O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi


Download 0,78 Mb.
bet1/9
Sana19.10.2023
Hajmi0,78 Mb.
#1709851
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
сагатов


O‘ZBeKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI


JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI


«Bino va inshootlar Qurilishi » kafedrasi


Sanoat va fuqaro binolari ARXITeKTURA
fanidan turar joy binolari bo‘yicha


Jizzax shaxridagi to’rt qavatli, 12 kvartirali, 1 seksiyali turar joy binosini loyixalash

mavzusidagi kurs ishiga




TUSHUNTIRISH YOZUVI

Bajardi: Ro‘zmetov J

Qabul qildi: Rajabov Y


JIZZAX - 2022 y.
Mundarija.

1. Kirish………………………………………...…………………………………3


2. Loyihalash uchun dastlabki malumotlarlar …………………..………………..4
3. Loyixalanadigan binoning xajmiy-tarxiy yechimi…………………….............4
4. Konstruktiv qism (loyixalanayotgan bino uchun kabul kilingan konstruktiv sxema va konstrukstiyalar haqida qisqacha malumot)....……………………………… 6
5. Tom………………………………………………..…………..……………....8
6. Yozgi xonalar..........................................………………….………………….11
7. Ichki va tashqi pardozlash ishlari……………………..……….………………11
8.Zilzilaga, yemirilishga va yong‘inga qarshi qabul kilingan chora-tadbirlar…………………………......……………………………………………12
9. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………....…..........13

1. Kirish
O‘zbekiston Respublikasida arxitektura-qurilish sohasi uzoq tarixga ega. Aslida, inson ibtidoiy jamoa to‘zimi va keyingi davrlarda tashqi muhit noqulayliklaridan, yovvoyi hayvonlardan saqlanish uchun oddiy binolarni qura boshlagan, lekin chiroyli, go‘zallik qonun - qoidalariga amal qilgan holda qurilgan binolar davrlariga yetib kelish uchun ming yillar kerak bo‘lgan. XII-XIII asrlardan boshlab islom dini keng yoyilgan mamlakatlarda masjid, madrasa, maqbara singari hashamatli binolar qurilishi avj olgan. Sharq mamlakatlari, jumladan, O‘rta Osiyoda bunyod etilgan qadimiy me'morchilik yodgorliklarida gumbaz, minora, aylanma zina, peshtoq, ravoq, muqarnas kabi murakkab qurilmalar qo‘llanilgan. Tabiiyki, bunday binolarni qurish uchun muhandis, me'mor va ustalardan katta bilim va mahorat talab etilgan. Qadimiy binolarning shakl va o‘lchamlari asrlar mobaynida takomillashib borgan.
Sharq mamlakatlarida qurilish bilimlari IX—XII va undan keyingi asrlarda taraqqiy eta boshladi. Bu davrga kelib Sharqning mashhur olimlari aka-uka Banu Musolar, Sobit ibn Qurra, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdullo al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, al-Haziniy, al-Farobiy, Ismoil al-Jazariy, Muhammad al-Xuroson va keyinchalik Zaxiriddin Muhammad Bobur singari ulkan siymolar barakali ijod etdilar.
Buyuk bobomiz sohibqiron Amir Temurning xukmdorligi davrida jahonda uning davlati kuch - kudrati keskin o‘zgaradi. Bu davrda Samarqandga Eron, Iroq, Ozarboyjon va Hindiston kabi hududlardan olimlar va ko‘zga ko‘ringan me'morlar ham olib kelinib, qurilishlarga jalb kilinadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi arxitektura - qurilish sohasiga etibor berilsa Toshkent, Navoyi, Buxoro, Urgench, Xiva, Farg‘ona va Qo‘qon kabi shaharlarida qad ko‘targan turar-joy, jamoat va sanoat binolari kishini lol qoldirishi turgan gap.
Respublikamizda misli ko‘rilmagan darajada katta qurilish ishlari olib borildi va borilmoqda. Hukumatimiz xalk xo‘jaligini mustaxkamlash va rivojlantirish hamda mexnatkashlarning turmush darajasini yaxshilash maqsadida sanoat, uy-joy va madaniy- maishiy binolar, hamda injenerlik inshoatlari qurilishiga katta mablag‘ sarflamoqda. Shu yillarda Respublikamizda yirik sanoat korxonalari va injenerlik inshootlari qurildi va xizmat qilish uchun topshirildi. Yangi yirik shaxarlar qurilmokda va obod shaxarlarga aylantirilmokda. Shaxar va kishloq markazlari, ayrim yirik uy-joy madaniy-maishiy binolari qurish ishlari me'morchiligining xozirgi talablariga muvofiq olib borilmokda.
Me'morchiligimiz oldida turgan vazifalaridan biri davrning ulug‘vorligini va go‘zalligini me'morchilik vositalari bilan aks ettirishdir, chunki bizning sharoitimizda har qanday inshoot maxsus talablarnigina emas, balki g‘oyaviy estetik talablarni ham qondiradigan bo‘lishi lozim. Binolar qavatlarini ko‘paytirilishi ularni me'morchilik va injenerlik nuqtai nazaridan yangi usullarda qurishni eng muvofiq materiallar hamda konstrukstiyalarni yaratishni, qurilish ishlarining eng ilg‘or usullarini ishlab chiqarishni talab qiladi.




  1. Download 0,78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling