O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Pedagogik texnologiya — axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish,
ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni ochish hamda axborotlar orasidagi yangi bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayoni. Pedagogik texnologiya — ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yiindisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-usubiy vositalari majmuidir. Pedagogik texnologiya — bu o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi, butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini texnikaviy va inson resurslarini va ularning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodidir. Pedagogik texnologiya — ma’lumotlarni o’zlashtirishni ta’minlash uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat. Strategiya — tashkilot, sohalar, hududlar, mamlakat, millat taqdiri uchun jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan, aniq belgilangan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan asosiy harakatlarning uzoq, muddatli dasturi. Taktika — bosh maqsad yo’lida xususiy, orqali masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan harakatlarni tashkil qilish usuli. Tarbiya – 1. Ta’lim berib katta qilish, voyaga etkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amxo’rlik. 2. Ish-hunar, odob-axloq o’rgatishga va umuman kishining g’oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi. 3. Parvarish, qarov: 1) tarbiyalab katta qilmoq, voyaga etkazmoq, o’stirmoq, ulg’aytirmoq; 2) ilm-hunar bermoq, odob-axloq o’rgatmoq, tarbiyalab biror xislat- fazilatni singdirmoq; 3) parvarish qilmoq. Ta’lim dasturi - o’quv fanlarining bakalavriat yo’nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklariga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va etarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro’yxati. Ta’lim menejeri — ta’lim muassasasini zamonaviy menejment qonunlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis. Ta’lim metodi — o’qituvchining ta’lim oluvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, ta’lim oluvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Ta’lim sifatini nazorat qilish-o’qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiligini tekshirish. Texnologiya — biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llanadigan yo’llar, usullar majmuasi. Texnologik xarita – o’quv mashg’ulotining yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasvvur etish uchun bo’lajak dars jarayonining loyihalashtirilgan xaritali ko’rinishi; Trener — ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trening mashg’ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) uchun maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis. Trening — ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trenerlar tomonidan (rahbarligida) o’tkaziladigan mashg’ulot. Ta’lim - bilim berish malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim tor ma’noda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin, u faqat turli ta’lim muassasalarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham ma’lumot o’zlashtirish jarayonidir. O’rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallash. O’rgatish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish ko’nikmalarining ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishini turli vosita va usullarni qo’llab tushuntirish, ko’rsatish va mashqlar orqali amalga oshirish jarayoni. O’zlashtirish — tushunish, o’rganish orqali axborotning ma’no-mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to’g’risida bilim va ko’nikmalar hosil bo’lishi. O’qitish sifatini nazorat qilish - talabaning bilim saviyasini tekshirish va uning o’quv dasturini o’zlashtirish darajasini aniqlash. O’qitishning me’yoriy muddati - ta’lim oluvchilar tomonidan ta’lim dasturi o’zlashtirilishi uchun belgilangan muddat. O’quv yili - oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga mo’ljallangan o’quv faoliyat davri. O’quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2017-2018 o’quv yili. O’quv fanlari bloki - ta’lim dasturining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o’zlashtirilishini ta’minlaydigan o’quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi. O’quv rejasi - oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mautaxassisligi bo’yicha o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy hujjat. O’quv semestri - oliy ta’lim muassasasida o’quv yilining yarmini tashkil etuvchi o’zaro bog’langan fanlarning ma’lum majmuini o’zlashtirishga mo’ljallangan va ular bo’yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi. O’quv fani – ta’lim muassasasida o’rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi. O’quv fanining dasturi - ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o’zlashtirqilishining eng mabul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan normativ hujjat. O’qitish metodikasi- bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir. Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. Uslub — biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi. Yo’l (ruscha — priyom) — biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi. Yakka tartibdagi ta’lim -- ikki xil shaklda bo’ladi: 1) bir ta’lim oluvchini bir o’qituvchi o’qitishi — ta’limning juft shakli; 2) mustaqil ta’lim olish —ta’limning yakka shakli. Yakuniy davlat attestattsiyasi - bakalavr yoki magistr darajasiga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartibotlar vositasida (fanlar bo’yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim dasturining bajarilish sifatini baholash. Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling