O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Tayanch so’z va iboralar: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish,oliy ta’lim tizimi, fanning maqsadi va vazifalari, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, didaktika, metodika, metod, kasbiy pedagogika, o’qitish metodikasi, kasb, mahorat, tadqiqot metodlari, kuzatish usuli, suhbat usuli, pedagogik so’rov usuli, test, so’rovnomalar, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli, ijtimoiy tadqiqot usuli, biomexanik usullar, psixofiziologik usullar. 1.1.O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da oliy ta`limga qo’yilgan talablar. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun i ning maqsadi fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, davlat ta’limi standarti va o’quv rejasi kabi me’yoriy hujjatlarda bugungi kunda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishga qo’yilgan talablar o’z aksini topgan. Ushbu hujjatlarda chuqur bilimli, erkin fikrlovchi, o’zida yuksak insoniy fazilatlarni mujassam etgan barkamol shaxsni tarbiyalash birinchi galdagi vazifa etib belgilangan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi; fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. 1.2. Oliy ta’lim tizimi. O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi. Shu nuqtai nazardan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoni, mazmunini islox qilish asosan, me’yoriy xujjatlar majmuasi (davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi hamda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi ta’minlanadi. Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin. Bunday tizim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida o’z aksini topgan. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling