O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


HARAKAT  A’ZOLARI  SISTEMASI


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

HARAKAT  A’ZOLARI  SISTEMASI
Odam  yer  yuzida  harakat  qilish  qobiliyatiga  ega.  Harakat  apparati  o'z 
navbatida  faol  harakatchan  qism  —  muskullar  va  passiv  (faoliyatsiz) 
qism — suyaklarga  (boylamlari  bilan) bo'linadi.  Lekin  muskullar,  suyaklar 
va  ularni  birlashtirib  turgan  boylamlaming  vazifalari  bir-biriga  bog'liq 
bo'lib,  bitta embrional qavat — mezodermadan  rivojlanadi.  Qisqasi,  harakat 
apparati:  suyak;  suyaklami birlashtiruvchi boylamlar va muskul  sistemasidan 
tashkil  topgan.
Harakat  sistemasi  organizmning  ko'p  qismini  yoki  gavdaning  umu­
miy  og'irligiga  nisbatan  72,45%  ini  tashkil  etadi.  Shu jumladan,  muskul­
lar  gavdaning  2/5,  suyaklar  esa  1/5— 1/7  qismidan  tashkil  topgan.
Muskullar  deyarli  hamma  suyaklar  ustini  qoplab  turadi  va  gavdaning 
tashqi  ko'rinishi  (qomat)ning  shakllanishida  asosiy  vazifani  bajaradi.
S U Y A K L A R   H A Q ID A   T A ’L IM O T
Organizmning  harakatini  ta’minlaydigan  harakat  a’zolari  muskullar 
(yordamchi  qismlar  bilan),  skelet  va  ulami  biriktirib  turgan  boylamlardan 
iborat.
Skelet  organizmda  tayanch  ahamiyatiga  ega  bo'lgan  zich  to'qimalar 
(tuzilmalar  yig'indisi)dan  iborat.  Skelet  bir  qancha  alohida  suyaklardan 
vujudga  kelgan  bo'lib,  biriktiruvchi  to'qimalar,  boylamlar  va  tog'aylar 
vositasida  o'zaro  birlashib  turadi  hamda  passiv  harakat  apparatini  hosil 
qiladi.  Skelet  bo'lmasa,  yer  yuzidagi  bironta  jonzod  o'zini  tik  tutib 
turolmaydi  va  qomat  shakllanmaydi.  Skelet  organizmda,  asosan,  quyidagi 
vazifalarni  bajaradi:  tayanch,  suyanchiq,  harakat  va  organizmni  himoya 
qilish  vazifalari.
1.  Tayanch  vazifasi  yumshoq  to'qim a  va  a’zolar  skeletning  ayrim 
qismiga  birikib  turishi  natijasida  vujudga  keladi.
2.  Harakat  vazifasi  skeletni  tashkil  qilib  turgan  suyaklarning  har  xil 
richag  hosil  qilib,  bo'g'im   orqali  birlashishi  va  nerv  sistemasi  yordamida 
muskullar  qisqarishi  bilan  namoyon  bo'ladi.
3.  Himoya qilish  vazifasi  skeletning  alohida qismlaridan  vujudga kelgan 
bo'shliqlar  orqali  bajariladi.  Masalan,  umurtqalar  yig'ilib,  orqa  miyaning 
joylanib  turishiga  moslangan  kanal,  bosh  miya  uchun  kalla  suyaklaridan
www.ziyouz.com kutubxonasi

hosil  bo'lgan  kallaning  miya  bo'shlig'i,  yurak  va  o'pkalarning  saqlanishiga 
moslangan  ko'krak  qafasi,  jinsiy  a’zolami  tashqi  ta’sirdan  saqlab  turadigan 
chanoq  bo'shlig'i  shular jumlasidandir.  Bulardan  tashqari,  suyaklarda  orga­
nizmning  biologik  muhofazasini  bajaradigan  va  to'qimalarga  kislorod  el- 
tuvchi  qon  tanachalarini  vujudga  keltiradigan  ko'mik  bo'ladi.  Odam  skele- 
tining  deyarli  hammasi  (kalla  suyagining  tepa  bo'lagi  va  yuz  qismining 
ba’zi  suyaklari,  o'mrov  suyaklarining  ko'p  qismidan  mustasno)  embri­
onning  o'rta  varag'i  —  mezodermadan  uch  davrni  o'tib  takomillashadi:
1)  biriktiruvchi  to'qima  (parda)  davri,  2)  to- 
g'aylanish  va  3)  suyaklanish  davrlari.
Odam  skeleti  200  dan  ortiq  ayrim  suyak­
lardan  tuzilgan  bo'lib,  ularning  aksariyati juft 
suyaklardir.  Suyaklar,  asosan,  suyak  to'qima- 
laridan  tuzilgan  (17-rasm).
Suyaklar  qattiq  va  elastik  bo'lib,  asosan, 
ikki  xil  moddadan  iborat.  Ularning  1/3  qismi 
organik  moddalar  (ossein,  muguz  modda) 
bo'lsa,  2/3  qismi  anorganik  moddalardir  (aso­
san, kalsiy  tuzlari,  ayniqsa fosfor kislotali  ohak
10  —  51,04%  ni  tashkil  etadi).  Suyaklar  elastik-
11  ligini  ossein  moddasi  ta’minlaydigan  bo'lsa, 
ularning qattiq (pishiq)  ligi  mineral tuzlar hiso­
biga vujudga keladi.  Suyaklar tarkibidagi  orga­
nik  va  anorganik  moddalar  munosabati  kerak­
li  mustahkamlikni  namoyon  qiladi  va  bu  holat 
yoshga  qarab  o'zgarib  boradi.  Yosh  organizm 
suyaklari  tarkibida  ossein  ko'pligi  tufayli 
bukiluvchi  bo'lib,  m o'rt  bo'lm aydi.  Yosh 
ulg'ayib borgan sayin suyaklar tarkibida mineral 
tuzlar  ko'payadi.  Shuning  uchun  odam  kek- 
saygan  sari,  suyaklari  elastiklik  xususiyatini 
yo'qotib,  asta-sekin  mo'rtlashadi,  tez  sinadi- 
gan  bo'lib  qoladi.
Suyaklar  tarkibida  organik  va  anorganik 
moddalardan  tashqari,  A,  D  va  S  vitaminlari 
ham  bo'ladi.  Yosh  bolalar  suyagi  tarkibida 
kalsiy  tuzlari  va  D  vitamini  yetishmasligidan 
raxit  kasalligi  kelib  chiqadi,  suyaklar  mus- 
tahkamligi  kamayib  har  tomonga  qiyshayadi. 
Agar  suyakda  A  vitamini  yetishmasa,  suyak­
lar  haddan  tashqari  yo'g'onlashib,  ichidagi 
bo'shliqlari,  har  xil  kanalchalari  kattalashadi.
-
22
-
17-rasm.  Skelet. 
/ - b o s h   sk eleti;  2   -   umurtqa 
pog'onasi; 
3
 -o 'm r o v ;  
4 -  
kurak; 
5 -
 qovurg'alar; 
6
 -y elk a  
suyagi;  7  -   bilak  suyagi;  8  -   tir- 
sa k  
s u y a g i;  
9  -   k a ft 
u s ti 
suyaklari;  / О - k a f t   suyaklari; 
/ / - b a r m o q   suyaklari; 
12,  14, 
15 -
 chanoq 
suyaklari; 
13 -  
dum g'aza  suyagi; 
1 6 -
 son  su­
yagi; 
1 7 -
  tizza  qopqog'i; 
1 8 -  
katta  boldir  suyagi;  / 9 - k ic h ik  
boldir  suyagi; 
20 -
 oyoq  kafti 
usti  suyaklari;  2 / - o y o q   kafti 
suyaklari;  22 -  barmoq  suyaklari.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ossein  bilan  anorganik  modda- 
ning  q o ‘shilishi  natijasida  normal 
suyak  muhim  fizik  xossaga  ega 
bo'ladi,  ya’ni  elastik  va  qattiq  (pi- 
shiq)  bo'ladi.  Normal  suyak  dub  da- 
raxtidan  pishiq,  granitdan  qattiq 
bo'lib,  mis  bilan  temirga  barobar 
keladi  (18-rasm).
Suyaklarning  ichki  tuzilishini 
ularni  arralab  qaragandagina  ko'rish 
mumkin.  Ular  ikki  xil  moddadan, 
zich  (qattiq )  va  g 'o v a k   modda 
(ko'mik)dan  iborat. Zich modda yax­
lit  massaga o'xshab ko'rinadi,  g'ovak 
modda  esa  ingichka  xoanalar  to'ri- 
dan  iborat  bo'lib,  bir-biri  bilan  chal- 
kashib,  har  xil  burchaklar  hosil  qila­
di.  U lar  o ra sid a   m ayda  katak 
(bo'shliq)  lar  vujudga  keladi.  Qattiq 
moddalar  suyaklarning  tashqi  qis­
mida,  g'ovak  moddalar  esa  ichki  qismida  joylashgan.  Serbar  suyaklarda 
g'ovak  moddalar  juda  kam  bo'lib,  zich  moddalaming  ikki  plastinkasi 
orasida  yupqa  ko'mik  holatida  uchraydi.  Kalla  suyagining  qopqoq  qismi- 
dagi  g'ovak  moddalar  ikki  qavat  nomi  bilan  yuritiladi,  ana  shu  suyaklar­
ning  ichki  qattiq  plastinkasi  shishasimon  plastinka  deyiladi.  Chunki  u 
tashqi  plastinkadan  yupqa  bo'lib,  organik  moddasi  kam  va  mo'rt.  Ser­
bar  suyaklarning  ba’zi  joylarida  umuman  g'ovak  moddalar  bo'lmasligi 
mumkin,  unda  zich  moddaning  tashqi  va  ichki  plastinkalari  bir-biriga 
yopishib,  bitta  butun  qavat  hosil  qiladi.  Kalta  suyaklar  faqat  g'ovak 
moddalardan  iborat  bo'lib,  tashqi  qismi  esa  yupqa  zich  modda  plastin­
kasi  bilan  qoplangan.  Uzun  suyakning  ikki  uchi  (epifizlari)  kalta  suyak- 
larga  o'xshash  tuzilgan,  diafizi  (tanasi)  esa  uzunasiga joylashgan  silindr 
shaklli  kovak  bo'lib,  devori  qalin  zich  modda  po'stidan  iborat.  Ana  shu 
kovak  ilik  kanali  hisoblanib,  bu  kanal  uzun  suyakning  ikkala  uchidagi 
g'ovaklarga  tutashib  ketadi.
Suyaklarning  mikroskopik  tuzilishiga kelganda,  ularning  asosi  Govers 
plastinkalaridan  tuzilgan  bir  qancha  Govers  kanalchalaridan  iborat 
ekanligi  aniqlanadi.  Govers  kanalchalari  suyaklarning  bo'yiga  qarab 
joylashgan  va  o'zaro  bir  necha  zich  suyak  plastinka  —  zich  modda 
bilan  o'ralgan.  Govers  plastinkachalari  orasidagi  bo'shliqlarni  oraliq 
moddalar  to'ldirib  turadi.
Suyaklarning  sirtqi  yuzasi  suyak  ust  pardasi -periost  bilan  qoplangan 
(suyaklarning  bo'g'im   yuzalari,  paylar  va  boylamlar  yopishgan  joylarda
18-rasm.  Suyaklar  tuzilishi  sxem asi.
1  -   suyak  hujayralari;  2  -   oraliq  moddalar; 
3  -  G overs  kanallari.
www.ziyouz.com kutubxonasi

periost  bo'lmaydi).  Periost  yupqa,  pushti  rangli  birikti­
ruvchi  to'qimadan  iborat  bo'lib,  suyaklarning  alohida  te- 
shikchalaridan o'tib boradigan  tolachalar vositasida suyaklar 
ustiga  mustahkam  yopishib  turadi  (19-rasm).
Periost  ikki  qavatdan,  ya’ni  tashqi  qavat  —  tolali  fib- 
roz  to'qimadan,  ichki  qavat— nerv  va  qon  tomirlarga  boy 
bo'lgan  suyak  hosil  qiladigan  qismdan  iborat.  Qon  tomir­
lari  suyaklarga  alohida  oziq  teshiklar  orqali  boradi.  Peri- 
ostning  ichki  qavati  suyaklami  eniga  o'stiradi.  Suyaklar­
ning  bo'g'im   hosil  qiladigan  sathi  bo'g'im   tog'aylari  bi­
lan  qoplangan  (bo'g'imlar  haqidagi  bobga  qarang).
Suyak  kovaklari  va  ilik  kanallari  hamma  vaqt  ko'mik 
bilan  to'la  bo'ladi.  Ko'pincha  naysimon  suyaklarda  ilik 
markaziy  bo'shliq  qismida  joylashganligi  uchun  ilik 
bo'shlig'i  yoki  kanali  deb  ataladi.  Ko'mik  organizmda 
qon  yaratadi  va  biologik  himoya  vazifasini  bajaradi.
S U Y A K L A R N IN G   R IV O JL A N IS H I
Odam  embrionida  suyak  to'qimasi,  boshqa  hamma  to'qimalarga  nis­
batan  kechroq  yoki  ona  qornidagi  hayotning  ikkinchi  oyi  o'rtalarida 
mezenximadan  vujudga  kelgan  yosh  biriktiruvchi  to'qima  (osteoblast) 
hujayralaridan  paydo  bo'ladi.
Hamma  suyaklar  bir  xilda  rivojlanmaydi,  ba’zi  suyaklarda  bevosita 
biriktiruvchi  to'qima  (parda)  davridan  (tog'aylanish  davrisiz)  suyaklanish 
boshlanadi,  bunday  suyaklanishga  b i r l a m c h i   s u y a k l a n i s h   y o k i  
b i r i k t i r u v c h i   t o ' q i m a   s u y a k l a r i   deb ataladi.  Ularga kallaning 
miya qismidagi  qoplovchi  suyaklar,  barcha yuz  suyaklari  va o'mrov  suyak 
tanasi  kiradi;  boshqa  suyaklar  esa  parda  davridan  log'ayga  o'tib,  keyin 
suyaklanish  boshlanadi,  bunga  i k k i l a m c h i   s u y a k l a n i s h   deb 
ataladi.  Umuman  suyaklanish  jarayoni  quyidagi  to'rt:  1)  endesmal,  2) 
perixondral,  3)  periostal  va  4)  enxondral  turlarga  bo'linadi.
1.  Endesmal  suyaklanish  (ichidan)  biriktiruvchi  to'qimadan  boshlanib, 
birlamchi  suyaklanish  vujudga  keladi.  Embrion  yosh  biriktiruvchi 
to'qimasining  ma’lum  bir  nuqtasi  (keyingi  suyak  nuqtasiga  yaqin joydan) 
zo'r  berib  osteoblastlar  ko'payib,  suyakning  asosiy  moddasini  hosil  qilib, 
o'zi  suyak  hujayralariga  aylanadi.  Natijada  suyaklanish  nuqtasi  (yadrosi) 
vujudga  keladi.  Bu  nuqta  har  tomonga  qarab  o'sadi  va  hosil  bo'lgan 
suyak  hujayralari  radius  shaklida  joylashadi.
2.  Perixondral  suyaklanish  (peri — atrof,  xondral — tog'ay)  mezenxima 
to'qimalaridan  (kelgusida)  hosil  bo'ladigan  suyaklar  shaklida  vujudga 
keladi.  Keyinchalik  bular  yaxlit  gialin  tog'ayiga  aylanib,  ustini  tog'ay  ust 
pardasi  (perixondral)  qoplaydi.  Perixondralning  ichki  qavatidagi  hujayra­
lar  zo'r  berib  ko'payishi  natijasida  osteoblastlar  (suyak  moddalari)  ni
19-rasm.  Yelka 
suyagi,  suyak 
usti  pardasi 
bilan.
1  -
  s u y a k
; 2  -  
suyak  usti  par­
dasi; 
3  -
  ilik 
bo‘shlig‘i.
www.ziyouz.com kutubxonasi

hosil  qiladi.  Bu  moddalar  asta-sekin  tog'ay  moddalarini  egallaydi  va 
suyakning  zich  (kompakt)  moddasini  hosil  qiladi.
3.  Suyaklarning  rivojlanishida  tog'aydan  iborat  suyak  modeli  suyakla- 
nib  bo'lgandan  keyin  tog'ay  pardasi  suyak  ust  pardasiga  aylanadi.  Key­
inchalik  suyaklar,  asosan,  suyakning  ichki  pardasi  hisobiga  eniga  o'sgani 
tufayli  periostal  suyaklanish  (peri  —  atrof,  ust,  ostal—suyaklanish)  deb 
ataladi.  Shunday  qilib,  perixondral  va  periostal  suyaklanish  davrlari  bir- 
biri  bilan  bog'langan  bo'lib,  birin-ketin  boshlanadi.  Periostal  suyak  eniga 
o'sadi,  ya’ni  yo'g'on  tortadi  (kengayadi).
4.  Enxondral  (ichida)  suyaklanishda  suyak  perixondrium  ishtirokida, 
osteoblastlar  yordamida  vujudga  keladi.  Bunday  tog'ay  markazida  suyak 
orolchasi  (yadrosi  yoki  nuqtasi)  paydo  bo'lib,  periferiyaga  qarab  o'sadi 
va  suyakning  g'ovak  qismini  vujudga  keltiradi.
Bu  xildagi  suyaklanishda  tog'aylar  to'g'ridan-to'g'ri  suyak  moddasi- 
ga  aylanmaydi,  balki  ular  yemirilgandan  keyin  suyak  moddalari  vujudga 
keladi.  Shuning  uchun  bu  xildagi  suyaklanish  ikkilamchi  suyaklanish  deb 
ataladi,  kalla  tubi  (asosi)ning  suyaklari,  tana  va  qo'l-oyoq  suyaklari 
ikkilamchi  suyaklanishdan  paydo  bo'ladi.  Suyaklanish  jarayoni  suyaklar­
ning  bajaradigan  vazifalariga  qarab,  ularning  o'rta  qismlaridan  boshlanadi 
va  suyakning  tanasi  (diafizi)  paydo  bo'ladi.  Asosiy  og'irlik  hamma  vaqt 
suyaklar  tanasiga  tushadi.  Suyaklar  uchlari,  muskul  va  boylamlarning 
yopishgan  joylari  ikki  yoshdan  suyaklana  boshlaydi.
Suyaklanish  jarayonining  oxirida  suyak  tanasi  bilan  uchi  oralig'i  — 
bo'yin  qismi  tog'ay  to'qimasi  bilan  suyak  uchini  qoplab  turgan  yupqa 
parda  —  bo'g'im   pardasi  va  tog'aylari  qoladi.  Suyaklar  uchlari  va  bo'yin 
qismi  tog'aylari  asta-sekin  yemirilib,  odam  22— 25  yoshga  borganida 
suyakka  aylanadi.  Natijada  suyaklar  bo'yiga  qarab  o'sadi  va  oxirida  tana 
bilan  uch  qismi  birlashib,  bir  butun  suyakni  vujudga  keltiradi.
Suyaklar  tasnifi
Odam  skeleti  quyidagi  bo'laklarga  ajratilgan  tana  suyaklari  (umurt- 
qalar,  qovurg'alar  va  to'sh  suyagi),  kalla  suyagi  (miya  va  yuz  qismlari­
dan  iborat),  yelka  kamari  (kurak  va  o'mrov  suyaklari),  qo'l  suyaklari 
(yelka,  bilak  va  panja  suyaklari),  chanoq  suyaklari  (yonbosh,  qovuq  va 
quymich  suyaklari)  va son,  boldir hamda oyoq  panjasi  suyaklaridan  iborat.
Suyaklar  tuzilishi,  rivojlanishi  va  vazifalariga  ko'ra  quyidagicha 
bo'linadi.
1. 
N a y s i m o n   s u y a k l a r :   a)  uzun  suyaklar  —  yelka,  bilak,  son 
va  boldir  suyaklari,  ya’ni  qo'l-oyoq  suyaklari;  g'ovak  va  zich  moddalar- 
dan  tuzilgan,  ilik  kanali  bo'ladi,  richag  harakatiga  ega  va  tayanch,  muho­
faza  vazifalarini  bajaradi;  b)  kalta  naysimon  suyaklar  —  kaft  va  panja 
suyaklari;  qisqa  harakat  qilish  richaglariga  ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2.  G o v a k   s u y a k l a r :   a)  uzun  g ‘ovak  suyaklar  —  qovurg'a  va 
to‘sh  suyaklari;  ular,  asosan,  g ‘ovak  moddadan  tuzilgan  bo‘lib,  yupqa 
zich  modda  plastinkasi  bilan  qoplangan  va  tayanch  hamda  himoya  vazi­
fasini  bajaradi;  b)  kalta  g'ovak  suyaklari  —  umurtqa  va  kaft  usti  suyak­
lari;  d)  sesamasimon  suyaklar  —  tizza  qopqog'i,  no'xatsimon  suyak  va 
barmoq  suyaklarining  sesamasimon  suyaklari;  g'ovak  moddasidan  tuzil­
gan,  muskul  paylarining  orasida,  deyarli  bo'g'im   atrofida  joylashgan  va 
ularni  hosil  qilishda  qatnashadi,  harakatni  osonlashtiradi.
3. Y a s s i   s u y a k l a r :   a)  kallaning yassi  (qopqoq) suyaklari — himoya 
vazifasini  bajaradi;  b)  yassi  kamar  suyaklar  —  kurak  hamda  chanoq 
suyaklari.  Ular  tayanch  va  muhofaza  vazifalarini  bajaradi.
4.  A r a l a s h   s u y a k l a r   —  kalla  suyagining  asosiy  qismini  tashkil 
etgan  va  bir  qancha  suyaklar  birikishidan  vujudga  kelgan  suyaklar.
SU Y A K L A R N IN G   O 'Z A R O   B IR L A S H IS H I
Til  osti  suyagidan  boshqa  hamma  suyaklar  o'zaro  turlicha  birlashadi. 
Jumladan,  uzluksiz  (harakatsiz)  birlashish  va  harakatchan  birlashish.
Uzluksiz  birlashishda  suyaklar  o'zaro  biriktiruvchi  to'qima  pardalar 
yoki  tog'aylar  bilan  birlashib,  harakatsiz  yoki  kam  harakatli  birlashishlar- 
ni  vujudga  keltiradi.  Bu  xildagi  birlashishlar  uch  xil  bo'ladi.
1.  Suyaklarning  tolali  biriktiruvchi  to'qimasi  turlicha  bo'lib,  suyaklar 
orasida  keng  parda  (suyaklararo  parda)  holida  yoki 
tutam  (boylam) 
holatda joylashadi.  Bundan  tashqari,  bosh  suyaklarining  ko'pchiligi  yupqa 
biriktiruvchi  to'qima  parda  yordamida  chok  hosil  qilib  birlashadi.
2.  Suyaklar  o'zaro  tog'aylar  yordamida  birlashadi.  Bunda  suyaklar  bir 
tomondan  bir  oz  harakatchan  bo'lib,  ikkinchi  tomondan  suyak  oralig'ida- 
gi  tog'ay  amortizator  vazifasini  bajaradi.
3.  Suyaklar  oralig'idagi  yupqa  parda  suyaklanib  ketadi.  Natijada  bir 
nechta suyak birlashib, butun bitta suyakni  hosil qiladi. Jumladan,  dumg'aza 
umurtqalari  yosh  bolalarda  tog'ay  parda  bilan  birlashsa,  katta  odamlarda 
o'zaro  suyaklanib  bitta  dumg'aza  suyagini  vujudga  keltiradi.  Yoki  kalla 
skeletining tepa  suyaklari  yosh bolalarda parda bilan  birlashsa,  katta odam­
larda  suyaklararo  parda  suyaklanib  ketadi.  Odatda,  suyaklarning  yarim 
bo'g'im   birlashishlari  ham  uchrab  turadi.  Bu  xildagi  birlashishlarda 
suyakning oraliq tog'aylarida bir oz bo'shliq  bo'ladi.  Qovuq  suyaklarining 
o'zaro  birlashishi  bunga  misol  bo'la  oladi.
Bo'g'im   va  suyaklarning  bir-biriga  yaqinlashmasdan  o'rtada  bo'shliq 
qoldirib  birlashishiga  b o ' g ' i m   deyiladi.  Bo'g'im  hosil  bo'lishi  uchun 
quyidagi  shartlar  lozim:
1. 
Bo'g'im   hosil  qilishda  ishtirok  etuvchi  suyaklarning  bir-biriga  mos 
bo'g'im   yuzalari  bo'lishi  shart.  Agar  suyaklarning  bo'g'im   yuzalari  shakl 
jihatidan  moslashmagan  bo'lsa,  bo'g'im   harakatiga  xalaqit  beradi.  Lekin
www.ziyouz.com kutubxonasi

gavdada  bo‘g ‘im  yuzalari  o'zaro  moslashmagan  hollar  ham  uchraydi, 
bunday  hollarda  ulami  tog'aylardan  tuzilgan  turli  shakldagi  plastinkalar 
moslashtirib  turadi.
2.  Suyaklarning  bo'g'im   hosil  qiluvchi  yuzalari  tog'ay  plastinkasi 
bilan  qoplangan  bo'ladi.  Bu  bo'g'imlami  bo'g'im   xaltasi  o'rab  turadi.
3.  Bo'g'im lar  to'qima  tolalaridan  tuzilgan  boylamlar  bilan  mustah- 
kamlangan  bo'ladi.
4.  Bo'g'im  xaltasi  ichida, o'zaro birlashuvchi  suyaklar oralig'ida bo'g'im 
bo'shlig'i  va  ularda  tiniq  —  sinovial  suyuqlik  bo'ladi.  Bu  suyuqlik 
suyaklarning  bo'g'im   yuzalarini  namlab  turadi  va  ishqalanishdan  saqlaydi. 
Bo'g'imlar  harakati  suyaklardagi  bo'g'im   yuzalarining  shakliga  bog'liq. 
Odatda,  bir  suyakning  bo'g'im  hosil  qiluvchi  uchi  sharsimon  bo'lsa,  ikkin­
chi  suyakning  uchi  shunga  yarasha  botiq  yoki  suyakning  uchi  silindr  shak­
lida  bo'lsa,  ikkinchisida  shunga  moslangan  kemtik  bo'ladi  va  hokazo.
5.  Bo'g'im  hosil  qiluvchi  suyak  boshchalarining  tolalari  tog'ay  to'qima­
si  bilan  qoplangan  bo'ladi.  B o'g'im   yuzalari  mos  kelmasa,  unda  yarim- 
oysimon  disklar  bo'g 'im   yuzalarining  chetlarida  tog'ay  lablar  bilan 
moslashadi.
Demak, bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak boshlarining shakliga 
qarab,  ularning  harakatlari  aniqlanadi.  Odam  organizmida  bir  o'qli,  ikki 
o'qli  va  ko'p  o'qli  bo'g'imlar  bo'ladi.  Masalan,  ba’zi  bo'g'imlar  bir  o'q 
atrofida  harakat  qilsa,  tirsak  va  barmoqlar  bo'g'imi  faqat  bukilib-yoziladi. 
Bunday  bo'g'imlarni  tashkil  qilgan  suyaklar  uchi 
g'altak  yoki  silindr  shaklida  bo'ladi  (20-rasm).
Ikki  o'qli  bo'g'imlarda  (bilak  suyagi  bilan  kaft 
suyaklari  o'rtasidagi  bo'g'im )  suyaklardan  bittasi­
ning  uchi  tuxumsimon  yoki  egarsimon  bo'lib,  ikki 
tomonlama  harakat  qiladi.  Ko'p  o'qli  bo'g'imlarda 
(yelka  bo'g'im i)  suyak  uchi  sharsimon  bo'lib,  har 
tomonlama  harakatlanadi.
Organizmdagi  bo'g'imlarning  to'rt  xil  harakati 
tafovut  qilinadi:
1.  Frontal  (ko'ndalang)  o'q  atrofida  faqat bukish 
va  yozish  mumkin.
2.  Sagittal  (oldindan  orqaga  ketgan)  o'q  atrofi­
da  tanaga  yaqinlashish  yoki  tanadan  uzoqlashish 
harakati  vujudga  keladi.
3.  Doira  hosil  qilib  aylanish.
4. Bo'g'im o'z o'qi atrofida burilish harakatini qiladi.  . . . . . .  
,  ■
r-  . 
?  

.  , 

. . .  
. . . . . .  
/ - bo  g  nn  kapsulasi;  2 -
Bulardan tashqari,  kam harakath  yassi  bo  g  lmlar 
s u y a k ia r n in g   b o ' g ' i m
(qov  suyaklarining  birlashishi,  umurtqa  tanalari- 
yuzalari; 
J - b o ' g ' i m  
ning  o'zaro  birlashishi)  ham  uchraydi. 
b o 'sh lig 'i.
20-rasm .  B o 'g 'im n in g  
tuzilishi  sxem asi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ikkita  suyakning  birlashishidan  vujudga  kelgan  bo‘g ‘imlar  oddiy 
bo‘g ‘imlar, uchta va undan  ko‘p suyaklar ishtirokida hosil  bo'lgan  bo'g'im ­
lar  murakkab  bo'g'im lar  deb  ataladi.  Ikkita  bo'g'im   (pastki  jag'  b o 'g 'i­
mi) hamkorligida bitta harakatchan bo'g'im   vujudga kelsa,  bunday  bo'g'im ­
lar  kombinatsiyalangan  bo'g'im lar  deyiladi.
T A N A   SK E L E T I
Odamning  tana  skeleti  umurtqa  pog'onasi,  o'n  ikki  juft  qovurg'a  va 
to'sh  suyagidan  iborat.
Umurtqa  pog'onasi  bir-birining  ustida  joylashgan  alohida  umurtqalar 
yig'indisidan  tashkil  topgan  bo'lib,  bular  bo'yin  umurtqalari 
(yettita), 
ko'krak  umurtqalari  (o'n  ikkita),  bel umurtqalari  (beshta),  dumg'aza umurt­
qalari  (beshta  —   o'zaro  birlashib,  bitta  dumg'aza  suyagini  hosil  qiladi) 
va  dum  umurtqalariga  (to'rtta  yoki  beshta  —  birlashib  dum  suyagini 
hosil  qiladi)  ajratiladi.
Umurtqa  pog'onasining  o'rtacha  uzunligi  erkaklarda  73—75  sm,  ayol- 
larda  69—71  sm  gacha.  Shundan  bo'yin  qismi  13— 14  sm,  ko'krak  bo'limi 
27—30  sm,  bel  qismi  17— 18  sm  va  dumg'aza  qismi  12— 15  sm.
Odamning  umurtqa  pog'onasi  organizmning  tayanchi  bo'libgina  qol- 
may,  balki  umurtqa  kanalida  joylashgan  orqa  miyani  muhofaza  qilib 
turadi  va  tana  hamda  kallaning  harakatida  faol  qatnashadi.
Har qaysi  umurtqada tayanch  vazifasini bajaradigan tana va ravoq  bo'ladi, 
umurtqa  ravog'i  tanaga  ikkita oyoqchasi  orqali  birlashib,  umurt-qa  teshigini 
hosil  qiladi,  barcha  umurtqa  teshiklari  birga  qo'shilib,  umurtqa  kanalini 
tashkil  etadi,  orqa  miya  ana  shu  kanalda  joylashib,  tashqi  muhit  ta’siridan 
saqlanadi.  Umurtqa  ravog'ining  o'rta  qismida  orqa  tomonda  bitta  o'tkir 
qirrali  o'siq,  ikkala  yon  qismida  bittadan  ko'ndalang  o'siq  joylashgan. 
Umurtqa  tanasi  bilan  bo'g'im  o ’siqlarining  o'rta qismida  yuqorigi  va  pastki 
o'ymalar bo'ladi.  Umurtqa pog'onasida yuqoridagi umurtqaning pastki o'yma- 
si  umurtqaning  yuqori  o'ymasi  bilan  birlashib,  har  tarafda  bittadan  umur­
tqa  oraliq  teshigini  hosil  qiladi.  Bu  teshiklar  orqali  orqa  miya  nervlari  va 
qon  tomirlari  o'tadi.  Odam  umurtqalari  orasida  bel  va  dumg'aza  umurtqa- 
larining  hajmi  katta bo'lib,  bosh,  tana va qo'l  og'irligi  ana  shular vositasida 
chanoq orqali oyoqqa tarqaladi. Dum umurtqalari, aksincha, odamda o'sishdan 
to'xtab  yo'qolib  borayotgan  qoldiq  umurtqa  hisoblanadi.  Ularning  tanasi 
kichkina  bo'lib,  ravoqlari  bo'lmaydi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling