O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Fannning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Download 4.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Fannning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi “Dinshunoslik” fani umumtalim fanlaridan “Ma’naviyat asoslari” “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” , “Ona tili va adabiyot”, “Tarix”, boshqa “Falsafiy fanlar”, “Oila psixologiyasi”, “O‘zbekiston Konstitutsiyasi”, “Huquqshunoslik” fanlari bilan uzviy bog‘liq hamda uslubiy jihatdan ketma-ketdir. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Zamonaviy axborot texnologiyalari: Kompyuter texnikasi, proektor, ovoz kuchaytirgich, printer, nusxa ko‘chirish apparati, elektron doska va boshqa multimedia vositalari yordamida o‘qitiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar: Dars jarayonida “Hamkorlikda o`qish”, “Loyiha”, “Keys-stadi” kabi interfaol pedagogik texnologiyalar hamda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Bumerang”, “Amaliy o‘yin”, “Rolli o`yin”, “Yelpig‘ich”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Zinama-zina”, “Tushunchalar tahlili”, “T sxema”, “Atamalar zanziri”, “Toifalash jadvali”, “FSMU”, “B-B-B”, “Blits-so`rov”, “Insert” va boshqa shu kabi metodlar qo‘llaniladi.
383 Fan bo‘yicha nazariy, seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar Nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etish: O‘qituvchi ma’ruza matni orqali mavzu bo‘yicha o‘rgatilishi lozim bo‘lgan tushunchalarni reja asosida taqsimlagan holda mashg`ulotni tashkil etadi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchi bilishi lozim bo‘lgan tushunchalar to`g`risida ma`lumot beradi. Qaytar aloqani o`quv topshiriqlar (og`zaki, yozma) yordamida mustahkamlaydi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning savollariga javob beradi, yangi pedagogik texnologiyalar orqali
o‘quvchilarda mavzu
bo`yicha bilimlarni shakllantiradi.
o‘quvchilarning bilimlari pedagogik texnologiyalar asosida
mustahkamlanadi. O‘qituvchi mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqqan holda mustaqil bajarishlari uchun topshiriqlar beradi. Taqdimotlarni kuzatadi, nazorat qiladi, baholaydi.
mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil ish mavzulari ro‘yxatini shakllantiradi, mustaqil ishlarni bajarish shaklini belgilaydi, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beradi. Mustaqil ishlar yakuniy nazorat o‘tkazilgunga qadar tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim. Mustaqil ishga qo‘yilgan baholar joriy nazorat tarkibiga kiradi.
O‘quv dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan soatlar darslik va o’quv qo’llanmalarda to’liq yoritilishi o’qituvchiga vaqtni tejashga va tejalgan vaqtdan mavzularga oid qo’shimcha ilmiy-metodik materiallar tayyorlash uchun foydalanish imkoniyatini yaratish; bu borada tajribali, yuqori natijalarga erishgan o’qituvchilarning ishlarini ommalashtirish, o’rganishni yo’lga qo’yish; ushbu fan o’qituvchisi birinchi navbatda mutaxasis, o’z fanini yaxshi biladigan, fidoiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadigan, ularning yangi usullarini kashf eta oladigan, ijodkor bo’lishi lozim;
ta`lim berishda zamonaviy texnik imkoniyatlar Respublika miqyosida amalga oshirilishiga qaramasdan, o’qituvchi har qanday vaziyatda oddiy usullarda ham mukammal bilim berish yo’llarini izlab topmog’i va ularni qo’llash tajribasiga ega bo`lishi kerak. 384
O‘quvchilarning bilimlarini baholash Fаnning xususiyatini hisоbgа оlgаn hоldа rеyting tizimi bo’yichа o`quvchilаr bilimini bаhоlаsh mеzоnlаri ishlаb chiqildi. O`quvchining fаn bo’yichа o’zlаshtirishni bаhоlаsh muntаzаm rаvishdа оlib bоrilаdi vа quyidаgi turlаr оrqаli аmаlgа оshirilаdi: - Jоriy bаhоlаsh (JB); - Yakuniy bаhоlаsh (YaB); JB dа fаnning hаr bir mаvzusi bo’yichа o`quvchining bilimi vа аmаliy ko’nikmаlаrini аniqlаb bоrish nаzаrdа tutilаdi. JB turlаri har bir mavzuning hususiyatidаn kеlib chiqqаn hоldа, оg’zаki, yozmа ish, tеst, nаzоrаt ishi, uy vаzifаsi, kоllоkvium vа shu kаbi bоshqа shаkllаrdа аmаlgа оshirilishi mumkin. YaB dа o`quvchining bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаri fаnning umumiy mаzmun dоirаsidа bаhоlаnаdi. O`quvchining sеmеstr dаvоmidа fаn bo’yichа to’plаgаn umumiy bаli hаr bir bаhоlаsh turlаridаn to’plаngаn bаllаr yig’indisigа tеng bo’lаdi. YaB turi tеst shаklida o’tkаziladi. O`quvchining fаn bo’yichа mustаqil ishi JB vа YaB turlаridа bаhоlаndi.
Bаhо O`quvchining bilim dаrаjаsi 4,5-5
А’lо Hulоsа vа qаrоr qаbul qilish; Ijоdiy fikrlаy оlish; Mustаqil mushоhаdа yuritish; Аmаldа qo’llаy оlish; Mоhiyatini tushunish; Bilish,
аytib bеrish;
Tаsаvvurgа egа bo’lish. 3,5-4
Yahshi Mustаqil mushоhаdа yuritish; Аmаldа qo’llаy оlish; Mоhiyatini tushunish; Bilish, аytib
bеrish; Tаsаvvurgа egа bo’lish. 2,5-3 Qоniqаrli Mоhiyatini tushunish; Bilish, аytib bеrish; Tаsаvvurgа egа bo’lish. 1-2 Qоniqаrsiz Аniq tаsаvvurgа egа emаslik; Bilmаslik.
“Dinshunоslik” fanidаn o’tkаzilаdigаn rеyting tizimi quyidаgi vаzifаlаrni bаjаrishgа qаrаtilgаn: –
o`quvchilаrning “Dinshunоslik” fаnini o’zlаshtirishini muntаzаm rаvishdа nаzоrаt etib bоrish, ulаrni o’quv sеmеstri dаvоmidа o’z bilimlаrini uzluksiz fаоl rаvishdа оshirib bоrishlаrini tа’minlаsh.
385 –
o`quvchilаr bilimini hаqqоniy аniq vа аdоlаtli bаhоlаsh hаmdа nаtijаlаrini ulаrgа muntаzаm rаvishdа mа’lum qilib bоrish; –
ko’nikmаlаrini kеng rivоjlаntirish; –
аyni pаytdа “Dinshunоslik” fаnidаn tа’lim bеrаdigаn o’qituvchilаrdа mа’ruzа vа аmаliy mаshg’ulоtlаrgа puxtа tаyyorgаrlik ko’rish, o`quvchilаr bilimini bаhоlаsh uchun sаvоllаrni tuzishdа mаs’uliyatni оshirish vа hоkаzоlаr. Izоh: O`quvchilаrni аmаliy mаshg’ulоtlаrdа bаhоlаsh jаrаyonidа,uning аxlоq оdоbi, mа’nаviyati, dunyoqаrаshi, fаоlligi hаm inоbаtgа оlinаdi Fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasi tarkibi
Fan bo’limlari va mavzular Umumiy yuklama, soat Dars turi bo’yicha soatlar taqsimoti Hammasi
dars soatlar i Nazariy
1 «Dinshunoslik” faniga kirish 3 2 2
1 2 Dinning ibtidoiy shakllari 3 2 2
1 3 Milliy dinlar.
Yahudiylik, hinduiylik, konfustiylik 3 2 2
1 4 Zardushtiylik 3 2 2
1 5 Jahon dinlari. Buddaviylik 3 2 2
1 6 Jahon dinlari. Xristianlik 3 2 2
1 7 Jahon dinlari. Islom 3 2 2
1 8 Islomdagi oqimlar: xorijiylar, shialar va zamonaviy ko‘rinishdagi oqimlar 3 2
2 1 9 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon erkinligi 3 2 2 1 10 Diniy bag‘rikenglikning mazmun-mohiyati va ahamiyati 3 2
1
Jami: 30 20 16 4 10 386 O‘quv dasturining mazmuni 1-mavzu. “Dinshunoslik” faniga kirish “Dinshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Din tushunchasi va uning jamiyatdagi funkstiyalari. Dinlar tasnifi: urug‘-kabila dinlari, milliy dinlar, jaxon dinlari, monoteistik va politeistik dinlar. Din e’tiqod sifatida. Dinga berilgan ta’riflar. Din va qonunning o‘zaro munosabatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Asosiy tushunchalar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, dinning jamiyatdagi ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy funkstiyalari hamda kompensatorlik, integratorlik, regulyatorlik, legitimlovchilik vazifalari, falsafiy, nazariy jihatlari, urug‘-qabila dinlari, millat dinlari, jahon dinlari, monoteistik va politeistik dinlar.
Diniy ong asoslarining shakllanishi. Avesto, Tavrot, Injil, Qur’oni karimda insoniyatning yaratilishi haqida. Dafn etish jarayoni, ov qilish. Ibtidoiy din shakllari. Totemizm, animizm, shomonlik yoki sehrgarlik (afsun, magiya), fetishizm. Ibtidoiy mifologiya. Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Asosiy tushunchalar: Avesto, Tavrot, Injil, Qur’oni karim, Axuramazda, Yahve, Ota xudo, Alloh, ko‘mishdagi maxsus marosimlar, totemizm, Ojibva qabilasi, aborigenlar, Tabu, animizm, shomonlik, sehrgarlik, magiya, ritual harakatlar, yovuz afsungarlik, harbiy afsungarlik, sevgi afsungarligi, tibbiy afsungarlik, ob-havo afsungarligi, fetishizm, but, sanam, tumor, xudolar, mehrob, cherkov, haykallar, faol bashorat, neolit, paleolit, folbin.
Yahudiylikning vujudga kelishi. Bani Isroil xalqi. Abara-evrey- yahudiy. Ibriylar. Ibrohim, Ishoq, Yoqub, Yusuf silsilasi. Qur’ondagi Yusuf surasi. Bani Isroil qavmi tarixi. Yahudiylik ta’limoti. Olamlarning yaratilishi. Yahudiylik manbalari – Tavrot va Talmud. Manbalar tahlili. Yahudiylikdagi oqimlar. Qadimiy oqimlar – saduqiylar, favziylar, esseylar. Zamonaviy oqimlar – massonizm, sionizm. Yahudiylik marosimlari va bayramlari. O‘rta Osiyoga yahudiylikning tarqalish tarixi. Qadimgi Xindistonda veda dini. Vedalar to‘rt yirik to‘plamdan iborat kitoblari. 1.
Rigveda («madhiyalar vedasi»); 387 2.
Samaveda («qo‘shiqlar vedasi»); 3.
YAjurveda («qurbonliklar vedasi»); 4.
Atxarvaveda («afsun va jodular vedasi»). Vedalar ta’limoti. Veda xudolari. Veda dinida Braxmanlik. Braxmanlik kastasi, undagi urf-odat marosimlar. Qadimgi Xindistonda kastachilik tizimi. Hinduiylik dinining kelib chiqishi. Hinduiylik Hindistondagi asosiy diniy e’tiqodlardan biri. Kasta tuzumining shakllanishi. Hinduiylikning vedizm va braxmanlikdan farqi. “Maxabxarata” – muqaddas yozuv. Hinduiylikdagi Braxma, Vishnu, Shiva xudolari uchligi. Braxma dunyoni yaratgan xudo. Shiva xalq ommasi xudosi. Shivaizmdagi oqimlar. Vishnu- quyosh xudosi. Vishnuizmdagi urf-odatlar. Hinduiylikdagi bayramlar. Konfustiyning hayoti, ijtimoiy – Тarixiy vaziyat. Konfustiy – din asoschisi. Konfustiy ta’limoti. Konfustiyning falsafiy qarashlari. Syao ta’limoti konfustiychilikning asosi. Li qonunlari. Konfustiylikda oila va nikoh tushunchasi. Ta’limotning Xitoyda tarqalishi va davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilishi. Konfustiy nomining ilohiylashtirilishi. Konfustiyga “knyaz”, “imperator”, “eng haqiqiy donishmand”, “millatlarning ulug‘ ustozi” unvonlarining berilishi.
dini, Abu Rayhon Beruniy yahudiylik haqida, Bani Isroil, Ya’qub payg‘ambar, ibriylar, Mesopotamiya, Dajla va Furot daryolari, Arabiston yarim oroli, Qur’oni karimdagi “Yusuf” surasi, Yahvega imon keltirish, yahudiy xalqlari , Messiya, Sinion tepaligi, Oxirat kuniga ishonish. Hinduiylik, braxmanlik, diniy
qorishma, guru,
besh qoida,
Maxabxarata, trimurti-uchlik, Braxma, Vishnu, Shiva, ishvachilar, smartlar, dandilar, linga, yoglar, panteon, Ramayana, vishnuizm bayramlari. Konfustiylik, ijtimoiy muhit, Konfustiy ta’limoti, falsafiy qarashlar, Stzyun-stzi, komil inson, Lunyuy, Syao ta’limoti, Syao va Li, Li qonunlari, Xan sulolasi, Chjou, In, Stuyfu, Xan podshohi, Lyu Ban, qurbonlik, knyazlik, imperatorlik, “eng haqiqiy donishmand”, “millatlarning ulug‘ ustozi”.
Zardushtiylik ta’limotining vujudga kelishi. Zardusht xayoti va faoliyati. Zardusht ta’limoti. Ko‘pxudolikdan yakkaxudolikka o‘tish. Zardushtning vatani xakidagi bahslar. Zardushtiylikning diniy ta’limoti. Axuramazda. Axriman, jannat, jaxannam xaqidagi tasavvurlar. Zardushtiylik rasm-rusumlari. Olov, daxmalar, ostodonlar. Zardushtiylikka oid ta’limot, qarash va urf- odatlar. Muqaddas kitob Avestodagi “Mazdayana” dini. Behdin – eng yaxshi din. Zardo‘sht vatani. Zardushtiylik ta’limoti. Axuramazda va Axriman. 388 Avesto – zardushtiylikning asosiy manbasi. Avestoning tarkibiy qismlari – Videvdat, Yasna, Vispart, Yasht. Zardushtiylik va hozirgi zamon. Asosiy tushunchalar: Zardushtiylik, Zardusht, Midiya, Axuramazda, Axriman, suv, olov, er, havo, fikrlar sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniyligi, Videvdat, Yasna, Visparat, Yasht. 5-mavzu. Jahon dinlari. Buddaviylik Buddaviylik – jahon dini. Buddaviylik asoschisining shaxsi. Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylikning tarqalishi. Buddaviylikning Xitoyga kirib kelishi. Buddaviylik manbalari. Markaziy Osiyoda buddaviylik. Buddaviylik oqimlari va yo‘nalishlari. Xinayana yo‘nalishi. Maxayana yo‘nalishi. Asosiy tushunchalar: Siddxartxa Gadjama (Gautama), Budda, Malika Mayya, Yashadxara, Raxila, Trishna, Varanasi, diniy falsafiy ta’limot, varna, meditastiya, axloq normalari, donishmandlik, nirvana, buddaviylikka mansub xudolar, buddaviylik manbalari, Tripitaka, sutra, maxayana. 6- mavzu. Jahon dinlari. Xristianlik Xristianlik dini – jahon dinlaridan biri. Xristianlik dini paydo bo‘lishi tarixi. Xristian dini ta’limoti. Ota-xudo, o‘g‘il-xudo, muqaddas Ruh haqidagi qarashlar. Xristian dini marosim va urf-odatlari. Xristianlikdagi yo‘nalishlar katolik, pravoslav, protestantlik. Yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatlari, farqlari. Xristian missionerligi. Asosiy tushunchalar: Iso Masih, xristianlik, Injil, xristianlik manbalari, apostol, nazaret, messiya, e’tiqod timsoli, Rim papasi, Istambul patriarxi, yeparxiya, arxiepiskop, pravoslav, katolik, protestantlik, Martin Lyuter, cherkov bayramlari, ruhoniy, diakon, missionerlik, prozelitizm. 7-mavzu. Jahon dinlari. Islom “Joxiliya” davri arablarining diniy an’analari va ko`pxudolik. Muhammad ibn Abdullox - diniy rahnamo va davlat arbobi. Nabiy va Rasul so`zlarining ma’nosi. Islom – jahon dinlaridan biri. Islom dini tarixi va ta’limoti. Ka’ba va uning tarixi. Islom dini falsafasi. Islom manbalari tushunchasi. Qur’oni karim –islomning asosiy manbasi. Suralar va ularning nozil bo‘lish tarixi. Ilk sura. Ilk «Suxuf» - Kur’on oyatlarining jamlanishi. Xalifa Usmon ibn Affon davrida Qur’onning kitob holiga keltirilishi. Toshkentdagi Usmon mushafi va uning tarixi. Qur’onning qo‘lyozma va nashrlari. Qur’on ilmlarining taraqqiyoti. Qur’on tarjimalari. Hadisi shariflar islomning asosiy manbalaridan biri sifatida. Hadis so‘zining lug‘aviy ma’nosi. Hadislar islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbasi. Hadislarni o‘rganish va yig‘ish. Hadis to‘plamlarining vujudga kelishi. Sihohi sitta. Imom al-Buxoriy va uning “Al-Jome’ as-sahih” 389 asari. Imom al-Muslimning “Al-Jome’ as-sahih” asari. Imom at – Тermiziyning “Sunan” asari. Imom Abu Dovudning “Kitobu-s-sunan” asari. Imom an-Nasoiyning “Sunanu-l-kubro” asari. Imom ibn Mojaning “Sunan” asari. Hadis ilmininng shakllanishi. Asosiy tushunchalar: Islom, din, imon, namoz, zakot, ro‘za, haj, Muhammad ibn Abdulloh, Qur’on, hadis, Ka’ba, nabiy, rasul, arablar, qurayshiylar, Makka, Madina, musulmon, manba, manbashunoslik, Qur’oni Karim, ilohiy kitob, sura, oyat, nozil bo‘lish, qo‘lyozma, toshbosma, tafsir, mushaf, suhuf, vahiy, pora, makkiy suralar, madaniy suralar, xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, qur’on ilmlari, adabiy manba, tarixiy manba, tarjima.
xorijiylar va zamonaviy ko‘rinishdagi oqimlar (2 soat) Islomdagi yo‘nalishlar. Islomdagi ilk bo‘linishlarning boshlanishi. Islom dining sunniylik va shialikka bo‘linib ketishining asosiy sabablari. Shialarning Xalifa saylash to‘g‘risidagi diniy qarashlari. Shialarning diniy qarashlari. Shomda Muoviya va Ali o‘rtasidagi Siffin jangining bo‘lib o‘tishi. Xorijiylikning paydo bo‘lishi tarixi. Xorijiylarning Xalifa saylash to‘g‘risidagi qarashlari. Islomda sunniylikning mazhablari (Hanafiylik, molikiylik, shofeiylik, xanbaliylik) Diniy ekstremizmning mintaqada namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari. Diniy ekstremistik oqimlarning g‘arazli maqsadlari. Diniy-ekstremistik harakatlar faoliyatida islom ta’limotining buzib talqin qilinishi.
ibn Taymiya, “salafiylik”, “Hizbut – Тahrir”, “Akromiylar”, “Nurchilar”, “Tablig‘chilar”, tahdid.
390 9-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon erkinligi (2 soat) O‘zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining qonun yo‘li bilan kafolatlanishi. Vijdon erkinligi-diniy e’tiqod erkinligi. Vijdon erkinligining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanishi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri. O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar. Missionerlik va prozelitizm. Noqonuniy diniy faoliyatning ta’qiqlanishi. Dunyoviy davlatda dinning o‘rni. Asosiy tushunchalar: Vijdon erkinligi, diniy tashkilotlar, diniy e’tiqod erkinligi, mustaqillik va din, dunyoviy davlat, ibodat, Konstitutsiyaning 31- moddasi, cherkov, sinagoga, diniy qadriyatlar, sekta.
xalqaro me’yoriy hujjatlar. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik. O‘zga din vakillariga do‘stona munosabat. O‘zbekiston ko‘p din va konfessiyalar o‘lkasi. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikning tarixiy va zamonaviy asoslari. O‘zbekistonda millatlararo totuvlik.
1.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O`zbekiston, 2014. 2.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni (yangi tahriri)\\O`zbekistonning yangi qonunlari, № 19. – T.: Adolat, 1998. 224-234-betlar. 3.
Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. – T.: 1992. 4.
Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: 1996.
5.
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`saqasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: 1997. 6.
Karimov I.A. Alloh qalbimizda, yuragimizda. – T.: 1999. 7.
Kаrimоv I.А. Hushyorlikkа dа’vаt. – T.: 1999. 8.
Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. –T.: “O`zbekiston”, 2000. |
ma'muriyatiga murojaat qiling