Sifatlarning sintaktik xususiyatlari: 1) asosan aniqlovchi va kesim vazifasini
bajaradi: Yoqimli shamol esa boshladi. Tabiat go‘zal. Sifat harakat belgisini
bildirganda, hol vazifasida bo‘ladi: Azimov sovuq, xira ko‘kimtir osmonga g‘amgin,
xayolchan qaradi. 2) sifat aniqlovchi bo‘lib kelganda, aniqlab kelayotgan so‘zi bilan
moslashmaydi.
Asliy va nisbiy sifatlar.
Narsalarning belgisini bevosita, to‘g’ridan-to‘g’ri ifodalay oladigan va belgini
darajalab ko‘rsata oladigan (ya’ni -roq qo‘shimchasini qabul qila oladigan )
sifatlar asliy sifatlar deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq va b.
Narsalarning belgisini bevosita emas, balki o‘rin yoki paytga nisbatan ifodalaydigan va
ko‘pincha daraja ko‘rsata olmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar deb ataladi. Bunday
sifatlar yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan bo‘ladi: sharsimon, yozgi, uydagi,
oilaviy, ilmiy, toshkentlik va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |