O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 4.51 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu. Gidrotexnika tunnellari.
Tayanch so’z va iboralar: Gidrotеxnik tunnеllar. Ularning tur-kumlanishi. Ishlatish sharoitlari. Kundalang kirkimlarining shakllari, tog bosimi, tunnеl koplamalari turlari. Bosimli va bosimsiz tunnеl koplamalari statik xisobi 11-mavzu. Gidrotexnika inshootlarining mexanik jihozlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar Tayanch so’z va iboralar: Gidrotеxnika inshootlarning mеxanik jixozlari tugrisida umumiy ma'lumotlar. Zatvorlar turlari va ularning turkumlanishi. Yassi zatvorlar. Oddiy zatvorlar-shandorlar, spitsalar, yassi shitlar. Yuza va chukur joylashgan zatvorlar. Suyanch- tayanch, yuritish kismlari: gildirakli,surma va katokli yassi zatvorlarning tayanchlari 12-mavzu. Segmentli zatvorlar Tayanch so’z va iboralar: Sеgmеntli zatvorlar. Ularning konstruktsiyalari va turlari. Tayanch sharnirlari, ularning ustida joylashgan sеgmеntli zatvorlar. Ko`tarish kuchlari. Sеktorli, silindrik zatvorlar 13-mavzu. Daryodan suv olish inshootlari. Tayanch so’z va iboralar: Daryodan suv olish inshootlari. Vazifasi va turkumlanishi. Suv olish inshootlarining gidrologik sharoitlar buyicha sxеmalari. Suv olish nuktasini topografik sharoitga karab tanlash. Suv olish inshootining daryodagi uzan jarayonlariga ta'siri. Tub cho`kindilarga ?arshi kurash 14-mavzu. Daryodan tug’onsiz suv olish. Tayanch so’z va iboralar: Daryodan tugonsiz suv olish. Rostlanmaydigan, rostlanadigan va shporali suv olish inshootlari. Daryodan tugonsiz suv olishda tub, muallak chukindilar, xamda suzib yuruvchi jismlarga ?arshi kurash 15-mavzu. Tugonli suv olish inshootlari. Tayanch so’z va iboralar: Tugonli suv olish inshootlari. Vazifasi va turkumlanishi, inshootlar bugini tarkibi. Yon va frontal suv olish inshootlari bugini. Tub chukindilarga karshi kurash 16-mavzu. Tugonli suv olish inshootlari (Farg’onacha suv olish). Tayanch so’z va iboralar: Tugonli suv olish inshootlari. Okimning strukturasiga aktiv ta'sir kursatib suv olish. Bir tomonlama va ikki tomonga suv olish. Tub chukindilarga ?arshi kurash 17-mavzu. Koyamas asoslarda kuriladigan beton-suv tashlagich tugon konstruksiyasi. Tayanch so’z va iboralar: Koyamas asoslarda kuriladigan bеton-suv tashlagich tugon konstruktsiyasi. Ularning vazifasi va turkumlanishi. Suv tashlagich tugonning konstruktiv elеmеntlari 18-mavzu. Panjarali-to’g’onli suv olish gidrouzellari Tayanch so’z va iboralar: Togli uchastkalarda suv olish inshootlari. Ustun orkali, tub panjara urnatilgan suv olish inshootlari 89 13 – bo’lim GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI FANIDAN O’QUV MATERIALLARI !!! (Ma’ruza matni, o’quv qo’llanma) 90 1-mavzu. Suv resurslari. Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari. Gidrotexnika inshootlari qurilishining qisqacha tarixi. O`quv vaqti: 80 minut Talaba sоni: O`quv mashg’ulоtining tuzilishi Ma’ruza rеjasi 5. Suv resurslari va ulardan foydalanish. 6. Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari. 7. Gidrotexnika inshootlari qurilishning qisqacha tarixi va mamlakatimiz rivojlanishi bilan bog‘liq kelajagi 8. Gidrotexnika inshootlarining tasnifi, gidrouzellar va gidrotizimlar, ularning ishlash sharoitlari va loyihalashning umumiy masalalari. O`quv mashg’ulоtining maqsadi: Talabalarda Gidrotexnik inshootlari fani bo`yicha tushuncha hоsil qilish. Pеdagоgik vazifalar: Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga оid ilmiy atamalarni оchib bеrish, asоsiy masalalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish. Talabalarni Gidrotexnik inshootlari fani va uning sоhalari haqidagi asоsiy nazariy tushunchalar bilan tanishtirish, ko`nikma va malakalar haqida tasavvur shakllantirish, asоsiy ma’lumоtlarni kоnspеktlashtirish. Ta’lim usullari: Aqliy хujum, “BBB” O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli. Оmmaviy Ta’lim vоsitalari Ma’ruza matni, kоmpyutеr, ekran, prоеktоr, PowerPoint dasturi.. Qayta alоqa usullari va vоsitalari Savоl javоb O`quv mashg’ulоtining tехnоlоgik хaritasi. Ishlash bоsqichlari, vaqti Faоliyat mazmuni O`qituvchining Talabaning 1 bоsqich 1.1 O`quv хujjatlarini to`ldirish va talabalar davоmatini tеkshirish (5 min). 1.2 O`quv mashg’ulоtiga kirish (5 min) 1.2 Gidrotexnik inshootlari fani haqida talabalarning mulоhazalari so`raladi. Fan to`g’risida ma’lumоtlar bеriladi ma’ruza rеjasi yozdiriladi. So`ng ma’ruza bоshlanadi. Tinglashadi. Gidrotexnik inshootlari fani, o`rganish sоhalari bo`yicha o`z fikrlarini aytadilar. Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar. 2 bоsqich. Asоsiy 60 min 1. Gidrotexnik inshootlari fani va uning sоhalari. Mamlakatimizdagi tutgan o`rni va ahamiyati aytib o`tiladi. 2. Gidrotexnik inshootlari fanining qishlоq хo`jaligida tutgan o`rni va uning rivоjlanishi haqida aytib o`tiladi. 3. Gidrotexnik inshootlari faning tadqiqоt bоsqichlari va usullari aytiladi. Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, Gidrotexnik inshootlari fani va uning sоhalarini yozib оladilar. Gidrotexnik inshootlari fanining o`ziga хоs hajmiy –rеjaviy еchimlari haqida yozib оlishadi. Gidrotexnik inshootlari fani ning ahamiyati va qishlоq хo`jali gida tutgan o`rni haqida yozib оladilar. Mavzu bo`yicha savоllar bеradilar. 3 bоsqich Yakuniy natijalar 10 min 3.1. Mavzu bo`yicha хulоsa qilish va o`quv mashg’ulоtning maqsadiga erishish darajasi taхlil qilinadi. 3.2. Mavzu yuzasidan o`quv vazifasi bеriladi. O`rganilgan mavzu bo`yicha оlgan ma’lumоtlarni umumlash tiradilar va savоllar paydо bo`lgan bo`lsa savоllar bеradilar. 91 Adabiyotlar: 1. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008. 2. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009. 3. Rоzanоv N.P., Bоchkaryov Ya.V., Lapshеnkоv V.S., Juravlyov G.I., Kaganоv G.M., Rumyantsеv I.S. «Gidrоtехnichеskiе sооrujеniya», pоd rеd. N.P. Rоzanоva - M.Agrоprоmizdat, 1985. 4. Хusanхujaеv Z.Х. “Gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi-nashiryoti, T.1968 5. Хusanхujaеv Z.Х. “Suv оmbоridagi gidrоtехnika inshооtlari”. O`qituvchi, Tоshkеnt. 1986. 6. Bakiеv M.R., Yangiеv A.A., Kоdirоv О, “Gidrоtехnika inshооtlari”. Fan. Tоshkеnt. 2002. 7. Vоlkоv I.M., Kоnоnеnkо P.F., Fеdichkin I.K. “Gidrоtехnichеskiе sооrujеniya” M: Kоlоs, 1968 8. Bakiеv M.R., M-G.A.Kоdirоva, Ibraymоv A. “Gidrоtехnika inshооtlari” fanidan kurs lоyiхalari va amaliy mashg`ulоtlarni bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. 1,2 qismlar. T.,2009. 9. Bakiеv M.R., Kirillоva Е.I., Kоххоrоv O`. “Gidrоtехnika inshооtlari” fanidan labaratоriya ishlarini bajarish bo`yicha mеtоdik ko`rsatma. T.,2007. 1. Suv resurslari va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Evroosiyo qit’asining markaziy qismi, Sirdaryo va Amudaryo daryolari oralig‘ida joylashgan. Mamlakatimizning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt pasttekisligining shimoliy-sharqi (450 36 shimoliy kenglik) eng janubiy nuqtasi Termiz shahri yaqini (370 11 shimoliy kenglik) lar eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt (560 sharqiy uzunlik) va eng sharqiy nuqtasi Farg‘ona vodiysining janubi-sharqi (730 10 sharqiy uzoqlik) hisoblanadi. Respublikaning kenglik joylashuvi Ispaniya, Gretsiya va Italiya singari O‘rta Yer dengizi davlatlari qatoriga kirsa-da, tabiiy shart-sharoiti dengizlardan juda uzoqda bo‘lganligi sababli ushbu subtropik mamlakatlarnikidan ancha farq qiladi. Bundan tashqari, quruq va sovuq havo oqimi to‘siqsiz kirib kela olishi, janubdan nam va iliq havo oqimi kirib kelishiga baland tog‘lar qarshilik ko‘rsatishi, uning iqlimi subtropik keskin kontinental bo‘lishini izohlaydi. Respublikaning shimoliy-g‘arbdan janubi-sharqqa qarab cho‘zilib ketgan hududining katta qismini tekislik dasht-cho‘llar, janubi-sharqini esa tog‘ oldi va tog‘ zonalari tashkil etadi. Atmosfera yog‘inlari mintaqadagi barcha daryolarning yagona to‘yinishi manbayi hisoblanib, sezilarli darajada tabiiy landshaft qatori undagi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining ham tavsifini belgilab beradi. O‘zbekiston hududi bo‘ylab yog‘inlar taqsimlanishi uning jug‘rofiy joylashganligi, relyefning turlicha ekanligi va atmosfera sirkulyat-siyasining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liqdir. Bu yerda tushadigan atmosfera yog‘inlarining asosiy qismi Atlantika okeanidan, shuningdek O‘rta Yer dengizi va Fors qo‘ltig‘idan havo qatlami bilan olib kelinadi. Orol dengizining namlantiruvchi ta’siri qirg‘oq atrofidagi tor yo‘lak bilan chegaralanadi va u ham dengizning yuzasi qisqargan sari kamayib bormoqda. Tekisliklarning katta qismi, ayniqsa g‘arb tomoni qirg‘oqchil. Bir yilda bu yerda o‘rtacha 80 mm dan 250 mm gacha yog‘in miqdori tushadi, tog‘ oldi qismida esa 100 mm dan 500 mm gacha o‘zgarib turadi. Eng ko‘p atmosfera yog‘inlari tog‘ zonasida: G‘arbiy Tyan-Shanning shamol yo‘nalishidagi cho‘qqilarida yillik yig‘indisi 2000 mm dan oshadi, Zarafshon tog‘ tizmasining shamol yo‘nalishidagi cho‘qqilarida (masalan, Omonqo‘ton stansiyasida-960 mm/yil) ko‘p miqdorda kuzatiladi. 92 Yog‘inlar yillik yig‘indisi vaqt bo‘yicha sezilarli o‘zgarib turishini ta’kidlab o‘tish lozim. Tekislikda yog‘inli kunlar miqdori bir yilda o‘rtacha 35–60, tog‘ oldi va tog‘larda 70–90 kunni tashkil etadi. Kuchli yog‘in kam kuzatiladi: 15 mm/12 soat va undan ko‘proq yog‘in miqdori tekislikda har yili ham bo‘lavermaydi tog‘larda esa bu holat 10–15 marta ro‘y beradi. Yog‘inlarning eng muhim tavsifi bo‘lib, ularning yil davomida taqsimlanishi hisoblanadi. O‘zbekistonda eng ko‘p atmosfera yog‘inlari mart-aprel oylariga, eng kam miqdori esa yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Yozning quruq va issiq bo‘lishi tufayli qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy qismi sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladi. Yomg‘ir -O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ishi mumkin, lekin uning miqdori tog‘larda balandlikka ko‘tarilgan sari qattiq atmosfera yog‘ini (qor) ning ko‘payishi hisobiga kamayib boradi. Qor tekislik va tog‘ oldi zonalarida oktabr-aprel, respublika janubida esa noyabr-mart, tog‘larda 1000 m dan balandlikda esa oktabr-may oylarida tushadi. Qor qoplami - O‘zbekiston tekisliklarida noyabrning oxirlarida, janubiy tumanlarida dekabrning uchinchi dekadasida paydo bo‘ladi. Biroq, kamida bir oy turadigan va uch kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan turg‘un qor qoplami faqat Ustyurt va tog‘li hududlarda muntazam kuzatiladi. O‘zbekistonning shimolida qor qoplamli kunlar o‘rtacha soni 60 dan oshsa, tog‘larda u 100 kundan ko‘proqni tashkil etadi. Qor qoplamining paydo bo‘lish muddati va uni turish davomiyligi yildan yilga o‘zgarib turadi. Qor qoplamining tekislik qismidagi o‘rtacha balandligi 1–8 sm va maksimal qiymati 30 sm, tog‘ oldida tegishlicha 10–20 sm va 60 sm ni tashkil etadi. Tog‘li tumanlarda qor qoplamining o‘rtacha balandligi 60 sm dan oshishi, maksimal qiymati esa 1,5–2,0 m ni tashkil etishi mumkin. Shamol rejimi O‘zbekiston hududida turlicha va relyef sharoitiga uzviy bog‘liq. Yilning ko‘p qismida tekisliklarda shamol qishda shimol va shimoli-sharqdan, yozda shimol va shimoli- g‘arbdan yo‘nalgan bo‘ladi, shamolning o‘rtacha tezligi asosan 3–4 m/s dan ortmaydi. Faqatgina O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Orol dengizi atrofida bu tezlik 5 m/s ga yetadi. Bahorda, odatda, shamol yilning boshqa davriga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Respublikaning tekislik hududida kuchli shamol (15 m/s dan katta) o‘ziga xos relyefli tumanlarda uchraydi, uning maksimal tezligi 40–45 m/s ga yetishi mumkin. Kuchli shamollarning yuqori takrorlanish darajasi pasttekisliklar va baland bo‘lmagan tepaliklar tor yo‘lak hosil qiladigan joy – qizilqum sahrosi markazida kuzatiladi. Masalan, Tomdi tumanida kuchli shamol esadigan kunlar yillik soni 30, Ko‘lquduqda esa 85 kundan ortadi, bunda shamolning maksimal tezligi 40–45 m/s gacha borishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘larda shamol ko‘p hollarda sharqiy hamda shimoliy-sharqiy yo‘nalishda esadi. Vodiy va adirliklar bo‘ylab yuqori tomonga kunduzi esadigan (vodiy) shamollari hamda pastga esadigan – tungi (tog‘) shamollari tinch ob-havo uchun ular uncha sezilarli emas. Ba’zi joylarda ular umuman kuzatilmaydi. Alohida iqlim sharoitida paydo bo‘ladigan kuchli shamollarga Farg‘ona vodiysidan g‘arbga tomon chiqish tor joyida, ya’ni Yangiyer va Bekobod tumanlarida uchraydigan (uning tezligi 40 m/s gacha yetadi), Termiz atrofida eng katta kuchga ega bo‘ron va momaqaldiroq bilan yon tomonlama g‘arbdan esadigan kuchli «afg‘on» shamoli, janubi-g‘arbiy va g‘arbiy yo‘nalishlardagi «Jizzax, Farg‘ona vodiysidagi «g‘arbiy Qo‘qon» shamollarini misol qilib keltirish mumkin. O‘zbekiston shimolida shimoli-sharqdan esadigan shamollarning zabt etish zonasi kengayib borayotganini ta’kidlab o‘tish lozim. Respublikaning suv resurslari va ulardan foydalanish. O‘zbekistonning suv resurslari Orol dengizi havzasidagi barcha suv resurslari bilan uzviy bog‘liq ravishda qaraladi. Orol dengizi havzasi Yevrosiyo markazida joylashgan bo‘lib, chegarasi Markaziy Osiyoniki bilan deyarli ustma-ust tushadi. Havza Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmanistonning barcha hududini, Qirg‘iziston Respublikasining 4 ta viloyati (O‘sh, Jalolobod, Norin, Botken), Qozog‘istonning janubiy qismi (ikki viloyati Qizil-O‘rda va Janubiy Qozog‘iston) hamda Afg‘oniston, Eronning shimoliy qismlarini qamrab oladi. 93 Yuqorida aytib o‘tilgan dastlabki beshta mamlakatning Orol dengizi havzasida joylashgan viloyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bu hudud 560 va 780 sharqiy uzoqlik hamda 330 va 520 shimoliy uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 1549 mln kv km maydonni egallaydi, shundan 0,59 mln kv km maydon ishlov berishga yaroqli hisoblanadi (1.1-jadval). 1.1-jadval Orol dengizi havzasi yer resurslari (ming ga) Mamlakatlar Maydon Ishlov berishga yaroqli maydon Ishlov beriladigan maydon Haqiqiy sug‘oriladi- gan maydon Qozog‘iston havzasi bo‘yicha 34440 23872,4 1658,8 786,2 Qirg‘iziston havzasi bo‘yicha 124 do 1257,4 595,0 422,0 Tojikiston 14310 1571,0 769,9 719,0 Turkmaniston 48810 7013,0 1805,3 1735,0 O‘zbekiston 44884 25447,7 5207,8 4233,4 Orol dengizi havzasi bo‘yicha 154934 59161,5 10036,8 7895,6 *Faqat Orol dengizi havzasida joylashgan viloyatlari kiradi. Orol dengizi havzasi hududini ikkita asosiy zonaga bo‘lish mumkin: Turon tekisligi va tog‘ zonasi. Orol dengizi havzasining Turon tekisligi chegarasidagi g‘arbiy hamda shimoli- g‘arbiy qismlari Qoraqum va Qizil- qum cho‘llarini o‘z ichiga oladi. Sharqiy va janubi-sharqiy qismlari Tyan-shan va Pomir tog‘ tizmalarining baland tog‘li zonalariga kiradi. Havzaning qolgan qismi allyuvial va tog‘lar o‘rtasidagi vodiy, quruq yarim quruq dashtlardan tashkil topgan. Ushbu mamlakatlardagi relyefning turli shakllari suv, yer va mintaqa aholisi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlariga ta’sir etadigan ma’lum bir shart-sharoit hosil qilgan. Qirg‘iziston va Tojikistonning 90% ga yaqin hududini tog‘lar egallaydi. Bu bir tomondan ikkala mamlakat uchun havzada suv resurslarini hosil qilishda monopoliyaga ega ekanligini keltirib chiqarsa, ikkinchi tomondan ishlov beriladigan yer tanqisligini belgilaydi. Mintaqa eng muhim xususiyati bo‘lib, butun hududning ozroq qismini egallagan, lekin qadimdan yashash uchun qulay shart- sharoit (suv, yog‘in-sochin, eng hosildor yerlar va h.k.) mavjud bo‘lganligi tufayli inson faoliyat olib boradigan va istiqomat qiladigan markaz bo‘lgan vohalar (Farg‘ona vodiysi, Xorazm, Toshovuz, Mari, Zarafshon, Toshkent-Chimkent) hisoblanadi. Markaziy Osiyoda qishloq aholisining asosiy bandlik sohasi bo‘lib qishloq xo‘jaligi hisoblanadi, hozirgi paytda undan aholining 60% ga yaqini ishlaydi va shunga ko‘ra, mintaqadagi mamlakatlar rivoji uchun agrar sektor samaradorligi alohida o‘rin tutadi. Markaziy Osiyoning agrar mintaqa sifatida gullab-yashnashi qadimdan yerdan foydalanish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan. Keltirilgan ma’lumotlar (1.1-jadval)dan ko‘rinib turibdiki, umumiy 154,9 mln ga yer maydonidan 59,1 mln ga yer ishlov berishga yaroqli, shundan faqat 10 mln ga yerdan foydalaniladi. Ishlov beriladigan yerlarning yarmi vohalarda joylashgan (tabiiyki, ular zovurlashtirilgan va unumdor hisoblanadi). Yerning qolgan yarmi esa ulardan foydalanishni yo‘lga quyish uchun murakkab va qimmat meliorativ tadbirlar (uning tarkibida zovur yotqizish, tekislash ishlaridan tashqari tuproq strukturasini yaxshilash ham bor) o‘tkazishni talab qiladi. 94 Dehqonchilik uchun yaroqli yerlar notekis taqsimlangan: Qozog‘iston va Turkmanistonda ko‘p, qolgan uchta mamlakatda esa yerlar butunlay (Qirg‘iziston, Tojikiston) yoki yarim, zonalar (O‘zbekistonda – Xorazm, Samarqand viloyatlari, Farg‘ona vodiysi)da yetishmaydi. Orol dengizi havzasida mavjud suv resurslari. Havzadagi suv resurslari yer ustidagi va yer ostidagi kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy, shuningdek, antropogen kelib chiqishiga ega qaytar suvlardan iboratdir. Barcha suv resurslari Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tegishli. Faqat Qashqadaryo, Zarafshon, Murg‘ob va Tejen daryolari mustaqil (biror joyga quyilmaydigan, Amudaryo daryosiga intiladigan) havzalarni hosil qilishadi. Yer usti oqimining shakllanishi. Mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, uning hududini yer usti oqimini uchta asosiy zonaga bo‘linishi hisoblanadi: 1) oqimning shakllanishi zonasi (tog‘li viloyatlarda to‘yinishi viloyati); 2) oqimni o‘tkazish (tranzit) va tarqalish zonasi; 3) delta zonasi. Odatda, oqimning shakllanish zonasida sezilarli antropogen o‘zgarishlar yo‘q, biroq yirik to‘g‘onlar va suv omborlari qurilishi tufayli bu zonaning chegarasida daryoning quyida joylashgan (uchastkalari) qismi uchun oqim rejimi keskin o‘zgarib ketadi. Oqimning o‘tkazish (tranzit) va tarqalish zonasida daryolar hamda suv yig‘ish hududi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xo‘jaligi sanoat va qishloq xo‘jaligi (dalalarni sug‘orish) uchun daryolardan suv olish hamda tuzlar, kimyoviy unsurlar va boshqa suvni ifloslantiruvchilar tarkibida mavjud bo‘lgan oqova suvlarni daryolarga tashlanishi bilan izohlanadi. Amudaryo Markaziy Osiyoning eng yirik sersuv daryosi hisoblanadi. Uning uzunligi daryoning boshi (manbayi) Panj bilan birgalikda 2540 km ni tashkil etadi. Panj ikkinchi irmoq Vaxsh bilan qo‘shilgandan boshlab Amudaryo deb ataladi.O‘rta qismida Amudaryoga uchta yirik o‘ng irmoqlar (Kofirnigon, Surxandaryo va Sherobod) va bitta chap irmoq (Qunduz) quyiladi. Shundan boshlab to Orol dengizigacha Amudaryo birorta ham irmoqqa ega emas. Daryo to‘yinishi, asosan, qor va muzlarning erigan suvlari hisobiga bo‘lib, shunga ko‘ra eng ko‘p suv sarfi yilning yoz oylari, eng kichik suv sarfi esa yanvar – fevral oylariga to‘g‘ri keladi. Oqimning yil davomida bunday taqsimlanishi daryo suvidan sug‘orish maqsadlari uchun juda katta qulaylik yaratadi. Amudaryo Kerkidan Nukusgacha tekislik bo‘ylab oqib o‘tar ekan, o‘z oqimining katta qismini bug‘lanish, shimilish (filtratsiya) va sug‘orishga sarf qiladi. Loyqaligi bo‘yicha Amudaryo Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda esa oldingi o‘rinlardan birida turadi. Amudaryoning asosiy oqimi Tojikiston hududida shakllanadi, so‘ngra Afg‘oniston bilan O‘zbekistonning chegarasi bo‘ylab oqadi, Turkmanistonni kesib o‘tadi va O‘zbekiston hududida Orol dengiziga quyiladi. Sirdaryo – Markaziy Osiyoda sersuvligi bo‘yicha ikkinchi va uzunligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan daryo hisoblanadi. Uning boshlanish qismi (manbayi) Norindan boshlab umumiy uzunligi 3019 km ni, havza maydoni esa 219 ming kv km ni tashkil etadi. Sirdaryoning manbayi Markaziy (ichki) Tyan-shan hisoblanadi, uning ikki irmog‘i Norin va Qoradaryo birlashgandan so‘ng Sirdaryo deb atala boshlaydi.To‘yinishi muz va qor erishi, ko‘proq qor erishi hisobidan bo‘ladi. Suv rejimi uchun yoz bahorgi – yozgi suv ko‘payishi (toshqini) bilan tavsiflanadi va bu holat aprel oyidan boshlanib, iyun oyiga eng ko‘p oqim to‘g‘ri keladi. Sirdaryoning asosiy oqimi Qirg‘iziston hududida shakllanadi, keyin O‘zbekiston va Tojikiston hududlarini kesib o‘tadi hamda Qozog‘iston hududida Orol dengiziga quyiladi. Download 4.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling