O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


ESHITISH  VA  MUVOZANAT  A’ZOLARI


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

ESHITISH  VA  MUVOZANAT  A’ZOLARI
Eshitish  va  muvozanatni  saqlash  a’zolari  uch  qism  —  tashqi,  o'rta  va 
ichki  quloqdan  iborat.  Muvozanatni  saqlash  a ’zosi  esa  ichki  quloq  (labi- 
rint)ning  bir  qismi  (dahlizi  va  yarim  halqasimon  kanallar)dir.
Tashqi  quloq
Tashqi  quloq  quloq  suprasi  va  tashqi  eshitish  yo'lidan  tashkil  topgan 
(202-rasm).
Quloq  suprasi  teri  bilan  qoplangan  elastik  tog'aydan  tuzilgan  bo'lib, 
tovush  to'lqinini  ushlash  vazifasini  bajaradi.  Quloq  suprasining  tog'ayi 
quloq  chetida  qayrilib,  supra  burmasini  hosil  qiladi.  Quloq  suprasining 
ichkarisida  supra  burmasiga  parallel  joylashgan  bo'rtm a  bo'lib,  ular
www.ziyouz.com kutubxonasi

202-rasm.  Eshitish  a'zosi 
(kesib  ko'rsatilgan).

/ - n o g 'o r a   bo'shlig'ining  tomi;

2 - b o l g ‘acha; 
3 -
  sandon; 
4 -  
g
 
orqadagi  yarim   h a lq a sim o n  
k a n a l; 
5  -   o l d i n g i  
yar i m 
halqasimon  kanal; 
6
 -  uzangi;  7 -  
c h ig 'a n o q ;  
8 -
  n o g 'o r a
11 
bo'shlig'i;  9 -ic h k i  quloq; 
1 0 -  
14
 
nog'ora  pardani  taranglatuvchi 
mus kul ;  
/ У - o ' r t a  
q u lo q  
13 
b o ' s h l i g ' i n i  
y ut qi n 
bi l an 
q o'shuvchi  nay; 
12  -
  nayning 
tog'ay  qismi; 
13
 -  nayning  suyak 
oralig'ida  ariqcha joylashgan.  Quloq  suprasi- 
qismi;  / 4 -y u m sh o q   tanglayni 
ning  pastki  qismida  tog'ay  plastinka  o'rnida 
ko  ^aruvchi  m uskul;/5  -  nog  ora 
yumshoq  yog'  qatlam  mavjud.  Bu  joy  quloq  par  a’    “shqi  qu|oq 
yumshog'i  deyilib,  odatda  (ayollarda)  shu  joyga  har  xil  taqinchoqlar 
taqiladi.  Quloq  suprasining  ichkarisida  quloq  teshigi  bo'lib,  uni  old  to­
mondan  do'mboq  chegaralab  turadi.
Tashqi  eshitish  yo'li  uzunligi  30— 35  mm  bo'lgan  «S»  simon  kanal 
bo'lib,  tashqi  tomondan  quloq  teshigi,  ichkaridan  nog'ora  parda  bilan 
chegaralanib  turadi.  Tashqi  eshitish  kanali  tashqi  tog'ay,  ichki  tomoni 
suyak  qismlaridan  iborat.  Tog'ay  qismi  quloq  suprasi  tog'ayining  toray­
gan  bo'lagi  bo'lib,  eshitish  kanalining  uchdan  bir  qismini  tashkil  etadi, 
suyak  qismi  eshitish  kanalining  qolgan  uchdan  ikki  qismini  hosil  qiladi. 
Tashqi  eshitish  kanalini  qoplagan  teri  sertuk  bo'lib,  yog'  bezlari  oltingu- 
gurtga  boy  modda  ishlab  chiqaradi.
Nog'ora  pardani  ko'rish  uchun  quloq  suprasini  yuqoriga  va  orqa  to­
monga  bir  oz  tortib,  «S»simon  kanalni  to'g'rilash  kerak  bo'ladi.
N o g ' o r a   p a r d a   soat oynasiga o'xshash botiq doira shaklida bo'lib, 
yupqa  elastik  to'qimadan  tuzilgan,  diametri  o'rta  yoshdagi  odamlarda  9 -
12  mm  cha  bo'ladi.  Nog'ora  parda  tashqi  eshitish  kanali  bilan  o'rta  quloq 
chegarasida  joylashgan  aylana  ariqchaga  soat  oynasi  soat  korpusiga  joy- 
lashgandek  kirib  turadi.
Nog'ora  pardaning  tashqi  eshitish  kanaliga  qaragan  yuzasi  yupqa  teri 
bilan,  ichki,  o'rta quloqqa qaragan yuzasi esa shilliq parda bilan qoplangan. 
Nog'ora  pardaning  o'rta  qismi  yupqaroq,  tashqi  tomoni  botiqroq,  bu  parda 
kindigi deb ataladi.  Nog'ora pardaning chetlari ancha qalinlashib yopishadi.
0 ‘rta  quloq
O'rta  quloq  nog'ora  bo'shlig'i  va  Yevstaxiy  nayidan  tashkil  topgan.
Nog'ora  bo'shlig'i  chakka  suyagi  toshsimon  o'sig'ining  ichida  joy­
lashgan  bo'lib,  hajmi  0,75—0,1mm3.  Bu  bo'shliqni  uning  oltita  devori 
chegaralab  turadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi

1.  Yupqa  devori  (nog'ora  bo'shlig'ining  tomi)  chakka  suyagi  pirami­
da  qismining  yupqa  suyak  plastinkasidan  tuzilgan  bo'lib,  o'rta  quloqni 
kalla  bo'shlig'idan  ajratib  turadi.
2.  Orqa  (so'rg'ichsimon  o'siqqa  qaragan)  devori  nog'ora  bo'shlig'ini 
so'rg'ichsimon  o'siq  ichidagi  havo  saqlovchi  kataklar  bilan  qo'shadigan 
bir  necha  teshiklardan  iborat.
3.  Ostki  (bo'yinturuq  venasiga  qaragan)  devori  chakka  suyagi  pirami­
da  qismining  ostida  joylashgan  bo'yinturuq  chuqurchasi  bilan  chegarala­
nadi.  Bu  chuqurchada  bo'yinturuq  venasi  joylashgan.
4.  Oldingi  (ichki  uyqu  arteriyasi)  devori  yupqa  suyak  plastinkasidan 
tuzilgan bo'lib,  nog'ora bo'shliqni  ichki  uyqu  arteriyasi joylashgan kanaldan 
ajratib turadi.  Bu  plastinkaning  yuqorisida Yevstaxiy  nayining  ichki  teshigi 
ko'rinadi.
5.  Ichki  (ichki  quloqqa  qaragan)  devori  yupqa  plastinkadan  tuzilgan. 
Devorning  o'rtasidan  turtib  chiqqan  do'nglik  ichki  quloq  chig'anog'ining 
turtib  chiqishidan  hosil  bo'lgan.  Do'nglik  pastida  joylashgan  dumaloq 
teshik  nog'ora  pardasi  bilan  qoplangan.  Do'nlikning  yuqorirog'ida  joy­
lashgan  oval  teshikni  o'rta  quloqda  joylashgan  uzangining  asosi  berkitib 
turadi.  Oval  teshik  tepasida  yuz  nervi  o'tadigan  kanal  yotadi.  Kanal  devori 
juda  yupqa  bo'lib,  o'rta  quloq  kasallanganda  yuz  nerviga  ham  ta’sir  etadi.
6.  Tashqi  (nog'ora  pardaga  qaragan)  devori  o'rta  quloq  bilan  tashqi 
quloq  chegarasida  joylashgan  nog'ora  pardadan  iborat.
Nog'ora  bo'shlig'ida  uchta  eshitish  suyakchalari  joylashgan 
(203- 
rasm).  Ularning  birinchisi  bolg'acha  bo'lib,  uning  dastasi  nog'ora  pardaga 
tegib  turadi.  Bolg'achaning  ikkinchi  tomoni  —  yumaloq  boshi  ikkinchi 
eshitish  suyagi  —  sandonchaga  bo'g'im 
hosil  qilib  tegib  turadi.  Sandonchaning 
uzun  oyoqchasi  uchinchi  eshitish  suyagi
— uzangiga bo'g'im hosil qilib qo'shiladi.
Uzangining  kengaygan  plastinkasi  ichki 
quloqqa  kiruvchi  oval  teshikni  berkitib 
oladi.  Nog'ora  pardaning  tarang  bo'lishi- 
da  va  uning  tebranishida  bolg'achaga 
yopishgan  nog'ora  pardani  taranglatuv- 
chi  muskul  hamda  uzangiga  yopishgan 
muskul  muhim  rol  o'ynaydi.
Shunday  qilib,  havo  to'lqini  tashqi 
quloqda  nog'ora  pardaga 
tegib,  uni 
harakatlantiradi.  Bu to'lqinlanish  harakati 
o'z  navbatida  o'rta  quloqda  joylashgan 
eshitish  suyakchalarini  harakatlantiradi- 
da,  eshitish  (havo)  to'lqinini  ovalsimon 
teshik  orqali  ichki  quloqqa  o'tkazadi.
203-rasm.  Eshitish  suyakchalari.
/   -  bolg'acha-sandon 
bo'g'im i; 
2,  4 -
 kalta 
va 
uzun  oyoqchalar; 
3
 -  sandon-uzangi bo'g'imi; 
5
 -  sandon 
bilan 
uzangi 
oraliq 
bo'g'imi; 
6 -  uzangi; 
7 - bolg'acha  dastasi; 
8
 -  bolg'acha;  9 -  bolg'acha  o'simtasi; 
1 0 -
 bolg'acha  boshi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Yevstaxiy  nayi  o'rta  quloq  bo'shlig'ini  yutqin  bilan  qo'shib  turadi. 
Nayning  uzunligi  o'rta  yoshdagi  odamlarda  30— 40  mm.  Uning  suyak 
qismi  (10— 15  mm)  voronkasimon  shaklga  ega  bo'lib,  chakka  suyagining 
tarkibidagi  muskul-nay  kanalining  pastki  yarmidan  iborat.  Uning  kengay­
gan  uchi  o'rta  quloqqa  ochilgan.  Yevstaxiy  nayining  tog'ay  qismi  (20— 
25  mm)  ham  voronkasimon  shaklga  ega  bo'lib,  uning  kengaygan  qismi 
yutqinga  ochiladi.  Nayni  shilliq  ishlab  chiqaruvchi  bezlarga  boy  shilliq 
qavat  qoplab  turadi.
Nay  o'rta  quloq  bo'shlig'idan  havoni  almashtirib,  bir  muvozanatda 
saqlab  turish  vazifasini  bajaradi.
Ichki  quloq
Ichki  quloq  yoki  labirint  suyak  qismi  va  uning  ichkarisidagi  parda 
qismidan  tuzilgan  bo'lib,  chakka  suyagining  piramida  qismi  ichida 
joylashgan.  Labirint  yarim  halqasimon  uchta  kanaldan,  labirint  dahlizi  va 
chig'anoqdan  iborat  (204-rasm).
Labirint  dahlizi  2—3  tomchi  suv  sig'dira  oladigan  bo'shliq  bo'lib, 
o'rta  quloqqa  yumaloq  va  oval  teshikchalar  orqali  qo'shilib  turadi. 
Dahlizning  orqa  tomonida joylashgan  beshta  teshik  uchta  yarim  halqasi­
mon  kanal  oyoqchalariga  qo'shiladi  va  dahliz  oldi  tomonidagi  teshik 
orqali chig'anoq  bilan  birlashadi.  Bundan  tashqari,  dahliz ichidagi  suyuqlik 
(perilimfa)  miyaning  qattiq  pardasi  ostidagi  bo'shliqqa  dahliz  suvi  yo'li
orqali  qo'shiladi.  Shu  bilan  dahliz 
ichidagi  suyuqlik  miqdorining  bir 
me’yorda  bo'lishini  ta’minlaydi.
Y arim   halqasim on  k an allar 
yuqori,  orqa  va  lateral  kanallardan 
iborat  b o 'lib ,  d ah lizning  orqa 
tomonida  uchta  tekislikda  joylash­
gan.   J uml a da n  ol di ngi   yar i m 
halqasimon kanal sagittal  tekislikda, 
orqa  tomondagi  yarim  halqasimon 
kanal  frontal  tekislikda,  lateral  (ta­
shqi)  tomonda  joylashgan  yarim 
halqasimon  kanal 
esa  gorizontal 
tek islik d a  joylash g an .  Har  bir 
kanalning  ikkita  oyoqchasi  (biri 
oddiy,  ikkinchisi  bir  oz  kengaygan
—  ampula  oyoq)  bo'lib,  ulardan 
ol di ngi  
va  o rq a d a g i 
yar i m 
halqasimon  kanallarning  oldingi
9 8   7
204-rasm.  Suyak  va  parda  labirintning 
tuzilishi.
1 -
 oldingi  parda  ampula;  2 -  yarim  halq­
asim on  kanal; 
3 -
  parda  ampula; 
4 -  
endolimfa  qopchasi; 
5 -
 orqadagi  yarim 
h a lq a sim o n   kanal ;   6 - l a t e r a l   yarim  
halqasimon  kanal;  7 -  uzangi; 
8
 -  yumaloq 
teshik  pardasi;  9 -c h ig 'a n o q   nayi; 
1 0 - 
nog'ora  narvoni; 
11
  -  dahliz  narvoni; 
1 2 - 
chig'anoq 
nayi; 
/J - q o p c h a ; 
14- 
bachadoncha.
www.ziyouz.com kutubxonasi

oddiy  oyoqchalari qo'shilib,  bitta umumiy  oyoqchani  hosil  qiladi.  Natijada 
uchta yarim  halqasimon  kanallaming oltita oyoqchalari  beshta teshik bo'lib 
dahlizga  ochiladi.
Chig'anoq  dahlizning  pastidagi  aylanish  o'qi  spiralga  o'xshab  2,5 
marta  aylanishidan  hosil  bo'ladi.  Birinchi  aylanasi  katta  (6  mm),  ikkinchi 
(4  mm)  va  uchinchi  aylanasi  (2  mm)  bir-biridan  kichiklashib  boradi. 
Chig'anoqning  kengaygan  tomoni  (asosi)  ichki  eshitish  yo'liga  qarab 
joylashgan  bo'lsa,  uning  uchi  o'rta  quloq  tomonga  qaragan.  Chig'anoq 
o'qidan  chig'anoq  bo'shlig'iga  uchburchak  shaklidagi  spiralsimon  suyak 
plastinka  chiqadi.  Suyak  plastinka  va  uning  uchidan  boshlangan  chig'a­
noq  parda  chig'anoq  bo'shlig'ini  dahlizga  olib  kiruvchi  dahliz  narvoniga 
va  chig'anoq  teshigi  orqali  o'rta  quloqqa  tushuvchi  narvongacha  boradi. 
Chig'anoq  o'qi  bilan  spiralsimon  plastinkalar  orasida  nerv  tugunchasi 
joylashadigan  spiralsimon  kanal  bo'ladi.  Spiral  plastinkadagi  mayda 
teshikchalar  orqali  nerv  tolalari  Korti  a’zosiga  boradi.
Parda  labirint  biriktiruvchi  to'qimadan  tuzilgan  suyak  labirinti  ichida 
ana  shu  labirint  shaklini  qaytarib  joylashadi.  Parda  labirint  hajmi  suyak 
labirint  bo'shlig'iga  nisbatan  kichikroq.  Suyak  labirint  bilan  parda  labirint 
orasida  perilimfa bo'shlig'i  bo'lib,  unda  perilimfa  suyuqligi  bo'ladi.  Parda 
labirint dahlizi  sohasida ikkita bo'shliq  bo'lib,  biri  bachadoncha,  ikkinchisi 
qopchadir.  Bachadoncha  ichiga  5  ta  parda  yarim  halqasimon  kanal 
teshikchalari  ochiladi.  Bundan  tashqari,  bachadoncha bilan qopchalar o'zaro 
bitta yo'l  orqali  tutashgan.  Ana  shu  yo'l  orqali  endolimfa kalla bo'shlig'ida 
joylashgan  xaltachaga  qo'shiladi.  Qopcha  bo'shlig'i  ham  parda  chig'anoq 
bo'shlig'i  bilan  qo'shiladi.
Parda  yarim  halqasimon  kanallar  suyak  yarim  halqasimon  kanallarga 
o'xshab  tuzilgan  bo'lsa  ham,  ularga  nisbatan  birmuncha  tor.  Parda  yarim 
halqasimon  kanallar  oyoqlari  kengaygan  qismi  (ampula)ning  ichki  yuza- 
larida  muvozanat  nervining  oxirlari  (retseptorlar)  tarqalgan.  Bachadoncha 
va  qopchalarning  ich  tomonida  oq  dog'lar  ko'rinadi.  Oq  dog'lar  yuzasida 
shilliqsimon  modda  (ohak  zarracha  —  otolit)  lar  ko'rinadi.  Odam 
muvozanati  o'zgarganda  ana  shu  otolitlar  endolimfa  suyuqliklari  bilan 
qimirlab,  parda  yarim  halqasimon  kanallar  ichidagi  muvozanat  nerv 
oxirlarini  qitiqlab,  ta’sirotni  bosh  muvozanat  markaziga  o'tkazib  beradi. 
Markazdan javob  ta’sirotlar (o'tkazish  yo'llariga qaralsin)  ishchi  a’zolarga 
tarqaladi.  Odam  muvozanati o'zgaradi.  Umumiy  yarim halqasimon  kanallar 
muvozanat a’zosi hisoblanadi.  Odam  fazoga  ko'tarilganda (kosmonavtlarda) 
dahliz  bilan  yarim  halqasimon  kanalchalardagi  endolimfa  va  otolitlarning 
og'irligi  yo'qoladi.  Shuning  uchun  gavdaning  qanday  holatda  ekanligi 
faqat  ko'z  bilan  aniqlanadi.
Parda  chig'anoq  suyak  chig'anoqdan  taxminan  3  marta  kichik  va  bosh- 
lanishda  boshi  berk  bo'ladi.  Lekin  suyak  chig'anoqning  yo'lini  qaytaradi. 
Chig'anoqda  endolimfa  dahliz  va  chig'anoq  narvonlari  orasida  joylash-
www.ziyouz.com kutubxonasi

gan.  Dahliz  narvoni  dahlizdan  boshlanib,  parda  chig‘anog‘ining  uchiga 
borganda  u  yerdagi  yo'ldan  nog'ora  narvoniga  qo'shiladi.
Parda  chig'anoq  suyak  chig'anoq  ichidagi  spiralsimon  o'siqlar  uchi- 
dan  boshlanib,  uning  shaklini  takrorlaydi  va  uchi  suyak  spiral  kanalining 
devoriga  borib  qaytib,  yana  spiralsimon  o'siqqa  yopishadi.  Chig'anoq 
yo'lining  ko'ndalang  kesimi  uchburchak  shaklida,  uchta  yo'lga  bo'linadi. 
Ularning  biri  parda  spiralsimon  chig'anoq  bo'shlig'i  —  chig'anoq  yo'li, 
ikkinchisi  uning  ostki  tomondagi  nog'ora  narvoni,  uchinchisi  esa  ustki 
tomondagi  dahliz  narvoni.  Chig'anoq  yo'li  ichida  Korti  a’zosini  ko'ra­
miz.  Bu  a’zo  parda  chig'anoqning  pastki  (asosiy)  plastinkasida  joylash­
gan  har  xil  uzunlikdagi  tovushlarni  qabul  qiluvchi  hujayralardan  iborat.
Korti  a’zosi  besh  qator  bo'lib  joylashgan  tukli  hujayralardan  tuzilgan. 
Bu  a’zoning  har  bir qatori  esa  60— 70  tukli  retseptor  hujayralardan  iborat. 
Hujayralaming  tuklari  turlicha  uzunlikda  bo'lib,  eng  kalta  (130— 135 
mkm)  tukli  hujayralar  chig'anoqning  asosida  joylashgan.  Chig'anoq 
asosidan  chig'anoq  yo'liga  ko'tarilgan  sari  hujayralaming  tuklari  asta- 
sekin  uzunlashadi.  Eng  uzun  (230—234  mkm)  tukli  retseptor  hujayralari 
chig'anoq  yo'lining  uchida  joylashgan.  Ularning  ustki  tomonida  tomchi- 
simon  plastinka  bo'ladi.  Uning  bir  uchi  tukli  hujayralaming  ustida  erkin, 
ikkinchi  uchi  esa  chig'anoqning  asosiy  membranasiga  birikib  joylashgan.
Endi  tovush  o'tkazish  va  eshitish  fiziologiyasi  to'g'risida  to'xtalamiz.
Havodagi  tovush  to'lqinlari  quloq  suprasiga  urilib,  tashqi  eshitish 
yo'li  orqali  nog'ora  pardaga  borib  to'qnashib,  uni  tebratadi.  Nog'ora 
parda  to'lqinini  o'rta  quloqda  joylashgan  eshitish  suyaklari  zanjiriga 
(bolg'acha,  sandon,  so'ngra  uzangiga)  o'tkazadi.  O'rta  quloq  bo'shlig'i 
eshituv (Yevstaxiy)  nayi orqali  halqum bo'shlig'i bilan  tutashgan.  Halqumga 
ana shu  kanal  orqali  o'rta quloq  bo'shlig'iga havo  kirib,  nog'ora pardaning 
tashqi  va  ichki  tomonida  havo  bosimining  bir  xilda  bo'lishini  ta’minlaydi 
va  nog'ora  pardani  normal  to'lqinlantiradi.  Natijada  nog'ora  pardaning 
to'lqinlari  o'rta  quloqda joylashgan  eshitish  suyakchalarini  harakatga  kel­
tiradi.  Agar Yevstaxiy  nayi yallig'lanib berkilib,  o'rta quloqqa havo o'tmay 
qolsa,  o'rta  quloqdagi  bosim  tashqi  tomondagi  bosimga  nisbatan  kamaya­
di.  Bunday  sharoitda  nog'ora  parda  to'lqinlanmay  tovush  eshitilmaydi. 
Zambarak  otish  vaqtida,  samolot  tez  ko'tarilganda  tashqi  to'lqin  birdan 
oshib,  nog'ora  pardaga  kuchli  uriladi-da,  yorib  yuboradi.  Shuning  uchun 
bunday  sharoitda  og'izni  bir  oz  ochib,  to'lqin  nog'ora  pardaning  (tashqi 
va  ichki)  tomonidan  bir  xil  kuch  bilan  urilishini  ta’minlash  kerak  bo'ladi. 
Ana  shundagina  nog'ora  parda  yirtilmaydi.  To'lqin  normal  holatda 
bolg'acha  va  sandonga  boradi.  Sandon  esa  to'lqinni  uzangiga  uzatadi. 
Uzangi  to'lqinni  (uning  asosi  oval  teshikni  qoplab  turganligidan)  oval 
teshik  orqali  dahliz  narvonidagi  perilimfani  tebratadi.  Perilimfa  to'lqini 
narvonchaning  uchidan  nog'ora  narvonchaga  o'tib,  oxiri  labirint  dahlizi- 
dagi  yumaloq  teshikni  qoplab  turgan  pardani  tebratadi.  Perilimfa  tebrani-
www.ziyouz.com kutubxonasi

shi  parda  chig'anoq  orqali  uning  ichidagi  endolimfani  harakatga  keltiradi. 
Natijada  Korti  a’zosining  tomchi  plastinkasi  tebranib,  uning  ostida  joy­
lashgan hujayra ipchalarini qitiqlaydi.  Bu  yerda eshitish to'lqinlarini  eshitish 
nervining  uchlari  —  retseptorlar  qabul  qilib,  ta’sirotni  eshitish  yo'li  orqali 
miya  po'stlog'idagi  eshitish  markazi  (analizatori)ga  yetkazadi.  Natijada 
odamda  eshitish  —  tovushni  ajratish  vujudga  keladi.
Tovush  to'lqinlarini  qabul  qilish  yoshga  qarab  o'zgarib  boradi.  Jum­
ladan,  o'rta  yoshli  odamlar  bir  sekundda  16—22  mingga  teng  bo'lgan 
tovush to'lqinlarini qabul qilishi mumkin bo'lsa, qarigan odamlarda  eshitish 
qobiliyati  pasayadi.  Ular  12— 15  ming  (ba’zan  bundan  ham  kam)  to'lqin- 
li  tovushlarni  eshitadilar.
KO'RISH  A’ZOLARI
Ko'rish  a’zosi  ko'z  soqqasi,  qovoqlar,  ko'z  soqqasini  harakatga  kelti- 
ruvchi  muskullar  va  ko'z  yoshi  apparatidan  tashkil  topgan.
Ko‘z  soqqasi
Ko'z  soqqasi  (205,  206-rasmlar)  ko'z  kosasida joylashgan  bo'lib,  uch 
qavat  parda  va  ulaming  ichida joylashgan  ko'zning  nur  sindiruvchi  appa­
ratidan  iborat.
1.  Ko'zning  fibroz  qavati  ko'z  soqqasining  eng  tashqi  qavat  pardasi 
bo'lib,  oq  va  shox  pardadan  iborat:  a)  oq  parda  biriktiruvchi  to'qimadan 
tuzilgan  qovoqlar  ochilganda  deyarli  oppoq  bo'lib  ko'rinadi.  Pardaning 
orqa  tomonida  ko'rish  nervi  o'ta­
digan  teshik bo'ladi;  b)  shox  parda 
oq  pardaning  old  tomonida  soat 
oynasiga  o'xshab  (qavariq  linza 
kabi)  joylashgan.  Shox  pardaning 
oq  pardaga  birikkan joyida  aylana 
venoz  kanali  bo'ladi.
2.  Ko'zning  o'rta  (tomirli)  par­
dasi  qon  tomir  va  pigmentlarga 
boy  parda  bo'lib,  bevosita  oq 
pardaning  ostida  yotadi  va  uch 
qism  (tomirli  parda,  kiprikli  tana 
va rangdor parda)ga bo'linadi.  To­
mirli  parda  to'r  pardani  qon  bilan 
ta ’minlaydi  va  suvsimon  tiniq 
suyuqlik  ajratadi:  a)  tomirli  parda 
ko'z  o'rta  pardasining  orqa  tomo­
nidagi  eng  katta  bo'lakni  tashkil 
etadi;  b)  kipriksimon  tana  tomirli
205-rasm.  Ko'z  soqqasi.
/ - s h o x   parda;  2 -  old in gi  kamera; 
3 -  
rangdor  parda; 
4
 -  orqa  kamera;  5 - k o ' z  
gavhari;  6 -  boylamlar  orasidagi  yoriq;  7 -  
kipriksimon  tana; 
8 -
 shishasimon  tana;  9 -  
to'r parda; 
10
 -  tomirli  parda; 
11 -  oq
 parda; 
12
 -  markaziy  chuqurcha; 
13 -
 ko'rish  nervi 
chuqurchasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

p ard an in g   shox  parda  so h asid a 
joylashgan  qismi  b o ‘lib,  orqadan 
tomirli  parda,  oldindan  rangdor parda 
bilan  chegaralanadi;  d)  rangdor  par­
da  kipriksimon  tanadan 
boshlanib, 
old  tomonida  qorachiq  teshik  bo‘lib 
tugaydi.  Pardaning  orqa  yuzasi  ko‘z 
gavhari  tomoniga,  oldingi  yuzasi  shox 
pardaga  qarab  joylashgan.  Rangdor 
parda tarkibidagi  pigmentga qarab  har 
xil  bo'ladi.  Pigment  ko‘p  bo'lsa,  ko'z 
qora,  kamroq bo'lsa,  zangori,  butunlay 
bo'lmasa,  qizil  bo'ladi.
Ko'z  qorachig'ida  ikki  xil  muskul 
tafovut  qilinadi  (207-rasm).  Ba’zi 
muskul  tolalari  aylana  joylashgan 
bo'lib,  ular qisqarganda, qorachiq tora­
yadi,  ikkinchi  xil  muskul  tolalari  esa 
radial  (uzunasiga)  yo'nalgan  bo'lib, 
qisqarganda  ko'z  qorachig'i  kengayadi.
3. 
To'r parda ko'z soqqasining eng 
ichki pardasi bo'lib,  uning  ichki  yuzasi 
ko'z  soqqasi  bo'shlig'ida  joylashgan 
shishasimon tanaga tegib turadi, tashqi 
yuzasi  tomirli  pardaga  yopishgan 
bo'ladi.  To'r  pardaning  tashqi  qavati 
pigmentlarga  boy  bo'lsa,  ichki 
haqiqiy 
to'r 
parda 
qavati 
nurl arni  
qabul  
qi l uvchi  
nervlarga  boy.  T o'r  pardaning 
ana  shu  qismi  orqa  tomonda 
tomirli  pardaning  ostida  joy­
lashgan.  Oldingi  (kiprikli  va 
rangdor  parda  qism larining 
ostida joylashgan)  qismida nur- 
lami  qabul  qiluvchi  elementlar 
bo'lm aganligi  uchun,  u  to 'r 
pardaning  «ко'г»  qismi  deb 
ataladi.  T o'r  pardaning  ko'rish 
qism i  o 'n   qavatdan  ib orat 
bo'lib,  ularning  birida  nerv  hujayralarining  tayoqcha  va  kolbachasimon 
o'siqlari  joylashgan.  Tayoqchalar  nurlarni  qorong'i  paytda  qabul  qiladi. 
Kolbachalar  esa  yorug'  paytda  ta’sirlanadi.  To'r  pardaning  ikkinchi  va
206-rasm.  Ko'z  soqqasining  bir  qismi.
1
 -  shox  parda;  2  -  oldingi  kamera; 
3 -  
rangdor  parda; 
4
 -  orqadagi  kamera; 
5 -  
ko'z  gavhari; 
6 -
 gavhar  boylami;  7 -  oq 
parda;  # - t o ' r   parda; 
9
 -to m irli  parda;
1 0 -
 ko'ruv  arteriyasi  va  venasi.
207-rasm.  Ko'z  soqqasi  muskullari.
I
  -  tepadagi  to'g'ri  muskul;  2 -  tashqi  tomondagi 
to'g'ri  muskul; 
3 -
  ichki  tomondagi  to'g'ri 
muskul; 
4 -
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling