan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir (8.1d-rasm). To‘sinli va ramali konstruksiyali akveduklar juda keng va chuqur pastliklardan o‘tishda qo‘llaniladi (8.1e,f- rasm). 8.1-rasm. Akveduk turlari: a–qoya asosli arkali; b–yumshoq gruntlardagi arkali; d– arkali-osmali; e–chuqur pastliklardan o‘tuvchi ramali; f–chuqur bo‘lmagan keng pastliklardan o‘tuvchi ramali. Akveduklar va kanal uchastkalarining unga tutash joylaridagi uzunligi, kanal tubi kengligining besh barobariga teng qilib olinadi, ular to‘g‘ri chiziq bo‘yicha joylashtiriladi. Agar joyning topografik sharoitiga ko‘ra akvedukni to‘g‘ri chiziq bo‘yicha joylashtirib bo‘lmasa, unda uni planda egri chiziq bo‘yicha joylashtiriladi. Akveduk oraliq qurilmalarining eng pastki qismi kanal, daryodagi maksimal suv sathi yuzasidan 0,5 m balandlikda o‘rnatilishi kerak. Akveduklar kirish, nov va chiqish qismlaridan iborat (8.2-rasm). Kanal bilan akveduk novi kirish va chiqish qismlari tutashtiruvchi uchastkalar yordamida birlashtiriladi. Ular konstruksiyasi jihatdan kengayadigan devor ko‘rinishida bo‘ladi. Kirish qismining boshida va chiqish qismining oxirida kanaldan pastlikka tomon suv singib ketmasligi uchun tish yoki shpuntli devor o‘rnatiladi, inshoatning chiqish qismining kanal bilan tutashgan joyida tosh terib mustahkamlanadi. Nov ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli, trapetsiya, parabolik va yarim doiraviy bo‘lishi mumkin. Nov balandligi gidravlik hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Yon devorlar qalinligi 0,2…0,3 m chamasida qabul qilinadi. Nov tubining qalinligi devor qalinligiga teng qilib, qabul qilinadi. Nov kengligi 3…4 m oralig‘ida, zarur bo‘lgan hollarda esa akveduk ko‘p ko‘zli qabul qilinadi. Novning tepa qismidagi mustahkamligini oshirish maqsadida ko‘ndalang qilib, har 3…4 m dan keyin to‘sinlar o‘rnatiladi. Novdagi suv oqimi tezligi kanaldagi tezlikdan katta bo‘ladi va, odatda, 1,5…2,5 m/s ni tashkil etadi. Suvning kichik 198 8.2-rasm. Akveduk konstruksiyasi: 1–kirish; 2–nov; 3–chiqish ; 4–tayanchlar. 8.3-rasm. Chok konstruksiyalari 1–temir plastinka; 2–rezina; 3–bitum; 4–rezinali naycha. tezliklarida nishablikni oshirishga to‘g‘ri keladi va bu o‘z navbatida akveduk chiqish joyida ortiqcha energiya hosil bo‘lishiga olib keladi. Nov elementlarining tutash joylaridan (choklardan) suv singib o‘tmasligi shart, choklar uzunlik bo‘yicha har 10…15 m dan so‘ng o‘rnatiladi (8.3-rasm.) Ko‘pincha choklar zanglamaydigan metall yoki mis plastinkalar bilan zichlanadi (8.3a- rasm), plastinkaning bir uchi betonga kirgizib yopishtirib qo‘yiladi, ikkinchi uchi esa betonga kirgizib qo‘yilsada, lekin u bilan yopishtirilmaydi, plastinkaning bir uchi moylanadi. Bunday konstruksiyadagi chok nov elementlarining qo‘zg‘alib turishiga imkon beradi. Bitum solingan choklar (8.3b-rasm) dagi metall plastinka bitum erib ketmasligi uchun xizmat qiladi. Rezinali choklar (8.3d,e-rasm) ikki xil bo‘ladi. Bulardan birinchisiga rezina mato qo‘yiladi, ikkinchisiga esa rezina matodan yasalgan nay qo‘yiladi. Rezina nay suvning bosimi ta’sirida pachoqlanib qolmasligi uchun unda bir nechta kichik teshiklar qoldiriladi. Bu teshikchalar orqali nay ichiga suv kirib, uning yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Bu chok boshqa choklarga nisbatan yaxshi hisoblanadi. Akvedukning tayanchlari temir-betondan quriladi. Tayanchning vertikal elementlari ustun, gorizontal elementlari esa rigel deb ataladi. Ustunlarning, shuningdek rigellarning ham bir-biridan uzoqligi 3…4 m dan ortiq bo‘lmaydi. Nov ko‘p ko‘zli bo‘lsa, har qaysisining ostiga tayanch-ustun o‘rnatiladi. Poydevor, asosan, barcha og‘irliklarni ko‘tarib turadi. Uning yuzasiga 199 tushadigan og‘irlikni kamaytirish va bu og‘irlikni yer yuzasiga tekis taqsimlash uchun poydevor tasma shaklida tayanchlar ostiga teng qilib joylashtiriladi. 3. Sel o‘tkazuvchilar, novlar, quvurlar Sel o‘tkazuvchilar tayanchdagi novlar bo‘lib, kanallar, yo‘llar, daryolar ustidan sel oqimlarini, jala suvlarini o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallanadi. Konstruktiv jihatdan sel o‘tkazuvchilar akveduklarga juda o‘xshash. Sel o‘tkazuvchilarni akveduklardan farqi quyidagilardan iborat (8.4-rasm): 1) kirish qismi tubi va dambalari mustahkamlangan voronka ko‘rinishida bo‘lib, sel oqimlarini inshootga ravon kelishini ta’minlaydi; 2) chiqish qismi ham mustahkamlangan va dambalar bilan to‘silgan; 3) oqimni ravon kelishi va sel oqimlarini olib ketish uchun kirish tomondan ham chiqish tomondan ham oqimni yo‘naltiruvchi dambalar mo‘ljallangan; 4) odatda, nov yeyilishiga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladigan materiallar bilan qoplanadi; 5) inshoot qismi, nov va chiquvchi qismining nishabligi loyqa va chiqindilar to‘planmasligi uchun inshoot tashqarisidagi sel oqimi o‘zanni nishabligidan katta qiymatda qabul qilinadi. 8.4-rasm. Temir-betonli sel o‘tkazuvchi: 1–gabionlar bilan mustahkamlash; 2–shpora; 3– himoyalovchi damba; 4–bir qator terilgan tosh; 5–ko‘mish; 6–o‘zanni ko‘mish. 8.5-rasm. Estakadadagi novlar: a–yog‘ochli; b,d–temir-betonli; 1–nov; 2–piyodalar uchun ko‘prik; 3–to‘sinlar; 4–ko‘tarib turuvchi to‘sin. 200 Sel o‘tkazuvchi novda sel tiqilib qolishga yo‘l qo‘ymaslik uchun uning usti plitalar bilan yopilmaydi. Sel o‘tkazuvchilarni loyihalashda inshoot o‘lchamlarini, balandlik bo‘yicha zaxiralar va devorlar qalinligini asoslash uchun sel oqimlari sarflari yetarli darajada to‘liq baholanishi lozim. Agar kanalni juda katta sel oqimi kesib o‘tsa, kanal sarfini sel oqimi o‘zani tagidan o‘tkazish uchun sel o‘tkazuvchi inshoot o‘rniga dyukerni qurish maqsadga muvofiqdir. Novlar – u yoki bu materialdan (yog‘och, beton, temir-beton, po‘lat) bevosita yer yuzasidan yoki undan yuqorida – estakadada quriladigan sun’iy o‘zanni ifodalaydi (8.5-rasm). Ularni noqulay geologik va boshqa sharoitlarda trassasi murakkab relefli uchastkalarda kanallar o‘rniga o‘rnatiladi. Sug‘orish tizimlarda ular keng qo‘llaniladi. Ularni qurilishi filtratsiyaga suvni yo‘qolishni keskin kamaytiradi, sug‘oriladigan maydonlarga o‘zi oqar suv sathini ta’minlashni oshiradi. Yog‘och novlar (8.5a-rasm) taxtalar bilan qoplangan va ustidan yog‘och yoki po‘lat to‘sinlar bilan birlashtirilgan to‘g‘ri burchakli brusli ramalardan quriladi. Bu novlar bir qator kamchiliklarga ega: kuchli deformatsiyalanadi va suv tomadi, namlik o‘zgarish tufayli tez chiriydi, bularning oqibatida ularni xizmat qilish muddatini qisqartiradi. Betonli, temir-betonli novlar to‘g‘ri burchakli, trapetsiyali, parabolik va murakkab kesimli qilib bajariladi va ular bevosita tekislangan tuproqli zaminda yoki estakadalarda o‘rnatiladi. Ular ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Tog‘ yon bag‘irlarida qurilgan novlar 8.6-rasmda keltirilgan. 8.6-rasm. Tog‘ yon bag‘irlaridagi novlar: a–monolit; b–yig‘ma blokli; d–qoplamali; e– birikmali kesim; 1–tog‘da joylashgan kanal; 2–plitalar bilan mustahkamlash; 3–G-shaklidagi bloklar; 4–tirgak devor. Yaxlit zaminlardagi novlar qirqilgan qilib bajariladi (8.7a-rasm), ya’ni ularning devorlari tubidan chok bilan ajratiladi va mustaqil ishlaydi va qirqilmagan, ya’ni nov ko‘ndalang kesimi monolit (yaxlit) konstruksiyani ifodalaydi (8.7b-rasm). Yopiq novlar to‘g‘ri burchakli yoki doiraviy shaklda bo‘ladi, bu mohiyat bo‘yicha bosimsiz rejimda ishlaydigan quvurlardir. Estakadalardagi novlar, akveduk kabi, konstruksiyasi ikki xil bo‘ladi: I-nov devorlari estakada tayanchlari oralig‘iga tushadigan barcha yuklamani qabul qiladi (8.5b-rasm va 8.7d- rasm); II nov bo‘ylama to‘sinlar ko‘rinishidagi yaxlit tayanchlari bo‘lgan estakadalarda o‘rnatiladi (8.5a,d-rasm). Sug‘orish tizimlarida tayanchlarga o‘rnatiladigan temir-betonli yupqa devorli novlar keng qo‘llaniladi. Bu novlar ishlashini tayanchlarning bir xil cho‘kmasligi natijasida seksiyalar birlashgan joylarini buzilishi murakkablashtiriladi. 201 Nov kirish qismi gidravlik hisoblari tarmoqdagi rostlagich kirish qismi hisobi bilan bir xil; bunda burilish joylarida novning botiq tomonidan sathning ko‘tarilishni hisobga olish lozim. Novda o‘rtacha tezlik 1,5...2 m/s qilib belgiladi. Odatda, nov ko‘ndalang kesimi keluvchi va ketuvchi kanallardagi kesimdan kichik. Shuning uchun nov nishabligi kanal nishabligidan katta bo‘ladi. 8.7-rasm. Temir-betonli novlar: a–trapetsiya shaklidagi yig‘ma (1,2,3–yig‘ma bloklar, 4– suvni olib ketuvchi ariq); b–yopiq monolitli (1–drenaj; 2–temir-betonli plita; 3–qayta ko‘mish); d–ko‘ndalang kesimi egri chiziqli yig‘ma (1–nov seksiyasi; 2–tayanch; 3–suv o‘tkazmaydigan zichlagich). Quvurlar kanal trassasi iqlimiy sharoitlari noqulay (past temperaturalarda) bo‘lgan joylarda, juda ko‘p kesishadigan yoki xavfli jala bo‘ladigan hamda sel ta’siridagi joylarda quriladi. Tog‘li va tog‘ oldi zonalarida yopiq sug‘orish tizimlari keng qo‘llanilayapti. Yopiq tizimlardagi quvurlar uzunligi bir necha kilometrgacha yetmoqda. Quvurlar yer yuzasiga o‘rnatiladigan ochiq va ko‘milgan – ularga kiradigan yo‘l bilan ta’minlangan xandaq, tunnel, galeriyalarda joylashtiriladi. Xo‘jalik va xo‘jaliklararo qismlardagi yopiq sug‘orish tizimlarining xandaqlarida yotqiziladi va sug‘orish maydonlaridagi yo‘qotilishlarni kamaytirish maqsadida ko‘miladi. Quvur og‘irligining bo‘ylama va normal tashkil etuvchilarini ankerlar qabul qiladi (8.8-rasm). Oraliqdagi tanyachlar quvur o‘qiga nisbatan uning og‘irligining normal tashkil etuvchisini qabul qiladi. Quvurlarda hosil bo‘ladigan temperatura kuchlanishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun kompensatorlar o‘rnatiladi. Ko‘tarma tagidagi quvurlar xandaqqa to‘shalgan qum, graviy yoki beton ustiga yotqiziladi, so‘ngra xandaq grunt bilan ko‘miladi. Bunday quvurlar yer yuzasidagi quvurlarga nisbatan konstruksiyasi oddiy va arzon , chunki betonli tanyachlar va kompensatorlar bo‘lmaydi, ammo ularni nazorat qilish va ta’mirlash qiyin. Metall quvurlar qimmat va ularni diametri kichik hamda ichki bosim yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Yopiq sug‘orish tizimlari qurilishi keng miqyosda olib borilishi sababli, talab qilinadigan xarakteristikalarni saqlab qolgan holda arzon 8.8-rasm. Qirqilgan po‘lat quvur: 1–quvur; 2–kompensator; 3,4–akkerli va oraliqdagi tayanchlar. 202 konstruksiyalar ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda. Ularga quyidagilar kiradi, masalan, yupqa devorli quvurlar, ichki tomonidan sement- qum bilan qoplangan po‘lat quvurlar. Ba’zi bir hollarda po‘lat quvurlar o‘rniga grunli, asbestosementli qo‘llaniladi. Quvurlar betondan, temir-betondan, yog‘ochdan (kamdan-kam) ham tayyorlanadi. Temir-betonli quvurlar yig‘ma (kichik diametrlarda) va monolit qilib bajariladi. 5. Akveduklar gidravlik hisobi Akveduklar gidravlik hisobi uning kirish va chiqish qismlari va nov uchun olib boriladi. Nov ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari keng ostonali ko‘milgan vodoslivlar formulasi bo‘yicha tanlanadi. 0 2 Q gz bh Download 4.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling