O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

U M U R T Q A L A R
Odam  umurtqa  pog'onasining  ko'krak  qismi  (ko'krak  umurtqalari  —
12  dona)  tuzilishiga  ko'ra  boshqa  umurtqalardan  ajralib  turadi.
1. 
K o ' k r a k   u m u r t q a l a r i   (21-rasm).  Tanasi  (tepadan  pastga 
qarab)  hajm  jihatidan  kattalasha  boradi.  Ko'krak  umurtqalarining  ikki
www.ziyouz.com kutubxonasi

yoniga  va  ko‘ndalang  o ‘siqlariga  12 
juft  qovurg'aning  boshchalari  va 
bo'ynidagi  do'mboqchalar  bo‘g ‘im 
hosil  qilib  qo‘shilishi,  ulami  boshqa 
umurtqalardan  ajratib  turadi.  Aksari­
yat  q o vu rg 'alam ing  boshchalari 
yonma-yon joylashgan ikkita umurtqa 
tanasining yonbosh oralig'iga o'mash- 
gan. Shuning uchun ko'pchilik umurt- 
qalaming ikkala tomonida (tepa va past- 
da)  yarimtadan  chuqurchasi  bo‘ladi.
Bundan  birinchi  umurtqa  mustasno; 
uning  tanasining  yuqori  qirrasida  bi­
rinchi  qovurg'a  uchun  bitta  butun 
qovurg‘a chuqurchasi,  tanasining  pas- 
tida  ikkinchi  qovurg‘a  uchun yarimta qovurg'a chuqurchasi bo‘ladi.  O'ninchi 
umurtqada esa  (X  qovurg'a  uchun)  bitta  yarim  chuqurcha va  XI—XII  umur- 
tqada har  birining  ikki  yonboshida  (tegishli  qovurg'alar  uchun)  bittadan  to'la 
chuqurcha joylashgan.  Umurtqa  tanasi  bilan  uning  ravog'i  o'rtasida  umurtqa 
teshigi  bor.
Yuqori  va  pastda  frontal  holatda joylashgan  bir juft  bo'g'im   o'simta- 
lari  bilan  umurtqalar  o'zaro  birlashib  turadi.  Umurtqa  tanasining  ikki 
yonboshida  o'rnashgan  ko'ndalang  o'siqlarning  old  tomonidagi  bo'g'im  
yuzalariga qovurg'a do'mboqchalari joylashadi.  Umurtqa ravog'ining  o'rta 
qismida  o'tkir  qirrali  o'siq  bo'ladi.
2. 
B o ' y i n   u m u r t q a l a r i   7 t a   bo'lib,  yuqoridan  birinchi  va  ik­
kinchi  umurtqalar  boshqa  beshta  umurtqadan  tuzilishi jihatdan  ancha  farq 
qiladi.  Qolgan  beshta  umurtqa  boshqa  umurtqalar  kabi  tuzilgan.  Bo'yin 
umutqalarining  tanasi  kichkina  ko'ndalang-oval  shaklda  bo'lib,  umurtqa 
teshigi  katta,  uchburchak  shaklida  tuzilgan.  Ko'ndalang  o'siqlarning  old 
tomoniga  embrionning  o'sishi  davridagi  qovurg'a  qoldiqlari  yopishib  qol- 
ganligi  uchun  uchlari  ikkita  do'mboqchaga  bo'lingan.
VI  umurtqaning  oldingi  o'simtasi  oldida  uyqu  arteriyasi  o'tganligi 
uchun  shu  arteriya  jarohatlanganda  yuqorida  aytilgan  do'mboqchani  bo- 
sib  qon  to'xtatiladi.  Ko'ndalang  o'siqlarda  paydo  bo'lgan  barcha  teshik- 
chalar  yig'indisi  umurtqa  arteriyasi  kanalini  hosil  qiladi.  Bu  kanaldan  shu 
nomdagi  arteriya  o'tadi.
II— V  bo'yin  umurtqalari  tanasining  orqa  tomonida  joylashgan  o'tkir 
qirrali  o'siqlar  kalta  va  uchi  ayri  (VI—VII  umurtqalar  bundan  mustasno), 
VII  umurtqaning  orqa  o 'sig 'i  boshqa  bo'yin  umurtqalariga  nisbatan  uzun 
va  yo'g'on  bo'lib,  tirik  odamda  teri  ostida  bilinib  turadi.  Shuning  uchun 
bu  umurtqani  turtib  chiqqan  umurtqa  deyiladi.
21 -rasm.  Ko'krak  umurtqasi.
1 , 6 -
  yuqori  va  pastki  b o 'g 'im   o'siqlari; 
2,4
 - q o v u r g 'a   chuqurchalari; 
3 -
  umurtqa 
tanasi;  5  -   umurtqa  kesim tasi;  7 - o'tk ir 
qirrali  o'siq;  S - k o 'n d a la n g   o'siq;  9 -  
b o 'g 'im   yuzasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

22-rasm .  I  b o'yin  umurtqasi  -   allant.
1,5
  -   oldingi  va  orqadagi  ravoqlar;  2 , 7 -  
b o 'g 'im   yuzalari, 
3 -
  ko'ndalang  o'siq   te­
shigi; 
4,
  6 -k o 'n d a la n g   o 'siq .
23-rasm .  II  b o'yin  umurtqasi  (o'qli 
umurtqa).
/- u m u r t q a   tanasi; 
2,4,10
 -   b o 'g 'im   yuza­
lari;  J - t i s h s i m o n   o 's iq ;   5  -   um urtqa 
teshigi; 
6
 -  qirrali  o'siq ;  7 -   pastki  bo 'g 'im  
o 'sig 'i; 
8 -
  ko'ndalang  o'siq;  9 - k o 'n d a ­
lang  o 'siq   teshigi.
24-rasm .  Bel  umurtqasi.
/ - u m u r t q a   tanasi;  2 , 7 - yuqori  va  pastki 
kesimta; 
3,6
 -   yuqori  va  pastki  b o 'g 'im  
o'siqlari; 
4
 - o ' t k i r   qirrali  o'siq;  5 -  
ko'ndalang  o'siq .
Birinchi  bo'yin  umurtqasi  (22- 
rasm)  atlant  tanasi  takomil  etishi 
davrida  ikkinchi  umurtqaga  o'tib, 
tishsimon  o'siq  hosil  qiladi.  Natija­
da  uning 
tanasi  o'rnida  oldingi 
ravog'i  vujudga  kelib,  umurtqa 
teshigi  esa  kengaygan.  Orqa  ravo- 
g'ida  o'tkir  qirrali  o'siq  qoldig'i  — 
kichkina  do'mboq  paydo  bo'lgan.
Ikkinchi  bo'yin  umurtqasi  (23- 
rasm)  o'qli  tishsimon  o'sig'i  bo'li­
shi  bilan  boshqa  hamma  umurtqa- 
lardan  ajralib turadi.  Ikkinchi  umurt­
qa  tishi  birinchi  umurtqa  ravog'i 
bilan  birlashib  turishi  kallaning  at- 
rofga  burilishiga  imkon  beradi.
3.  Bel  umurtqalari  (24-rasm)  5 
ta,  umurtqalar  orasida  eng  yirigi, 
uning  teshigi  katta  va  uchburchak 
shaklda,  tanasi  esa  buyrak  shakliga 
o'xshash,  ko'ndalang  o'sig'i  deyarli 
frontal  vaziyatda,  uchi  va o'tkir qir­
rali  o'siq  to'ppa-to'g'ri  orqaga qara- 
gan  bo'ladi.
4.  Dumg'aza  umurtqalari  5  ta 
bo'lib,  odam  17—25  yoshga  bor- 
ganda  ular o'zaro qo'shilib,  bitta  bu­
tun  dumg'aza  suyagini  hosil  qiladi. 
Bu  ham  odam  tik  holatga  о ‘tishi  bi­
lan  tana  og'irligining  dum g'aza 
umurtqalariga tushishi natijasida hosil 
bo'lgan.  Dumg'aza  suyagi  uchbur­
chak  shaklda,  serbar  qismi  —  tubi 
va  pastga,  oldinga  qaragan  uchi 
bo'ladi.  Dumg'aza  suyagi  tubi  bilan 
beshinchi bel  umurtqasi tanasiga bir­
lashadi. Dumg'aza suyagining oldin­
gi  chanoq  sathi  tekis  va  yoysimon 
bukilgan  bo'lib,  to'rtta  oldingi  te- 
shiklar  ko'rinib  turadi  (25-rasm).
D u m g 'azan in g   orqa  y uzasi 
g'adir-budur bo'rtib chiqqan  bo'lib,
www.ziyouz.com kutubxonasi

25-rasm .  D um g'aza  suyagi.
A -
 old  tomondan  ko'rinishi; 
В -
 orqa  tomondan  ko'rinishi. 
A:  J -
  dum g'aza  tubi;  2 - b o ' g ' im   o 'sig 'i; 
3 -
  yonbosh 
qismi; 
4
 -k o 'n d a la n g   chiziqlar;  5 -d u m g 'a z a   tubi;  old 
tomondan  ko'rinishi; 
6 -
  dum g'aza  uchi. 
В:  I  -
 dum g'aza 
tubi;  2 - b o ' g ' im   o 'sig 'i; 
3 -
 quloqsim on  yuza; 
4 , 5 , 9 -  
s u y a k   q ir r a la r i;   6 , 7 - d u m g ' a z a   s h o x la r i ;  
8 -  
dum g'aza  teshiklarining  orqa  tomondan  ko'rinishi.
dumg'azaning  orqa  to'rt 
juft  teshigi  ko'rinib  tu­
radi.  Dumg'aza  kanali 
pastki  teshigining  ikki 
tomonidan  o'siqchalari
—  shoxlar  chiqib  tura­
di.  Nihoyat,  umurtqalar- 
ning  ko'ndalang  o'siq- 
lar qoldig'i  yig'indisidan 
dumg'azaning  orqa  te- 
shiklari,  lateral  tomoni­
da  juft  lateral  qirralari 
ko'rinadi.  O'siqlarning 
qovurg'a  qoldiqlari  bi­
lan  o'zaro  qo'shilib  ke- 
tishidan  paydo  bo'lgan 
dumg'aza  tubining  yon 
qismida  quloqsimon  yuza  bo'lib,  chanoq  suyagining  ana  shunday  yuzasi 
bilan  birga  bo'g'im   hosil  qilib  qo'shilib  ketgan  (chanoq  suyaklarining 
birlashuviga  qarang).  Ayollarning  dumg'aza  suyagi  kengroq,  kaltaroq 
va  kamroq  bukilgan  bo'lishi  bilan  erkaklar  dumg'aza  suyagidan  ajralib 
turadi.
5. 
D u m   u m u r t q a l a r i   4— 5  ta  bo'lib,  odamda  qoldiq  (rudimen- 
tar)  umurtqalar  hisoblanadi.  Bular  balog'at  yoshiga  yetguncha  suyakla­
nib,  dum  suyagini  vujudga  keltiradi.
To'sh  suyagi.  Ko'krak  umurtqalari  qovurg'alar  bilan  birga  ko'krak 
qafasini  hosil  qiladi.  To'sh  suyagi  uzunchoq  yalpoq  shaklida  bo'lib,  o'rta 
yoshdagi  odamda  uchta  ayrim  qismdan  iborat:
1)  yuqori  qismi  —  dasta;
2)  o'rta  qismi  —  tana;
3)  past  qismi  —  xanjarsimon  o'siq  deb  ataladi.  Bular  o'zaro  yupqa 
tog'ay  qatlam  bilan  qo'shilgan  bo'lib,  keksalik  davrida  suyaklanib,  yaxlit 
bitta  to'sh  suyagini  hosil  qiladi.
Dastaning  ikki  yonboshidagi  juft  o'ymalar  o'mrov  suyagining  to'sh 
suyagiga  qaragan  uchi  va  I  qovurg'a  tog'ayi  bilan  qo'shilish  uchun  xiz­
mat  qiladi.  Dasta  bilan  tana  oralig'ida  II— VII  qovurg'a  tog'aylari  uchun 
o'yma  bor.
Xanjarsimon  o'siq  to'sh  suyagi  tanasining  pastki  tomonida  jo y ­
lashgan.
Ayollar  to'sh  suyagi  erkaklar  to'sh  suyagiga  nisbatan  bir  oz  kaltaroq 
bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Q o v u r g ‘ a l a r   (26-rasm)  12  juft  ingichka  yoylardan  iborat  bo'lib, 
orqa  tomondan  ko'krak  umurtqalari  tanasiga  yopishib  turadi.  Har  bir 
qovurg'a  ikki  qismdan  iborat;  uning  orqa  qismi  suyak  va  oldingi  qismi 
tog'aydan  tuzilgan.  Yuqoridagi  I—VII  qovurg'alar  tog'ay  qismlar  vosita­
sida  bevosita  to'sh  suyagiga  birikadi  va 
chin qovurg'alar deb ataladi. Keyingi  VIII— 
IX  va  X juft  qovurg'alar  o'zlarining  oldin­
gi  tog'ay  qismlari  bilan  to'sh  suyagiga 
yopishmasdan,  o'zidan  yuqorida  joylash­
gan  qovurg'aning  tog'ayiga  tutashadi  va 
soxta  qovurg'alar  deb  ataladi.  Qolgan  XI 
va  XII  juft  qovurg'a  tog'aylari  esa  hech 
qayerga yopishmasdan qorin muskullari  ora­
sida  erkin  joylashadi.  Shu  sababdan  juda 
harakatchandir.  Ular yetim  qovurg'alar deb 
ataladi.  Q ovurg'alarning  oldingi,  orqa 
uchlari  hamda  oraliq  qismi  va  tanasi  bor. 
Qovurg'aning  orqa  uchida  yo'g'onlashgan 
boshcha  bo'lib,  u  bo'g'im   yuzasi  orqali 
ko'krak umurtqalari tanasidagi qovurg'a chu- 
qurchalari  bilan  qo'shilib  ketgan.  Qovurg'a  tanasida  tashqi  va  ichki  yuza­
lari,  yuqori  va  pastki  chekkalari;  birinchi  qovurg'ada,  aksincha,  yuqori  va 
pastki  yuzalar,  ichki  va  tashqi  chekkalar  bo'ladi.  Ko'pchilik  qovurg'alar 
ichki  yuzasining  pastki  chekkasiga  yaqin  joyida  qovurg'a  egatchasi  (nerv 
va  tomirlar  uchun)  joylashgan.  Qovurg'alar  shakli  va  uzunligi  ko'krak 
qafasining  tuzilishi  va  shakliga  bog'liq.  Qovurg'alar  uzunligi  I  qovurg'a- 
dan  VII qovurg'agacha orta borib,  VIII  qovurg'adan  oxirgi  XII  qovurg'a- 
gacha  qisqarib  kamayadi.
Birinchi qovurg'a boshqa qovurg'alardan o'zining yuqori yuzasida o'mrov 
osti  arteriyasi  va  venasi  uchun  egatcha  borligi  bilan  tafovut  qiladi.
T A N A   S U Y A K L A R IN IN G   B IR L A S H IS H I.
U M U R T Q A L A R   O R A S ID A G I  B IR L A S H M A L A R
Umurtqa pog'onasining o'zaro birlashishida boylamlar,  tog'aylar,  suyak 
va  bo'g'imlar  ishtirok  etishi  mumkin;  jumladan,  umurtqa  tanalari  o'zaro 
fibroz  tolali  tog'ay  disklar  yordamida  qo'shiladi,  lekin  bunday  tog'ay  I 
va  II  umurtqalar  o'rtasida  bo'lmaydi  (27-rasm).
Dumg'aza  va  dum  umurtqalari  yosh  organizmda  tog'aylar  bilan  bir­
lashsa,  keyinchalik  umurtqa  tanasi  o'rtasidagi  tog'aylar  suyakka  aylanib 
ketadi.  Shunday  qilib,  umurtqalar  o'rtasidagi  tog'aylar  23  ta  diskdan
26-rasm.  Q ovurg'a  suyagi. 
/ - q o v u r g ' a   b o s h c h a s i;   2 -  
b o 'g 'im   y u z a s i;  5 - q o v u r g ' a  
bo'yni; 
4
 - q o v u r g 'a   egati;  5 -  
qovurg'a  tanasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

iborat.  Tog'ay  diskining  tashqi  qismi 
zich joylashgan  hamda  bir  oz  cho'zi- 
lish  va  qisqarish  xususiyatiga  ega 
bo'lgan  fibroz  tolali  halqadan  iborat. 
Tog'ay  halqa  o'rtasida  o'zak  modda 
joylashgan.  Bu  embrion  orqa  torining 
qoldig'i  bo'lib,  o'zining  elastiklik xu­
susiyati  bilan  umurtqalami  ezilishdan 
saqlaydi,  tanaga  tushadigan  og'irlik- 
ni kamaytiradi.  Umurtqalar  oraliq dis­
ki  har  xil  qalinlikda  bo'lib,  bel  qism 
umurtqalarida  ayniqsa  yaxshi  rivoj­
langan.
Umurtqa  pog'onasi  rivojlangan 
boylamlarga boy, jumladan,  bir-biriga 
yaqin  umurtqa ravoqlari  o'rtasida sar- 
g 'is h   rangli  boylam   joylashgan. 
Umurtqalarning  qirrali  yoki  orqa 
o'siqlari orasini o'siq boylam  to'ldirib 
turadi,  ularning  ko'ndalang  o'siqlari 
o'rtasida  tortilgan  boylamlar  bo'ladi.
Umurtqalarning  orqa  o'tkir  o'siq­
lari  orasidagi  boylam lar  o 'siq la r
27-rasm .  Umurtqa  o'rtasidagi  bir- 
lashmalar.
1 , 3 -
  t o g 'a y   d isk   h a lq a s i;  2 - t o g ' a y  
halqaning  o'rtasidagi  liqildoq; 
4 -
 oldinda- 
gi  uzun  b oylam ;  5  -   umurtqalar  oraliq 
teshigi;  6 -  sarg'ish  boylam;  7 -  o'tkir o'siq 
orasidagi  boylam; 
8
 -o 'tk ir   o'siq   ustidagi 
boylam; 
9 -
 orqadagi  uzun  boylam.
uchiga  borib,  bir-biri  bilan  tutashib,  o'siq  usti  boylami  nomini  oladi.  Bu 
boylam  bo'yin  qismda  yaxshi  rivojlangan  bo'lib,  bo'yin  (gardon)  boylami 
deb  ataladi.
Umurtqalarning  bo'g'im   o'siqlari  o'zaro  bo'g'im   hosil  qilib  tutashsa, 
ular  tanasining  old  tomonida  oldingi  uzun  boylam,  orqa  tomonida  orqa 
uzun  boylam  joylashgan  bo'ladi.
Birinchi,  ikkinchi  bo'yin  umurtqalari  boshqa  umurtqalardan  farqli 
o'laroq,  o'zaro  bo'g'im lar  hosil  qilib  tutashadi.  Ikkinchi  umurtqaning 
tishsimon  o 'sig 'i  birinchi  umurtqaning  oldingi  ravog'iga  birikadi.  Shu 
bilan  birinchi  bo'yin  umurtqasining  turli  tomonga  (aylanma)  harakat 
qilishiga  imkoniyat  tug'iladi.  Bosh  skeleti  ensa  suyagining  yon  qismla- 
rida joylashgan  do'nglar  yordamida  birinchi  bo'yin  umurtqasining  ustki 
bo'g'im   chuqurchasiga  bo'g'im   hosil  qilib  qo'shiladi.  Bir  xil  tuzilishga 
ega  bo'lgan  bu  ikki  bo'g'im   birgalikda  bir  xil  harakatni  amalga  oshir- 
ganligi  tufayli  kombinatsiyalangan  bo'g'im   turkumiga kiradi.  Bu  bo'g'im  
ikkinchi  bo'yin  umurtqasining  tishsimon  o 'sig 'i  bilan  ensa  suyagining 
nishabi  o'rtasida  tortilgan  boylam,  tishsim on  o'siqning  orqasidan 
ko'ndalangiga  tortilgan  boylamlar  va  ularning  tarmoqlari  —  qanotsi- 
mon  boylam  bilan  mustahkamlangan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Umurtqa  pog'onasi  umurtqalar­
ning  o'zaro  ustma-ust  qo'shilishi- 
dan  vujudga  keladi  va  katta  yosh­
dagi  odamlarda  «S»  shaklida  bo'la­
di.  Umurtqa  pog'onasining  bo'yin 
va  bel  qismi  oldinga  fiziologik  qiy- 
shaygan  (lordoz)  bo'lsa,  ko'krak 
va  dum g'aza  qismlari  orqa  tomon­
ga  fiziologik  qiyshaygan  (kifoz) 
bo'ladi.  Umurtqa  pog'onasining  bu 
qiyshaymalari  yangi  tug'ilgan  bo­
lalarda  sezilmaydi  (28-rasm).
Umurtqa  pog'onasi  boshni  ush- 
lab  turish  va  tananing  tayanch  va­
zifasini  bajarib,  tikka  turishni  ta’­
minlaydi.  Umurtqa  pog'onasi  ka­
nali  yordamida  orqa  miya  tashqi 
ta’sirlardan  saqlanadi.  Umurtqa  po- 
g'onasida  har  taraflama  harakat  so­
dir  bo'ladi.
Q O V U R G 'A L A R N IN G   U M U R T Q A L A R   V A   T O ‘SH   SU Y A G I 
B IL A N   Q O ‘SH IL IS H I
Qovurg'alar  orqa  uchi  va  do'mboqlari  ko'krak  umurtqalariga  ustma- 
ust  turgan  tanalarining  oralig'i  va  ko'ndalang  o'siqlari  bilan  bo'g'im  
hosil  qilib  birlashadi.
Qovurg'alaming oldingi  uchlari  qovurg'a tog'ayi  bilan qoplangan  bo'lib, 
birinchi  yetti  jufti  to'g'ridan-to'g'ri  to'sh  suyagi  yonboshiga  birlashsa, 
keyingi  8,9,10-juft  qovurg'alar  tog'aylari  bir-biriga  tutashib,  qovurg'a 
ravog'ini  hosil  qilib,  so'ngra  to'sh  suyagiga  birlashadi,  11  va  12-juft 
qovurg'a  uchlari,  qorin  devori  muskullari  oralig'ida  erkin  qoladi.
K O ‘K R A K   Q A F A SI
Orqa  tomondan  12  ta  ko'krak  umurtqasi,  ikki  yon  tomondan  12  juft 
qovurg'alar  va  ularning  oldingi  uchlaridagi  tog'aylar,  old  tomondan  to'sh 
suyagi  o'zaro  boylamlar  bilan  birlashib,  ko'krak  qafasini  hosil  qiladi.
Ko'krak  qafasida  tepa  va  pastki  teshiklar  bo'lib,  tepa  teshik  kichikroq, 
oldindan  to'sh  suyagi  dastasi,  ikki  yondan  I  uzun  qovurg'a  va  orqa 
tomondan  1  ko'krak  umurtqasi  bilan  chegaralanadi,  bu  teshik  orqali  ke­
kirdak,  qizilo'ngach,  qon  tomirlar  va  nervlar  o'tadi.  Pastki  teshik  yuqori 
teshikka  nisbatan  kattaroq  bo'lib,  uni  orqadan  XII  ko'krak  umurtqasi, 
ikki  yondan  XII  juft  qovurg'a  va  oldindan  to'sh  suyagining  xanjarsimon
28-rasm .  Ensa  suyagi  bilan  I  b o'yin  
umurtqasi  birlashuvi.
I
  -   k o 'n d a la n g   b o y la m ;  2  -   II  b o 'y in  
umurtqasi; 
J -
 tishsimon o'siq; 
4
 -  qanolsimon 
boylam;  5 -  tishsimon  nishab 
boylam.
www.ziyouz.com kutubxonasi

o ‘sig‘i  chegaralab  turadi,  bu  teshik 
qorin  bo‘shlig‘idan  diafragma  orqali 
ajralib  turadi.  Ko'krak  qafasining  haj­
mi 
va 
sh ak li 
y o sh ,  jin s  
va 
konstitutsiyaga  qarab  turlicha  bo'ladi 
(29-rasm).
Ko'krak  qafasi  chaqaloqlarda  pira- 
mida  shaklida.  Uning  oldindan  orqaga 
qaragan  hajmi  ko'ndalang  o'lchovga 
nisbatan  kattaroq  bo'ladi.  To'sh  osti 
burchagi  keng,  o'tmas  burchak  hosil 
qilib  joylashadi.  Ayollarning  ko'krak 
qafasi  esa erkaklamikiga qaraganda bir­
muncha kaltaroq  va pastki qismi  torroq.
O'rta  yoshdagi  erkaklarning  ko'krak 
qafasi  oval  shaklda  bo'lib,  ko'ndalang 
o'lchovi  kattaroq.  To'sh  osti  burchagi 
esa to'g'ri burchak hosil qilib joylashgan.
Ko'krak qafasida yurak, o'pka va boshqa 
a’zolar  o'mashgan.  Ko'krak  qafasi 
m uskullar  yordam ida  kengayib  - 
torayib  nafas  olishga  yordam  beradi.
Q O ‘L -O Y O Q   S U Y A K L A R I
Odamning  qo'l  skeleti  bilan  oyoq  skeletining  tuzilishida  bir  qadar 
o'xshashlik  bo'lsa  ham,  vazifalari  bir-biridan  tubdan  farq  qiladi.  Odam 
oyoqlari  yordamida  bir  joydan  ikkinchi  joyga  yurib  boradi  va  gavdasini 
ko'tarib  turadi.  Qo'l  esa  mehnat  quroli  bo'lib,  ushlash  vazifasini  bajaradi.
Qo'l-oyoq  suyaklari  joylashgan  o'rniga  qarab  kamar  va  erkin  turgan 
bo'limlarga  ajratiladi.  Qo'l  ham  o 'z  kamarlari  vositasida  tana  skeletiga 
qo'shilib  turadi.
Q o ' l   s k e l e t i   yelka  kamari-o'mrov  va  kurak  suyaklaridan  iborat. 
Qo'l  suyaklari  yelka,  bilak-tirsak  hamda  bilak  suyaklari  va  qo'l  panjasi 
skeletidan  iborat.
Yelka  kamari  suyaklari  ikki  to­
mondan bittadan o'mrov  va kurak su­
yaklaridan  tuzilgan  (30-rasm).
O'mrov  qo'lni  tanaga  birlashti­
rib turadigan birdan-bir suyak bo'lib, 
shakli  lotincha  «S»  harfiga  o'xshab 
3
bukilgan,  uzun.  Bir  uchi  bilan  to'sh 
30-rasm .  O 'm rov  suyagi.
suyagiga,  ikkinchi  uchi  bilan  kurak- 
1.2 
- 
suyak  uchlari; 
3 -
 suyak  g'adir-budiri.
29-rasm .  Ko'krak  qafasi.
I  -
 ko'krak qafasining yuqori  teshigi;  2 -  
qovu rg'a  osti  burchagi; 
3 -
  ko'krak 
qafasining  pastki  teshigi; 
4 -
 qovurg'a 
ravog'i;  5 -  xanjarsimon  o'siq;  6 - t o ' s h  
suyagi;  7 -  to'sh suyagi dastasi; 
8,9,10,11, 
12,13,14 -
 chin  qovurg'alar; 
15,  16,1 7- 
s o x t a   q o v u r g 'a la r ; 
1 8 ,1 9
  -   y e tim  
qovurg'alar;  2 0 -   ko'krak  umurtqalari.
www.ziyouz.com kutubxonasi

dagi  yelka  o'sig'iga  birlashib,  yelka 
b o ‘g ‘im ining  tanadan  uzoqroqda 
bo 'lish in i  ta’minlaydi.  Shu  bilan 
qo‘lning  turli  murakkab  harakatlarni 
osongina bajarishiga qulaylik  tug'dira- 
di.  Ba’zida qo'l  tanaga jips  yopishadi, 
deyarli  harakatsiz  osilib  turadi.
Kurak  suyagi  (31-rasm)  yalpoq, 
uchburchak  shaklida  bo'lib,  ko'krak 
qafasining  orqa  tomonida  II— VII 
qovurg'alaming  tashqi  sohasida  joy­
lashgan.  Kurakning  uchta  chekkasi 
tafovut  qilinadi:  umurtqa  pog'onasi- 
ga qaragan  medial chekkasi, qo'ltiqqa 
qaragan  lateral  chekkasi  va  yuqori 
kalta  chekkasi.  Yuqori  chekkasidan 
kurak  o'ymasi  ko'rinib  turadi.  Kurak 
suyagining  uchala  chekkasi  o'zaro 
uchta  burchak  hosil  qilib  qo'shiladi; 
shulardan  biri  pastga qaragan  burchak,
3 1 -rasm.  Kurak  suyagi.
1,2,3
  -   kurak  burchaklari; 
4 -
  baland 
qirra:  5 -  tum shuqsim on  o'siq;  6 -  yelka 
o 'sig 'i;  7 -   b o 'g 'im   yuzasi; 
8 -
 qirra  o s­
t id a g i 
c h u q u r c h a ;  
9 ,
1 0
- k u rak  
chekkalari; 
/ / - q i r r a  
yuqorisidagi 
chuqurcha.
ikkinchisi  yuqori  tomondagi  medial  burchak  va  uchinchisi  yuqori  tomon­
dagi  lateral  burchak.
Yuqori  tomondagi  lateral  burchak  yo'g'onroq  bo'lib,  undagi  bo'g'im  
yuzasi  yelka  suyagining  boshchasi  bilan  bo'g'im   hosil  qilib  birlashadi.
Kurak  suyagining  bo'g'im   yuzasi  ustida  tumshuqsimon  o'siq  bo'rtib 
turadi.  Kurakning  oldingi,  qovurg'alarga  qaragan  yuzasi  botiqroq  bo'lib, 
kurak  osti  chuqurini  hosil  qiladi,  ana  shu  yuzadagi  bir  nechta  g'adir- 
budur  chiziqdan  kurak  osti  muskuli  boshlanadi.  Kurakning  orqa  yuzasi 
baland  qirra  bilan  ikkita  teng  bo'lmagan  qismga  bo'linib  turadi.  Bu 
qismlarga shu  nomli  muskullar yopishgan  bo'ladi.  Kurakning  baland qirrasi 
lateral  tomonga  davom  etib,  baquvvat  yelka  o'sig'i  bilan  tugaydi.  Ana 
shu  o'siq  o'mrov  bilan  bo'g'im   hosil  qilib  qo'shiladi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling