O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 105.72 Kb.
Pdf просмотр
Sana01.03.2018
Hajmi105.72 Kb.

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

 

 



 

 

 



 

Ro’yhatga olindi 

____________ 

 

 2011 yil “____”   _________ 



 

Vazirlikning  2011  yil  “____” 

_________dagi 

“____”-sonli 

buyrug`i bilan tasdiqlangan 

 

 



 

 

                                                                

Umumiy psixologiya  

 

FAN  DASTURI 

 

 

 



 

Bilim sohasi:   

 

100000 – Gumanitar   



 

Ta`lim sohasi:   

 

110000 – Pedagogika  



 

Ta`lim yo’nalishi:   

5110900 – Pedagogika va psixologiya 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent – 2011 



 

Fan  dasturining  shakli  Oliy  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta`limi  yo’nalishlari 



bo’yicha  Muvofiqlashtiruvchi  kengashning  2011  yil  “___”________dagi  “____”  -

sonli majlis bayoni bilan ma`qullangan. 

 

 

 



 

Fan  dasturi  Nizomiy  nomidagi  TDPUda  ishlab  chiqildi  va  turdosh  oliy  ta`lim 

muassasalari bilan kelishildi  

 

 



 

 

Tuzuvchilar:  

Kamilova N.G`.-  «Psixologiya» kafedrasi  mudiri, psixologiya fanlari nomzodi,  

dotsent  

Xalilova  N.I.-  “Psixologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi.  

 

 



 

 

    Taqrizchilar: 

R.Abdurasulov  –  Jizzax  Davlat  Pedagogika  Instituti  psixologiya  fanlari 

nomzodi, dotsent 

M.Jo’raeva – Toshkent viloyati pedagogika kolleji katta o’qituvchisi         

                                

 

 

 



Fan dasturi  Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy-metodik kengashida tavsiya 

qilingan (2011 yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma). 

 

 


 



Kirish 

Umumiy  psixologiya  dasturi  psixologiya  faning  mohiyati,  psixikaning 

rivojlanishi, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, 

individual  psixologik  xususiyatlari,  psixologik  holatlar  yuzasidan  nazariy  va  amaliy 

bilimlarni uyg`unlashtiradi.  

 

Fanning maqsadi va vazifalari 

Faning  o’qitishdan  maqsad-  talabalarda  psixologiya  fani  psixika,  shaxs, 

faoliyat,  muloqot,  bilish  jarayonlari,  irodaviy  sifatlar,  hissiy  holatlar,  individual 

xususiyatlarga doir bilim ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.  

Fanning  vazifasi-talabalarga  psixologiyaning  mohiyati,  psixika  va  ong 

tushunchalari,  psixik  jarayonlar,  holatlar,  xususiyatlar  haqidagi  bilimlar  bilan 

qurollantirishdan iborat.  

 

Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga 



 quyiladigan talablar 

 “Umumiy  psixologiya”  o’quv  fanini  o’zlashtirish  jarayonida  amalga 

oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 

-psixologiya  fanining  mazmuni,  mohiyati,  psixika  va  ongni  taraqqiyoti,  bilish 

jarayonlari,  psixik  holatlar,  shaxsning  hissiy-irodaviy  sohasi,  individual  psixologik 

xususiyatlarini  bilishi kerak

-talaba  shaxs,  muloqot,  faoliyat,  individual  xususiyatlar  yuzasidan  tushuncha, 

tasavvurga  ega  ega  bo’lish  bilan  birga  amaliy  faoliyatga  tadbiq  etish  bo’yicha   



ko’nikmalariga ega bo’lishlari  kerak. 

-talaba  shaxsdagi  psixologik  jarayon,  holatlarni  yuzaga  kelish  mexanizmlari, 

qonuniyatlari, tuzilishi, tashqi omillar ta`siriga berilish jihatlariga doir malakalariga 

ega bo’lishi kerak

 

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi va uslubiy 



jihatdan uzviy ketma-ketligi 

 

“Umumiy  psixologiya” fani asosiy umumkasbiy fani hisoblanib 1-2-semestrlarda 



o’qitiladi.  Dasturni  amalga  oshirish  o’quv  rejasida  rejalashtirilgan  gumanitar  va 

ijtimoiy  iqtisodiy  (o’zbekiston  tarixi,  rus  tili  va  h.k),  matematika  va  tabiiy-ilmiy 

(informatika  va  axborot  texnologiyalari,  yosh  fiziologiyasi  va  gigienasi  va  h.k), 

umumkasbiy (pedagogika nazariyasi h.k) fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega 

bo’lishlik talab etiladi. 

 

Fanning  ta`limdagi o’rni 

Ta`lim tarbiya jarayonining asosiy muammosi shaxs va uning kamoloti masalasi 

hisoblanadi.  Ayniqsa,  o’quv  jarayoni  ta`lim-tarbiya  masalalarini  to’g`ri  tashkil 

qilishda  shaxs  omili  muhim  sanaladi.    SHu  bois,  talabalar  shaxs  psixologiyasini  va 

unda  kechadigan  ruhiy  holatlari  yuzasidan  nazariy  va  amaliy  bilimlarni  qo’lga 

kiritishlari lozim.    

 

 


 



Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot  



va pedagogik texnologiyalar 

Fanni  o’qitishda  zamonaviy  axborot  texnologiyalaridan  elektron  doska- 

Hitachi,  LCD  –  monitor,  elektron  ko’rsatkich,  vidio,  audiomagnitafon,  kompyuter, 

proektor,    DVD  –  diskovodlarni  qo’llash  orqali  ma`ruza,  seminar  mashg`ulotlarida 

talabalarning  nazariy  hamda  amaliy  bilimlarni  egallash  samaradorligini  oshirish  

mumkin.  SHu  boisdan,  dars  mashg`ulotlarini  tashkil  etishda  zamonaviy  axborot 

texnologiyalaridan unumli foydalanishni keng yo’lga qo’yish rejalashtirilgan. 



Fanni  o’qitishda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni    qo’llash  orqali 

ta`limda  pedagog-talaba  hamkorligini  kuchaytirish  hamda  ta`lim  samaradorligini 

oshirish mumkin. SHu maqsadda, “Umumiy psixologiya” fanidan dars mashg`ulotlarini 

tashkil  etishda  ilmiy  asoslangan  pedagogik  texnologiyalardan,  ya`ni  “Aqliy  xujum”, 

“Klaster”  metodi,  “Bumerang”,  “T-jadvali”,  “Tarozi”,  “Elpig`ich”,  “FSMU”,  “Baliq 

skeleti” texnologiyasi va “Qanday?”, “Nima uchun?”, “Venn” diagrammalaridan keng 

foydalanish  ko’zda  tutilgan.  Bundan  tashqari,  pedagogik  jarayon  natijalarini  xolisona  

baholash  uchun  test  usuli,  reyting  tizimi,  talabaning  bilim  va  ko’nikmalarini  egallash 

jarayonini nazorat etish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.  

 

Asosiy qism 



Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni  

Psixologiya shaxs haqidagi fan  - 2 soat   

Psixologiya -  insonni ilmiy o’rganish sohasi sifatida. Psixologik bilimlar turlari 

va mutuxasislik tarixi. Psixologiya - fan va kasb sifatida.  

 Psixolog faoliyatining ko’rinishlari – 4 soat   

Psixolog  mutaxassislarning  faoliyati  ko’rinishlari.  Ilmiy  va  pedagogik  faoliyat. 

Ta`lim  soxasida  psixologik  faoliyat.  Psixolog  mutaxassislar  faoliyatida  amaliy  va 

maslahat  psixologiyasi.  Ijtimoiy  psixologiya.  Tibbiyot  yo’nalishida  psixologik 

faoliyat.  Mehnat  va  tashkiliy  psixologiya.  Psixologiya  sohasida  iqtisodning  o’rni. 

Psixologiya  huquqiy  amaliyot  va  sportda.  Psixolog  mutaxassislarni  tayyorlash  va 

malakasini  oshirish  tizimi.  Psixologning  amaliy  faoliyatini  etikasi  va  uning  shaxsiy 

sifatlari. 

 Psixologiya tarixi haqida qisqacha ma`lumot – 2 soat  

Qadim  zamonlardan  to  hozirgi  davrgacha  butun  dunyodagi  psixologik 

qarashlarning  rivojlanish  tarixi.  SHarq  mutafakkirlarining  psixologik  qarashlari 

muammosi. (Al-Kindi, Abu-Bakr, Ar-Roziy, Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Ibn Rushd, 

G`azzoliy,  Umar  Hayyom,  Ulug`bek,  Beruniy,  Ahmad  YAssaviy,  Navoiy  va  b.) 

Psixologik  maktablar  va  yo’nalishlarning  rivojlanish  tarixi.  O’zbekistonda  va  chet 

eldagi ilmiy-psixologik tadqiqotlar. Psixologik tadqiqotlarning asosiy yo’nalishlari va  

natijalari. Mustaqil O’zbekistonda psixologiya fanining hozirgi holati va taraqqiyoti. 



 

Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari va  

metodlari – 4 soat 

Umumiy  psixologiya  fanining  predmeti,  psixologiya  fanining  maqsad  va 



 

vazifalari,    psixologiyani  fan  sifatida  shakllanishi,  miya  va  psixika,  psixikaning  aks 



ettirish  va  boshqaruvchanlik  vazifalari.  Hozirgi  zamon  psixologiyasi  fanining 

tamoyillari,  determinizm  tamoyili,  ong  va  faoliyat  birligi  tamoyili,  ongni  faoliyatda 

rivojlanish  tamoyili,  hozirgi  zamon  psixologiyasining  tuzilishi,  aniq  faoliyatni 

o’rganuvchi  psixologiya  sohalari,    rivojlanishning  yosh  xususiyatlarini  o’rganuvchi 

psixologiya  sohalari,  shaxs  va  jamiyat  bo’lgan  munosabatlarni  o’rganuvchi 

psixologiya  sohalari,    mehnat  psixologiyasi,    pedagogik  psixologiya,  tibbiyot  

psixologiyasi,  yuridik  psixologiya,  yosh  psixologiyasi,  maxsus  psixologiya  yoki 

anomal 


taraqqiyotni 

o’rganuvchi    psixologiya  sohalari,  hozirgi  zamon 

psixologiyasining tadqiqot  metodlari,  kuzatish  metodi,  eksperiment  metodi,   suhbat 

va  so’rovnoma  metodi,    faoliyat  mahsulini  o’rganish  metodi,    test  metodi,  

sotsiometriya  metodi,  biografiya  metodi,    psixologiyaning  fanlar  tizimida  tutgan 

o’rni. 


Psixika haqida tushuncha va uning evolyutsiyasi – 4 soat 

       Psixikaning  filogenetik  taraqqiyoti,  seskanuvchanlik  va  sezuvchanlik, 

tropizmlarning mohiyati, hayvonlarning hatti-harakat tiplari, sensor bosqich va uning 

xarakterli xususiyati,  pertseptiv bosqich  va uning xarakterli xususiyati, intellektual 

bosqich va uning xarakterli xususiyati, A.N.Leontev bo’yicha psixikaning rivojanish 

bosqichlari,  E  Fabri  bo’yicha  psixikaning  rivojlanish  bosqichlari,  instinkt 

tushunchasining mazmuni,  ko’nikma va malakalar, hayvonlarning intellektual hatti-

harakatlari, psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi. 



Ongning taraqqiyoti – 2 soat 

Ong  psixik  taraqqiyotning  oliy  darajasi  sifatida.  Ongning  funktsiyasi  va 

xususiyatlari.  Ongning  taraqqiyoti.  O’z-o’zini  anglash.  Ong  va  ong  osti  holati. 

Ongsizlik muammosi. 



Faoliyatning psixologik nazariyasi – 2 soat 

        Faoliyat  haqida  tushuncha,  faoliyatning  tuzilishi,  faoliyatning  o’ziga 

xosligi, faoliyatning interorizatsiyasi va ekstrorizatsiyasi, faoliyatning o’zlashtirilishi 

va  malakalarni  egallash,  faoliyatning  asosiy    turlari,  o’yin  faoliyatining  mazmuni, 

mehnat  faoliyati  mazmuni,  talim  faoliyati  mazmuni,  A.N.Leontev  bo’yicha  faoliyat 

tuzilishi. 



Shaxs – 6 soat 

            SHaxs  haqida  tushuncha,    individ  shaxs,  individuallik  tushunchalari, 

shaxs faolligi  tushunchalarining mazmuni, shaxs shakllanishiga tasir etuvchi omillar, 

shaxsning  malaka  va  odatlari,    endopsxika  va  ekzopsixika  haqida  tushuncha,  shaxs 

borasida  qo’sh  omillik  nazariyasi,  chet  el  psixologiyasida  shaxs  nazariyalari, 

biogenetik  nazariya  va  uning  mohiyati,  sotsiogenetik  nazariyasining  mazmun 

mohiyati,  konstitutsion  nazariyaning  mazmuni,    rollar  nazariyasi      mazmuni,  shaxs 

borasida K.Levin nazariyasi tushunchalarining mazmuni, psixodinamik nazariyaning 

mazmuni,  kognitivistik  nazariya  tushunchalarining  mazmuni,  sobiq  sovet 

psixologiyasida shaxs rivojlanishi nazariyalari. 



Sezgi – 4 soat 

         Sezgilar  haqida  umumiy  tushuncha,  sezgilarning  nerv  fiziologik  asoslari, 

sezgilarning  tasnifi,  sezgilarning  turlari,  ekstroretseptiv  sezgilar,    introretseptiv 

sezgilar,  proproretseptiv  sezgilar,  analizator  va  uning  tuzilishi,  sezgi  sohasidagi 



 

qonuniyatlar. 



Idrok – 4 soat 

      Idrok  haqida  tushuncha,    idrokning  nerv  fiziologik  asoslari,    idrokning 

murakkabligi,    idrokda  kuzatish  va  kuzatuvchanlik,    idrokning  xossalari,  idrokda 

obektiv  va  fon,    appertseptsiya,    idrokning  konstantligi,    idrokda    illyuziya  va 

gallyutsinatsiya.   

Diqqat -2 soat 

       Diqqat  haqida  tushuncha,  diqqatning  fiziologik  asoslari,  diqqat  turlari, 

ixtiyorsiz  diqqat,  ixtiyoriy  diqqat,    ixtiyoriydan  so’nggi  diqqat.  Diqqatning 

xususiyatlari,  diqqatning  kuchi  va  bo’linishi,  diqqatning  bo’linishi,  diqqatning 

ko’lami,  diqqatning taqsimlanishi, diqqatning rivojlanishi 

Tasavvur va xayol – 4soat 

Tasavvur  haqida  tushuncha.  Tasavvur  ko’rinishlari.  YAngi  obrazlarni  tahlil 

qilish. Tasavvurning fiziologik asoslari. 

       Xayol  haqida  tushuncha,    xayol  jarayonlari,  xayol  turlari,  tasavvur  xayoli, 

ijodiy  xayol,  ixtiyorsiz  va  ixtiyoriy  xayol,  orzu,    tush  ko’rish  va  shirin  xayol,  xayol 

sifatlari,  xayolning  kengligi  va  torligi,  xayolning  chuqurligi  va  realligi,    xayolning 

mazmundorligi va kuchi,  fantaziya. 

Xotira – 4 soat 

             Xotira haqida tushuncha,  xotiraning nerv-fiziologik asosi,  xotira turlari,  

faoliyatga ko’ra xotira turlari, maqsadiga ko’ra xotira turlari,  

muddatiga ko’ra xotira turlari, xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, 

esda saqlash,  unutish, xotira tiplari. 

Tafakkur – 6 soat 

          Tafakkur  xaqida  tushuncha,  tafakkur  operatsiyalari,  tafakkur  shakllari, 

hukm,  xulosa  chiqarish,  tushuncha,  tafakkur  sifatlari,  tafakkurning  mazmundorligi, 

tafakkurning 

chuqurligi, 

tafakkurning 

kengligi, 

tafakkurning 

mustakilligi,  

tafakkurning  ixchamligi,    tafakkurning  tezligi,    tafakkurning  turlari,  shakliga  ko’ra 

tafakkur  turlari,  topshiriq  xarakterga  ko’ra  tafakkur  turlari,  fikr  yoyiqligiga  ko’ra 

tafakkur turlari, fikrning orginalik darajasiga ko’ra tafakkur turlari. 



Nutq – 2 soat 

Nutq  haqida  tushuncha,  nutqning  vazifalari.  Nutqning  inson  hayotidagi  o’rni. 

Nutq turlari. 

Intellekt – 2 soat 

Intellekt  haqida  tushuncha.  Intellekt  va  intellekt  koeffitsenti.  Intellekt 

nazariyalari.  

 

Xissiyot – 4 soat 

       Hissiyot haqida tushuncha,  his-tuyg`ularning vazifalari,  hissiy holatlarning 

fiziologik  asoslari,  insoniy  emotsiyalar  va  hayvonlardagi  emotsiyalar,    hissiy 

holatlarning ifodalanishi. hislarni kechirish shakllari, yuksak hislar, hissiy ton, affekt, 

stress,  praksik  hislar,  axloqiy  hislar,  estetik  hislar,    intellektual  hislar,  hissiyotning 

o’ziga xosligi. 



Iroda– 4 soat 

      Iroda  haqida  tushuncha,  irodaviy  faoliyatning  umumiy  xususiyatlari,    iroda 



 

nazariyalari,    irodaviy  akt  va  uning  tuzilishi,    shaxsning  irodaviy  sifatlari,    irodani 



tarbiyalash,  irodaning individual xususiyatlari. 

Motivatsiya– 4 soat 

       Motiv  va  motivatsiya    tushunchasining  mazmuni,  xorij  psixologiyasida 

motiv va motivatsiya muammosi,  motivatsiya va motivlarning nazariy muammolari, 

motiv muammosiga doir mulohazalar, shaxs shakllanishida  motivatsiyaning roli.  



Temperament– 2 soat 

     Temperament  haqida  tushuncha,    oliy  nerv  faoliyati  tipi  va  temperament, 

temperament  xususiyatlari,    temperament  tiplari,  faollikni  indvidual  uslubi  va 

temperament,    temperamentni  tarbiyalash,    temperamentni  rivojlanishi  tarixi, 

temperament tipi. 

Xarakter– 2 soat 

         Xarakter  haqida  tushuncha,  xarakterning  fiziologik  asoslari,    xarakter 

tipologiyasi,    xarakter  aktsentuatsiyasi,  xarakter  tarkibi,  xarakterning  shakllanishi, 

xarakter tuzilishi va xususiyatlari,  xarakter borasidagi talimotlar tarixida. 



Qobiliyat– 2 soat 

         Qobiliyatlar  haqida  tushuncha,  qobiliyatlarning  sifati  va  miqdor  tavsifi, 

qobiliyatlar tuzilishi,  talantning paydo bo’lishi va tuzilishi,  

qobiliyat  va  talantlarning  tabiiy  shartlari,  qobiliyat  borasidagi  nazariyalar,  

qobiliyatlarning tabiiy asoslari,  qobiliyatlarning rivojlanishi, qobiliyat va irsiyat. 

 

Seminar va laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish 



bo’yicha ko’rsatmalar   

 

Seminar  va  laboratoriya  mashg`ulotlarida  talabalar  psixik  jarayonlar 



hodisalar xususiyatlar haqida nazariy va amaliy bilimlarni o’rganadilar.  

 

Seminar mashg`ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:  



1.

 

Psixologiya inson haqidagi ilmiy fan sifatida – 2 soat 



2.

 

Malakali psixologlarning psixologik faoliyati ko’rinishlari – 2 soat 



3.

 

Psixologiya tarixi haqida qisqacha ma`lumot– 2 soat  



4.

 

Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari va metodlari – 2 soat 



5.

 

Psixika haqida tushuncha va uning evolyutsiyasi – 4 soat 



6.

 

Ongning taraqqiyoti – 4 soat 



7.

 

Faoliyatning psixologik nazariyasi – 4 soat 



8.

 

SHaxs – 6 soat 



9.

 

Sezgi – 6 soat 



10.

 

Idrok – 6 soat 



11.

 

Diqqat – 4 soat 



12.

 

Tasavvur – 4 soat 



13.

 

Xotira  – 6 soat 



14.

 

Tafakkur – 6 soat  



15.

 

Xissiyot – 4 soat  



16.

 

Iroda – 4 soat 



17.

 

Motivatsiya – 2 soat 



18.

 

Temperament – 4 soat 



19.

 

Xarakter – 4 soat 



 

20.



 

Qobiliyat – 4 soat 

   

Kurs ishini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar 

Kurs ishini maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish olgan 

nazariy  bilimlarni  qo’llashda  amaliy  ko’nikmalar  hosil  qilish  bevosita  ta`lim 

jarayonini  to’g`ri  tashkil  o’quv  faoliyatiga  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni 

qo’llash ko’nikmalarini hosil qilishdir. 

Kurs ishi  mavzulari o’qitish tizmi xususiyatlari bilan bog`liq bo’lib, aniq ta`lim-

tarbiya  muammosi  bilan  belgilanadi.  Kurs  ishining  mavzulari  umumiy  talablar 

sonidan 20%-30% ko’proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq 

beriladi. 

Kurs  ishini  ob`ekti  sifatida  shaxs  bilan  bog`liq  muammolarga  asosiy  e`tibor 

qaratiladi.    Muammoga  doir  talaba  tadqiqot  ishini  olib  boradi  va  hisob  amaliyoti 

kompyuter  dasturida  amalga  oshiriladi.  Tadqiqot  natijalari  jadval  va  diagrammada  

aks ettiriladi. 

Kurs ishining taxminiy mavzulari: 

1.

 

Ong va ongsizlik muammosining psixologiyada yoritilishi. 



2.

 

SHarq mutafakkirlarining psixologik qarashlari tahlili 



3.

 

Psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o’rni. 



4.

 

Psixologiyadagi tadqiqot metodlarining o’ziga xos tomonlari. 



5.

 

Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari. 



6.

 

Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. 



7.

 

Psixikaning ontogenetik taraqqiyoti. 



8.

 

Bilish jarayonlarining inson hayotidagi roli 



9.

 

Faoliyat haqida tushuncha. 



10.

 

Faoliyatning o’ziga xosligi. 



11.

 

Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash. 



12.

 

Faoliyatning asosiy  turlari. 



13.

 

O’yin faoliyatining mazmuni. 



14.

 

Mexnat faoliyati mazmuni. 



15.

 

Talim faoliyati mazmuni. 



16.

 

Muloqot haqida tushuncha. 



17.

 

Muloqot turlari. 



18.

 

Muloqotning verbal vositalari. 



19.

 

Muloqotning noverbal vositalari. 



20.

 

Muloqot shaxslararo o’zaro tasir etish. 



21.

 

Muloqot insonlarning  bir-birini tushunishi. 



22.

 

Muloqot  texnikasi  va usullar. 



23.

 

Pedagogik faoliyatda muloqot. 



24.

 

Noverbal vositalar muloqotda   qanday ahamiyatga ega. 



25.

 

SHaxs haqida tushuncha.  



26.

 

SHaxs shakllanishiga tasir etuvchi omillar. 



27.

 

SHaxsning psixologik tuzilishi modelari taxlili. 



28.

 

SHaxsda o’z-o’zini anglashni tarkib topishi. 



29.

 

Ehtiyoj va shaxs faolligi. 



 

30.



 

Ijtimoiy muhit va shaxs shakllanishi. 



 

Mustaqil ishni tashkil etishning shakl va mazmuni 

 

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga 



olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 

 



Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish; 

 



Tarqatma materiallar bo’yicha ma`ruzalar qismini o’zlashtirish; 

 



Maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzular ustida ishlash; 

 



Talabaning o’quv- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo’lgan fanlar 

bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish; 

 

Faol va muammoli o’qitish uslubidan  foydalanadigan o’quv mashg`ulotlari; 



Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: 

1.

 



Psixologiya fanining predmeti 

2.

 



Ong va ongsizlik. 

3.

 



Hozirgi zamon psixologiyasi fanining tamoyillari. 

4.

 



Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi. 

5.

 



Aniq faoliyatni o’rganuvchi psixologiya sohalari. 

6.

 



Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari. 

7.

 



SHaxs va jamiyat bo’lgan munosabatlarni o’rganuvchi psixologiya sohalari. 

8.

 



Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari. 

9.

 



Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni. 

10.


 

Metod va metodologiya. 

11.

 

Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. 



12.

 

Instinkt tushunchasining mazmuni. 



13.

 

Ko’nikma va malakalar  



14.

 

Hayvonlarning intellektual hatti-harakatlari. 



15.

 

Psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi. 



16.

 

Faoliyat haqida tushuncha. 



17.

 

Faoliyatning tuzilishi. 



18.

 

Muloqot haqida tushuncha. 



19.

 

Muloqot turlari. 



20.

 

Muloqot kishilar o’rtasidagi o’zaro tasir etish. 



21.

 

SHaxs haqida tushuncha.  



22.

 

Individ shaxs, individuallik tushunchalari. 



23.

 

SHaxs faolligi  tushunchalarining mazmuni. 



24.

 

SHaxs shakllanishiga tasir etuvchi omillar. 



25.

 

Diqqat haqida tushuncha. 



26.

 

Jaxon psixologiyasida diqqat nazariyalari. 



27.

 

Sezgilar haqida umumiy tushuncha. 



28.

 

Psixologiya fanida sezgi nazariyalari. 



29.

 

Veber-Fexner qonuni. 



30.

 

Idrok haqida tushuncha. 



31.

 

Idrokning tasnifi. 



32.

 

Xarakatni idrok qilish. 



33.

 

Vaqtni idrok qilish. 



 

10 


34.

 

Fazoni idrok qilish. 



35.

 

Xotira borasidagi tadqiqotlar. 



 

Dasturning informatsion-uslubiy ta`minoti 

 

Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta`limning zamonaviy metodlari pedagogik 



va axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan. 

 

-psixologiya fanining predmeti, psixika va ongni taraqqiyoti, shaxs, faoliyat, 



muloqot 

mavzulari 

bo’yicha  ma`ruza  darslarida  zamonaviy  kompyuter 

texnologiyalari  yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan; 

 

-psixik  holat,  jarayonlar,  shaxsning  hissiy-irodaviy  sohasi,  individual 



psixologik  xususiyatlari  mavzularidagi  seminar  mashg`ulotlarida  aqliy  hujum, 

guruhli  fikrlash,  kichik  guruhlardagi,  munozara,  loyha,  bumerang,  3x4      kabi 

pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. 

 

Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv  qo’llanmalar ro’yxati 

Asosiy darsliklar va o’quv  qo’llanmalar 

1.

 



Abramova  G.S.    Vozrastnaya  psixologiya:  Uchebnoe  posobie  dlya  studentov 

vuzov.-M., “Izd-vo”2000.- 621s 

2.

 

Klimov E.A. «Obshaya psixologiya»  M.: SPb 2001. 



3.

 

Karimova V. M. «Psixologiya»  T.SHarq 2002y. 



4.

 

G`oziev E. G`. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. 



5.

 

Zimnyaya I.A.   Pedagogicheskaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. –M., “Izd-



vo”2002.-384s  

6.

 



Davletshin  M.G.  va  boshqalar  «Yosh  davrlari  va  pedagogik  psixologiya»  T.: 

TDPU 2004 yil 

7.

 

Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T., 2008 yil 



8.

 

Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: TDPU 2010 yil 



 

Qo’shimcha adabiyotlar 

1.

 



SHakirova G.M. “Obshya psixologiya” T.: TGPU 2000. 

2.

 



E.A.Klimov "Psixologiya". Moskva-2000 

3.

 



Sapogova E.E. “Psixologiya razvitiya cheloveka” M., 2001. 

4.

 



O’zbekiston Respublikasi psixologlari T-2001 y 

5.

 



Ibragimova X.I. va boshqalar “Pedagogik psixologiya” T., 2009 yil 

6.

 



Internet ma`lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:  

www.bilimdon.uz

 

www.de.uz, 



 www.tatu.uz

 

 



 

 

 



 

 

 



 

11 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling