O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


 Sovuq sterillash usullari


Download 317.19 Kb.
bet32/50
Sana16.11.2023
Hajmi317.19 Kb.
#1781153
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-fayllar.org

7.2.2. Sovuq sterillash usullari 
1) Filtrli sterillash. 

Filtrli sterillash mikrobiologiya amaliyotida keng qo`llaniladi. Asosan, substratlar qizdirishga chiday olmaganda: 


termolabil oqsillar, vitamin, shakar va ayrim antibiotiklarni tutuvchi oziqli muhitlar, uchuvchi moddalar, masalan:
uglevodorodlar va boshqalarga ishlatiladi. Filtrlashda kultural suyuqliklar mikrooganizmlarning hujayralaridan 
tozalanadi, bunda modda almashinuv mahsulotlari o`zgarmagan holda saqlanadi. Suyuqliklarni filtrlashda ular maxsus
mayda teshikli filtrlardan o`tkaziladi. Mikrob hujayralari mexanik ravishda filtrda tutib qolinadi, yana 
mikroorganizmlar adsorbtsiya bo`ladi, chunki ko`pchilik suvli suspenziyali mikroorganizmlarda elektr zaryadi bo`ladi.
Filtr va idishlar oldindan sterillanadi. Filtrlash bakterial filtr orqali bo`ladi va nasos yordamida o`tkaziladi. Bakterial 
filtrlar har xil materiallardan tayyorlanadi. Ular teshiklarning shakli va diametri bilan farqlanadi. Ayrim paytlarda
filtrlarni har xil nomerlar bilan belgilab ishlab chiqiladi. 
Zeytts filtrlari - ular qalin disklar bo`lib, asbest va selluloza aralashmasidan ishlab chiqiladi. Filtr
zanglamaydigan maxsus tutqichga solinadi, u Bunzen kolbasi bilan bog`lanadi. 


Shamberlan shamlari - ma'lum teshikli farfor filtrlar, sham shaklida bo`lib, bir uchida teshik bor. Filtrlash
paytida suyuqlik Bunzen kolbasida yig`iladi. Bunzen kolbasiga shamlar rezina tiqin yordamida o`rnatiladi. Dag`al 
chinni filtrlar ishlatishdan oldin tekshiriladi, hamma mikroorganizmlar yoki ma'lum o`lchamdagi mikroorganizmlarni
ushlab qoladigan ma'lum teshiklilari olinadi. 
Shishadan qilingan filtrlar. Sterillashda foydalaniladigan shishali filtrlar qo`sh qavat disklar ko`rinishida bo`lib,
"Pireks" shisha parchalaridan eritib yasaladi. Pastki qismi teshikli bo`lib, teshiklar 15-40 mkmdir. Uning tepasida 
bakteriya o`tkazmaydigan yuqori qavat joylashgan. U kichik teshikli plastinkadan iborat bo`lib, teshiklarga ko`ra 3
turga bo`linadi. 



Download 317.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling