O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Bosh  miya  fiziologiyasi


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

Bosh  miya  fiziologiyasi
Bosh  miya,  ayniqsa  uning  po'stloq  qavatida  joylashgan  hujayralar 
organizmning  barcha  vazifalarini  boshqaradi  va  ulaming  o'zaro  hamda 
tashqi  muhit  bilan  organizmning  uzviy  munosabatini  boshqarib  tartibga 
soladi.  Miya  xotira,  ong  va  aqliy  faoliyat  a’zosidir.
Miya  po'stlog'i  fiziologiyasini  o'rganishda  I.  P.  Pavlov  po'stloqni 
qisman  kesib  olish,  elektr  va  kimyoviy  moddalar  ta’sir  ettirish,  miya 
biotoklarini  yozib  olish  va  shartli  reflekslarini  qo'llash  kabi  usullar  orqali 
juda  ko'p  ma’lumotlami  aniqladi  va  isbotlab  berdi.  Olimning  fikricha, 
odamning  fe’l-atvorini  o'rganishda  shartli  refleks  muhim  rol  o'ynaydi. 
Miya  yarimsharlari  kasallansa  yoki  jarohatlansa,  odam  hayotda  orttirgan 
barcha  individual  harakatlari,  shu jumladan  shartli  reflekslar ham yo'qoladi.
Miya  yarimsharlari  p o 'stlo g 'id a  joylashgan  turli  sezgi  zonalari 
assosiatsion  tolalar  yordamida  o'zaro  bog'lanib  (o'qish,  yozish,  gapirish, 
fikrlash,  xotirlash), impulsni  analiz qiladi  va kerakli javobni yuzaga chiqarib, 
ishchi  a’zolarga  yetkazadi.  Agar  assosiatsion  birlashmalar  buzilsa,  unda 
odam  narsalarni  tanib  olish,  o'rgangan  harakatlarni  bajarish  kabi  faoliyat- 
larni  yo'qotadi.  Xatni  o'qiy  olmaydi,  eshitgan  so'zlarning  ma’nosini  tu- 
shunmaydi.  Chap  tomondan  pastki  peshona  pushtasining  orqa  qismi  shi- 
kastlanganda  esa  odam  gapning  ma’nosini  tushunsa  ham  gapira  olmaydi. 
Po'stloqning ustki chakkasi  pushtasi  kasallanganda odam gapning  ma’nosini 
anglamaydi.
Miya  po'stlog'ining  bioelektrik  holatini  ossillograf  asbobi  yordamida 
yozib  o'rganiladi.  Bunga  elektroensefalogramma  (EEG)  deb  ataladi. 
Elektroensefalogramma  odam  holatiga  qarab  turlicha  bo'ladi.
Tashqi  yoki  ichki  muhitdan  qabul  qilingan  har  qanday  ta’sirotga  mar­
kaziy  nerv sistemasi  ishtirokidagi  reaksiya refleksi  va uni yuzaga keltirishda 
qatnashgan  nervlar  yig'indisi  refleks  yoyi  deb  ataladi.
Ta’sirot  berilgan  paytdan  boshlab  o'sha  ta’sirotga  javob  kelguncha 
sarf  bo'lgan  vaqt  refleks  vaqti  deb  ataladi.  Organizmdagi  mavjud
www.ziyouz.com kutubxonasi

reflekslaming  o ‘ziga  xos  anatomik  maydonlari  bo'lib,  ana  shu  soha  ta’- 
sirlangandagina  refleks  paydo  bo'ladi  (191-rasm).
Masalan, tizza refleksi tizza qopqog'ining pastrog'idagi payga  urilganda 
paydo  bo'ladi.  Ko'z  to'r  pardasiga  yorug'  tushganda  ko'z  qorachig'ining 
qisilish  refleksi  vujudga  keladi.  Organizmda  qo'zg'alish  va  tormozlanish 
jarayonlari  ham  bo'ladi.  Jumladan,  qo'zg'alishda  nervning  ta’siri  bilan
a ’zo  fao liy atin i  yuzaga 
chiqarish yoki bor faoliyatni 
k u c ha yt i r i s h  mu mk i n .  
To r mo z l a n i s h d a  
esa 
nervning  ta’siri  orqali  a’zo- 
dagi  mavj ud  faol i yat ni  
susaytirish  yoki  uning  kelib 
chiqishiga  to'sqinlik  qilish 
paydo  bo'ladi.  I.  P.  Pavlov 
ifodasi  bo'yicha  organizm 
reflekslar  vositasida  atrof- 
muhitga  moslashib  boradi. 
Reflekslar shartsiz va shartli 
bo'ladi.  Shartsiz  reflekslar 
cha qa l oq  t u g ' i l g a n d a n  
boshlab  (so 'rish ,  yutish, 
y o 'talish ,  ko' zni   ochib- 
yumish  kabi)  paydo  bo'la­
di.  Shartsiz  reflekslar  na­
sldan naslga o'tadi  va atrof- 
muhit  ta’siriga  javoban  qonuniy  tarzda  kelib  chiqadi.  Biroq  atrof-muhit- 
ning  organizmga  ta’siri  o'/garuvchan  va  murakkab  bo'lganidan  mavjud 
shartsiz  reflekslar  odamning  muhitga  moslashishi  uchun  kamlik  qiladi. 
Binobarin,  organizmning  mavjud  sharoitga  moslashishi  uchun  shartli  ref­
lekslar  ham  kerak  bo'ladi.  Yangi  tug'ilgan  bolalarda  bosh  miya  unchalik 
rivojlanmagani  uchun  ularda  shartli  reflekslar  bo'lmaydi.  Chunki  shartli 
reflekslar  markaziy  nerv  sistemasining  bevosita  ishtirokida  paydo  bo'ladi, 
vaqtincha  aloqalami  tutashtirib,  shartli  reflekslami  hosil  qiladi.  Bosh  miya 
jarohatlanganda paydo bo'lgan  shartli  reflekslar yo'qoladi.  Shartli reflekslar 
vaqtinchalik  bo'lib,  uni  takrorlab  mustahkamlanmasa,  yo'qolib  ketadi.
Shartli  reflekslar  hosil  bo'lishi  uchun  shartli  (indifferent)  ta’sirot  bilan 
shartsiz  ta’sirot  bo'lishi  kerak.  Jumladan,  oldin  qo'ng'iroq  chalib  yoki 
yorug'lik  berib,  so'ngra  ovqat  berishni  bir  necha  marta  takrorlagandan 
so'ng  ovqatsiz  qo'ng'iroq  chalish  yoki  yorug'lik  berishning  o'zi  ham  itda 
so'lak  ajralishiga  sabab  bo'ladi.  Oldin  ovqat  berib,  keyin  chiroq  yoqilsa 
(indifferent),  so'lak  ajralmaydi,  ya’ni  shartli  refleks  paydo  bo'lmaydi. 
Shartli  reflekslar  yot  ta’sirotlardan  ajratilgan,  alohida  xonalardagina  paydo
191-rasm.  Reflekslami  yuzaga  keltirish  uslubi  va 
refleks  yoyi  sxemasi.
A
 -  tizza  refleksi; 
В -
 Axill  payi  refleksi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

bo'ladi.  Bunda  miya  po'stlog'ida joylashgan  tovushni  qabul  qilish  markazi 
bilan,  ovqatni  ko'rgandan  keyingi  it  miyasidagi  ta’sirot  markazi  o'zaro 
qo'shilib, shartli refleksni vujudga keltiradi. Odatda, shartli ta’sirot organizmga 
oldinroq ta’sir qilsa, unga yaqinlashish yoki qutilish yo'lini ko'radi.  Masalan, 
qo'rqinchli  tovushni  eshitish,  it  yoki  ilonni  ko'rish,  ulardan  qochish  shartli 
refleksini  yuzaga  chiqaradi.  Binobarin,  shartli  reflekslar  organizmning 
yashashi  va  atrof-muhitga  moslashishi  uchun  zarur  hisoblanadi.
Shartsiz  reflekslar  organizmga  ta’sirot  ta’sir  qilgandan  keyin  (oyoqqa 
tikan  kirsa,  qo'lga  zirapcha  qadalsa,  odam  yiqilsa  va  h.k.)  vujudga  keladi. 
Bu  vaqtda  xalos  bo'lish  ehtimoli  juda  kam  bo'ladi.
Markaziy  nerv  sistemasi  faoliyatida  bir-biriga  qarama-qarshi  bo'lgan 
ikki jarayon  (qo'zg'alish  va tormozlanish-to'xtalish)  o'zaro  mahkam  bog'­
langan.  Qo'zg'alish shartli refleksning  paydo bo'lishida muhim rol  o'ynaydi. 
Tormozlanish  esa  shartli  reflekslar  organizmning  mavjud  atrof-muhitga 
m oslanishida  qatnashadi.  Torm ozlanish  ikki  (shartsiz  va  shartli 
tormozlanish)  turda  bo'ladi.  Shartsiz  tormozlanishni  yuzaga  chiqarilgan 
shartli  reflekslarning  yangi  (notanish)  muhitda  to'xtab  qolishi  bilan 
tushuntirish  mumkin.  Masalan:  1)  itda  qo'ng'iroqqa  so'lak  oqishi  shartli 
refleksini  uy sharoitida paydo qilib,  so'ngra itni  notanish joyga o'tkazilganda 
refleks  paydo  bo'lmaydi  —  shartsiz  tormozlanadi.  Bu  holat  bir  necha 
marta  qaytarilgandan  so'ng  refleks  vujudga  keladi.  2)  Ovqatni  qo'ng'iroq 
chalingandan  so'ng  beriladigan  shartli  refleks,  keyinchalik  ovqatni 
qo'ng'iroqsiz  berilsa,  shartli  tormozlanish  bo'lib,  asta-sekin  shartli  refleks 
yo'qoladi.  Bu  vaqtda  shartli  refleksning  paydo  bo'lishiga  aloqador  mar- 
kazda  tormozlanish  (to'xtash)  vujudga  keladi,  atrofda  joylashgan 
markazlarda  esa  qo'zg'aluvchanlik  kuchayib,  qarama-qarshi  ishorali  hodi­
salar  paydo  bo'ladi.  Qo'zg'aluvchanlik  va  tormozlanish jarayonlari  tashqi 
muhit ta’sirida doimiy  o'zgarib turadi,  ya’ni  organizm  sharoitga moslashadi.
Odamlarning  miya  faoliyati  va  xarakterlari  turlicha  bo'ladi,  ularni 
fe’l-atvori  (xarakteri)ga  qarab  to'rt  turga  ajratiladi:
I  —  xolerik  tipdagi  odamlar  —  oson  qo'zg'aluvchan,  vajohatli, 
hujumkor;
II  —  sangvinik  tipdagi  odamlar —  harakatchan,  quvnoq,  odamshavanda;
III — flegmatik tipdagi odamlar — kam harakat,  vazmin,  kamgap  va og'ir;
IV  —  melanxolik  tipdagi  odamlar  —  xafaqon,  tajang.
Odatda,  xolerik  va  melanxolik  tipdagi  odamlarda  ko'proq  va  haddan 
tashqari  qo'zg'alish  hamda  tormozlanish,  ya’ni  nevroz  bo'ladi.  Odamda 
haddan  tashqari  qo'zg'alishning  ro'y  berishiga  ko'pincha  tashqi  ta’sirot­
lar sabab bo'ladi.  Odatda,  kuchsiz  ta’sirotga kuchli  qo'zg'alish  yoki  kuchli 
ta’sirotlarga,  aksincha,  kuchsiz  reaksiya  vujudga  keladi.
Uyqu.  Uyg'oqlik  bilan  uyquning  o'zaro  almashib  turishi  hayotning 
eng  muhim  sharti  bo'lib,  odamga  uyqusizlik  juda  yomon  ta’sir  qiladi.  U 
lanj  bo'lib,  muskullari  bo'shashshadi,  ishtahasi  bo'lmay,  unda  ruhiy
www.ziyouz.com kutubxonasi

o'zgarishlar  ro'y  beradi.  Katta  yoshdagi  odamlar  bir  kecha-kunduzda  7— 
8  soat  uxlasa,  chaqaloqlar  har  3—4  soatda  uyqu  bilan  uyg'oqlikni  al- 
mashtiradi.  O'tkazilgan tajribadan  ma’lum bo'lishicha,  itni  uyqudan  mahrum 
etilganda  10— 12  kungina  yashagan.
Uyquda  energiya  almashinuvi  va  yurak  urishining  soni  pasayadi,  nafas 
olish  siyraklashib,  muskullar  bo'shashadi.  Uyquda  odamning  es-hushi, 
ongi  yo'qoladi.  Tushda  esa  odamning  uyg'oqlik  vaqtiga  o'xshab,  yurak 
urishida,  qon  bosimida  o'zgarish  bo'ladi.  Tushga,  odatda,  tashqi  muhit 
o'zgarishlari  (sovuq,  issiq,  turli  hidlar  va  shovqinlar)  sababchi  bo'ladi. 
Masalan,  odam  uxlaganda  tovoniga  issiq  ta’sir  ettirilganda,  tushida  o 't 
ketganini  ko'rgan.  Oyoq  kaftiga sovuq  ta’sir ettirilsa,  tushida  suvda  suzadi 
yoki  shudgorda  oyoqyalang  у uradi.
I. 
P.  Pavlovning  iborasicha,  uyqu  po'stloq  va  po'stloq  osti  yadrolari 
tormozlanishining  mahsulotidir.  Binobarin,  uyqu  muhim  biologik  hodisa 
bo'lib,  organizmni  charchab,  holdan  toyishdan  saqlovchi  tormozlanish- 
dir.  Uyqu  markazi  gipotalamusning  oldingi  yadrolarida,  uyg'oqlik  markazi 
esa  gipotalamusning  orqa  yadrolarida  joylashgan.  Uyqu  bilan  uyqusizlik 
miya  p o 's tlo g 'i  orqali  tartibga  solinadi.  Itda  miya  stvolini  miya 
yarimsharlaridan  ajratib qo'yilsa, juda chuqur uyqu  vujudga keladi.  Odamda 
gipotalamus  yoki  o'rta  miya  kasallansa,  uzoq  uyqu  (15—20  yillab  ham), 
ya’ni  letargik  (surunkali)  uyqu  bo'ladi.
Gipnoz  miya  po'stlog'ining  ayrim  qismlari  tormozlanishidan  paydo 
bo'ladi.  Gipnoz  ham  uyquga  o'xshash  har  turli  ta’sirlar  ostida  ro'y  beradi. 
Odatdagidan  ko'proq  (chuqurroq)  tormozlanish  vujudga kelishi  uchun qulay 
bo'lgan  sharoitda  kuchli,  ta’sirchan  gipnoz  yuzaga  keladi.  I.  P.  Pavlovning 
fikricha,  bu  himoyalovchi  tormozlanishdir.  Jumladan  yirtqich  hayvonlami 
ko'rgan  zaif hayvon  o'lganga o'xshab yotib oladi,  shu bilan  saqlanib qoladi, 
chunki  yirtqich  hayvonlar  ko'pincha  o'lik  hayvonlarga  tegmaydi.
PERIFERIK  NERV  SISTEMASI
Periferik  nervlar  bosh  miyadan  (12  juft)  va  orqa  miyadan  chiqadi.
BOSH  MIYA  NERVLARI
Bosh  miya  nervlari  doimiy 
tartib  raqamiga  ega  bo'lgan  12  juft 
nervlardan  iborat  (179-rasmga  qarang).
I  juft  —  hid  bilish  nervi.
II  juft  —  ko'rish  nervi.
III  juft  —  ko'zni  harakatlantiruvchi  nerv.
IV  juft  —  g'altak  nervi.
V  juft  —  uch  shoxli  nerv.
VI  juft  —  uzoqlashtiruvchi  nerv.
VII  juft  —  yuz  nervi.
VIII  juft  —  dahliz-chig'anoq  nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

IX  juft  —  til-yutqin  nervi.
X  juft  —  adashgan  nerv.
XI  juft  —  qo'shimcha  nerv.
XII  juft  —  til  osti  nervi.
Bu  nervlar  vazifalariga  qarab  uch  guruhga  bo'linadi,  ulardan  I,  II  va
VIII  juft  nervlar  sezuvchi  a’zolarning  nervlari,  III,  IV,  VI,  XI  va  XII 
juftlari  harakatlantiruvchi  nervlar,  V,  VII,  IX  va  X  juftlari  esa  aralash 
nervlardir.  Hid  bilish  nervi  bilan  ko'rish  nervi  boshqa juft  nervlardan  bosh 
miya  pufakchalaridan  rivojlanganligi  bilan  farq  qiladi.  Shuning  uchun  bu 
nervlarda  nerv  tugunlari  bo'lmaydi.  Aralash  nervlar  esa  orqa  miya  nervla- 
riga  o'xshash  tuzilgan  bo'lib,  ulaming  sezuvchi  tolalarida  nerv  tugunlari 
bo'ladi.  Harakatlantiruvchi  tolalar  esa  bosh  miya  po'stlog'idan  orqa  miya 
nervlariga  o'xshab,  kulrang  moddaning  oldingi  shoxidan  boshlanadi.
Ill,  VII,  IX  va  X juft  nervlar  bag'rida  boshqa  nerv  tolalaridan  tashqari 
parasimpatik  tolalar  ham  mavjud.
I.  H id   b i l i s h   n e r v i .   Bosh  miya  yarimsharlari  asosida  (tagida) 
gi  hid  bilish  piyozchasidan  16— 20  ta  ingichka  tolalar  chiqib,  g'alvirsi­
mon  suyakning  ilma-teshik  plastinkasidan o'tib,  burun bo'shlig'ining  shilliq 
qavatiga  tarqaladi.
II.  K o ' r i s h   n e r v i .   Miya  oyoqchalarining  tashqi  chetida joylash­
gan  ko'rish  yo'llaridan  boshlanadi.  Ko'rish  yo'llari  oyoqchalari  o'rtasi­
dagi  chuqurcha  tepasida  bir  qism  tolalar  o'zaro  kesishib,  nerv  kesishma- 
sini  hosil  qiladi  va  o'ng  tomondagi  kesishgan  tolalar  chap  tomonga  o'tib 
ko'rish  nervini  hosil  qiladi.  Nerv  shu  nomli  kanal  orqali  ko'z  kosasiga 
kirib,  ko'z  kosasining  to'r  pardasiga  borib  taqaladi  (Ko'rish  a’zolari  va 
uning  o'tkazish  yo'liga  qaralsin).
III.  K o ' z n i   h a r a k a t l a n t i r u v c h i   n e r v   (192-rasm).  Miya 
oyoqchalarining  ichki  yuzalaridan  boshlanib,  ko'z  kosasining  ustki  yorig'i
192-rasm.  Ko'zni 
harakatlantiruvchi  uch  shoxli  va
til  osti  nervlari. 
^
1,  2,  3
 
-  ko'z  nervining  peshonaga  ^  
tarqaluvchi  tolalari; 
-
 ko'zni hara- 
katlantiruvchi  nerv;  5 -  ko'z  kosasi  ^  
pastidagi  nerv;  6 -  qanot-tanglay 
14 
tuguni;  7 - ustki  katakchalar  nervi;
8 -
 tepa  jag'  tishlari  nerv  tolalari;
9  -   til  nervi; 
10
 
- j a g ' - t i l   osti 
muskuliga  boruvchi  nerv; 
11  - 
pastki  katakchalar  nervi; 
12 -
 en­
gak  tolasi; 
13 -
 til  osti  nervi; 
1 4 -  
pastki  jag'  nervi; 
15 -
 ustki  jag' 
nervi; 
16 -
 uch  shoxli  nerv  poyasi;
17 -
 ko'z  nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

orqali  ko'z kosasiga  kirib  tepa  va pastki  shoxchalarga  bo'linadi.  Nervning 
harakatlantiruvchi  tolalari  ustki  qovoqni  ko'taruvchi  muskuliga,  ko'z 
soqqasining  ustki,  pastki,  ichki  to'g'ri  muskullari  va  pastki  qiyshiq  mus­
kullarga  borib  tarqaladi.  Nerv  tarkibidagi  parasimpatik  tolalaming  bir 
qismi  ko'z  qorachig'ini  qisuvchi  (sfmkter  va  kiprik)  muskullariga  borsa, 
ikkinchi  qismi  ko'z  kosasining  orqa  qismida joylashgan  kiprik  nerv  tugu- 
niga  borib  tugaydi.
IV.  G ' a l t a k   n e r v i .   Uzunchoq  miya  chodirining  orqa  tomonidan 
chiqib,  miya  oyoqchalarining  tashqi  tomonidan  ko'z  kosasining  ustki  yorig'i 
orqali  ko'z  kosasiga  kirib,  ko'z  soqqasining  ustki  qiyshiq  muskuliga  boradi.
V.  U c h   s h o x l i   n e r v .   Aralash  nerv  bo'lib,  uning  harakatlanti­
ruvchi  tolalari  miya  ko'prigidan  alohida  chiqib,  chakka  suyagining  pira- 
midasi  sohasida  I  va  II  shoxlar  bilan  qo'shilib,  uch  shoxli  nervni  hosil 
qiladi.
Nervning  sezuvchi  tolalari  miya ko'prigidan  (harakatlantiruvchi  tolalari 
orqarog'idan)  va  uzunchoq  miyaning  yon  tomonidan  boshlanib,  chakka 
suyagining  piramidasidagi  chuqurchada  harakatlantiruvchi  tolalar  bilan 
qo'shilib,  yarim  oysimon  tugunni  hosil  qiladi.  Tugundan  uch  shoxli 
nervning  quyidagi  tolalari  chiqadi.
1.  Ko'z  nervi  sezuvchi  nerv  bo'lib,  yarim  oy  tugundan  ajralib,  miya 
qattiq  pardasiga  tolalar  beradi.  Ko'z  kosasining  ustki  yorig'idan  ko'z 
kosasiga  kirib,  peshona,  ko'z  yoshi  va  burun,  kiprik  nervlariga  bo'linadi. 
Ular  tepa,  qovoq,  peshona  terilariga,  ko'z  soqqasiga,  konyunktiva 
(qovoqlarning  ichkariga  qaragan  shilliq  qavatlari)ni,  peshona,  g'alvirsi­
mon  va  ponasimon  suyak  kovaklarining  shilliq  qavatlariga  borib  tarqala­
di.  Nervning  ko'z  yoshi  bezi  tarmog'i  ko'z  yoshi  beziga  boradi.
2.  Ustki  jag '  nervi  uch  shoxli  nervning  ikkinchi  (sezuvchi)  shoxi 
bo'lib,  kalla  suyagi  bo'shlig'idan  ponasimon  suyakning  yumaloq  teshigi 
orqali  qanot-tanglay  chuquriga  chiqib  to'rtta  shoxchaga  bo'linadi:  I.  Ko'z 
kosasi  pastidagi  nerv  qanot-tanglay  chuqurchasidan  ko'z  kosasining  pastki 
yorig'i  orqali  ko'z  kosasiga,  undan  shu  nomli  kanal  orqali  yuzga  chiqib, 
pastki  qovoq,  ustki  lab  va  burun  yon  tomonidagi  terilarga  tarqaladi.  II. 
Qanot-tanglay  tolalari  shu  nomli  nerv  tuguniga  qo'shiladi.  III.  Ustki 
kataklarga,  ularda  joylashgan  tishlarga  va  milkka  tarqaladi.  IV.  Yonoq 
nervi  lunj  va  chakka  terilarini  innervatsiya  qiladi.
3.  Pastki  jag '  nervi.  Tarkibida  harakatlantiruvchi  va  sezuvchi  tolalar 
bo'lib,  kalla  suyagi  bo'shlig'idan  ponasimon  suyakning  oval  teshigi  orqali 
chiqadi.  Uning  harakatlantiruvchi  tolalari  chaynov  muskullariga  tarqalsa, 
sezuvchi  tolalari  lunj  shilliq  pardasini,  tilning  shilliq  qavatini  innervatsiya 
qiladi.  Nerv  tarkibidagi  sezuvchi  tolalar  quloq  oldi,  til  va jag'  osti  so'lak 
bezlariga  boradi.  Pastki  kataklar  shoxi  esa  pastki  jag'  tishlariga,  milkka 
tarqaladi.  Bu  nervning  tolalari  dahan  sohasidagi  terilami  innervatsiya  qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

VI.  U z o q l a s h t i r u v c h i   n e r v   miya  ko'prigining  orqa  chegara 
sohasidan  chiqib,  ko'z  kosasining  ustki  yorig'idan  ko'z  kosasiga  kirib, 
ko'z  soqqasining  tashqi  to'g'ri  muskulini  innervatsiya  qiladi.
VII.  Y u z   n e r v i   harakatchan  nerv  bo'lib,  miya  ko'prigi  bilan 
uzunchoq  miya  orasidan  chiqib,  ichki  eshitish  teshigi  orqali  yuz  nervi 
kanaliga kirib  qayriladi.  Nog'ora bo'shlig'ining  ichki  devori  bo'ylab  oldin 
orqaga,  so'ngra  pastga  yo'nalib,  chakka  suyagining  so'rg'ichsimon  -  bi­
gizsimon  o'siqlari  o'rtasida  joylashgan  shu  nomli  teshikdan  tashqariga 
chiqadi.  Kanal  ichida  yuz  nervidan  katta  toshsimon  nerv  bilan  eshitish 
tori  nervi  ajraladi.  Katta  toshsimon  nerv  (tarkibida  parasimpatik  tolalar 
bor)  chiqib, quloq oldi  beziga boradi.  Eshitish tori  nervi  esa  yuz nervidan 
ajralgach,  o'rta quloq  bo'shlig'idan  tashqariga chiqib,  uch  shoxli  nervning 
til  nervi  shoxi  bilan  qo'shiladi  va  tilning  so'rg'ichlariga  (ta’m  bilish)  va 
til  osti  hamda  pastki  jag'  osti  bezlariga  tolalar  beradi  (193-rasm).
Yuz  nervi  so'rg'ichsimon-bigizsimon  teshikdan  tashqariga  chiqqach, 
quloq  oldi  bezining ichiga kirib,  bir qancha tarmoqlarga ajraladi.  Nervning 
harakatlantiruvchi  tolalari  yuzdagi  mimika  muskullarini  va  bo'yindagi 
teri  osti  muskuli  bilan  ikki  qorinchali  muskulning  orqa  qorinchasini 
innervatsiya  qiladi.
VIII.  D a h  1 i z - c h  i g ‘ a n o q   n e r v i   (sezish  nervi)  miya  ko'prigi- 
ning  orqasidan  yuz  nervi  bilan  yonma-yon  chiqib,  ichki  eshitish  teshigi 
orqali  piramida  (chakka  suyagida)  ichiga  kiradi.  Bu  nerv  ikkita  nervdan 
tashkil  topgan,  biri  ichki 
quloqning dahlizi bilan yarim 
to'garak  kanallarga  boruvchi 
dahliz nervi bo'lsa, ikkinchisi 
eshitish  nervidan  iborat.
Dahliz nervi  muvozanatni 
saqlash  vazifasini  bajaradi, 
uni ng  p e rife rik   to la la ri 
ta’sirotni  ichki  quloq  (labi­
rint)  dahlizida  joylashgan 
yadroning  labirint dahlizi  va 
yarim  to'garak  kanallariga 
tarqalgan  tolalardan  oladi.
Chig'anoq  nervi esa ta’sirot­
ni  labirint chig'anog'i  ichida 
joylashgan  nerv  tugunidan 
oladi.  Tugunning  periferik 
nervlari  Korti  a ’zosidan 
i mpul s ni   qabul   qi l adi  
(quloqning  tuzilishi  va  eshi­
tish  yo'liga  qaralsin).
193-rasm.  Yuz  nervi.
1
  -  chakka  tarmoqlari;  2 -  yorg'oq  tarmoqlari; 
3
 -  
lunj  tarmoqlari; 
4 -
 pastki jag'  tarmoqlari; 5 -  bo'yin 
tarmoqlari;  6 -qu loq   oldi  chigali;  7 -y u z   nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

IX.  T
1 -у u t q i n  n e r v i   sezuvchi,  harakatlantiruvchi  va  ta  m  bi­
lish  (parasimpatik)  nerv  tolalaridan  iborat  (aralash  nerv)  bo'lib,  uzunchoq 
miyadagi  pastki  oliva  orqasidan  chiqadi  va  bo'yinturuq  teshik  orqali 
kalla bo'shlig'idan  tashqariga yo'naladi.  Teshik pastida  nerv  stvoli yo'g'on- 
lashib  ostki  va  ustki  tugunlar  hosil  qilib,  shoxchalarga  bo'linadi.  Uning 
sezuvchi  tolalardan  tuzilgan  shoxi  tilning  orqa  qismiga,  halqumga,  o'rta 
quloq  shilliq  pardasiga  tarqaladi.  Ta’m  bilish  tolalari  til  so'rg'ichlariga 
borsa,  uning  parasimpatik  tolalari  quloq  oldi  beziga  borib  tarqaladi.
X .  A d a s h g a n   n e r v   murakkab  tuzilgan  nerv  bo'lib,  uning  tar­
kibida  somatik  harakatlantiruvchi,  sezuvchi  va  parasimpatik  nerv  tolalari 
bor.  Nerv uzunchoq  miyaning  orqa egatidan  IX juft nervidan  keyin chiqadi, 
kalla  ichidan  bo'yinturuq  teshik  orqali  (IX  va  XI juft  nervlar  bilan  birga)
194-rasm.  Bo'yin  nervlarining  oldindan 
ko'rinishi.
/  -   bigizsim on  o 'siq —til  muskuli;  2  -  
simpatik  nerv  poyasi; 
3
 -  adashgan  nerv; 
4,  5
 -  yurakka  boruvchi  tepa  nerv  tolalari; 
6
 -   hiqildoqning  qaytuvchi  nervi;  7 -  
yurakka boruvchi  pastki  nervlar; 
8
 -  oldingi 
narvonsimon  muskul;  9 -  til  osti nervi; 
10
 -  
bo'yinning  tepa  nerv  tuguni  (simpatik 
tugun);  / 7 -adashgan  nerv.
chiqadi.  Nervdan  kalla  bo'shlig'iga, 
miyaning  qattiq  pardasiga  va  tashqi 
eshitish  yo'lining  terisiga  tolalar 
boradi  (194-rasm).
Adashgan  nervning  somatik hara­
katlantiruvchi  tolalari  yutqin  muskul­
lariga,  yumshoq tanglay  muskullariga 
(yumshoq  tanglayning  taranglatuvchi 
muskulidan  tashqari)  va  hiqildoq 
muskullariga  tarqaladi.
Adashgan  nervning  bo'yinturuq 
teshigi  ostida  ostin-ustun  joylashgan 
ikkita  sezuvchi  nerv  tolalari  tuguni 
b o 'la d i.  Nerv  b o ' y i n   so h asid a 
bo'yinturuq  vena  bilan  ichki  uyqu 
a rte riy a s i  o ra s id a ,  p a s tro q d a  
bo'yinturuq  vena bilan  umumiy uyqu 
arteriyalari  o ralig 'id an   yo 'nalib , 
ko'krak bo'shlig'iga boradi.  Ko'krak 
bo'shlig'ida chap adashgan  nerv qizi­
lo'ngach  devorining  oldidan,  o'ng 
adashgan  nerv  esa  orqa  devoridan 
pastga  tushib,  diafragmaning  qizil­
o'ngach  teshigi  orqali  qorin  bo'shli­
g 'ig a  tushadi.  Qorin  b o 'sh lig 'id a 
adashgan  nervning  o'ng  tomondagi­
si  me’daning  orqa  yuzasida,  chap  to­
mondagisi  esa  me’daning  oldingi 
yuzasida chigal  hosil  qiladi.  Shunday 
qilib,  adashgan  nerv  joylashgan
www.ziyouz.com kutubxonasi

joyiga  qarab  bosh,  bo'yin,  ko'krak  va  qorin  bo'shlig'i  qismlari  tafovut 
etiladi.  Adashgan  nervning  bo'yin  qismi  yutqin  va  yumshoq  tanglay  mus­
kullariga  tolalar  beradi.  Orqaga  qaytuvchi  hiqildoq  nervi  esa  hiqildoqning 
shilliq  qavatini  innervatsiya qiladi.  Nervdan  chiqqan yurakka boruvchi  ustki 
tolalar  yurak  urishini  pasaytirish  (depressor)da  qatnashadi.
Adashgan  nervning  ko'krak  qafasi  sohasidan  yurakka  boruvchi  pastki 
tolalar, traxeya,  bronxlar va o'pkaga boruvchi  tolalar, qizilo'ngach devorida 
tarqaladigan  tolalar  chiqadi.  Adashgan  nervning  qorin  bo'shlig'i  qismidan 
tarqalgan  nerv  tolalari  me’da  devorining  orqasida  chigal  hosil  qiladi. 
Chigallardan  chiqqan  nerv  tolalari  arteriya  tomirlarining  devorlari  bo'ylab 
jigar,  me’da  osti  bezi,  buyraklar,  taloq,  ingichka  va  yo'g'on  ichaklarga 
borib,  ulami  innervatsiya  qiladi.
XI.  Q o ' s h i m c h a   n e r v   harakatlantiruvchi  nerv  bo'lib,  uzunchoq 
miyaning  pastki  qismi  bilan  orqa  miyaning  birinchi  segmentlaridan  tash­
kil  topgan.  Kalla  ichidan  bo'yinturuq  teshik  orqali  chiqib,  ikkita tarmoqqa 
bo'linadi.  Uning  bitta  shoxi  adashgan  nervga  qo'shilsa,  ikkinchi  shoxi 
to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon  muskul  bilan  trapetsiyasimon  muskullarga 
tolalar  berib,  bo'yin  nerv  chigallariga  borib  qo'shiladi.
XII.  T i l   o s t i   n e r v i   harakatlantiruvchi  tolalardan  iborat  bo'lib, 
uzunchoq  miyaning  oliva  sohasidan  boshlanib,  kalladan  ensa  suyagining 
shu  nomli  kanali  orqali  chiqqach, 
bo'yinturuq  vena  bilan  ichki  uyqu 
arteriyasi  bo'ylab  pastga  tushadi.  Nerv  tolalari  til  va  til  osti  muskullariga 
tarqaladi.  Uning  pastga  tushuvchi  uzun  tolasi  I—II  bo'yin  nervlari  bilan 
qo'shilib,  nerv  qovuzlog'i  (petlya)ni  hosil  qiladi  va  til  osti  suyagidan 
pastda  joylashgan  bo'yin  muskullariga  tolalar  berib  tarqaladi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling