O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


  Oyoqning  limfa  tomirlari  va  tugunlari


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43

72.  Oyoqning  limfa  tomirlari  va  tugunlari.
73.  Chanoqning  limfa  yo'llari  va  tugunlari.
74.  Bosh,  bo'yin  limfa  yo'llari  va  tugunlari  qayerdan  o'tadi?
75.  Taloqning  tuzilishi  va  joylashuvi.
NERV  SISTEMASI  (NEVROLOGIYA)
Nerv  sistemasi  organizmda  hayotiy  muhim  funksiyalami  bajaradigan, 
barcha  a’zolar  ishini  boshqaradigan,  tartibga  soladigan,  organizmni  ta­
shqi  muhit  bilan  bog'laydigan  sistemadir.
Nerv  sistemasining  asosiy  qismini 
nerv  hujayralari  tashkil  qiladi.  Har  bir 
hujayra  o'zidan  chiqqan  kalta  shoxchalar 
(dendrit)  va  bitta  uzun  tola  (akson)  bilan 
birga  neyron  deb  ataladi.  Neyron  nerv 
sistemasining  negizi  hisoblanadi  yoki,  bo- 
shqacha  aytganda,  nerv  sistemasi  neyron- 
lar  to'plamidan  iborat  (175-rasm).
N erv  h u ja y r a la r i,  a s o sa n ,  nerv  
sistemasining  markaziy  qismida  (bosh 
va orqa  miyalarda) joylashgan.  Ulaming 
tolalari  periferik  nervlarni  hosil  qiladi.
Har  bir  nerv  tolasi  retseptor  (nerv  tola­
larining  oxiri)  b o 'lib   tugaydi.  Nerv 
hujayralari  o'zaro   aloqalanuvchi  tola
175-rasm.  Neyronning  tuzilishi.
1  -  dendritlar;  2 -  sinaps;  3 -  hujayra  tanasi;  4 -  
miyelin  parda;  5 -  harakatchan  nerv  oxiri.
www.ziyouz.com kutubxonasi

uchlarining  bir-biriga  tegib  turishi  (sinaps)  orqali  qo'shilib  turadi.  Perife­
rik  nervlar,  asosan,  markazga  tomon  yo'naluvchi  (sezuvchi  —   afferent) 
tolalardan  va  miyadan  a’zolarga  boruvchi  markazdan  uzoqlashuvchi  (hara­
katlantiruvchi  —   efferent)  tolalardan  iborat.  Afferent  va  efferent  tolalar 
o'tkazish  yo'llarini  hosil  qiladi.  Shuning  uchun  markaziy  va  periferik 
nerv  sistemasi  birlashib,  o 'z   vazifasini  bajaradi.  Jumladan,  nerv  tolalari­
ning  oxiri  retseptorlar  orqali  ichki  va  tashqi  muhit  sezgilarini  qabul  qilib, 
afferent  tolalar  orqali  markazga  (orqa  yoki  bosh  miyaga)  yetkazib  beradi. 
U  yerdagi  hujayralar  sezgilarni  o'ziga  olib  tahlil  qiladi  va  zarur  bo'lgan 
javob  reaksiyalarini  efferent  tolalar orqali  ishchi  a’zolarga yetkazib  beradi. 
Shunday  qilib,  sezgi  tolalari  nerv  hujayralari  orqali  qo'shilib,  harakat­
chan  tola  —   refleks  ravog'ini  tashkil  etadi.  Ko'pincha,  refleks  ravog'iga 
yuqorida  aytib  o'tilgan  ikki  neyrondan  tashqari,  yana  qo'shim cha  uchin­
chi  neyron  (konduktor)  ham  kiradi.  Bu  neyron  sezuvchi  neyron  bilan 
harakatlanuvchi  neyron  o'rtasida  joylashadi  va  ularni  bir-biriga  qo'shib 
turadi.  Shunday  qilib,  nerv  sistemasi  quyidagi  uch  qismdan  tuzilgan:  1) 
retseptorlar  tashqi  yoki  ichki  muhitdan  ta’sirotni  qabul  qilib,  markazga 
intiluvchi  (afferent)  neyronga  o'tkazadi;  2)  konduktor  neyron  vositasida 
ta’sirot  sezuvchi  neyrondan  harakat  qiluvchi  neyronga  o'tadi;  3)  effektor 
(markazdan  uzoqlashuvchi  neyronlar)  orqali  ta’sirotlar  (javoblar)  ishchi 
a’zolarga  yetib  boradi.  Ta’sirotlar  tashqaridan  terilar,  sezgi  a ’zolari  orqali 
ichki  a’zolar,  suyaklar  va  muskullardan  boradi  (176-rasm).
Markaziy  nerv  sistemasini  tashkil  etgan  bosh  va  orqa  miya  ikki  xil 
(kulrang  va  oq)  moddalardan  tuzilgan.  Kulrang  modda  nerv  hujayralari- 
dan,  oq  modda  nerv  tolalaridan  iborat.  Kulrang  modda,  asosan,  bosh 
miyaning  po'stloq  qavatida  joylashgan  bo'lib,  nerv  sistemasining  eng
muhim  (oliy)  qismidir.  Bosh  miyaning 
po'stloq  qismida  ichki  va  tashqi  mu- 
hitdan  olingan  ta’sirotlami  qabul  qilib, 
kerakli  bo'lgan  javoblarni  nerv  tolala- 
riga  yo'naltiradi.  Binobarin,  bosh  mi­
yaning  po'stloq  qavati  organizmning 
hamma  qismlarini  idora  qiladi.
Orqa  miyada  kulrang  modda  uning 
ichki  qismida  joylashgan  bo'lib,  atro- 
fini  oq  modda  (nerv  tolalari)  o 'rab  
turadi.
O rg an izm d ag i  nerv  to la la ri  va 
ulaming  markaziy  qismi  vazifalari  va 
tuzilishiga qarab  shartli  ravishda ikkiga 
bo'linadi:
1. 
S o m a t i k  
( t a n a )  
n e r v  
s i s t e m a s i   —   k o 'n d a la n g -ta rg 'il
176-rasm.  Refleks  ravog'i.
1
  -  sezuvchi  nerv  tolasining  uchi; 
2,  4 -  sezuvchi  nerv  tolasi;  3 -  orqa  miya 
tuguni;  5 -  qistirma  (oraliq)  neyron;
6
 -  oldingi  shoxdagi  harakat  hujayrasi;
7 -   neyrit;  8 -  harakat  nervining  oxiri.
www.ziyouz.com kutubxonasi

muskullami  (yoki  skelet  muskullarini)  idora  etadi  va  uning  qisqarishi 
ixtiyoriy  ravishda  bajariladi.  Bu  sistema  organizmni  sezgi  a’zolari  orqali 
tashqi  muhit  bilan  bog'lab  turadi.
2. 
V e g e t a t i v   ( a v t o n o m )   n e r v   s i s t e m a s i   silliq  muskul­
lami  (ovqat  hazm  qilish,  nafas  olish,  siydik  chiqarish  va  tanosil  a’zolari­
dagi  muskul  va  h.k.),  qon  tomirlar  devoridagi  muskullami  bizning  ixtiyo- 
rimizga  itoat  etmay  boshqarib  boradi.  Vegetativ  nerv  sistemasi  simpatik 
va  parasimpatik  nerv  sistemalariga  ajratiladi.  Ammo  periferik  nerv  siste­
masi  ham,  vegetativ  nerv  sistemasi  ham  markaziy  nerv  sistemasiga 
bog'langan.  Shuning  uchun  nerv  sistemasi  yagona  (yaxlit)  sistema  bo'lib 
xizmat  qiladi.
ORQA  MIYA
Orqa  miya  umurtqa  pog'onasi  kanalining  ichida  joylashgan,  old  va 
orqa  tomondan  yassilangan  nay  shaklida  bo'lib,  uzunligi  40— 45  sm, 
og'irligi  o'rtacha  30  g.  Orqa  miyaning  tepa  chegarasi  I  bo'yin  umurtqa­
sining  tepa  yuzasiga  to'g'ri  keladi  va  katta  ensa  teshigi  orqali  uzunchoq 
miyaga  o'tadi,  pastki  chegarasi  esa  I—II  bel  umurtqalariga  kelib,  konus 
shakliga  kiradi.  Konus  esa  ingichka  tola  shaklida  dum  umurtqasining 
ichidagi  qoplovchi  pardaga  borib  yopishadi  (177-rasm).
Orqa  miyaning  pastki  chegarasi  yosh  bolalarda  III  bel  umurtqasining 
ro'parasida  bo'lsa,  kattalarda  umurtqa  pog'onasining  tezroq  rivojlanib 
kattalashishi  natijasida  orqa  miyaning 
p astk i 
c h e g a ra si, 
y u q o rid a 
ko'rsatilgandek,  I—II  bel  umurtqala­
riga  to'g'ri  kelib  qoladi.
Orqa  miya  old  va  orqa  tomonda 
o'rtadan  uzunasiga  ketgan  chuqur 
egatlar  yordamida  ikkita  teng  (o'ng 
va  chap)  bo'lakka  ajraladi.  Har  bir 
bo'Iak  yana  bir  juftdan  (oldingi  va 
orqadagi)  yon  egatlar  yordamida  har 
— 8
ikkala  tomonda  uchtadan  tizimcha- 
larga  bo'linadi.  Bu  yon  egatlardan
177-rasm.  O rqa  miya.
A  -  orqa  m iya  nerv  ildizlarining  sim patik 
nerv  tugunlari  bilan  birga  ko'rinishi.  В -  orqa 
miyaning  old  tom ondan  ko'rinishi.  D -  orqa
m iyaning  orqa  tom ondan  k o 'rin is h i;  1  -  
H __ 7  
7 ^ ~ -
ro m b sim o n   c h u q u rc h a ;  2 - b o 'y i n   y o ‘- 
g'onlashm asi;  3 -  orqadagi  o 'rta   egat;  4 -  
orqadagi  yonbosh  egat;  5 -  oldingi  o 'rta  
chuqur  egat; 
6 -  oldingi  yonbosh 
egat;
7 -  bel  y o 'g 'o n lash m asi;  S - o t   dumi.
2
-
3 -
I
D
www.ziyouz.com kutubxonasi

orqa  miya  nervlarining  ildizlari  chiqadi.  Oldingi  har  ikkala  yon  egatlardan 
chiqqan  nerv  ildizlaridan  harakatlantiruvchi  nerv  tolalari,  orqadagi  har 
ikkala  yon  egatlardan  chiqqan  nerv  ildizlaridan  sezuvchi  nerv  tolalari 
boshlanadi.  Harakatlantiruvchi  (oldingi)  tolalar  bilan  sezuvchi  (orqadagi) 
tolalar  umurtqa  oraliq  teshiklariga  kirishda  bir-biri  bilan  qo'shilib,  ara­
lash  nervni  hosil  qiladi.  Shu  qo'shilish  oldida  orqa  ildizchalaming  har 
birida  nerv  hujayralaridan  tuzilgan  bittadan  tuguncha  bo'ladi.
Homilaning  ona  qomida  rivojlanishi  davrida  orqa  miyaning  uzunligi 
umurtqa  pog'onasi  uzunligiga  teng  bo'lib,  undan  chiqqan  har  bir  nerv 
ildizchalari  o'zi  o'tadigan  umurtqa oraliq teshikchalar ro'parasida joylashgan 
bo'ladi.  Keyinchalik  orqa  miyaga  nisbatan  umurtqalarning  o'sishi  tez- 
lashgan  sari  umurtqa  oraliq  teshiklardan  o'tayotgan  nerv  ildizlarini  o'zi 
bilan  pastga  tortadi.  Natijada  orqa  miyadan  chiqayotgan  nerv  ildizlari 
pastga  tomon  qiyshayaveradi.  Orqa  miyadan  hammasi  bo'lib  31  juft  nerv 
chiqadi.  Bulaming  har  biri  bitta  segment  (jami  31  segment)  deb  ataladi. 
Segmentlar  bo'yin  qismida  8  ta,  ko'krak  qismida  12  ta,  bel  qismida  5  ta, 
dumg'aza  qismida  5  ta  va  dum  qismida  1  ta juft  bo'ladi.
Orqa  miya  nerv  ildizlari  bo'yin  qismida  gorizontal  yo'nalsa,  ko'krak 
qismida  qiyshayib,  I—II  umurtqada,  bel  va  dumg'aza  qismlarida  esa  III 
va  IV  umurtqada  pastga  tushib,  so'ngra  umurtqa  oraliq  teshikdan  o'tadi. 
Natijada  nerv  tolalari  yig'ilib,  dumg'aza  qismida  ot  dumini  hosil  qiladi.
Orqa  miya  yo'g'onligi  hamma  joyda  bir  xil  bo'lmaydi.  II  bo'yin 
umurtqasi  bilan  ko'krak  umurtqasi  oralig'ida  bitta  bo'yin  yo'g'onlashma- 
sini,  ikkinchisi 
ko'krak  umurtqalaridan  boshlanib,  konusgacha  davom 
etgan  bel  yo'g'onlashmasini  hosil  qiladi.  Bunday  yo'g'onlashmalar  qo'l 
va  oyoqlarga  boradigan  nervlardan  paydo  bo'ladi.
Orqa  miya  sirti  nerv  tolalaridan  iborat  oq  va  markaziy  nerv  hujayrala­
ri joylashgan kulrang  moddalardan tuzilgan.  Kulrang modda orqa  miyaning 
uzunasi  bo'ylab  joylashgan  bo'lib,  ko'ndalangiga  qarab  kesishganda 
kapalak  shaklida  yoki  «N»  harfi  shaklida  ekanini  ko'rish  mumkin.  Uning 
markazidan  markaziy  kanal o'tadi.  Kulrang  moddalaming oldingi  tomonida 
(o'ng  va  chap  tomonda)  bir  oz  kengaygan  bir  juft  oldingi  shoxlar,  orqa 
tomonda  esa,  aksincha,  toraygan  bir juft  shoxlar  (o'ng  va  chap  tomonda) 
tafovut  etiladi.  Oldingi  va  orqadagi  shoxlar  o'zaro  oraliq  soha  vositasida 
qo'shilib  turadi.  Ana  shu  oraliq  sohadan  yon  tomonga  (birinchi  ko'krak 
segmenti  bilan  uchinchi  bel  segmenti  sohasida)  yon  shoxlar turtib  chiqqan. 
Oldingi  shoxlarda  yirik  harakatlantiruvchi  hujayralar  joylashgan  bo'lib, 
ulaming  uzun  shoxlari  harakatlantiruvchi  ildizlarni  hosil  qiladi.
Kulrang  moddalaming  orqadagi  shoxlarida  kichik  sezuvchi  hujayralar 
joylashgan.  Ulaming  shoxlari  sezuvchi ildizlarni  hosil  qiladi.  Yon  shoxlarda 
esa  vegetativ  (simpatik)  nerv  hujayralari  bo'lib,  ulaming  shoxlari  oldingi 
ildizlar  tarkibida  chiqadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Orqa  miyaning oq  moddasi  nerv tolalaridan  iborat bo'lib,  ular o'tkazish 
yo'llari  vazifasini  bajaradi.  Oldingi  ildizchalaming  harakatlantiruvchi  to­
lalari  orqa  miyaning  oq  moddasini  tashkil  qilishda  kamroq  ishtirok  etadi. 
Oq  moddada  ko'proq  orqa  ildizchalarning  tolalari  bo'ladi.  Chunki  orqa 
ildizchalar  tarkibida  nerv  tolalaridan  tashqari,  sezuvchi  tugunchalar  ham 
mavjud.  Tugunchalardan  chiqqan  o'simtalar  ikkita  shoxchaga  bo'linadi. 
Ulaming  bitta  shoxi  periferik  nervga  qo'shilsa,  ikkinchisi  orqa  ildizcha 
tarkibida  orqa  yon  egat  orqali  orqa  miyaga  kiradi  va  ikkita  shoxchaga 
bo'linadi.  Ulaming  bittasi  oq  modda  tarkibida  yuqoriga,  ikkinchisi  pastga 
tomon  yo'naladi.  Bu  tolalardan  tashqari,  kulrang  moddaning  orqa  shoxla- 
rida  joylashgan  hujayralardan  ham  tolalar  chiqib,  orqa  miyaning  boshqa 
qismlari  va  uzunchoq  miya  bilan  ham  qo'shiladi.  Orqa  miyaning  oq 
moddasida  yuqorida  aytilgan  tolalardan  tashqari,  bosh  miyadan  keluvchi 
tolalar  ham  joylashgan.
Kulrang  modda  orqa  miyaning  pastki  qismida  oq  moddaga  qaraganda 
ko'proq  bo'ladi,  o'rta,  ko'krak  segmentlaridan  boshlab  yuqoriga  ko'taril­
gan  sari,  aksincha,  oq  modda  ko'payib  boradi.
Orqa  miya  pardalari
Orqa  miya  uch  xil  parda  (tashqaridan  qattiq  parda,  o'rtadan  to'r  parda 
va  ichkaridan  yumshoq  parda)  bilan  o'ralgan  (178-rasm).
Qattiq  parda  boshqa  pardalarga  qaraganda  qalinroq  va  orqa  miyaga 
nisbatan  diametri  kattaroq  bo'lib,  orqa  miyani  boshidan  oxirigacha  o'rab 
joylashgan.  Qattiq  parda  bilan  umurtqa  pog'onasining  ichki  tomonidan 
qoplangan  parda  oralig'ida  bo'shliq  bo'lib,  unda  qon  tomir  chigallari, 
limfa  yo'llari  va  yog'  qatlamlari  mavjud.
Yuqorida  qattiq  parda  katta  ensa  teshigi- 
ning  atrofiga  birikadi.  Qattiq  parda  orqa 
miyadan  chiquvchi  nervlar  uchun  o'zidan 
o'simtalar  chiqarib,  ularni  o'ragan  holda 
umurtqa oraliq teshiklariga kirib ketadi.  Shu­
ning  uchun  orqa  miyaning  qattiq  pardasi 
mustahkam, qimirlamaydigan bo'lib joylash­
gan.
T o 'r  parda  yupqa,  qattiq  parda  bilan 
mustahkam  birikkan.  Bundan  tashqari,  to'r 
parda  21  juft  tishli  boylamlar  vositasida 
umurtqalar  oraliq  teshiklari  ro'parasida 
qattiq  pardaga yopishgan.  To'r parda  bilan 
yumshoq parda orasida orqa miya suyuqligi 
bilan  to'lib  turgan  bo'shliq  bo'ladi.  Bu 
bo'shliq  tepa  tomonda  katta  ensa  teshigi
178-rasm.  O rqa  miya  pardalari.
/   -  sezuvchi nerv  ildizlari;  2 -  tishli 
boylam lar;  3 -  qattiq  parda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

orqali  kalla  ichidagi  shu  nomli  bo'shliq  bilan  tutashadi.  T o'r  pardaning 
tishli  boylamlari  va  uni  ko'mib  turgan  suyuqlik  tufayli  gavdaning  har  xil 
silkinishlari,  tashqi  tomondan  badanga  ta’siri  ham  orqa  miyaga  ta’sir 
etmaydi  yoki  orqa  miyaning  amortizatori  (tashqi  ta’sirlami  qaytaruvchi) 
bo'lib  xizmat  qiladi.
Yumshoq  parda  qon  tomirlariga  boy  bo'lgani  uchun  tomirli  parda  deb 
ham  ataladi  va  orqa  miyani  qon  bilan  ta’minlashda  qatnashadi.  Yumshoq 
parda  orqa  miya  sathiga  yopishib  turadi  va  uning  egatlari  orqasiga  ham 
kirib  boradi.  Yumshoq  parda  orqa  miyaning  konusiga  borganda  uning 
oxirgi  ipiga  aylanib  ketadi.
Orqa  miya  fiziologiyasi.  Orqa  miya  moddasidagi  nervlar  yordamida 
barcha  a’zolar  va  skelet  muskullari  bosh  miya  bilan  bog'lanadi.  Sezgi 
impulslari  markazga  intiluvchi  (afferent)  tolalar  orqali  bosh  miya  po'stloq 
qavatida joylashgan  analizatorlarga boradi.  U yerdan  impulslami  markazdan 
qochuvchi  (efferent)  tolalar  orqali  ishchi  a’zolarga  olib  keladi  (orqa  miya 
va bosh  miya o'tkazuvchi  yo'llariga qaralsin).  Jumladan,  qo'l  yoki  oyoqqa 
to'satdan  kirgan  zirapcha,  gugurt chaqqandagi  uchqun ta’siri  yoki  to'satdan 
qo'rqish  alomati  (bosh  miya  ishtirokisiz)  orqa  miya  segmentar  reflektor 
yo'li  vositasida  bajarilib,  beixtiyor  to'satdan  qo'lni  tortish  yoki  oyoqni 
ko'tarish  kabi  harakatlar  vujudga  keladi.  Bunda  qo'ldan  yoki  oyoqdan 
impulslar  sezgi  nervlari  orqali  orqa  miya  kulrang  moddasining  orqa  shox- 
chasida joylashgan  nerv  hujayralariga  (qo'l,  oyoqqa  bog'liq  segmentlarga) 
boradi.  Impuls  bu  yerdan  qo'shuvchi  nervlar  orqali  oldingi  shoxchadagi 
harakatlantiruvchi  (motor)  hujayralarga  o'tadi.  Motor  hujayralar  esa 
impulsni  efferent  tolalar  orqali  zudlik  bilan  kerakli  skelet  muskullariga 
yetkazadi.  Natijada,  qo'l  yoki  oyoq  harakatga  keladi.  Bunday  harakatlar 
bosh  miyaning  ishtirokisiz  bo'ladi.
Orqa  miya  ko'krak  bo'limining  yon  shoxchalarida  va  bel  qismining 
ustki  segmentlarida  simpatik  nerv  sistemasining  markazlari  joylashgan. 
Bu  markazlar  ichki  a’zolar  silliq  muskullarini  innervatsiya qiladi.  Ko'krak 
segmentlarida  joylashgan  simpatik  markazlar  yurak,  qon  tomirlar,  ter 
bezlari,  ovqat  hazm  qilish  a’zolari  va  ko'z  qorachig'ining  faoliyatini 
boshqaradi.  Orqa  miyaning  dumg'aza  bo'limida  joylashgan  parasimpatik 
markaz  chanoq  bo'shlig'ida joylashgan  a’zolar  (qovuq,  to'g'ri  ichak,  jinsiy 
a’zolar)  funksiyalarini  boshqaradi  (vegetativ  nerv  sistemasiga  qaralsin).
Orqa  miya  segment  markazlari  organizmning  ayrim  qismlari  va  a’zo­
lari  bilan  bog'langan.  Masalan,  tizza  refleksi  orqa  miyaning  II— V  bel 
segmentida,  axill  payi  va  oyoq  kaft  reflekslari,  V  bel  va  I—II  dumg'aza 
segmentlarida,  qorin  devori  muskullarining  markazi  VIII—XII  ko'krak 
segmentlarida,  diafragmaning  markazi  III— IV  bo'yin  segmentlarida 
joylashgan.  Orqa  miya  jarohatlanganda  (shikastlangan  joydan  pastki  qis­
mida)  faoliyati  keskin  pasayib,  spinal  shok  bo'ladi.  Bunda  skelet  mus­
kullari  harakati  yo'qoladi  (falaj),  qon  bosimi  pasayadi.  Siydik  chiqarish,
www.ziyouz.com kutubxonasi

hojatga  borish  refleksi  bo'lmaydi.  Jarohatning  bitib,  yo'qolgan  reflekslari- 
ning  tiklanish  muddati  orqa  miyaning  jarohatlanish  darajasiga  bog'liq.  Bu 
muddat  odamda o'rtacha 4— 6 oy davom etadi.  Ammo orqa miyaning jarohat­
langan  qismidan  yuqorisidagi  markazlar  o'z  vazifasini  normal  bajaradi.
BOSH  MIYA
Bosh  miya  uni  o'rab  turgan  pardalar  bilan  bosh  skeletining  ichki 
bo'shlig'ida  joylashgan.  Bosh  miya,  asosan,  uch  qism  (ustki  katta  qismi
— katta  miya,  miyacha  va  miya pog'onasi)  dan  iborat.  Katta  miya  chuqur 
yoriq  orqali  ikkita yarim  sharga bo'lingan.  Yarimsharlarning  tashqi  yuzalari 
notekis  egatlar  va  pushtalar  bilan  qoplangan.  Orqa  tomonda  yarimsharlar 
ostida joylashgan  miyacha  ko'ndalang  yoriqcha  bilan  ajralib  turadi.  O'ng 
va  chap  yarimsharlar  bir-biri  bilan  qadoq  tana  orqali  qo'shilgan.  Yarim­
sharlar  oq  va  kulrang  modda  (po'stlog'i)dan  tashkil  topgan.  Bosh  miya 
ichida  embrion  rivojlanishida  paydo  bo'lgan  bo'shliq  —  miya  qorinchalarini 
ko'rish  mumkin.
Bosh  miyaning  pastki  yuzasi  —  tubi  bosh  skeleti  asosining  ichki 
yuzasiga  tegib  turgani  uchun  notekis  tuzilishga  ega  (179-rasm).  Miya 
tubining  oldida  miya  yarim-
sharlari  peshona  qismining 
с 
-/
pastki  yuzasidan  hid  bilish 
yo'li  ko'rinadi.  Bu  yo'lning 
uchi  piyoz  shaklida yo'g'on- 
lashgan  bo'lib,  undan  15—
20  tacha  ingichka  hid  bilish 
nervi  ipchalari  chiqadi.  Hid 
bilish yo'lining orqasida «X» 
shaklida  ko'rish  nervi  bosh­
lanadi.  Kesishmaning  orqa­
sida  kulrang  tepa  bo'lib, 
pastga  voronka  shaklida 
davom  etadi.  Voronkaning 
uchida  miya  pastki  ortig'i 
joylashgan.  Kulrang  tepa 
orasida  sharsim on  ikkita 
oqish  do'ng  —  so'rg'ichsi­
mon  tanalar  bor.  Ularning 
yonginasida  miya  oyoqcha- 
lari  joylashgan.  Oyoqchalar 
orasida  chuqurcha  ko'rinadi.
Oyoqchalar  orqa  tomonda 
miya  ko'prigiga  tarqaladi.
179-rasm.  Bosh  miya  tubi.
1 -  hid  bilish  egati;  2 -  hid  bilish  piyozchasi; 
3 
-  hid 
bilish  poyasi;  4 - k o 'r i s h   nervi;  5 -  hid  bilish  uch­
burchagi; 
6
 -  ko'rish  nervi  poyasi;  -  so'rg'ich tanalar; 
8 - k o 'z n i   harakatlantiruvchi  nerv;  -  ^'altaksim on 
nerv;  10 -  uch  shoxli  nerv;  11  -  uzoqlashtiruvchi  nerv; 
12 -   yuz  nervi; 
13 
-   dahliz  chig'anoq  nervi;  14 -  til- 
yutqin  nervi;  15 -  adashgan  nerv;  16 -  qo'shim cha 
nerv;  17,  19 -u z u n c h o q   miya;  1 8 -  oliva;  20 - o r q a  
miya;  21  -  miyacha;  22 -  til  osti  nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ko‘prik  orasida  uzunchoq  miya  turadi.  Ko'prik  bilan  uzunchoq  miya 
yo‘g ‘on  qismining  ikki  yon  tomonida  miyacha  yarimsharlari  ko'rinadi. 
Miya  tubidan  12  juft  bosh  miya  nervlari  chiqqan.  Ular  oldindan  boshlab 
quyidagi  tartibda  chiqqan:  I  juft  —  hid  bilish  nervi  ipchalari,  II  juft  — 
ko'rish  nervi,  III juft —  ko'zni  harakatlantiruvchi  nerv,  IV juft  —  g'altak 
nervi,  V  juft  —   uch  shoxli  nerv,  VI  juft  —  uzoqlashtiruvchi  nerv,  VII 
juft  —  yuz  nervi,  VIII  juft  —  dahliz-chig'anoq  nervi,  IX  juft  —  til- 
yutqin  nervi,  X  juft  —  adashgan  nerv,  XI  juft  —  qo'shimcha  nerv,  XII 
juft  —  til  osti  nervlari.
Bosh  miyaning  rivojlanishi
Embrionning  dastlabki  taraqqiyot  davrida  miya  naychasining  old  qismi 
tezroq  rivojlanib,  ikki joyidan  torayib  uchta (oldingi,  o'rtadagi  va orqadagi 
rombsimon)  miya  pufakchalariga  ajraladi.  Oldingi  va  rombsimon  miya 
pufakchalari  o 'z   navbatida  ikkitadan  pufakchaga  bo'linib,  jami  beshta 
bosh  miya  pufakchasini  vujudga  keltiradi  (180-rasm).
Shunday  qilib,  rombsimon  pufakchadan  uzunchoq  miya  hamda  orqa 
miya  pufakchasi 
vujudga  keladi.  O'rta  miya  pufakchasi  bo'linmaydi. 
Oldingi  miya  pufakchasi  ham  ikkita  pufakchaga  bo'linadi.  Ularning  biri
oxirgi miya pufakchasi,  ikkinchisi
— oraliq miya pufakchasidir.  Bir­
lamchi  nerv  naychasi  uzunchoq 
miya  pufakchasining  ortqi  tomo­
nidagi  qismidan  orqa  miya  rivoj­
lanadi.  Bosh  miyaning  beshta 
miya  pufakchasidan  bosh  miya­
ning quyidagi  alohida qismlari  ri­
vojlanadi:
1.  Rombsimon  pufakchadan 
uzunchoq  miya  rivojlanadi.
2.  Ortqi  miya  pufakchasidan 
ko'prik  va  miyacha  rivojlanadi.
3.  O'rta  miya  pufakchasidan 
miya  oyoqlari  va  to'rt  tepalik  ri­
vojlanadi.
4.  Oraliq  miya  pufakchasidan  ko'rish  tepaligi,  tepalik  osti  sohasi  va 
tashqi  tanalar  rivojlanadi.
5.  Oxirgi  miya  pufakchasidan  bosh  miya  yarimshari  va  uning  qopla- 
masi  taraqqiy  etadi.
U ZU N C H O Q   MIYA
Uzunchoq  miya  uzunligi  25—30  mm  piyoz  shaklida  bo'lib,  ensa  su­
yagining  ichidagi  nishabda  joylashgan.  Uning  orqa  chegarasi  ensaning
180-rasm.  Miya.
I  -  oldingi  miya  pufakchasi;  2,  6 - o 'r t a   miya 
pufakchasi;  3 -  orqa miya pufakchasi; 4 -  oxirgi 
miya  pufakchasi;  5 -  oraliq  miya  pufakchasi; 
7 -  siqiq  qism i;  5 -  ortqi  miya;  9 -  rombsimon 
pufakcha;  /О - o r q a   miya.
www.ziyouz.com kutubxonasi

katta  teshigi  ro'parasida  bo'lib,  orqa  miyaga  o'tib  ketadi.  Old  tomondan 
miya  ko'prigiga  qo'shilib  turadi.
Uzunchoq  miya  tuzilishi jihatdan  orqa  miya  tuzilishiga  o'xshaydi.  Uni 
old  va  orqa  tomonida  joylashgan  o'rta  egat  ikkita  pallaga  ajratadi.  Har 
ikki  palla  o'z  navbatida  orqa  tomonidan  o'tgan  yonbosh  egatlar  orqali 
tizimchalarga  ajralgan.  Oldingi  tizimchalardagi  harakatlantiruvchi  nerv­
lar  (piramida  yo'llari)  piramidada joylashgan.  Orqa qismidan  esa  sezuvchi 
nerv  tolalari  o'tadi.  Uzunchoq  miya bilan  orqa  miya  chegarasida piramida 
yo'li  kesishmasi  ko'rinadi.
Piramidalarning  ko'prikka  yaqin  bo'lagi  yonginasida  oval  shaklidagi 
tepalik  —  oliva  bor.  Oliva  bilan  piramida  o'rtasidan  XII  juft  (til  osti) 
nervlarning  ildizchalari chiqadi. Olivaning orqa tomonidagi yonbosh egatdan
IX juft  (til-yutqin),  X juft  (adashgan)  va  XI juft  (qo'shimcha)  nerv  ildizlari 
chiqadi.  Uzunchoq  miya  markaziy  egatining  yonboshida  joylashgan  orqa 
tizimchalarning  har  biri  uncha  chuqur  bo'lmagan  egatlar  yordamida  ikkita 
dasta  (ichki  nozik  dasta,  tashqi  —  ponasimon  dasta)  ga  bo'linadi.  Nozik 
dastaning  uchi  y o 'g 'o nlanib ,  to'qm oq,  ponasimon  dastaning  uchi 
yo'g'onlashgan  o'zak  do'mboqcha  bo'lib  joylashgan.  Bular  o'z  navbatida 
ingichkalashib,  chilvir  tanalarga  aylanadi.  Uzunchoq  miya  orqa  yuzasining 
tepa  bo'lagi  uchburchak  shaklida  bo'lib,  rombsimon  chuqurchaning  pastki 
yarmini  hosil  qiladi.
Uzunchoq  miya  ikki  xil  moddadan  —  ichida  joylashgan  kulrang  va 
tashqarisidagi  oq  moddadan  tuzilgan.  Kulrang  moddada  V—XII juft  bosh 
miya  nervlarining  yadrolari,  nozik  va  ponasimon  dastalarning  hamda 
olivaning  yadrolari  joylashgan  (181-rasm).
181-rasm.  Rom bsimon  yuza  va  12
ju ft  bosh  m iya  yadrolari. 
&
I  -  ko'zni  harakatlantiruvchi  nerv yad- 
rosi;  2 - g ‘altak  nervi  yadrosi; 
3,  4,
5 -   uch  shoxli  nerv  y ad ro lari;  6  -  
uzoqlashtiruvchi  nerv  yadrosi;  7 -  yuz   
nerv i  y a d ro s i;  8,  9,  / / - d a h l i z -  
c hig'anoq  nervi  yadrolari;  10 - y u z  
22 
nervi;  12 -  til  osti  nervi  yadrosi;  13 -  
ti l- y u tq i n   va  a d a s h g a n   n e r v l a r  
yadrosi;  14 -  uch  shoxli  nervning orqa 
tom ondagi  yadrosi;  15,  17 -  til-yutqin  21 
va  adashgan  n erv lar  yadrosi;  16 -  
q o 'sh im c h a   nerv;  / 5  -  q o 'sh im c h a  
20 
nerv  yadrosi;  19 - n o z i k   dasta;  2 0 -  
ponasim on  tepalik;  21  -   adashgan  ^  
nervning  chiqish  joyi;  22 -  yuz  nervi 
tepaligi;  23 -  medial  tepalik;  24 -  nerv 
ildizlari;  25,  26 -  to ‘rt  tepalik.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling