O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


T A N A   M U SK U L L A R I


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43

T A N A   M U SK U L L A R I
Tana  muskullari  ko'krak,  qorin  va  orqa  muskullaridan  tuzilgan.  Orqa 
muskullari  yuza  va  chuqur  guruh  muskullaridan  iborat.
Orqaning  yuza  muskullari
T r a p e t s i y a s i m o n   m u s k u l   ensa  suyagining  g'adir-budur 
chizig'idan,  ensa boylamidan barcha ko'krak umurtqalarining qirrali  o'siq-
www.ziyouz.com kutubxonasi

laridan  boshlanadi.  O'mrov  suyagining  akromial  tomondagi  qismiga  — 
ko'krakning  baland  qirrasiga  yopishadi  (73-rasm).
Funksiyasi.  Muskulning yuqori qismi qisqarganda yelka kamarini  (kurak 
va  o'mrov  suyaklarini)  yuqoriga  ko'taradi.  Qo'lni  yuqoriga  ko'tarishda 
qatnashib,  kurakning  past  burchagini  tashqariga  tortadi.  Trapetsiyasimon 
muskulning  pastki  qismi 
qisqarsa,  kurak  pastga  tor- 
tiladi.  Ikki  tomondagi  mus­
kulning  ham m a  tolalari 
qisqarsa,  ikkala  kurak  bir- 
biriga  (umurtqa  pog'onasi- 
ga)  yaqinlashadi.
O r q a n i n g   s e r b a r  
m u s k u l i   orqa tomonning 
pastki  qismini  qoplab,  teri 
ostida  (yuzada)  yotadi.  Bu 
m u sk u l  p a s tk i  to 'r t t a  
k o 'k ra k   um u rtq asin in g , 
barcha  bel  umurtqalarining 
qirrali o'siqlaridan, yonbosh 
suyagining tashqi qirrasidan 
va  pastki  to'rtta  qovurg'a- 
dan  boshlanadi.  Muskul 
tolalari  pastdan yuqoriga va 
lateral tomonga yo'nalib yi- 
g 'ilib   asta-sekin  xipcha 
tog'ayga o'tadi  va yelka su­
yagining  kichik  g 'a d ir- 
budur  qirrasiga  yopishadi.
Funksiyasi.  Muskul  qis­
qarib  yuqoriga  ko'tarilgan 
qo'lni  pastga,  orqaga  torta­
di.  Agar  qo'l  qimirlamay
73-rasm .  Orqa  yuza  muskullari.
1,  9 -
  tra p etsiy a sim o n   m uskul;  2, 
3
 -   rom bsim on  
m uskullar; 
4 -
 orqanin g  serbar  m usku li;  5  -  orqa 
fassiyasi;  6  -  orqaning  pastki  tishli  m uskuli;  7 -  katta 
yum aloq  muskul;  8 - d e lt a s im o n   muskul; 
1 0 -
 to'sh- 
o'm rov  so'r g 'ich sim o n   muskuli; 
11
  -  boshning  tasma 
muskuli; 
12 -
 boshning  qirrali  m uskuli.
tursa,  ko'krak  qafasi  kengayadi,  tana  qo'lga  yaqinlashadi.
R o m b s i m o n   m u s k u l l a r   pastki  ikkita bo'yin  va yuqorigi  to'rtta 
ko'krak  umurtqalarining  qirrali  o'siqlaridan  boshlanib,  kurakning  medial 
chetiga  yopishadi.
Funksiyasi.  Kurakni  medial  tomonga  va  yuqoriga  tortadi.
K u r a k n i   k o ' t a r u v c h i   m u s k u l   yuqoridagi  to'rtta  bo'yin 
umurtqasining  ko'ndalang  o'sig'idan  boshlanib,  kurakning  yuqori  bur- 
chagiga  yopishadi.
Funksiyasi.  Kurakni  yuqoriga  ko'taradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

O r q a n i n g   y u q o r i   t i s h l i   m u s k u l i   pastki  ikkita  bo'yin  va 
yuqori  ikkita  ko'krak  umurtqasining  qirrali  o'siqlaridan  boshlanib,  II—V 
qovurg'alarning  orqa  tomoniga  yopishadi.
Funksiyasi.  Qovurg'alarni  ko'taradi.
O r q a n i n g   p a s t k i   t i s h l i   m u s к u 1 i .  Pastki  ikkita  ko'krak  va 
yuqoridagi  ikkita  bel  umurtqalari  ro'parasida  fassiyadan  boshlanib,  IX— 
XII  qovurg'alarga  yopishadi.
Funksiyasi.  Pastki  qovurg'alarni  pastga  tortadi.
Orqaning  chuqur  muskullari
O r q a n i n g   c h u q u r   m u s k u l l a r i   umurtqa  pog'onasining  ikki 
yonboshida  umurtqalarning  qirrali  o'siqlari  bilan  qovurg'alar  burchagi- 
ning  o'rtasida  hosil  bo'lgan  egatchalarda  joylashgan.  Ular  lateral  va  me­
dial  tutamlardan  tuzilgan  uzun  va  chuqurda  joylashgan  mayda-kalta 
muskullardan  iborat.
Lateral  tutam  bir  necha  muskullardan  tuzilgan.
U m u r t q a  
p o g ' o n a s i n i  
t i k l o v c h i  
m u s k u l l a r .  
Dumg'azaning  orqa  sathidan,  bel  umurtqalarining  ko'ndalang  o'siqlari­
dan,  yonbosh  suyagining  tashqi  qirrasidan  va  kurak-bel  fassiyasidan  bosh­
lanib,  yuqoriga  ko'tariladi  va  ensa  suyagigacha  yetib  boradi.  Bu  muskul 
yopishadigan  joyiga  qarab  uch  qismga  bo'linadi.
1)  Y o n b o s h   q o v u r g ' a   m u s k u l i   asosan  qovurg'alarga  yopi­
shadi.
2 ) Uz u n   m u s k u l   medial joylashgan bo'lib,  umurtqalarning  ko'nda­
lang  o'siqlariga  yopishadi.
3)  Q i r r a l i   m u s k u l   qirrali  o'siqlar ustida medial joylashgan bo'lib, 
umurtqalarning  qirrali  o'siqlariga  yopishadi.
Funksiyasi.  Muskul  ikki  tomondan  baravar  qisqarsa,  gavdani  tik 
saqlaydi.  Bir  tomondagi  muskul  qisqarsa,  umurtqa  pog'onasini,  boshni 
qisqargan  tomonga  bukadi.
M e d i a l   t r a k t   m u s k u l   bir  qancha  mayda  muskullardan  tuzil­
gan  bo'lib,  umurtqa  pog'onasini  tiklovchi  muskulning  ostida joylashgan.
K o ' n d a l a n g   q i r r a l i   m u s k u l   umurtqalarning  ko'ndalang 
o'siqlaridan  boshlanib,  yuqoriga yo'naladi  va umurtqalarning qirrali  o'siq­
lariga  yopishadi.
Q i r r a l a r a r o   m u s k u l   ikkita  yonma-yon  joylashgan  umurtqa- 
laming  qirrali  o'siqlari  orasida  joylashgan.
B o s h n i n g   o r q a   k a t t a   va   k i c h i k   t o ' g ' r i   m u s k u l l a ­
ri  I  va  II  bo'yin  umurtqalaridan  boshlanib,  ensa  suyagiga  borib  yopishadi.
Bulardan  tashqari,  I  va  II  bo'yin  umurtqasi  o'rtasida  boshning  pastki 
qiyshiq  muskuli joylashgan.  Bu  muskullar boshni  vertikal  ushlashda, orqaga 
va  yonboshga  burishda  qatnashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

B o ' y i n   v a   b o s h n i n g   t a s m a   m u s k u l l a r i   pastki  beshta 
bo'yin  va  yuqoridagi  oltita  ko'krak  umurtqalarining  qirrali  o'siqlaridan 
boshlanib,  ensa  suyagiga  va  chakka  suyagining  so'rg'ichsimon  o'sig'iga 
yopishadi.
Funksiyasi.  Ikki  tomonlama  qisqarib,  boshni  orqaga  bukishga  yordam 
bersa,  bir  tomonlama  qisqarib,  boshni  o'sha  tomonga  egadi.
Orqa fassiyasi.  Orqada  yuza  va  ko'krak-bel  fassiyalari  tafovut  etiladi. 
Teri  ostida  yuza  joylashgan  orqaning  yuza  fassiyasi  trapetsiyasimon  va 
orqaning  serbar  muskullarini  ustidan  o'raydi.  Ko'krak-bel  fassiyasi  xiyla 
qalin  bo'lib,  ikki  varaqqa  bo'linadi.  Yuza  varag'i  umurtqa  pog'onasini 
tiklovchi  muskulni  ustki  tomonidan,  chuqur  varag'i  esa  shu  muskulni
ostki  tomonidan  o'rab,  orqaning  chuqu
Tananing  old  tomonidagi  muskullar
Tananing  old  tomonidagi  muskul­
lar  ko'krak  va  qorin  muskullaridan 
iborat  (74-rasm).
Ko'krak  muskullari
K o ' k r a k   m u s k u l l a r i   ikki 
guruhdan tuzilgan bo'lib,  birinchi  guruh 
yuza  serbar  m uskullardan  tashkil 
topgan.  Ikkinchi  guruh  muskullari  esa 
chuqur  joylashgan  ko'krak  qafasining 
xususiy  muskullaridir.
Ko'krak  qafasining  yuza  muskul­
lari  embrionning  rivojlanish  jarayoni­
da dastavval qo'lda paydo bo'lib, keyin 
ko'krak  qafasiga  ko'chadi.
K o ' k r a k n i n g   k a t t a   m u s ­
k u l i   o'mrov  suyagining  medial  qis­
midan,  to'sh  suyagining  dastasidan, 
II— VII  qovurg'alarning  tog'ay 
qis­
midan  va qorin to'g'ri muskuli qinining 
oldingi  devoridan  boshlanib,  yelka  su­
yagi  katta  do'mbog'ining  g'adir-budur 
qirrasiga  yopishadi.
Funksiyasi.  Yuqoriga  ko'tarilgan 
q o 'lni  pastga  tortadi  va  ko'krakka 
yaqinlashtiradi.  Pastga  tushirilgan 
qo'lni  ichkariga  buradi.  Q o'l  qimirla-
muskuliga  qin  hosil  qiladi.
74-rasm .  Tananing  old  tom onidagi 
m uskullari.
/ - i k k i   qorinli  muskul;  2 - j a q - t i l   osti 
m uskuli; 
3
 -  teri  osti  m uskuli; 
4;  6 -  
to ‘sh-til  osti  m uskuli;  5  -  to'sh -o'm rov 
so'rg'ich sim on   m uskuli;  7 -  deltasim on 
muskul; 
8
 -  ko'krakning  katta  muskuli;
9 - q o r in n in g   tashqi  q iysh iq   m uskuli;
1 0 -
 qorin  to 'g 'ri  m uskulining  qini; 
11, 
1 3 -
  c h o v  
b o y l a m i ;  
/ 2 - u r u g '  
tizim chasi; 
14
 -  qorinning  ichki  qiyshiq 
m uskuli;  / 5 - q o v u r g 'a   oraliq  m uskul­
lari; 
16 -
 ko'krakning  kichik  m uskuli.
www.ziyouz.com kutubxonasi

magan  paytda  qovurg‘alami  ko'tarib,  nafas  olishga  yordam  beradi.
K o ' k r a k n i n g   k i c h i k   m u s k u l i   ko'krakning  katta  muskuli 
ostida  yotadi.  II— V  qovurg'alardan  boshlanib,  kurakning  tumshuqsimon 
o'sig'iga  yopishadi.
Funksiyasi.  Muskul  qisqarib,  yelka  kamarini  pastga  tortsa,  qo'l  qimir- 
lamay  turganda  qovurg'alarni  ko'tarib,  ko'krak  qafasini  kengaytiradi,  na­
fas  olishga  yordamlashadi.
O ' m r o v   o s t i   m u s к u 1 i  o'mrov  suyagidan boshlanib I qovurg'aga 
yopishadi.
Funksiyasi.  O'mrov  suyagini  pastga  tortadi.
O l d i n g i   t i s h l i   m u s k u l   yuqori  qovurg'alarning  8  yoki  9  tasi- 
dan  alohida tishlar (bo'laklar)  shaklida boshlanib,  kurakning  medial  chetiga 
yopishadi.
Funksiyasi.  Muskul qisqarib,  kurakning pastki burchagini oldinga buradi 
va  qo'lni  yuqoriga  ko'taradi.  Q o'l  qimirlamay  turganda  qovurg'alarni 
ko'tarib  nafas  olishga  yordam  beradi.
Ko'krak  qafasining  xususiy  muskullari
Q o v u r g ' a l a r a r o  
t a s h q i   m u s k u l l a r  ning  tolalari  yuqori­
dan  pastga  va  orqadan  oldinga  yo'nalgan  bo'lib,  yuqoridagi  qovurg'a 
pastki  chetining  tashqi  yuzasidan  boshlanib,  pastdagi  qovurg'aning  yuqori 
chetiga yopishadi.  Bu  xildagi  muskullar umurtqa pog'onasi  bilan  qovurg'a­
ning  tog'ay  oralig'ida  joylashgan  bo'ladi.
Funksiyasi.  Qovurg'alarni  ko'taradi.
Q o v u r g ' a l a r a r o   i c h k i   m u s k u l l a r   qovurg'a  oralig'ining 
to'sh  suyagi  bilan  qovurg'a  burchagining  o'rtasidagi  masofani  to'ldirib 
turadi.  Muskul  tolalari  pastdan  yuqoriga  va  oldindan  orqaga  yo'nalgan. 
Ichki  qovurg'aaro  muskul  pastki  qovurg'aning  ustki  chetidan  boshlanib, 
ustki  qovurg'aning  pastki  chetiga  yopishadi.
Funksiyasi.  Qovurg'alarni  pastga  tortadi.
K o ' k r a k - q o r i n   t o ' s i g ' i   -   d i a f r a g m a   yupqa  muskuldan 
tuzilgan  bo'lib,  ko'krak  qafasi  tomonga  gumbaz  hosil  qilib  joylashgan. 
Diafragmaning  o'rta  (markaz)  qismi  paydan  tuzilgan.  Chetlari  esa  mus­
kul  tolalaridan  iborat  bo'lib,  bel,  qovurg'a  va  to'sh  qismlari  tafovut  qili­
nadi.  Qovurg'a  bilan  bel  qismi  oralig'ida,  qovurg'a  qismi  bilan  to'sh 
qismi  oralig'ida  uchburchak  shaklidagi  yoriqlar  bo'lib,  ulardan  qon  to­
mirlar  va  nervlar  o'tadi.  Ba’zan  qorin  bo'shlig'ida  bosim  haddan  tashqari 
oshib  ketsa,  ichak  yoki  qorin  charvisi  ana  shu  teshiklar  orqali  ko'krak 
bo'shlig'i  tomonga  yo'nalib,  diafragma  churrasi  paydo  bo'lishi  mumkin. 
Bundan  tashqari,  diafragmaning  muskul  qismida  aorta,  qizilo'ngach 
o'tadigan  teshiklar  va  pay  qismida  pastki  g'ovak  vena  teshigi  mavjud.
Funksiyasi.  Diafragma qisqarib,  gumbazi  yassilanadi  va ko'krak  qafasi 
kengayib,  nafas  olishga  yordam  beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

K o ‘ k r a k   f a s s i y a s i   — ko ‘krak  muskullarining  uchta:  yuza,  xu­
susiy  va  k o ‘krak  qafasining  ichki  yuzasini  qoplovchi  ko'krak  fassiyasi 
tafovut  qilinadi;  ulardan  biri  teri  osti  fassiyasi  bo'lib,  odatda,  teri  osti 
yog'  qavatining  ostida  joylashib,  ko'krak  muskullarini  ustki  tomondan 
qoplab, qo'shni  soha tomonga yo'naladi.  K o'krak xususiy  fassiyasi  ko'krak 
katta  muskulining  tepa  qirrasiga  kelganda  ikki  varaqqa  ajralib,  muskulni 
old  va  orqa  tomondan  o'rab,  qin  hosil  qiladi.  Xususiy  fassiyaning  chuqur 
varag'i  ko'krakning  kichik  muskuli  bilan  o'm rov  osti  muskuli  sohasiga 
yaqinlashib,  qalinlashadi  va  ko'krak-o'm rov  fassiyasi  nomi  bilan  ataladi. 
Ko'krak  fassiyasi  ko'krak  qafasining  devorini  ichki  tomondan  o'rab  turadi.
Qorin  muskullari
Qorin  ko'krak  qafasining  pastki  chegarasi  (teshigi)  bilan  chanoqning 
ustki  chegarasi  o'rtasida joylashgan.  Qorin  bo'shlig'ini  oldi,  ikki  yonboshi 
va  qisman  orqa  tomonidan  qorin  muskullari  qoplab  turadi  (75-rasm).
Q o r i n n i n g  
t a s h q i  
q i y s h i q  
m u s k u l i  
k o 'k r a k   q a fa sin in g   p astk i 
sakkizta qovurg'asidan  tishlar 
bilan  boshlanib,  muskulning 
p a stk i  tu ta m la ri  y o n b o s h  
suyagi  qirrasining  tashqi  la- 
biga  yopishadi.  Qolgan  o'rta 
qismi  muskul  tolalari  yassi 
p a y g a   a y la n ib ,  q o rin n in g  
to 'g 'ri  muskuli  ustidan  o'tib, 
qarama-qarshi  tomondagi  shu 
nomli  muskul  payi  (aponev- 
ro z)  b ila n   o 'r t a   c h iz iq d a  
tutashib,  oq  chiziqni  hosil 
etishda  qatnashadi.
Q o rin   ta s h q i  m u s k u l 
payining pastki qismi  yonbosh 
suyagining  tepa  do'ngi  bilan 
qov  suyagining  do'm boqchasi 
o'rtasida  taranglashib  qalinla­
shadi  va  ichkariga  qarab  tar- 
novsimon  ariqcha  hosil  qilib 
tutashadi.  Shunday  qilib,  chov 
boylami  hosil  bo'ladi.
Q o r i n n i n g  
i c h k i  
q i y s h i q   m u s k u l i   qorin-
7 -
75-rasm.  Qorin  muskullari.
I  -  ko'krakning  katta  muskuli;  2 -  qorinning  tashqi 
qiyshiq  muskuli;  3 -  qorinning  to ‘g ‘ri  muskuli;   -  
piramidasimon  muskul;  5 -q orin n in g  oq  chizig'i; 
6 -  qorin  to'g'ri  muskulining  qini;  7 -  yarim aylana 
chiziq;  8 -  qorinning  ko'ndalang  muskuli;  9 -  yarim 
oysimon  chiziq.
www.ziyouz.com kutubxonasi

ning  tashqi  qiyshiq  muskuli  ostida joylashgan  bo'lib,  yonbosh  suyagining 
qirrasidan, chov boylamining tashqi 2/3  qismidan  va ko'krak-bel fassiyasidan 
boshlanib,  yuqoriga  ko'tariladi  va  XII,  XI,  X  qovurg'alarga  yopishadi. 
Muskul  tolalarining  pastki  tutamlari  qorin  to 'g 'ri  muskuli  chetiga  yaqin- 
lashganda  serbar  pay  (aponevroz)ga  aylanadi  va  ikki  varaqqa  bo'linadi. 
Aponevrozning  oldingi  varag'i  qorin  to 'g 'ri  muskulining  old  tomonidan, 
orqa  varag'i  esa  muskulning  orqa  tomonidan  o'tib,  muskulning  medial 
qirrasiga  borganda  qo'shilib,  yana  bitta  aponevrozga  aylanadi  va  qorin­
ning  oq  chizig'ini  hosil  qilishda  qatnashadi.
Q o r i n n i n g   k o ' n d a l a n g   m u s k u l i   muskul  tolalari  ko 'n da­
lang  yo'nalib,  pastki  oltita  qovurg'aning  ichkari  yuzasidan,  ko'krak-bel 
fassiyasining  chuqur  varag'idan,  yonbosh  suyagining  qirrasidan  boshla­
nib,  qorin  devorining  old  qismiga  borganda  muskul  tolalari  serbar  payga 
aylanadi  va  qorin  to 'g 'ri  muskulining  orqa  tomonidan  o'tib,  qarama- 
qarshi  joylashgan  shu  nomli  aponevroz  bilan  tutashadi  hamda  qorinning 
oq  chizig'ini  hosil  qilishda  qatnashadi.
Qorin  ko'ndalang  muskulini  ichkari  tomondan  qorinning  ko'ndalang 
fassiyasi  qoplab  turadi.
Q o r i n n i n g   t o ' g ' r i   m u s к u 1 i  qorin  devorining  oldingi  qismi­
da  joylashgan.  Pastki  V,  VI  va  VII  qovurg'alarning  tog'ay  qismi  ichki 
yuzasidan  va  to 'sh   suyagining  xanjarsimon  o'sig 'id an  boshlanib,  qov 
suyagiga  kelib  yopishadi.  Muskul  tolalarining  uch-to'rt  yerida  pay  bel- 
bog'lari  uchraydi.  Bu  belbog'lar muskul  tolalarining  mustahkam  bo'lishini 
ta’minlaydi.
P i r a m i d a s i m o n   m u s k u l   qov  birlashmasidan  boshlanib,  qorin­
ning  oq  chizig'iga  yopishadi.
B e l n i n g   k v a d r a t s i m o n   m u s k u l i   qorin  bo'shlig'ining  orqa 
sohasida joylashgan  bo'lib,  yonbosh  suyagining  qirrasidan  boshlanadi  va  bel 
umurtqalarining  ko'ndalang  o'siqlariga  tepadan  XII  qovurg'aga  yopishadi.
Q o r i n   d e v o r i n i n g   f a s s i y a l a r i .   Odam organizmining boshqa 
sohalari  singari  yuza,  xususiy  va  chuqur  joylashgan  fassiyalari  tafovut 
qilinadi.  Yuza  yoki  teri  osti  fassiyasi  teri  osti  yog'  qavatida  joylashgan. 
Qorin  devorining  xususiy  fassiyasi  uch  varaqdan  iborat  bo'lib,  qorinning 
tashqi  qiyshiq  muskuli,  qorinning  ichki  qiyshiq  muskuli  va  qorinning 
ko'ndalang  muskulini  tashqi  tomondan  o'rab  turadi.  Qorin  devorini  ichki 
tomondan  o'rab   turgan  fassiya  joylashgan  sohasiga  qarab  turlicha  nom 
bilan  ataladi.  Jumladan,  diafragma  o'rab  turgan  qorin  fassiyasi  diafragma 
fassiyasi,  qorin  ko'ndalang  muskulini  o'ragan  qismi  qorinning  ko'ndalang 
fassiyasi,  yonbosh  muskulini  o'ragan  qismi  yonbosh fassiyasi  deb  ataladi.
Qorin  muskullarining  funksiyasi:  qorin  muskullari  qisqarganda  qorin 
bo'lagi  torayib,  bosimi  oshadi,  bu  hoi  ayollarda  tug'ish  aktini,  defekatsiya 
(hojat)  va  qusish  jarayonlarini  osonlashtiradi,  ya’ni  kuchanish  yuzaga
www.ziyouz.com kutubxonasi

keladi.  Bundan  tashqari,  qorin  muskullari  qisqarib  tanani  oldinga  bukish, 
bir  tom onlam a  qisqarib,  tanani  burish  vazifalarini  bajaradi.  Nihoyat, 
qovurg'alarni  pastga  tortib,  ko'krak  qafasini  toraytiradi,  nafas  chiqarishga 
yordamlashadi.
Qorin  to‘g‘ri  muskulining  qini
Qorin  to 'g 'ri  muskulini  fibroz  xalta  o'rab   turadi.  T o 'g 'ri  muskul  qini 
(76-rasm)  kindikdan  yuqorida  va  pastda  turlicha  tuzilgan.  Jum ladan, 
kindikdan  yuqorida  to 'g 'ri  muskul  qinining  oldingi  devori  -   qorin  tashqi 
qiyshiq  muskuli  aponevrozi  to 'g 'ri  muskul  old  tomonidan  o'tadi.  Q orin­
ning  ichki  qiyshiq  mus­
kuli  aponevrozi esa qorin 
to 'g 'ri  muskulining  che­
tig a  
k e lg a n d a  
ik k i 
varaqqa  bo'linib,  bittasi 
to'g'ri  muskulning old to­
monidan,  ikkinchisi  esa 
orqa  tom onidan  o 'tib , 
muskulning  medial  chek- 
kasida  o 'z a ro   tutashib, 
so'ngra qorin oq chizig'i­
ni hosil qilishda qatnasha- 
76-rasm.  Qorin  to'g'ri  muskulining  qini. 
di.  Q o rin   k o 'n d a la n g   1 
-t e r i  qavati; 
2
-q orin n in g  oq  chizig'i; 
3 -
qorinning
muskulining  aponevrozi 
tash4 ‘  Ч‘У5ЫЧ  muskuli;  -q orin n in g  ichki  qiyshiq  mus- 
,  t  . 
l i -  
kuli;  -qorinning  ko'ndalang  muskuli;  -q o rin   to'g'ri
to  g  Г
1
  muskulning  orqa  mu^iining qjnj; 
7
 _ 
qorin  to'g'ri  muskuli  qinining  orqa 
tomonidan  (ichki  qiyshiq 
devori; 
8 -  
qorin  pardasi  fassiyasi; 
9
-q o r in   tepasidagi 
m uskul  apo n ev ro zid an  
pastki  arteriya.
keyin)  o'tadi.
Kindikdan  4— 5  sm  pastroqda  uchala  serbar  muskul  aponevrozi  to 'g 'ri 
muskulning  oldingi  tomonidan  o'tadi.  Qorin  to 'g 'ri  muskuli  qinining 
orqa  devori  esa  faqat  qorin  fassiyasi  hisobiga  tuziladi.
Q o r i n n i n g   o q   c h i z i g ' i .   Qorin  serbar  muskullarining  aponev- 
rozlari  qorin  to 'g 'ri  muskullari  qinini  hosil  qilib,  uning  medial  chekkasi- 
ga  kelganda  ikkala  tomondagi  aponevrozlar  o'zaro  birlashib,  oq  chiziqqa 
aylanadi.  Qorin  oq  chizig'i  to'sh  suyagining  xanjarsimon  o'sig'idan  qov 
suyagi  birlashmasigacha  tortilgan.  Oq  chiziqning  o'rtasida  kindik  halqasi 
bor.  Qorin  oq  chizig'ida  qon  tomir  va  nerv  tolalari  kam  bo'ladi.
Kindik,  odatda,  bola  tug'ilgandan  keyin  kindik  tizimchasi  kesilishidan 
hosil  bo'lgan  chandiqdir.  Kindik  tizimchasi  pardaga  o'ralgan  qon  tom ir- 
laridan  tuzilgan  b o 'lib ,  bola  tu g 'ilg un ch a  ana  shu  qon  tom irlardan 
oziqlanib  o'sadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

C h o v   k a n a l i   (77-rasm)  chov  sohasida,  qorin  serbar  muskullari- 
ning  pastki  qismlari  orasida  hosil  b o ‘lib,  undan  ayollarda  bachadonning 
yumaloq  boylami,  erkaklarda  esa  urug*  tizimchasi  o'tadi.  Chov  kanali-
ning  ikkita  (ichki  va  tashqi)  teshigi 
va  to'rtta  devori  bor.  Chov  kanali-
1  ning  ichki  chuqur  teshigi  qorin  de-
2  vorining  lateral  tomonida  joylash­
gan  bo'lib,  qorin  bo'sh lig'ida  qorin
3  ichki  fassiyasining  qalin  tortib  chu-
4  qurlashgan  qismi  bilan  qoplangan.
5  K analning  tashqi  (yuza)  teshigi 
g  to'rtta  devor  bilan  chegaralanib  tu­
radi.  Jumladan,  lateral  va  medial
7  devorlari  qorin  tashqi  qiyshiq  mus­
kuli  aponevrozining ikkiga ajralgan 
qismi  (aponevroz  oyoqchalari)  dan 
77-rasm.  Chov  kanali. 
iborat.  Medial  aponevroz  oyoqcha
l -  
qorinning  oq  chizig'i; 
2 -  
qorinning  tashqi 
qov birlashmasiga,  lateral oyoqchasi 
q iy sh iq   m u sk u li  a p o n e v r o z i;  
 
c h o v  
esa  qov  do'm boqchasiga  yopisha- 
boylam ining  m edial  qismi;  4 -  qaytuvchi 
,* 

,  ,
boylam;  5 -  chov  boylainining  lateral  qismi;  d , ‘ 
Aponevroz  oyoqchalar  tepa  to- 
6 - u r u g '  tizim chasi;  7 -   ushlab  turuvchi 
mondan  oyoqchalararo  fibroz  tola- 
muskul;  8  -   katta  yashirin  vena;  9,  1 0 -  
lar  bilan  birlashsa,  past  tomondan 
ovalsimon  bo'shliq  qirrasi;  / / - s o n   venasi. 
qaytuvchi  boylam  bilan  chegarala- 
1 2 -ic h k i  teshik. 
na(jj  Chov  kanali  pastki  devorini
chov  boylami,  oldingi  devorini  qorin  tashqi  qiyshiq  muskuli  aponevrozi­
ning  chov  sohasi,  yuqoridan  qorinning  ichki  qiyshiq  muskuli  bilan  ko'nda­
lang  m uskullaming  pastki  tutamlari,  orqa devorini esa qorin  ichki fassiyasi 
chegaralab  turadi.
Chov  kanali  qorin  devorining  eng  b o'sh  qismlaridan  bo'lib,  qorin 
bo'shlig'i  bosimi  oshganda  kanal  orqali  churra  (grija)  tushishi  mumkin.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling