O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol shaxsni shakllantirish muammosiga


Download 494.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana05.01.2022
Hajmi494.64 Kb.
#220086
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
mustaqillik sharoitida barkamol avlod tarbiyasining oziga xosligi

1.2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol shaxsni shakllantirish muammosiga 

yangicha yondashuv 

 

O‘zbekiston  Respublikasining  mustaqilligining  dastlabki  kunlaridanoq  ta’limni  isloh 



qilish,  yosh  avlodni  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashda  xalqning  boy  milliy  madaniy-tarixiy 

an’analari,urf-odatlari  hamda  umubashariy  qadriyatlaridan  foydalanishga  alohida  ahamiyat 

berildi. Bu jihatdan ta’lim-tarbiyaning yangi davrga va zamonga mos va xos shakl va vositalari 

ishlab chiqildi, amaliyotga joriy etildi. Ayniqsa, davlat va jamiyat,uzluksiz ta’lim ,fan va ishlab 

chiqarish  kabilarning  birligi,o‘zaro  hamkorligi  natijasida  qishloq  yoshlarining  ma’naviyatni 

shakllantirishga  alohida  e’tibor  berildi.  Bu  borada  qishloqdagi  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabi 

bitiruvchilarining  ijtimoiy  yetukligini  shakllantirish,  ularni  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlar 

asosida  tarbiyalash  ,  o‘z  Vataniga  va  xalqiga  sodiq  fuqaroni  voyaga  yetkazish  masalasi  asosiy 

o‘rinni egalladi. 



 

12 


Davlat  siyosatida  ustivor  yo‘nalishlaridan  biri  bu  qishloq  maktablari  bitiruvchilarining 

ijtimoiy  yetukligini  yuksaltirishga,  ikkinchidan  ta’limning  yangi  modelini,  uning  mazmunini 

takomillashtirishga, uchinchidan ,jamiyatda mustaqil fikrlovchi yetuk fuqaroni shakllantirishning 

nazariy va amaliy yo‘nalishlari muhim o‘rin tutadi. 

Yoshlarimizga  bo‘lgan  munosabat  kelajagimizga  bo‘lgan  munosabatdir.  2008  yil 

“Yoshlar  yili”,  2009  yil  “Qishloq  taraqqiyoti  va  farovonligi  yili”  deb  e’lon  qilinishi  qishloq 

yoshlarining  turmush  tarzini  shaharliklardan  kam  bo‘lmasligi  va  qishloqda  ham  zamonaviy 

sharoitlar yaratilishi yo‘lida qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi.  

2010  yil  “Barkamol  avlod  yili”  deb  e’lon  qilindi  va  malakatimiz  yoshlarining  jismonan 

sog‘lom, ziyoli, madaniyatli va XX1 asrga mos kadrlar qilib tarbilash davlat siyosatida ustivor 

vazifa qilib belgilandi. Eng avvalo barkamollik so‘zining ma’nosini tushunib, anglab olish kerak. 

Davlat  dasturida  bu  sog‘lom,  barkamol  avlod,  ijodiy  va  intellektual  salohiyat,    har  tomonlama 

rivojlangan  shaxs,  xuquqiy  savodxon,  sog‘lom  ona  –  sog‘lom  bola  kabi  muhim  ma’nolar 

keltirilgan.  Tarixan  ota–bobolarimiz  yoshlarga  kamol  topgin  deb  duo  qilishgan.  Komillikka 

erishish  –  bu  murakkab  jarayon.  Ilm  va  ma’rifat  orqaligina  bunga  erishish  mumkin.  Imom 

Buxoriy,  at  –  Termiziy,  al-Farg‘oniy  kabi  buyuk  allomalarni  komillik  darajasiga  erishgan 

shaxslar deb aytish mumkin. 

Bugungi  kunda  yoshlardagi  milliy  ruhiyat,  insoniy  fazilatlar,  ma’naviyat,  jamiyatni 

ma’naviy  yuksaltirishdagi  ishtiroki  albatta,  ularning  barkamol  itnsonlar  bo‘lib  yetishishi  uchun 

asos  bo‘ladi.  Barkamol  yoshlar  tarbiyasi  tarixiy  ahamiyatga  ega.  Ulug‘  mutafakirlarimizning 

ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi benazir fikrlaridan foydalanish bugungi taraqqiyot uchun, 

yosh  avlodni  kamoloti  uchun  muhim  ekanligini inkor  qilib  bo‘lmaydi. Shu  bois  ham  Abu  Nasr 

Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug‘ 

mutafakkirlarning  komil  inson  tarbiyasi  haqidagi  qarashlaridan  turmushda  keng  foydalanish 

maqsadga  muvofiq.Buyuk  siymolar  merosidan  ta’lim-tarbiyani  takomillashtirishda  hamda 

o‘quvchi  yoshlarning  ijtimoiy  yetukligini  shakllantirish,  komil  insonni  voyaga  yetkazish  kabi 

masalalarga qaratish ijobiy natijalar beradi..    

O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  buyuk  allomalarimiz  yangitdan  dunyoga  keldilar, 

desak  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  boshchiligida 

o‘tmishda yashab ijod qilgan, o‘z davrida butun dunyoga tanilgan, ammo sobiq sho‘rolar davrida 

o‘z zulmini o‘tkazib, o‘zbek xalqining tarixini yuqotishga intilganlar ta’sirida tarix  saxifalaridan 

o‘chib  ketgan  ulug‘  ajdodlarimiz  qaytadan  tiklandilar.  Ular  tug‘ilib  o‘sgan  va  ijod  qilgan 

muqaddas  joylar obod  bo‘lib, allomalarimiz ruxlari shod bo‘lmoqda. Xaqiqiy tariximiz tiklanib 

yoshlarimiz  ongiga  milliy  istiqlol  ruhi  mukammal  singdirilmoqda.  Keyingi  19  yil  mobaynida 

I.Karimov  boshchiligida  mamlakatimiz  erishgan  yutuqlarni  dunyo  axli  tan  olmoqda.  Bu  buyuk 



 

13 


bunyodkorlikka  erishish  osonlikcha  bo‘lmaganligi  barchaga  ayon.  Barcha  islohotlarning 

bosqichma-bosqich faqat inson manfaatlari uchun bo‘layotganiga aslo shubha yuq. 

Hayotda  har  bir  inson  o‘z  qadriyatlari  bilan  yashaydi.  Mavjud  qadriyatlar  esa  uning 

kimligini belgilaydi. Agarda fan nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, odamlarni shartli ravishda 

beshta toifaga bo‘lish mumkin:  

1-toifa: oila muammolari bilan; 

2-toifa: oila, mahalla, tuman, sha har muammolari bilan; 

3-toifa: yanada kengroq viloyat muammolari bilan; 

4-toifa: mamlakat muammolari bilan;  

5-toifa: dunyodagi muammolar bilan qiziqadi, o‘ylaydi va yashaydi.  

Fuqarolarimiz  ichida  dunyoqarashi  keng  bo‘lgan  insonlar  ko‘p.  Ular  nafaqat  o‘zlari 

haqida,  balki  boshqa  insonlar  haqida  xam  qayg‘uradilar.  Buyuk  bobomiz  Alisher  Navoiyning 

“Odami  ersang  demagil  odami,  onikim  yo‘q  xalq  g‘amidin  g‘ami”  so‘zlari  aynan  barkamol 

insonlarga  qaratilgan.  Bizning  oliy  maqsadimiz  “Ozod,  obod  Vatan  va  farovon  turmush”ga 

erishishdir.  Bu  buyuk  yo‘ldan  biz  bormoqdamiz  va  xalqimiz  kundan-kunga  farovonlikka 

erishmoqda. Mamlakatimizda barcha fuqarolar uchun bir xilda Konstitutsiyaviy xuquq va burch 

belgilangan. Buni hamma ham bir xil anglamasligi oqibatida kimdir nasl qurboni, kimdir muhit 

qurboni  kimdir  tarbiya  qurboniga  aylanadi  va  oqibatda  ayrim  insonlar  hayotdagi  jiddiy 

to‘siqlarga uchraydi.  

 Har  qanday  muammoning  kelib  chiqish  sabablari  oldindan  batafsil  o‘rganilsa,  uning 

yechimi  oson  bo‘ladi.  Ko‘pincha  bizlar  muammo  vujudga  kelganidan  so‘nggina  faoliyatimizni 

kuchaytiramiz.  Bu  o‘z-o‘zidan  teskari  samara  beradi.  Maqsadimiz  yoshlarni  barkamol  insonlar 

qilib  tarbiyalash  ekan,  bunda  bola  tug‘ilgan  kundan  to  u  haqiqiy  hayotga  kirguncha  uning 

shakllanishi  doimiy  jamoatchilik  nazoratida  bo‘lishini  ta’minlashimiz  kerak.  Kattalarning 

shaxsiy namunasi esa bunda muhim rol o‘ynaydi. 

Biz o‘z tarixi bilan faxrlanadigan insonlarni tarbiyalashimiz va shakllantirishimiz, bunda 

milliy  g‘urur  va  milliy  qadriyatlarimizga  tayanishimiz  va  undan  unumli  foydalanishimiz  zarur. 

I.A.Karimov  nutqlarida  yoshlarimizga  mustaqillik  qanchalar  buyuk  ne’mat  ekanligini 

tushuntirishni  tinmay  davom  ettirishlikni  va    har  bir  fuqaroni  mamlakat  kelajagi  uchun 

javobgarlikni  anglashiga  yordam  berishlikni,  ayniqsa,  olimlar,  ziyolilar  va  siyosatshunoslar 

oldida  bu  sohada  amalga  oshirilishi  kerak  bo‘ladigan  amaliy  ishlarning  mexanizmlari  va 

texnologiyalarini ishlab chiqish zarurligi aniq ko‘rsatib berilgan. 

Ming  afsuski,  hali  odamlarimiz  ichida  dunyoqarashi  va  siyosiy  savodxonligi  zamon 

talablariga  javob  bera  olmaydigan  har  xil  toifadagi  fuqarolarning  borligi  achinarli  holat..  Bu 

salbiy  holat  2010  yilda  ta’lim-tarbiya,  ayniqsa,  mafkuraviy  ishlar  sohasida  faoliyat 



 

14 


ko‘rsatayotgan  barcha  tashkilotlar  asosiy  e’tiborni  yoshlarning  huquqiy  va  siyosiy 

savodxonligini  oshirishga,  hozirgi  o‘tish  davrida  iqtisodiy  soxani  inson  uchun  hayotiy  zaruriy 

ustuvor masala ekanligiga qaratishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.  

 


Download 494.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling