6. BA'ZI OZIQ-OVQAT MIKROORGANIZMLARI
6.1.
Sutdagi mikroorganizmlar
Sut mikroorganizmlar uchun yaxshi muhitdir. Uning tarkibida oqsillar, pepton, erkin aminokislotalar, sut yog`i, sut
qandi, vitaminlar (A, D, E, C, PP va B guruhi ) mavjud. Shuning uchun mikroorganinzmlar sutda tez ko`payib, uning
sifatini o`zgartiradi. Sutda mikrokokklar, sut kislotali bakteriyalar, streptokokklar, sartsinalar, ifloslangan sutda
esa ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalari, moy kislotali bakteriyalar uchraydi. Sutning mikrobiologik tadqiqotida
bakteriyalarning umumiy soni, ichak tayoqchasi titri aniqlanadi hamda reduktazaga sifat belgisi analizi o`tkaziladi.
Reduktaza miqdori sutda mikroorganizmlar ko`paygan sari ortib boradi. Reduktazaning bor-yo`qligi moviy metilen
yoki rezazurin bo`yoqlari rangsizlanishiga ko`ra aniqlanadi. Moviy metilen bilan reduktaza analizini o`tkazish
uchun bo`yoq sutga qo`shiladi. Bunda sut ko`k rangga bo`yaladi. Agar sutda reduktaza bo`lsa, u sutni rangsizlantiradi.
Yangi sog`ilgan sut juda kech rangsizlanadi. Turib qolgan sut esa tez rangsizlanadi. Rangsizlanish tezligiga ko`ra unda
mikroorganizmlar soni va sutning ifloslanish darajasi aniqlanadi. Analiz o`tkazish uchun namuna 50 ml miqdorida
yaxshi aralashtirilgan sutdan olinadi, sterillangan idishga solinib, sterillangan paxta tiqin bilan yopiladi. Toza
probirkaga 1 ml moviy metilen bo`yog`i quyilib, unga 20 ml 38-40
0
S gacha qizdirilgan sutdan quyiladi.
Aralashtirilgach, probirka 38 - 40
0
S li termostatga qo`yiladi va rangsizlantirilishi nazorat qilinadi. Nazorat vaqti 20
minut; 2 soat; 5,5 soat. Rangsizlanish vaqtiga ko`ra sutlar 4 sinfga bulinadi:
1 2 3 4
Rangsizlanish
vaqti (soat) 5,5 5,5-2 2-0,5 20 min
Bakteriyalarning
taxminiy miq- 0,5 0,5-4 4-20 20 min
dori, mln
Sutning sifati yaxshi o`rtacha yomon juda yomon
Do'stlaringiz bilan baham: |