O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 102-rasm. Qizilongach. 1 - halqumning hiqildoq qismi; 2 - qizilongachning yuqori qismidagi toraygan joyi; 3
- 3 - me’da tubi; 4 - m e ’da burmalari; 5 - m e’daning katta egriligi; 6 - m e’daning
- 104-rasm. Kokrak qafasi va qorin boshligida joylashgan azolar. 1 - hiqildoq; 2 - kekirdak; 3 - chap opka; 4
- «S» simon ichak; 12 - qovuq; 13 - korichak; 1 4 - k olarilu vch i chambar ichak; 15 - o ‘t
- -o m r o v osti arteriyasi va venasi; 21 - ichki boyinturuq vena; 22 - umumiy uyqu arteriyasi.
- Ovqat moddasining m e’dadan o ‘n ikki barmoq ichakka y o ‘nalishi.
- IN G IC H K A IC H A K Ingichka ichak
- On ikki barmoq ichak
- 105-rasm. 0 ‘n ikki barmoq ichak (qisman devori kesilgan) va m e’da osti bezi. / - m e ’da osti bezi; 2 - bezning umumiy yoli; 3 - on ikki
- 106-rasm. Ingichka ichak devori. 1 - aylanma burmalar; 2 - seroz parda qavati; J - muskul qavati; 4
- Y O ‘G ‘O N IC H A K Yogon (chambar) ichak
Q IZILO 'NGACH Qizilo'ngach (102-rasm) 25— 30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan bo'lib, yuqorida VI bo'yin umurtqasining ro'parasida halqumdan boshla nadi. U bo 'y in va ko'krak sohasidan diafragma orqali qorin bo'sh lig 'ig a o'tib, XI ko'krak umurtq asi ro'parasida m e’daning kirish qismiga ulanadi. Q izilo'ngach joylashishiga qarab uch qismga ajratiladi: yuqori bo'yin qismi VI— VII bo'yin umurtqalari chegarasiga to 'g 'ri keladi, o'rta ko'krak qismi eng uzun bo'lib, VII bo'yin umurtqasi sohasi bilan X— XI ko'krak umurtqalari ro'parasiga to 'g 'ri keladi. Pastki qorin qismi eng kalta (taxminan 1 — 2 cm) bo'lib, diafragmaning qizilo'ngach teshigi orqali o'tib, m e’daning kirish qismiga qo'shiladi. Qizilo'ngach orqa tomondan umurtqa pog'ona si bilan chegaralangan, oldindan esa kekirdakning parda qismiga tegib turadi. Qizilo'ngachning ikki yonbosh soh asid an adashgan nerv y o 'n a la d i. Qizilo'ngach bo'yin sohasida ko'krak qafasiga uning ustki teshigi orqali o'tadi va VI— VII ko'krak umurt qalari oldida chap bronx bilan kesishib, uning orqa tom onidan o 'tib , o 'n g tom onga bir oz surilib joylashadi. IX ko'krak umurtqasi sohasida, qizilo'n gachning old tomonida aorta joylashadi va u yana bir oz chap tomonga surilib, diafragma orqali qorin bo'shlig'iga o'tib ketadi. Qizilo'ngach devori uch qavatdan iborat. Uning eng ustki qavati biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan. Q izilo'ngachning qorin b o 'sh lig 'id agi qismi ust tomondan qorin pardasi bilan o'ralgan. Muskul qavati esa ikki qavatdan iborat bo'lib, uning tashqi qavati uzunasiga yo'nalgan, ichki qavati ko'nda lang joylashgan muskul tolalaridan iborat. Q izilo' ngachning yuqori 1/3 qismi ko'ndalang-targ'il m us kuldan tuzilgan bo'lib, asta-sekin silliq muskul bilan almashadi. Shuning uchun uning pastki 2/3 qismi silliq m uskuldan iborat. Q izilo 'n g ach , odatda, yuqoridan pastga qarab qisqaradi. 102-rasm. Qizilo'ngach. 1 - halqumning hiqildoq qismi; 2 - qizilo'ngachning yuqori qismidagi toraygan joyi; 3 - qizilo'ngachning b o'yin qism i;4 - q iz il o'ngachning o'rta toraygan joyi; 5 - qizilo'ngachning ko'krak qismi; 6 - qizilo' ngachning pastki toraygan joyi; 7 -diafragm a; 8 - me’daga kirish qismi; 9 - qizilo'ngachning qorin bo'shlig'i qismi. www.ziyouz.com kutubxonasi Qizilo'ngachning muskul qavati bilan shilliq qavati o'rtasida shilliq osti qavati yaxshi rivojlangan. Bu holat shilliq qavat harakatchan b o 'li shini ta’minlaydi va uzunasiga joylashgan burmalar hosil qiladi. Burmalar vujudga kelishida shilliq osti qavatida joylashgan nozik silliq muskul tolalari asosiy rol o'ynaydi. Shilliq osti qavatida joylashgan bezlar o 'z suyuqligini qizilo'ngach bo'shlig'iga chiqaradi. Shilliq qavat qizilo'n gachning ichki qavati bo'lib, undagi burmalar o'zaro juda yaqin joylashgan. Shilliq qavatdagi bezlarning shilliq suyuqligi uning yuzasini namlab tura di va ovqat luqmalari yo'nalishini osonlashtiradi. Qizilo'ngachning uch yerida fiziologik toraygan joyi bor, birinchisi qizilo'ngachning boshlan gan qismi (halqumdan boshlangan joyi)da, ikkinchisi kekirdakning ikkita bronxga bo'lingan yerida (qizilo'ngachning bronx bilan kesishgan sohasida), uchinchisi esa qizilo'ngachning diafragmadan o'tish joyida ko'rinadi. Qizilo'ngachning asosiy vazifasi ovqat luqmasi va yutilgan suyuqlikni m e’daga o'tkazishdan iborat. M e’da (103, 104-rasmlar) hazm kanalining eng kengaygan qismi bo'lib, qorin bo'shlig'ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko'proq qismi chap tomondagi qovurg'a osti sohasida, ozroq qismi esa qorin bo'shlig'i tepa bo'lagining o ’rta qismida joylashgan. M E’DA 8 Me’daning shakli nokka o'xshay- di. O 'rta yoshdagi odamlarda hajmi taxm inan 1 — 3 / (b a ’zan undan ko'proq) bo'ladi. M e’daning oldin gi va orqa devori bo'lib, ulardan yuqorida kichik, pastda katta egri- liklari joylashgan. 9 103-rasm. M e’daning kesilgandagi ko'rinishi. M e’daning kirish va chiqish qism lari tafovut qilinadi. Uning kirish — kardiya qismi XI ko'krak umurtqasi qarshisida turadi. M e’ daning chiqish qismi I bel umurtqasi ro'parasining o 'ng tom onida o 'n ikki barmoq ichakka qo'shilib ke tadi. Chiqish qismining o'zi ikkiga 3 - me’da tubi; 4 - m e ’da burmalari; 5 - m e’daning katta egriligi; 6 - m e’daning chiqish qismi; 7 - m e’da chiqish qismining kanali; 8 - m e ’daning chiqish teshigi; 9 - siquvchi muskul; 1 0 - m e’daning kichik 1 - qizilo'ngach; 2 - m e’daga kirish qismi; ajralgan, kengaygan qismi — bosh lanishida bo'lib, g'orcha deyilsa, to- rayib davom etgan joyi kanal bo'lagi deyiladi. egriligi. O vqat bilan o 'rta c h a to 'lg a n me’da yuqoridan jigar chap bo'la- www.ziyouz.com kutubxonasi 104-rasm. Ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'ida joylashgan a'zolar. 1 - hiqildoq; 2 - kekirdak; 3 - chap o'pka; 4 - bronx; 5 - yurak; 6 - diafragma; 7 - m e’da; 8 -t a lo q ; 9 -ko'ndalang chambar ichak; 1 0 - ingichka ichak; 1 1 - «S» simon ichak; 12 - qovuq; 13 - ko'richak; 1 4 - k o'larilu vch i chambar ichak; 15 - o ‘t pufagi; 16 -jig a r; 17 - o ' n g o'pka; 1 8 - yuqoriga ko'tariluvchi aorla; / 9 -yu q ori kovak vena; 20 -o 'm r o v osti arteriyasi va venasi; 21 - ichki bo'yinturuq vena; 22 - umumiy uyqu arteriyasi. gining pastki yuzasiga va diafrag m aning chap gum baziga, pastki tomondan ko'ndalang-chambar ichak va uning tutqichiga tegib turadi. Me’ daning oldingi devori qorin devori ga, orqa devori m e’da osti beziga, chap buyrakka va uning ustki beziga hamda taloqqa tegib turadi. M e’da hamma tomondan qorin parda bilan o'ralgan. M e’da devori seroz (qorin) parda, seroz osti qavati, muskul qavat, shilliq qavati va shilliq osti qavatidan tuzilgan. Seroz parda qorin pardaning (qorin pardaga qaralsin) ichki a’zolarini o'raydigan qismi bo'lib, m e’dani hamma tomondan o'rab turadi. Seroz pardani m e’daning muskul qavatiga seroz parda osti qavati qo'shib turadi. Muskul qavat ancha baquvvat bo'lib, uch yo'nalishda joylashgan. Uning tashqi qismi uzunasiga yo'nalgan, o 'rta qavati halqasimon joylash gan, ichki qismidagi muskul tolalari esa qiyshiq yo'nalgan. Uzunasiga yo'nalgan muskul tolalari, odatda, kichik va katta egrilikda yaxshi rivojlangan. Halqasimon yo'nalgan muskul tolalari esa m e’daning ham ma qismlarida yaxshi takomil etgan bo'lib, chiqish (pilorika) joyida zich- lashadi va qisuvchi (sfinkter) muskulga aylanadi. Qiyshiq yo'nalgan muskul tolalari m e’daning tanasi va tubida yaxshi rivojlangan. Qiyshiq yo'nalgan muskul qisqarganda suyuq ovqatlar kichik egrilik orqali m e’dadan o 'n ikki barmoq ichakka o'tadi. M e’daning muskul qavati kirish qism idan chiqish qism i tom on to'lqinsim on qisqaradi. Shilliq parda osti qavati muskul qavatini shilliq pardaga bog‘lab turadi. Shilliq parda bir qavatli prizmatik epiteliydan iborat bo'lib, juda ko 'p katta-kichik burmalar hosil qilgan. Shilliq pardada turli xil bezlami uchratish mumkin. M e’daning tubi va tanasida joylashgan naysimon bezlar xlorid kislota suyuqligini, qolgan bezlar esa pepsin va shilliq suyuqligini ajratadi. www.ziyouz.com kutubxonasi M e’da fiziologiyasi. Ovqat moddasi o g'iz bo'shlig'idan halqum va qizilo'ngach orqali m e’daga tushgach, unda 4 soatdan 10 soatgacha saq lanadi. Bu davrda ovqat moddasi m e’da devori muskullarining qisqarishi tufayli mexanik parchalanish davom etadi. M e’dada ikki xil (tonik va peristaltik) qisqarish bo'ladi. M e’daning uzoq va to'xtovsiz qisqarishi tonik qisqarish deyiladi. M e’daning kirish qismidan chiqish tomonga qarab yo'nalgan to'lqinsimon qisqarishi esa peristaltik (to'lqinsimon) qisqarishdir. M e’daning shu tariqa qisqarishi ovqat moddalarining mexanik va kimyo viy (shiralar vositasida) parchalanishini ta’minlaydi. Kimyoviy parchalanish esa so'lak fermentlari va m e’da shirasi orqali ro'y beradi. Natijada ovqat moddasi asta-sekin bo'lak-bo'lak bo'lib, bo'tqa holiga o'tadi. M e’da shirasi shilliq qavatda joylashgan bezlar m ahsuloti bo'lib, tarkibida xlorid kislota, pepsin va shilliq bo'ladi. Xlorid kislota me’da sharoitini nordon qiladi. Odamda bir kecha-kunduzda 2-2,5 / gacha shira ajraladi. M e’dada suv, dorilar, mineral tuzlar va spirt shimiladi. Ovqat modda si bo'lm aganida shira ishlab chiqarilmaydi. Ovqat yeyila boshlaganidan 5— 10 minut o'tgach, bezlar shira ajrata boshlaydi. Shiralaming ajralish vaqti va m iqdori yeyiladigan ovqat sifatiga b og'liq . Jum ladan, sut ichilgandan uch soat o'tgandan so'ng eng ko'p shira ajralishi kuzatiladi va 5 — 6 soatga borib tugallanadi. G o'sht iste’mol qilinganda shira ajralishi o'rtacha 8 soat davom etsa, non yeyilganda uchinchi soatda keskin pasayadi va shunday kam miqdorda ajralishi 10 soatgacha davom etadi. M e’da shiralari tuz, suv, go'sht va turli sabzavotlar ta’sirida ko'proq ajralsa, qand, yog' kabilar yeyilganda, aksincha, kamayib, tormozlanadi. Me’da shirasidagi kislota miqdorini aniqlash uchun, odatda, 100 ml m e’da shirasiga 40— 50 ml ishqor qo'shib neytrallanadi. Ana shu jarayon uchun sarf b o'lgan ishqor miqdori m e’dadagi umumiy kislota miqdorining ko'rsatkichi hisoblanadi. B o'sh m e’da 10— 15 minut davomida muntazam qisqarib, ochlik his- sini uyg'otadi. Ochlik hissi har 60— 80 minutda yana qaytariladi. Sifatsiz ovqat iste’mol qilinganda qayt qilish sodir bo'lganda, m e’daga keluvchi nervlar markazi (uzunchoq miyada) ta’sirlanib, murakkab refleks jarayoni boshlanadi. Qusish odamning chuqur nafas olishidan boshlanib, so'ngra m e’da ning chiqarish qismidagi aylanma joylashgan muskulning kuchli qisqari shi ro'y beradi. Bu holda m e’da va qorin devori muskullarining qisqarishini zo'raytiradi va kirish qismidagi muskullar ochilib, me’da ichidagi ovqat hamda suyuqlik aralashmasi tashqariga otilib chiqadi. Shuning uchun qusish jarayoni murakkab himoya refleksi deb hisoblanadi. Ovqat moddasining m e’dadan o ‘n ikki barmoq ichakka y o ‘nalishi. M e’dada ovqat mexanik va kimyoviy parchalanib, bo'tqa holiga kelgani- www.ziyouz.com kutubxonasi dan so‘ng m e’daning chiqish qismidagi aylanma muskul bo‘shashib, sfmkter ochilgandagina bo'tqa bo'lak-bo'lak bo'lib, o 'n ikki barmoq ichakka o'tadi. Sfinkteming ochilib-yopilish jarayoni m e’da, o 'n ikki barmoq ichak nervlari va kimyoviy, mexanik ta’sirotlar orqali boshqariladi. Bu ta’sirotlar orasida xlorid kislota alohida o'rin tutadi. M e’dadagi xlorid kislotali bo'tqaning navbatdagi qismi o 'n ikki barmoq ichakka o'tishi bilan m e’da sfinkteri darhol berkiladi. Ovqat bo'tqasi m e’dadan o 'n ikki barm oq ichakka tushgach, unga quyiladigan o 't va m e’da osti bezi shiralarining ta’siri bilan nordon sharoitdan yana ishqoriy sharoitga o'tadi. O 'n ikki barmoq ichakka tushgan ovqat bo'tqasi ishqoriy sharoitga o'tgandagina sfmkter ochilib, ovqatning navbatdagi bo'lagi o'tadi, aks holda sfmkter ochilmay- di, ovqat m e’dada turib qoladi. IN G IC H K A IC H A K Ingichka ichak m e’daning chiqish qismidan boshlanib, uzunligi 5 — 6 m. Bu ichak uch qismdan iborat: 1. O 'n ikki barmoq ichak — ingichka ichakning boshlang'ich qismi; uzunligi 25— 30 sm. 2. Och ichak — o 'n ikki barmoq ichakning davomi; ingichka ichakning 2/5 qismini tashkil qiladi. 3. Yonbosh ichak — ingichka ichakning 3/5 qismini tashkil qiladi. O'n ikki barmoq ichak (105-rasm) qorin devorining orqa qismida, I— III bel umurtqalarining ro'parasida taqa shaklida joylashgan. U m e’da ning chiqish joyi- dan boshlanib, in g ic h k a ic h a k k a q o 's h ilib ketadi. U ning h alq asig a m e’da osti bezi- ning bosh qism i kirib turadi. O 'n ikki barmoq ichak to 'rt qismga b o 'li nadi: 1. Ustki ko'nda lang qismi me’da ning pilorik qismi dan boshlanib, I bel um urtqasi r o 'p a rasida (o'ng tomon da) ikkinchi qismi ga o'tadi. 105-rasm. 0 ‘n ikki barmoq ichak (qisman devori kesilgan) va m e’da osti bezi. / - m e ’da osti bezi; 2 - bezning umumiy yo'li; 3 - o'n ikki barmoq ichakning ichakka o'tish joyi; 4 - o'n ikki barmoq ichakning ko'tariluvchi qismi; 5 - o ‘n ikki barmoq ichakning ko'ndalang qismi; 6 - ichakning aylanma burmalari; 7 - umu miy o't yo'lining ochilish joyi; 8 - qo'shimcha o't yo'lining ochilish joyi; 9 - o ' n ikki barmoq ichakning ko'tariluvchi qismi; 1 0 - bezning q o'shim cha y o 'li; 11, 1 2 - o'n ikki barmoq ichakning yuqori qismi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2. Quyi tushuvchi qismi II— IV bel umurtqalari tanasining o ‘ng yon- boshidan pastga yo ‘nalib, uchinchi qismiga o'tadi. 3. Pastdagi ko'ndalang qismi III— IV bel umurtqalari tanasining old tomonidan chap tomonga o'tadi. 4. Ko'tariluvchi qismi uchinchi qismdan boshlanib, bel umurtqalarining chap yonboshidan yuqoriga, II bel umurtqalari ro'parasiga borganda o 'n ikki barmoq ichak och ichak burmasini hosil qilib, och ichakka o'tadi. O 'n ikki barmoq ichakning quyi tushuvchi qismiga me’da osti bezi yo'li va umumiy o 't yo'li ochiladi. Bu yo'llar orqali m e’da osti bezi shirasi va o 't quyiladi. Bular tarkibidagi fermentlar ovqat parchalanishida muhim rol o'ynaydi. Och ichak va yonbosh ichak qorin bo'shlig'ining ko'p qismini egalla- gan. Och ichak bo'shliqning yuqori qismini ishg'ol qilsa, yonbosh ichak ko'proq bo'shliqning pastki (yonbosh suyak bo'shlig'i sohasi) qismida joylashadi. Och ichak hamma ichakning 2/5 qismini tashkil qilib, chega- rasiz (bevosita) yonbosh ichakka o'tadi. Ingichka ichak devori (106-rasm) tashqi seroz parda, muskul qavati, shilliq parda osti qavati va shilliq pardadan tuzilgan. Seroz parda o 'z navbatida qorin pardasining bir qismi bo'lib, ichak- larni eng ustki tomonidan turlicha o'rab turadi. Jumladan, o'n ikki barmoq ichakning ko'pchilik qismini old tomondan o'rasa, och va yonbosh ichaklar- ni hamma tomondan o'rab, ichak tutqichni hosil qiladi. M uskul q avat silliq m uskul tolalaridan tuzilgan bo 'lib , tashqi qavati uzunasiga, ichki qavati esa aylanasiga ketgan tolalardan iborat. Shilliq osti qavati muskul qavat- ning shilliq qavati bilan biriktiruv chi to'qim adan tuzilgan. Shilliq osti qavatida qon tomirlar va nervlar k o 'p . Shilliq parda qavati ichak qavatinin g eng ich k arisid a jo y lashgan shilliq osti qavati tufayli burmalar hosil qiladi. Shilliq parda yuzasida taxminan 4 mln gacha vorsinka (so'rg'ich)lar joylashgan. Ichak shilliq qavatining bo'sh qismi va vorsinkalar silindrik epiteliy bilan qop langan. Vorsinkalar (107-rasm) juda k o 'p mikrovorsinkalar bilan qoplan gan bo'lib, ovqat moddalari shular orqali shimiladi. Vorsinkalar ichida qon tomirlar, nerv tolalari va limfa tomirlar bo'ladi. Ingichka ichakning shilliq qavatida shilliqsimon suyuqlik ishlovchi qadahsimon hujayralar va ichak shirasini chiqaruvchi naysimon bezlar joylashgan. Bundan tashqari, yakka-yakka yoki g'u j-g 'uj o'rnashgan limfa tugunlari ham bo'ladi. 106-rasm. Ingichka ichak devori. 1 - aylanma burmalar; 2 - seroz parda qavati; J - muskul qavati; 4 - qorin parda. harakatchan bo'ladi va ko'ndalang www.ziyouz.com kutubxonasi Fiziologiyasi. Ovqat bo'tqasi m e’dadan o 'n ikki barmoq ichak ka o 'tg a c h , m e’da o sti bezi shirasi, jigardan ajralgan o 't va ichak shiralari bilan aralashib, shimilishga tayyor bo'ladi. O 'n ikki barmoq ichak shirasi m e’da osti bezi shirasini faollashtiradi, yog'lar, uglevodlar va oqsil mod dalarni parchalab, shim ilishga tayyorlaydi. Shimilish jarayoni o 'n ikki barmoq ichak shilliq qavatida joylashgan vorsinkalar orqali boshlanib, asosan, ingich ka ichakda sodir bo'ladi. Ovqat bo'tqasi ingichka ichakka o'tgach, ichak devoridagi uzunasiga qarab joylashgan silliq muskullarning qisqarishi natijasida ichakni soat mayatnigiga o'xshash harakatlan- tirib, ovqat bo'tqasini chayqalti- rib, ichak shirasi bilan aralashti- rib, s h im ilish g a ta y y o rla y d i. Ko'ndalang (doira) bo'lib joylashgan silliq muskullar esa yuqoridan pa stga (y o 'g 'o n ichakka) qarab chuvalchangsimon bo 'g 'im m a-b o 'g 'im (pe- ristaltika) qisqarib, ovqat bo'tqasining yuqoridan pastga qarab yo'nalishi- ni ta’minlaydi. Peristaltik qisqarish, odatda, ichakda ovqat bo'lganda shilliq qavatdagi nervlarning qitiqlanishi orqali ro'y beradi. Ichak harakati nerv sistemasidan tashqari, qon (gumoral)ning tazyiqi ostida ham sodir b o 'la di. Ovqat bo'tqasi shilliq bilan aralashgandan so'ng shilliq qavatda jo y lashgan vorsinkalar orqali qonga so'riladi. Ingichka ichak shilliq qavati yuzasi (vorsinkalar bilan) tekislanganda 4— 5 m 2 bo'lib, uning har bir mm 2 da 22— 40 dona vorsinka joylashgan. Shuning uchun ham ovqat moddasi eritmalari osongina so'riladi. Aminokislotalar va glukozalar qonga, yog'lar esa, asosan, limfaga so'riladi. Y O ‘G ‘O N IC H A K Yo'g'on (chambar) ichak ingichka ichakdan keyin boshlanib, orqa chiqarish teshigi bilan tugaydi. Bu ichakning uzunligi 1,5— 2 m bo'lsa, diametri ingichka ichak diametridan deyarli ikki baravar katta. Shuning uchun y o 'g 'o n ichak deb ataladi. Y o 'g 'o n ichak ko'richak, ko'tariluvchi chambar ichak, ko'ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, «S» simon ichak va to 'g 'ri ichakdan iborat. www.ziyouz.com kutubxonasi Seroz parda y o ‘g ‘on ichak devorining hamma qismini ham bir xilda o'ram aydi. K o‘richak, k o ‘ndalang chambar ichak, «S» simon ichaklami seroz parda hamma tomondan o'raydi. Hatto, ko'ndalang chambar ichak bilan «S» simon ichaklarning ichak tutqichlari ham bo'ladi. Ko'tariluvchi va tushuvchi cham bar ichaklarni seroz parda ikki yonbosh va old tomondangina o'raydi. Ichakning orqa devorini biriktiruvchi to 'q im a (adventitsiya) o'ragan. Muskul qavat ikki (ichki aylanasiga, tashqi uzunasiga yo'nalgan) qavat dan iborat. Uzunasiga yo'nalgan muskul tolalari bir tekisda joylashmas- dan, lentalar (tasmalar) hosil qiladi. Bu lentalardan biri y o 'g 'o n ichak ning oldingi yuzasida erkin lenta bo'lib joylashsa, ikkinchisi charvi lenta hosil qilib, katta charvining birikishi bo'ylab yo'naladi. Uchinchi tutqich lenta shu ichakning tutqichi bo'lib (ichakning orqa tomonida) joylashgan. Natijada lentalar oralig'ida erkin va charvi lentalaming boshidan-oxiriga- cha masofada yog' o'sim talar uchraydi. Shilliq parda qavati yaxshi rivojlan gan shilliq osti qavati yordamida yopish gan. Shuning uchun shilliq qavat harakat chan b o 'la d i. Y o 'g 'o n ichak sh illiq qavatida vorsinkalar bo'lm aydi. Unda joy lashgan bezlar shilliq ishlab chiqaradi. Y o 'g 'on ichakda limfa tugunlari yakkam- dukkam joylashgan. Shilliq parda silindrik epiteliy bilan qoplangan. Y o 'g'on ichak qismlari: Ko'richak y o 'g 'o n ichakning boshlan g'ich qismi bo'lib, uzunligi 6 sm, diamet ri 7 — 8 sm cha bo'ladi. Ko'richak o'ng tomondagi yonbosh chuqurchasida joylash gan bo'lib, uning yonbosh ichakka qo'shi- lish joyida yuqori va pastki labdan tuzilgan qo pqog'i bor (108-rasm ). Bu qopqoq ko'richakka qarab ochilganligi uchun ovqat ingichka ichakdan y o'g 'on ichakka bemalol o 'ta d i. L ekin k o 'ric h a k d a n in g ic h k a ichakka qaytib o'tishiga yo'l qo'ym aydi. K o'richakning pastki yuzasidan chuval changsim on o 'sim ta (appendiks) o 'sib chiqqan. O'sim ta 3— 6 , ba’zan 18— 20 sm bo'ladi. Devori 0,5— 1 sm, ichi ju da tor (3— 4 mm), u ko'richak bo'shlig'idagi shil liq qavatdan iborat burma bilan ajralgan. Chuvalchangsimon o'sim ta, odatda, kichik Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling