O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 317.19 Kb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-fayllar.org
ko`k-siyoh rangda bo`lib, och havorang sitoplazmada ko`rinadi.
3.5.8. Parasporal tanachalar Spora hosil qilgan Bacillus thuringiensis hujayralari sporaga yopishgan to`g`ri bipiramidal oqsil kristallini hosil qiladi. Bu kristall ona hujayra avtolizida spora bilan muhitga ajraladi. Parasporal tanachalarni ko`rish uchun ular maxsus bo`yaladi. Yupqa surtma tayyorlanib, havoda quritiladi. Alangada fiksirlanadi va 2 minut davomida qora anilin bilan bo`yaladi. So`ngra bo`yoq suv bilan yuviladi va surtma 15 sekund davomida Silning fuksini bilan bo`yaladi. Preparat suv bilan yuvilgach, quritiladi va immersion tizim bilan mikroskopda ko`riladi. To`g`ri bo`yalgan oqsil kristallari qora rangda, qolgan qismi pushti rangda bo`ladi. 3.6. Bakteriyalarning spora hosil qilishi Prokariotlar olamida endospora hosil qiluvchi bakteriyalar topilgan. Bunday spora hosil qiluvchi bakteriyalar batsillalar deyiladi. Spora hosil qilish xususiyatiga ega bo`lgan bakteriyalar (tayoqchasimon) Bacillus, Clostridium, Desulfotomaculum, Sporolactobacillus avlodiga kiradi, shu bilan birga ularga ba'zi sharsimon sartsinalar ham kiradi. Spora vegetativ hujayraning ichida hosil bo`ladi. Odatda bitta endospora hosil bo`ladi. Spora vegetativ hujayradan sitologik, fiziologik va kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi. Spora vegetativ hujayraga nisbatan yuqori nur sindirish ko`rsatkichiga ega bo`lib, oddiy usullarda bo`yalmaydi. Ular murakkab, ko`p qavatli qobiqqa ega. Ularda tashqi va ichki hamda qalin korteks qavatlari mavjuddir. Ko`pgina bakteriyalarning tashqi qavati ustida yana bir struktura - ekzosporium qavati bor. Fiziologik jihatdan prokariotlarning sporalari modda almashinuv faolligi ancha pastligi bilan xarakterlanadi. Ular vegetativ hujayraga nisbatan har xil faktorlarga: yuqori va past temperaturaga, radiatsiyaga, mexanik ta'sirlar va hokazolarga o`ta chidamli bo`ladi. Sporalarda dipikolin kislotasi va yuqori miqdorda kaltsiy ionlari topilgan. Ko`pgina batsillalarda spora hosil bo`lishida hujayra shakli o`zgarmaydi. Bu batsillyar spora hosil qilish tipi Baciilus avlodi vakillarida kuzatiladi. Download 317.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling