O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm.  Biriktiruvchi  to'qima


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

3-rasm.  Biriktiruvchi  to'qima. 
to'qim a  a’zolarning  oraliq  bo'shliqlarini,
www.ziyouz.com kutubxonasi

ko'z  kosasi,  buyrak  atrofini  to'ldirib  (ularni 
silkinishdan  saqlaydi),  organizm  haroratini 
tartibga  soladi.  Qorin  bo'shlig'idagi  charvi 
va  teri  osti  yog'  qavati  zaxira  oziq  hisob­
lanadi.
P i g m e n t l i   t o ' q i m a   protoplazma- 
sida pigment  zarrachalari  bo'lgan  turli shaklli 
hujayralardan  tashkil  topgan  bo'lib,  sut  bezi 
so'rg 'ich i  va  uning  atrofida,  yorg'oq  terisi- 
da,  ko'zning  rangdor  va  tomirli  pardalarida 
uchraydi.
Fibroz  to'qim a  yoki  zich  biriktiruvchi 
to'qim a  —  tolalari  bir-biriga  zich  parallel 
joylashgan  tutamlardan  tuzilgan  bo'lib,  ela- 
stik  xususiyatga  ega  emas.  Organizmda  tayanch  vazifani  bajaradi.
Elastik  to'qim alar  orasida  yumshoq  biriktiruvchi  to'qim asi  bo'lgan 
bukiluvchan  (elastik)  tolalardan  iborat  bo'lib,  boylamlar  va  qon  tomirlar 
devorida  joylashgan.
T o g ' a y   t o ' q i m a s i   organizmda tayanch  vazifasini  bajaradi,  hujay- 
ralararo  oraliq  moddalari  ko 'p   bo'ladi.  Bu  to 'q im a  elastik  va  gialin 
tog'aylarga  ajraladi.  Gialin  tog'ayning  tashqi  ko'rinishi  xira  shishaga 
o'xshagan  (shishasimon  tog'ay  nomi  shundan  olingan),  hujayralari  yakka- 
yakka yoki to'p-to'p bo'lib joylashgan.  Organizmning  nafas  yo'li  tog'aylari, 
b o 'g 'im   tog'aylari,  qovurg'alarning  oldingi  uchi  tog'aylari  gialin  tog'ay- 
dan  tuzilgan.  Skelet  suyaklari,  asosan,  embrional  o'sish  davrida  gialin 
tog'ay  holatida  bo'lib,  keyinchalik  suyaklanadi.
Elastik yoki tolali tog'ay- 
lar  to 'q im a sin in g   oraliq 
moddasi  kollagen  modda- 
dan  iborat  bo'lib,  bo'g'im  
ichidagi  menisklar,  umurt- 
qalar  tanasining  oraliq  to­
g'aylari  shular jum lasidan­
dir.  Elastik  to g 'ay   to'qi- 
masidagi  tolalar  bukiluv­
chan   va  c h o 'z ilu v c h a n  
(elastik)  tolalar  bo'lganli- 
gidan  sariq  rangda  k o 'ri­
nadi (5-rasm).  Barcha tog'ay 
to'qimalarining tashqi  yuzasi 
zich  biriktiruvchi  to'qim a
bilan  O  ralgan  bo  lib,  to- 
5-rasm.  Elastik  tog'ay  to'qimasi.
4-rasm.  Yog'  to'qimasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

g'aylam i  oziqlantirib  turadi  va  o'sishiga  yordam  beradi.
S u y a k   t o ' q i m a s i .   Bu  to'qim a  tarkibida  noorganik  modda  ko'p 
bo'lganligi  sababli  qattiq  bo'lib,  shu  jihatdan  boshqa  to'qim alardan  farq 
qiladi.  Yangi  tug'ilgan  chaqaloqlar  suyak  to'qim alarining  oraliq  modda- 
lari  betartib  tarqalgan  kollagen  tutamlardan  tuzilgan  bo'lsa,  o 'rta   yashar 
odamlarda  suyak  oraliq  moddasiga  ohak  moddasi  shimilib,  uni  borgan 
sari  qattiqlashtirib  boradi.  Suyak  to'qimasi  boshqa to'qimalar singari  hujayra 
va  oraliq  moddalardan  tuzilgan  (6-rasm).
Suyak oraliq  moddalari,  asosan,  mineral  (kalsiy  va  fosfor)  tuzlardan  iborat 
bo'lib,  ular suyaklar mustahkamligini  ta’minlaydi.  Rouber ma’lumotiga ko'ra. 
suyaklar  ohakdan  4— 5  marta  qattiq,  cho'yan  va  temirga  yaqin  turadi.
Suyakning  oraliq  kollagen  tolalari  ostein  tolalar  deb  ataladi  va  ularning 
joylashishiga  qarab  qo'pol  tolali  va  yassi  plastinkasimon  tolali  suyak 
to'qim alari  tafovut  qilinadi.
Qo'pol  tolali  to'qim a,  asosan,  embrion  va  yangi  tug'ilgan  chaqaloq- 
larning  suyak  to'qim alari  bo'lib,  tartibsiz,  har  tarafga joylashadi  va  orga­
nizm  rivojlanishi  davomida  asta-sekin  tolalarga  almashadi.
Katta  yoshdagilarda  qo'pol  tolali  suyak  to'qim alari  suyaklarning  faqat 
paylar  yopishadigan  qismlarida,  kalla  suyaklarining  o'zaro  birlashadigan 
choklarida uchraydi.  Yassi  plastinkasimon  suyak to'qim asida ossein  tolalari 
parallel  yo'nalib  joylashadi  va  suyaklarning  qattiq  bo'lishini  ta’minlaydi. 
Bunday  tuzilishdagi  suyaklar katta  odamlarning  deyarli  barcha  suyaklariga 
tegishli  xususiyatdir.
3. 
M u s k u l   t o ' q i m a s i   tolalarining  protoplazmasida  nerv  siste­
masi  ta’sirida qisqarish  xususiyatiga ega bo'lgan  differensiallashgan  maxsus
nishida  ishtirok  etsa,  oste- 
o k la s tla r   riv o jla n is h d a n  
to'xtagan  suyak  hujayrala- 
rini  kemiradi.
6
-rasm.  Suyak  to'qimasi. 
/-suyak  hujayralari;  2-oraliq  moddalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

ingichka  tolalar  (miofibrillar)  bo'lishi  bilan  organizmdagi  boshqa  to'qi- 
malardan  farq  qiladi.
Organizmda  tuzilishi  va joylashishiga  qarab  ikki  xil  (silliq  va  ko'nda- 
lang-targ'il)  muskul  to'qimalari  tafovut  qilinadi.
Silliq  muskul  to'qimasi  —  ichki 
a ’z o la r  (m e ’da,  ich ak lar,  siydik 
yo'llari  va  bachadon  kabi  a'zolar)da, 
qon  va  limfa  tomirlarining  devorida 
jo y la s h g a n   b o 'lib ,  b itta   y ad ro li 
duksimon  hujayralardan  tuzilgan  (7- 
rasm).  Hujayralar  odatda  bir-biriga 
juda  yaqin  joylashadi.  Silliq  muskul 
to'qim alarini  vegetativ  nerv  sistema­
si  innervatsiya  qiladi,  binobarin  kam 
energiya  sarflab,  g'ayriixtiyoriy  se- 
kin  qisqaradi.  Silliq  muskul  to'qim a­
lari  tarkibidagi  elastik  va  kollagen  to­
lalar  ularning  hujayralarini  o'zaro bir- 
lashtiradi,  ya'ni  tayanch  vazifasini  ba­
jaradi.
Ko'ndalang-targ'il  muskullar  (8- 
rasm)  skeletni  qoplab joylashadi.  Har 
bir  muskul  tolasining  yuzga  yaqin 
o'zagi  va  protoplazmasi  bo'lib,  yupqa 
va  tiniq  parda  bilan  o 'ralgan.  Bu 
m u sk u llar  ix tiy o riy   ra v ish d a   q isq a ra d i.
Shuning uchun  ular  (bundan  yurak  muskullari 
mustasno)  skelet  muskullari  yoki  ixtiyoriy  ra­
vishda qisqaruvchi  muskullar deb  ham ataladi.
Har  bir  muskul  tolasi  bir  necha  millimetrdan
10— 12  sm  gacha  bo'lib,  bir  uchidan  ikkinchi 
uchiga tutamlar shaklida yo'naladi.  Bu  muskul 
tolalarining  qisqaruvchi  moddasi  mikroskop 
ostida  ko'rilganda  ko'ndalang-targ'il  bo'lib 
ko'rinadi.  Chunki  muskul  tolasi  tarkibidagi 
izotop  va  anizotop  zarrachalar  nurni  turlicha 
sindiradi.  Natijada  muskul  tolalari  ko'ndalang- 
targ'il  bo'lib  ko'rinadi,  uning  nomi  ham  shun- 
dan  kelib  chiqqan.  Skelet  muskullari  silliq 
muskul  to'qim asiga  nisbatan  tez  va  k o 'p  
energiya sarflab qisqaradi.  Yurak muskul  to'qi­
masi  (miokard)  ko'ndalang-targ'il  muskul  to- 
lalardan  tuzilgan  b o'lsa  ham  g'ayriixtiyoriy
7-rasm.  Silliq  muskul  to'qimasi.
8
-rasm.  Ko'ndalang-targ'il 
muskul  to'qimasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

qisqaradi.  Miokard  skelet  muskuliga  o ‘xshash  tutamlardan  iborat  bo'lib, 
uning  tolalari  turli  tomonlarga  burilib,  muskul  tolalari  to'rini  hosil  qilib 
joylashadi.  Miokard  muskul  tolalarining  yadrolari,  odatda,  tolaning  o 'rta ­
sida  bo'ladi.
4. 
N e r v   t o ' q i m a s i .   Bu  to'qim a  neyron  va  yordamchi  element -  
neyrologiya  yoki  gliyadan  tashkil  topgan  bo'lib,  organizmga  tashqi  mu- 
hitdan  va  organizmning  o'zidagi  a’zolar  (ichki  muhit)dan  keladigan  ta’- 
sirotlar  va  sezgilarni  o'tkazish  vazifasini  bajaradi.  Neyron  bir  qancha 
qisqa o'siqlar —  dendrit  va  bitta  uzun  o'siq  —  akson  yoki  neyritga ega 
bo'lgan  nerv  hujayrasidan  hamda  nerv  uchlaridan  iborat  (9-rasm).  Nerv 
hujayralari  ko'pincha  yulduz  shaklida,  ba’zan  noksimon,  yumaloq  va 
boshqa  shakllarda  bo'ladi.  Dendritlar  sezgilarni,  odatda,  hujayra  tanasiga 
qarab  yo'naltirsa,  akson  yoki  neyritlar,  aksincha, 
hujayra  tanasidan  boshqa  neyronlarga  yoki.  xizmat- 
chi  a ’zolarga  olib  boradi.  Nerv  hujayralari,  odatda, 
ularning  markazida joylashgan  yumaloq  shaklli  bitta 
yadroga  ega.  Har  bir  yadroda  2— 3  yadrocha  b o'la­
di.  Nerv  hujayralari  protoplazmasida  umumiy  orga- 
noidlardan  tashqari,  ularga xos  bo'lgan  tigroid  modda 
va  neyrofibrillar  bo'lishi  bilan  ajralib  turadi.  Tigroid 
modda  —   Nissel  zarrachalari  nerv  hujayralarining 
tanasi  va  kalta  o'siq  (dendrit)larida  bo'ladi.  Neyrit­
lar  esa  bu  moddadan  mustasno.
Tigroid  moddalar oqsil  moddasini  sintezlashda qat­
nashadi.  Binobarin  tigroid  m oddalar  hamma  vaqt 
h u ja y ra la m in g   fu n k sio n a l  fa o liy a tig a   b o g 'liq . 
Jumladan,  nerv  kasalligi,  davomli  nerv  qo'zg'alishi, 
nerv  tolalarining  jarohatlanishi  yoki  organizm da 
kislorod  yetishmasligi  tigroid  moddalaming  holatini 
va  ular  miqdorini  o'zgartiradi,  ba’zan  mutlaqo  erish 
jarayoni  kuzatiladi.
Neyrofibrillar ingichka ipchalar ko'rinishida bo'lib, 
nerv  hujayralarining  sitoplazmasida turli  tomonga to 'r 
hosil  qilgan  holda  yo'nalib  joylashadi.  Neyrofibril­
lar,  asosan,  qo'zg'alishlar (impulslar)ni  o'tkazadi,  ular 
nerv  hujayralarining  holatiga  qarab  o'zgaruvchan 
bo'ladi.
Neyrosekretor hujayralar nerv  sistemasida uchraydi 
va  tarkibida  sekretor  donachalari  b o 'lis h i  bilan 
farqlanadi.  Bunday  sekretsiya qilish  xususiyati  bo'lgan 
h u jay ralar  k o 'p ro q   bosh  m iyaning  g ip o talam ik  
sohasida  uchraydi.
9-rasm.  Neyronning 
tuzilish  sxemasi. 
I -   nerv  hujayrasi 
tanasi; 2-kalta darax- 
tga  o'xshash  tolalar; 
J ,4 -a k s o n   tolalar, 
(miyelin  parda  bilan 
o'ralgan); 5-nerv oxiri; 
6
-muskul  to'qimasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Neyrogliya  yordamchi  to'qim a  b o'lib,  turli  shakldagi  (makrogliya 
va  mikrogliya)  hujayralardan  iborat  (10-rasm).  M akrogliya  hujayralari 
m iyada  neyronlar  o ralig 'id a   bosh  miya  qorinchalari  va  orqa  miya 
kanalining  devorlarida  uchraydi.  Nerv  tolalarining  pardalarida joylashadi 
va  retseptorlar  (nerv  tolalarining  oxiri)  gacha  boradi.  M akrogliya  hujay­
ralari  nerv  elementlarini  atrofida  biriktiruvchi  to'aim adan  airatib  turish
(chegaralash),  trofik  (nerv  hujayrada  m oddalar  almashinuvi)  va  sekre- 
tor  (sekret  chiqarish)  vazifalarini  bajaradi.
Mikrogliya  mayda,  amyobasimon  harakatlanuvchi  hujayralar  bo'lib, 
halok  bo'layotgan  neyron,  nerv  tolasi  va bakteriyalarni  qamrash  (fagositoz) 
xususiyatiga  ega.
Nerv  tolalari  glial  parda  bilan  o'ralgan  nerv  o'sim talari  (neyrit  va 
dendritlar) dan  iborat.  Nerv  tolalari pardalarining tuzilishiga qarab miyelinsiz 
va  m iyelinli  to la la rg a   b o 'lin a d i.  B unday  to la la r  m arkazid a  nerv 
hujayrasining  o'sim tasi  (o'q  silindr)  joylashgan.
Miyelinsiz  nerv  tolalari,  asosan,  vegetativ  nerv  sistemasining  nerv 
stvollarini  hosil  qiladi.  Ular  Shvann  hujayralari  (lemmositlar)  qobig'ini 
o'rab  turadi.  Lemmositlar pardasi juda yupqa bo'lganligidan  va  mikroskop 
ostida  hujayralar  bir-biriga  zich  joylashganligidan  hamda  ular  chegaralari 
ko'rinmasligidan  bir butun  g'ilofga o'xshab  ko'rinadi.  Ba’zi  bir miyelinsiz 
nerv  tolalari  tarkibida bir necha o 'q   silindr o'tgan  bo'lishi  mumkin.  Shuning 
uchun  bunday  tolalarga  «kabel  tipidagi»  tolalar  deyiladi.
Miyelinli  nerv  tolalari  miyelinsiz  nerv  tolalaridan  o 'q   silindrning 
birmuncha  y o 'g 'o n   bo'lishi  bilan  ajralib  turadi.  Ularni  o'rab  olgan  Shvann 
hujayralarining  ichki  qismi  birmuncha  y o 'g 'o n ro q   bo'lib,  uni  miyelin 
pardasi  deb  ataladi,  tashqi  parda  Shvann  hujayrasining  sitoplazmasidan 
tuzilgan  yupqa  pardadir.  Miyelin  pardasida  yog'sim on  modda  ko'proq. 
Tashqi  parda  Shvann  kletchatkalarining  yadro  pardalaridan  iborat  bo'lib, 
Shvann  pardasi  yoki  nevrilemma  deb  ataladi.
A
В
D
10-rasm.  Neyrofibrillar  va  tigroid  moddalar.
A,В  -nerv  hujayralari:  /-akson;  2-dendritlar;  j-yadrocha;  4-xromatin;  5 -  
tigroid  moddalar;  6-neyrofibriIlar,  D -m iyaning  gliya  hujayralari.
www.ziyouz.com kutubxonasi

M iyelinli  nerv  tolalarining  m iyelinli  pardasi  m a’lum  m asofada 
ingichkalashib,  b o ‘g ‘iq  (Ranvye  b o ‘g ‘iqlari)  vujudga  keladi.  Ranvye 
bo‘g ‘iqlari,  odatda,  qo'shni  Shvann  hujayralarining  chegarasi  hisoblanadi.
Nerv  tolalari  bajaradigan  vazifasiga  qarab  harakatlantiruvchi  (effe­
rent)  va  sezuvchi  (afferent)  tolalarga  ajratiladi.  Efferent tolalar sezgilarni 
m arkaziy  nerv  sistem asidan  a ’zolarga  olib  borganligi  uchun  ularni 
m arkazdan  uzoqlashtiruvchi  tolalar  deb  ataladi.  Sezuvchi  tolalar  esa 
sezgilarni  periferik  (ichki  va  tashqi  m uhit)dan  retseptorlar  orqali  qabul 
qilib,  nervlar  yordam ida  m arkaziy  nerv  sistemasi  (bosh  m iya)ga  olib 
boradi.  Binobarin,  bunday  tolalar  m arkazga  intiluvchi  tolalar  deb  ata­
ladi.
Nerv  oxirlari  retseptor,  effektor  va  sinaps  (neyronlarning  o ‘zaro 
qo‘shilishi)ga  bo'linadi.  Retseptorlar  ichki  va  tashqi  muhitdan  sezgilarni 
qabul  qilib,  sezuvchi  nerv  tolalariga  o'tkazadi.  Effektorlar  esa  harakatlan­
tiruvchi  nerv  tolalarining  oxiri  bo'lib,  ko'ndalang-targ'il  va  silliq  mus- 
kullarga,  bezlarga  tarqaladi.  Turli  impulslar  effektorlar  orqali  muskul  va 
b e z la rg a   —   is h c h i  a ’z o la r g a   y o 'n a la d i .  E f f e k to r la r ,  o d a td a , 
harakatlantiruvchi  yoki  nerv-muskul  sinapsi  (birlashmasi)  deb  ataladi. 
Muskul  tanasida o 'q  silindr bir necha  mayda oxirgi  tolalarga tarmoqlanadi. 
Nerv  tolasining  mayda  tarmoqlari  (postsinaptik)  muskul  to'qim asining 
plazmolemmasiga  botib  kiradi.  Muskul  tolasining  sarkolemmasi  —   post­
sinaptik  membrana  bilan  perisinaptik  membrana  (aksolemma)  orasida 
sinaps  bo 'sh lig 'i  vujudga  keladi.  Bu  bo'shliqdan  postsinaptik  membrana 
(sarkolemma)  burmachalari  yordamida  turli  tomonga  tarqalib  turadi.  Nerv 
tolalari  orqali  kelayotgan  impulslar  sinaptik  pufakchalardagi  mediatorlar- 
ni  sinaps  bo'shlig'iga  chiqarib,  postsinaptik  membranaga  ta’sir  etadi  va 
muskul  to'qim alarni  qo'zg'atadi.
Retseptorlar  —  sezuvchi  nerv  hujayralari  dendrit  tolalari  oxiridagi 
apparatdir.  Odatda,  sezuvchi  (afferent)  nerv  hujayralarining  presinaptik 
bo'lagi  bilan  denaritlar  (postsinaptik  bo'lagi  sifatida)  o'zaro  sinapslar 
hosil  qiladi.
Retseptorlar  ikki  yirik  guruhga:  tashqi  muhitdan  ta’sirni  qabul  qiluvchi 
e k s te r o re ts e p to rla r   va  ich k i  a ’z o la rd a n   t a ’sirn i  q ab u l  q ilu v c h i 
interoretseptorlarga  b o 'linad i.  Interoretseptorlar  o 'z   navbatida  ichki 
a’zolardan  sezgilarni  qabul  qiluvchi  visseroretseptorlar 
va  muskullar, 
bo'g'im lar hamda boylamlardan  sezgilarni qabul qiluvchi proprioretseptorlarga 
bo'linadi.  T a’sirotlarni  qabul  qilish  xossalariga  ko'ra  mexanoretseptorlar, 
xemoretseptorlar,  termoretseptorlar  tafovut  qilinadi.  Retseptorlar  tuzilishiga 
qarab  turlicha  bo'ladi.  Agar  o 'q   silindming  oxirgi  tolalaridan  tuzilib,  kap- 
sula bilan o'ralmagan bo'lsa, erkin joylashgan retseptor deyiladi.  Retseptorlar 
gliya  hujayralari  va  biriktiruvchi  to'qimadan  hosil  bo'lgan  kapsula  bilan 
o'ralgan  bo'lsa,  kapsulali  retseptorlar  deyiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Skelet  muskullarining  retseptorlari  murakkab  tuzilgan  b o ‘lib,  odatda, 
miyelinli  nerv tolalari  muskullariga yaqinlashib,  miyelinli qavatini  yo'qotadi 
va  bir  qancha  shoxchalarga  bo'linib  ketadi.  Ular  muskul  tolalarining 
sarkolemmasi  sirtida  savatcha  hosil  qilib  tugallanadi.  Bulardan  tashqari, 
muskul  tolalarini  spiralsimon  o'rab  turuvchi  nerv  oxirlari  —   retseptorlar 
bo'ladi.  Ular  biriktiruvchi  to'qim a  kapsulasi  bilan  o'ralib  turadi.
N e y r o n l a r a r o   s i n a p s l a r .   Ikki  hujayra orasidagi  sinapslar yor­
damida  qo'zg'alishlar  bir  neyrondan  ikkinchi  neyronga  o'tish  xususiyati- 
ga  ega  bo'lib,  refleks  yoyini  vujudga  keltiradi.  Neyronlararo  sinapslar  bir 
neyron  a k so n in in g   nozik  to lalarg a  tarm o q lan g an   tu g m achasim o n  
kengaymalari  bilan  ikkinchi  neyron  dendritlari  o'rtasida  hosil  bo'ladi.  Bu 
xil  sinapslarga  akseodendrit  sinapsi  deyiladi.  Sinapslar  qo'zg'alishni  nerv 
to la la r i  o rq a li  m a rk a z iy   n erv   s is te m a s ig a ,  u  y e rd a n   e f f e k to r  
(harakatlantiruvchi)  nerv  tolalari  yordamida  ishchi  a’zolarga  o'tkazadi. 
Neyronlararo  sinapslar  nerv-muskul  sinapslari  kabi  sinaps  parda  (kapsula) 
va  uning  bo'shlig'idan  iborat.  Sinaps  kapsula  bir  aksonning  eng  oxirgi 
tolachasi  bilan  boshqa  neyron  dendriti  o'rtasida  (sinaps  orti)  vujudga 
keladi.  Bu  xildagi  reflektor  yordamida  ta ’sirni  faqat  bir  tomonga  —  
aksonlar  orqali  sinaps  oldi  kapsulasi,  so'ngra  sinaps  orti  kapsulasi  orqali 
ikkinchi  neyron  tanasi  yoki  dendrit  tolalariga  o'tkazadi.
Muhofaza  funksiyalarida  nerv  sistemasi  asosiy  rol  o'ynaydi.  Endokrin, 
gumoral  omillar  ham  ko'pincha  organizmning  reflektor  javobida  faol 
qatnashadi.
EM BRIONNING  RIVOJLANISHI
Hamma  ko'p  hujayrali  organizmlar  —  xoh  u  o'sim lik  bo'lsin,  xoh 
hayvon  bo'lsin  —  barcha jonzodlar hujayraning  bo'linish  qonuniga asosan 
bitta  hujayradan  o 'sib   yetiladi.
Darhaqiqat,  hayvonning  ham,  odamning  ham  organizmi  urg'ochi jinsiy 
hujayra —  tuxumning  erkak jinsiy  hujayrasi  —   spermatozoid  bilan qo'shi-
lishi  (otalanishi)  natijasida  hosil  bo'lgan 
yagona  hujayradan  boshlanadi,  onaning 
ham,  otaning  ham  barcha  jinsiy  sifatlari 
ana  shu  hujayrada  bir  xil joylashadi  (11,
12-rasmlar).
Odam  em brionining  rivojlanishini, 
asosan,  uch  davrga  ajratish  mumkin.
11-rasm.  Urg'ochi  jinsiy  hujayra. 
1
-jin s iy   hujayra;  2  -   follikula.
12-rasm.  Erkak  jinsiy  hujayra  (spermatozoid).
www.ziyouz.com kutubxonasi

1.  B o ' l i n i s h .   Otalangan  tuxum  hujayrasi  dastlab  ikki,  keyin  to ‘rt, 
sakkiz,  o 'n   olti  hujayraga  bo'linib,  k o'p  hujayrali  (tut  mevasiga  o'xshash) 
shar  —  blastom er  (morula)  hosil  bo'ladi.  Tuxum   hujayrasi  baravar 
bo'linmaydi,  shu  sababli  blastomerning  bir pallasida tuxum  sarig'i  ko'proq 
tushgan  yirikroq 
hujayralar  to'planib,  o'suvchi  yoki  vegetativ  qutbni, 
ikkinchi  pallasida  esa  maydaroq 
hujayralar  to'planib,  animal 
qutbni 
vujudga  keltiradi.  So'ngra  blastomerlar  o'zi  ajratgan  suyuqliklami  o'rta- 
ga  (markazga)  to'plashi  natijasida  chetga  surila  borib,  bir  qavatli  pufak 
hosil  qiladi.  Blastulaning  markazida  hosil  bo'lgan  bo'shliq  tananing  bir­
lamchi  bo'shlig 'i  —   blastosel  deb  ataladi.
2.  G a s t r u l a t s i y a   —  keyinchalik  blastula  devorining  m a’lum  qis- 
midagi  hujayralar  z o 'r  berib  ko'payishi  natijasida  shu  qism  asta-sekin 
bo'shliqqa qarab qayriladi.  O 'sish  davrida blastula  devorining  ichga tomon 
botayotgan  qismi  blastulaning  ikkinchi  devoriga  tobora  yaqinlasha  boradi, 
bo'shliq esa puchayib yo'qoladi.  Shunday  qilib,  embrionning qo'sh  qavatli 
tovoq  shaklli  gastrula  davri  boshlanadi.
Gastrula davrida embrionda yangi  bo'shliq — birlamchi  ichak  bo'shlig'i 
vujudga keladi  va  u  tashqariga  ochiladi,  uning  boshlang'ich  qismiga  og'iz 
deyiladi.  Shu  paytda  embrion  bir  oz  cho'zilib,  tuxum  (silindr)  shaklidagi 
gastrula  hosil  bo'ladi.
Gastrulaning  (ikki  qavat  bo'ladi)  tashqi  qavati  embrionning  ektoder- 
ma  (tashqi)  qavati,  ichki  qavati  esa  endoderma  qavati  deb  ataladi  (13-
rasm).  Ektodermadan 
e m b rio n n in g   nerv 
plastinkasi  ham rivoj- 
lanadi.  Nerv  plastin­
kasi  embrion orqa to- 
monining  o'rtasidan 
u z u n a sig a   a jra lib , 
nerv  kurtagini  hosil 
qiladi.  Bu  paytda ek- 
toderma nerv  plastin- 
kasining  ikki  chekka- 
sidan  uzun  burma  hosil  qilib,  ko'tarila  boradi  va  ulanadi.  Natijada  nerv 
plastinkasi  ektodermaning  ostida  qoladi.
Taraqqiy otning  keyingi  davrida  nerv  plastinkalarining  chetlari  birlashib, 
nerv  naychasiga  aylanadi,  nerv  naychasining  devori  hisobidan  orqa  miya 
moddasi,  naycha  kanali  hisobidan  esa  orqa  miyaning  markaziy  kanali  vu­
judga  keladi.  Ektodermaning  qolgan  qismidan  teri  epiteliysi  paydo  bo'ladi.
Bu  vaqtda  embrionning  ichki  qavati  birlamchi  ichak  bo'shlig'ining 
devorini  tashkil  etadi  va bir qancha qismdan  iborat  bo'ladi,  ichki  qavatining 
qorin  tomondagi  ko'p  qismini  ichki  varaq  —  endoderma,  nerv  plastinka- 
sining  ostki  qismida  joylashgan  hujayralar  tizmasini  esa  orqa  tor  kurtak
13-rasm.  Embrion  rivojlanishining  boshlang'ich  davri. 
/-ektoderma;  2-mezoderma;  j-endoderma;  4-nerv  naychasi; 
5-xorda;  6-ichak  naychasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

deyiladi.  Bu  kurtakning  ikkala  tomonida,  embrionning  oldidan  oxirigacha 
endodermadan  hosil  bo'lgan  birlamchi  ichak  hisobidan  embrionning  o 'rta  
varag'i  —  mezoderma  taraqqiy  etadi  (ektoderma  va  endodermaga  nisba­
tan  keyinroq).  Shu  bilan  embrionning  gastrula  davri  tugab,  to'qim alar 
hamda  a ’zolar  shakllana  boshlaydi  (organogenez  va  gistogenez).
3. 
O r g a n o g e n e z   v a   g i s t o g e n e z   yuqorida  aytilganidek,  nerv 
plastinkasi  ektodermaning  ostki  qismiga  cho'kib,  nerv  naychasiga  ayla­
nadi,  keyinchalik  bu  naychada  alohida  segmentlar  (nevrotomlar)  hosil 
bo'ladi,  bulardan  o'z  navbatida  nerv  sistemasi  taraqqiy  etadi.  Ayni  vaqtda 
mezoderma  qavati  qator  joylashgan  bir  qancha  alohida  xaltachalar  (seg­
mentlar)  ga  ajraladi.  Segmentlar  o 'z  navbatida  o 'sa   borib,  embrionning 
yonbosh  devorlariga  yaqinlashadi,  natijada  mezoderma  xaltachalarining 
bir  qismi  orqa  tomonda,  nerv  naychasi  bilan  xordaning  ikki  yonida 
joylashadi,  ikkinchi  qism i  esa  ventral  (qorin)  tom onda  o 's ib ,  yon 
tomonlardan  ichak  nayini  o'rab  olib,  mezodermaning  orqa  (dorzal)  qismi 
keyinchalik  tana  segmentlari  (somitlar)  ni  hosil  qiladi. 
___
Har  qaysi  somit  o 'z   navbatida  sklerotom  (bundan  gavdaning  tayanch 
apparati  —   skelet  va  tog'aylar  taraqqiy  etadi),  dermatom  (bundan  terining 
biriktiruvchi  to'qim asi  taraqqiy  etadi)  va  miotomga  (bundan  muskullar 
taraqqiy  etadi)  ajraladi.
Mezodermaning  ventral  (oldingi)  qismi  splanxnotom  (ich,  ichdagi)  deb 
ataladi  va ektoderma bilan endodermaning orasidan  ventral  tomonga suriladi.
Splanxnotomlar  o 'sib  bo'laklanishi 
(segmentatsiyasi)ni  yo'qotadi  va  ikki 
varaqqa  ajraladi.
1.  Visseral  varaq—   ichak  nayiga 
yopishib  turadi.
2.  Pariyetal  varaq  —   ektoderma­
ning  ichki  (qorin)  tom onga  qaragan 
sathiga  (devoriga)  yopishib  turadi.  Bu 
ikki  varaq  bilan  chegaralanib  turgan 
bo'shliq  —   gavda  bo'shlig'idir.
Shunday  qilib,  embrionda  xorda  va 
mezodermalar hosil  bo'lganidan  keyin, 
ichak   e n d o d e rm a si  o rg a n iz m d a g i 
hamma  ichki  a’zolarni  vujudga  kelti- 
ruvchi ikkilamchi  ichak naychasi  (o'suv- 
chi  naycha)  ni  hosil  qiladi.  Demak, 
organizmdagi  barcha  a’zolar  embrion­
ning  yuqorida  bayon  qilingan  uchta 
varag'idan  taraqqiy  etadi  (14-rasm).
1. 
Embrionning  tashqi  varag'i  — 
ektoderm adan  terin in g   eng  tashqi 
qavati  (epidermis)  va  unda  o'sadigan
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling