O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5325947579492470095
Maylislaringam ja cho‗zildi-da, Ochilboy! (O‗tkir Hoshimov
―Dunyoning ishlari‖, 267-bet) Pochcham doim bosh og‘riq, echki so‗yib ko„chiriq va xudoyi qilamiz, deb kecha buvimni olib ketishgan. (Oybek ―Bolalik‖, 47-bet) 62
Xulosa 1.
O‗zbekadabiytilileksikjihatdano‗zbekshevalariningbarchasigaasoslanadivaulardan zaruriyso‗zlarniqabulqiladi. O‗zbek adabiy tilining leksik normasi ham shu adabiy til xizmat qiladigan o‗zbek xalqining tiliga, uning barcha shevalariga tayanadi. Adabiy tilning leksik tarkibini boyitish va uning normalarini belgilashda vaqli matbuot, yozuvchilar muhim rol o‗ynaydilar. 2. Sheva so‗zlari badiiy matnda yozuvchilar o‗z qahramonlarini o‗zlari yashaydigan hudud va muhitdan ayirmagan holda, hayotdagidek ishonarli va jonli, tasvirlar ehtiyojidan kelib chiqib shevaga xos so‗zlarni ishlatadilar. Sheva so‗zlari mahalliy kolorit, hududiy mansublikni o‗zida aniq aks ettirish bilan birga badiiy nutqda muayyan estetik funksiyani bajaradi. Biroq dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi ularning badiiy nutqdagi me'yori, qanday ishlatilishi va ayni paytda qanday dialektizmlarning qo‗llanishi bilan bog'liqdir. 3. Dialektlar adabiy tilning boyishi uchun tabiiy manbalardan biri bo‗lib qoladi. Dialektizmlarning adabiy tilga singib ketish jarayoni qiyin kechadi, lekin badiiy adabiyotning ta‘sirchan kuchi orqali bir asarda qo‗llangan dialektizm
63
keyingi asarlarga o‗tadi va shu tariqa umumxalq mulkiga aylanadi va adabiy tilda o‗zlashib ketishi mumkin. 4. Dialektizmlardan badiiy asarda turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, ularning uslubiy vazifasini bajarib kelishi badiiy asar tilining boy va jozibador bo‗lishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ular adabiy tilning funksional nutq doirasiga o‗tadi, o‗sha uslubga mos emotsional bo‗yoq oladi. Yuqorida aytib o‗tilgan fikrlar bilan birga ularning uslubiy vazifasini bajarishi haqida yana alohida mulohazalar mavjud. Demak, dialektizmlar uslubiy vazifani bajaruvchi leksik vositalar hisoblanib, bundan foydalanish yozuvchi ijodi uchun xarakterli xususiyat darajasiga ko‗tarilishi mumkin. 5. Badiiy asarlarda turli mavzularga oid shevaga xos so‗zlar qo‘llanadi. Bu yozuvchining o‘z qahramonini, xarakterini ochib berishda, uning yashash muhitini yaqindan his qilishi, so‘zlarni ta‘sir kuchi ortishida unumli foydalanadi va aynan badiiy adabiyot orqali mahalliy shevalar ommalashib, adabiy tilga qo‘shilib, uni boyitishi mumkin. 6. Shevalarni bir- biridan afzal jihatini qidirib, u yuzasidan bahs qilish kulgili. O‗zbek shevalari turli-tuman va g‘oyat qiziqali bo‗lib, shevalar tilimiz boyligidir. Qodir Dehqonovning ―Shevalar bahsi‖ she‘ri Talabalik yillari Ko‗p tortishuv bo‗lardi. Bahs kuchayib ba‘zida Ancha shov-shuv bo‗lardi: ―Qaysi sheva adabiy Tilimizga mos kelar? Xalq tilida qay biri Juda-juda oz kelar? Qo‗qonda ―aqa-baqa‖. Toshkentda ―votti-votti‖,
64
Bu qanaqa til o‗zi?‖ Deb o‗tirardi Sotti. -Hoy, Eshniyoz, ne uchun ―Pichoq‖ni ―pakki‖ deysan? -Sen o‗zing-chi, Mirgulshan ―Tomchi‖ni ―chakki‖ deysan. ―Valish‖ni ―so‗ri‖ desa, Qurbonali baqrayib ―Qashqir‖ni ―bo‗ri‖ desa. Tosh o‗rtaga qo‗yib, der: -Mana shu- oddiy ―paqir‖ . Agar shu ―chelak‖ bo‗lsa, Guvohlaringni chaqir! Qani kim u,- der Soli ―Marvartak‖ni ―tut‖ degan? O‗qib ko‗rsin ―oyoq‖ni Navoiy ham ―put‖ degan. Olar qisti-qafasga Olim bilan To‗rani, Ularning ―aybi‖ shuki ―Dovuchcha‖ der ―g‘o‗ra‖ni. Kimdir der har narsaning Har joyda bor o‗z oti, Toshkentda ―narvon‖ bo‗lsa, Farg‘onada der- ―shoti‖. Hamid der:- Hoy, ―ko‗k choy‖ni Nega sen ―oq choy‖ deysan? ―Qora choy‖ni-chi ―pamil‖, Nega ―yog‘‖ni ―moy‖ deysan?..
65
…Qizigandan qiziydi Tortishuvlar tonggacha So‗z qolmaydi lug‘atda ―Ayvon‖u ―shiypon‖gacha…
Deyman: - Do‗stlar, bu so‗zlar- Elning toshqin soyligi. Ogoh bo‗ling, shevalar- Tilimizning boyligi!...
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling