O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar 1. M oddalar va en ergiya alm ashinuvidan nima bilasiz 2. Oqsillar alm ashinuvini ayting.
- 12. Q izish nima 13. Issiq urishini tushuntirib bering. 14. Oftob urganda nima boladi 15. Vitam inlam i bilasizm i 16. Vitamin S.
- 133-rasm . Q alqonsim on bez. / - t i l osti suyagi; 2 - t i l osti s u y a g id a n q a l q o n s i m o n
- - qalqonsim on bez; 5 - bez boyn i.
- Qalqonsimon bezning orqa tanachalari
- 134-rasm . Q alqonsim on bezning orqa tanachalari. 1,3 - qalqonsim on bez orqa bezlari; 2 - qalqonsim on bez;
- - kekirdak; 2 - ayrisimon bez bolaklari; 3 - yurak pardasi; 4 - opka; 5 - ong
- Miyaning pastki ortig‘i
- 137-rasm . Ortiqsim on tana. 1 - ortiqsim on tana; 2 - orqa bi- tishma; Buyrak usti bezi
- M E ’DA O ST I B E Z IN IN G IN K R E T O R Q ISM I
- 138-rasm. Buyrak usti bezi. ) - buyrak usti bezlari; 2 - o n g va chap buyrak.
V IT A M IN L A R Organizmning normal yashashi uchun asosiy ovqat moddalari, mine ral tuzlardan tashqari, vitaminlar (lotincha vita — hayot so'zidan olin gan) kerak bo'ladi. Barcha vitaminlar (А, В, C, D, E, G, R) ikki guruhga: suvda eriydigan В va С vitaminlar hamda yog'da eriydigan A, D, К vitaminlarga bo'linadi. Vitaminlar o'simliklar bilan oziqlanuvchi hayvon to'qimalarida ham vujudga keladi. Shuning uchun o'simlik va hayvonlar odam uchun vitaminlar manbai hisoblanadi. Vitaminlarning ko'pchiligi fermentlar faoliyatini oshiradi, binobarin, ular hayot uchun zarur bo'lib, organizmda yetishmaganda moddalar almashinuvi jarayoni buziladi. В guruh vitaminlar va vitamin К odamda yo'g'on ichakdagi bakteriyalar florasini sintezlaydi. Shuning uchun ichak florasini halok etuvchi antibi- otiklar bilan davolash paytida vitaminlar ham iste’mol qilish kerak bo'ladi. Organizmda vitaminlarning kamayishi gipovitaminoz, yetishmasligi avi- taminoz kasalligiga sabab bo'ladi. Masalan, vitamin С yetishmasa, singa, D yetishmasa raxit kasalligi kelib chiqadi. Organizmda yetishmagan vitaminlar berilsa, kasal tez tuzaladi. Suvda eriydigan vitaminlar С va В guruh vitaminlar bo'lib, organiz mda sintezlanmaydi, ular organizmga o'simlikli ovqatlar tarkibiga kiradi. V i t a m i n С (askorbin kislota) na’matak, mevalar, limonda ko'p bo'ladi. Bu vitamin uglevodlar va oqsillar almashinuvi jarayonida muhim rol o'ynaydi. U organizmda kamaysa, qonda glukoza, jigarda glikogen kamayib, oqsil moddalarining parchalanishi kuchayadi. Natijada singa kasalligi paydo bo'lib, darmon quriydi. Yurakning normal ishlashi izdan chiqadi. Kapillarlar mo'rt bo'lib, teri osti va bo'g'imlarda qon quyilishi ro'y beradi. Milklar bo'shashib, qonaydigan, tishlar esa tushib ketadigan bo'lib qoladi. Bu vaqtda vitamin С qabul qilinsa, kasal tuzaladi. Odamning vitamin С ga bo'lgan ehtiyoji bir kecha-kunduzda 75— 100 mg ga to'g'ri keladi. В guruh vitaminlar guruch po'stida, jigar, yong'oq, cho'chqa go'shti- da ko'proq bo'lib, ular vitamin B (, B2, B |2 kabi holatda uchraydi. Bu vitaminlar har birining o'ziga xos xususiyatlari va ta’sirlari bor. Jumladan, odamning vitamin B : (tiamin) ga bo'lgan ehtiyoji bir kecha-kunduzga o'rtacha 2— 3 mg bo'lib, u uglevodlar, yog'lar va oqsillar almashinuvida faol qatnashadi. Organizmda vitamin B, yetishmasa, uglevodlar, yog'lar va oqsillar almashinuvi jarayoni buziladi, nervlarning qo'zg'aluvchan www.ziyouz.com kutubxonasi xususiyati pasayib, odam tez charchaydi, ishtahasi yo'qoladi. Organizmda vitamin B, surunkasiga yetishmasa, nerv sistemasi zararlanib, og'riq paydo bo'ladi, muskullar atrofiyalanib, shol bo'ladi. Yurak-qon tomirlar va hazm sistemalari normal ishlamaydi. V i t a m i n B2 (riboflavin). Odamning bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 1—2 mg bo'lib, moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Organizmda bu vitamin kamaysa, moddalar almashinuvi buzilib, odam labining burchaklari bichilib, tili qip-qizil tusga kiradi. Yosh bolalarda vitamin B2 yetishmasa, ulaming o'sishi pasayib, ko'zlari yallig'lanadi. Vitamin B2 jigar, buyrak va o'simliklarda ko'p bo'ladi. V i t a m i n PP (nikotin kislota) odam organizmiga bir kecha-kunduz- da o'rtacha 15—20 mg kerak bo'ladi. Nikotin kislota sabzavotlar, go'shtda ko'p. Organizmda vitamin PP yetishmaganda teri yallig'lanib qizaradi, ich suradi va odamning ruhiy holati buzilib, nerv sistemasining faoliyati izdan chiqadi. V i t a m i n B6 (piridoksin). Odamga bir kecha-kunduzda 2—3 mg vitamin B6 yetarli bo'lib, aminokislotalar almashishi jarayonida ferment- lar ta’sirini kuchaytiradi. Vitamin B6 ko'proq guruch kepagida, achitqida, buyrak, jigar va go'sht tarkibida bo'ladi. Odam organizmida bu vitamin yetishmasa, ishtaha pasayib, ko'ngil ayniydi, darmonsizlik kuzatiladi, teri yallig'lanadi. V i t a m i n B |2 (sianokobalamin) qoramol va jo'ja jigarida ko'proq bo'ladi. Odamda ichak bakteriyalari orqali sintezlanadi. Organizmda vitamin B|2 yetishmasa, qon yaratish faoliyati pasayib, kamqonlik (anemiya) kasalligi paydo bo'ladi. Yog'da eriydigan vitaminlarga vitamin A, D, К kiradi. V i t a m i n A (retinol) odam uchun bir kecha-kunduzga 1— 1,5 mg miqdorda kerak bo'lib, baliq moyi, o'simlik tarkibida uchraydi. Vitamin A ko'zning ko'rish qobiliyatini saqlab, organizmning yuqumli kasallik- larga qarshiligini oshiradi. Organizmda vitamin A yetishmaganda shabko'rlikka (kunduzi ko'rib, qorong'ida ko'rmaydi) va shox pardaning kasallanishiga sabab bo'ladi. V i t a m i n D (kalsiferol) baliq moyi, sariyog' va tuxum sarig'ida bo'lib, organizm uchun bir kecha-kunduzga 0,03—0,07 g kerak bo'ladi. Vitamin D organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi. Odamda bu vitamin yetishmasa (ayniqsa yosh bolalarda) suyaklar yumshab, tishlarning chiqishi kechikadi, ya’ni raxit kasalligi boshlanadi. Shuning uchun yosh bolalarga vitamin D (0,05— 0,07 g) berib turish kerak. Organizmda vitamin D ning ko'payishi muskul va buyraklarda kalsiy yig'ilib qolishiga sabab bo'ladi. V i t a m i n К (filoxinon) yoki antigemorragik vitamin odamga bir kecha-kunduzda 1— 2 mg kerak. U karam (xlorofilli o'sim lik), barcha www.ziyouz.com kutubxonasi yashil rangli o'sim liklar, pomidor, jigarda ko‘p bo'ladi. Ozroq miqdor da uni ichak bakteriyalari sintezlaydi. Organizmda avitaminoz К bo'lganda jigarda protrombin chiqishi kamayib, qon ivishi buziladi. Nazorat uchun savollar 1. M oddalar va en ergiya alm ashinuvidan nima bilasiz? 2. Oqsillar alm ashinuvini ayting. 3. Oqsillar alm ashinuvining buzilishi nima? 4. U glevod lam in g alm ashinuvini tushuntiring. 5. Y og'lar (lipidlar) alm ashinuvini tushuntiring. 6. Y og'lar alm ashinuvining buzilishini tushuntiring. 7. Suv va mineral tuzlar alm ashinuvini tushuntiring. 8. Ovqat miqdori va tarkibini bilasizm i? 9. Sovq otish nima? 10. Ochlik kasalligi haqida nima bilasiz? 11. Qon aylanishining pasayishi oqibati. 12. Q izish nima? 13. Issiq urishini tushuntirib bering. 14. Oftob urganda nima bo'ladi? 15. Vitam inlam i bilasizm i? 16. Vitamin S. 17. В guruh vitaminiarini ayting. 18. Y og'da eriydigan vitam inlam i bilasizm i? IC H K I S E K R E T S IY A B E Z L A R I Ichki sekretsiya bezlari sekret chiqaruvchi naylari bo'lmasligi bilan tashqi sekretsiya bezlaridan farq qiladi. Bu bezlarda ishlangan sekret — gormon (yunoncha so'z bo'lib, qo'zg'atuvchi degan ma’noni anglatadi) bevosita qonga shimiladi. Shuning uchun bunday bezlarni endokrin (ajrataman) bezlar deb ham ataladi. Ichki sekretsiya bezlari odam organizmining turli sohalarida joylashgan bo'lib, bajaradigan ishlariga qarab, garchand hajmi kichkina bo'lsa-da, juda ko'p qon tomirlar bilan ta’minlangan. Jumladan, buyrak usti beziga uch juft qon tomir orqali qon kelsa, qalqonsimon bezga to'rt-beshta qon tomir keladi. Shu bilan birga endokrin bezlarda juda ko'p nerv tolalari tarqalgan. Ular endokrin bezlarini idora qiluvchi markazlar bilan bog'lab turadi. Demak, bir tomondan, ichki sekretsiya bezlari faoliyatini nerv sistemasi boshqarib tursa, ikkinchi tomondan, qonga shimilgan endokrin gormonlar nerv sistemasiga ham ta’sir qiladi. Ichki sekretsiya bezlari turlicha bo'ladi. Shu munosabat bilan organizm funksiyalarining gormo- nal regulatsiyasi deb atalmasdan, balki neyrogormonal regulatsiya deb atalishi lozim. Organizmning normal faoliyati uchun gormonlar qonda muayyan miqdorda bo'lishi shart. Agar gormonlar miqdori qonda kamaysa, www.ziyouz.com kutubxonasi gipofunksiya, ko'paysa, giperfunksiya deyiladi, bu vaqtda turli kasallik- lar paydo bo'ladi. Gormonlar qon tarkibida butun organizmga tarqalib, u yoki bu jarayonga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Qalqonsimon bez Qalqonsimon bez (133-rasm) bo'yin sohasida hiqildoqning qalqonsi mon tog'ayi bilan kekirdakning yuqorigi 3— 4 tog'ay halqalari oldida joylashgan. Bez taqasimon shaklda bo'lib, katta odamlarda 30—50 g ga teng. Ammo bezning og'irligi va shakli buqoq kasalligiga uchragan odam larda boshqacha bo'ladi, ya’ni kattalashib, og'irligi 1 — 1,5 kg ga yetadi. Qalqonsimon bezning o'ng va chap bo'lakchalari oraliq qismi bo'yin orqali o'zaro qo'shiladi. Bezni o'rab turgan pardadan o'sib kirgan o'simtalar bez ichkarisini bo'lakchalarga ajratadi. Bez bo'lakchalari pufakcha (follikula)lardan iborat bo'lib, uning tarkibida yodga boy oqsil mod dasi bor. Bez yuzasini qon tomir va nerv chigallari (adashgan nerv tolalari) qoplab turadi. Funksiyasi. Bez gormoni — tiroksin qonga shimilib, organizmning o'sishiga ta’ sir qiladi, moddalar almashinuvini tezlashti- radi. Agar organizmning o'sishi davrida bez gormoni yetishmay qolsa, uning o'sishi va ruhiy rivojlanishi susayadi (kretinizm kasalligi), aksincha, gormon ko'p ishlansa (giperfunksiya), organizm tiroksin bilan zaharlanadi (tireotoksikoz kasalligi). Bunda odam ozg'in bo'lib, o'ta ta’sirchan, yuragi tez uruvchan bo'ladi. Ko'z soqqasi ko'z kosasidan chiqib joylashadi. Ba’zan ichiladigan suvda yod yetishmasa, qalqonsimon bez kattalashib, buqoq paydo bo'ladi. Bulardan tashqari, organizmga yetarli miqdorda yod kirmasa, tiroksin gormoni kam ishlanadi. Natijada miksedema (xom semiz) kasalligi kelib chiqadi. Kasallik bolalarda, keksalarda va ko'proq ayollarning klimaks davrida uchraydi. Miksedema kasalligida ruhiy zaiflik, lanjlik, uyquchanlik kuzatiladi. Simpatik nerv sistemasining faoliyati pasayadi. Jinsiy a’zolar funksiyasi buziladi. Mod dalar almashinuvi jarayoni susayadi. Bemoming yuzi shishganga o'xshab, gavda vazni sezilarli oshadi. Qalqonsimon bez giperfunksiyasida Bazedov kasalligi rivojlanadi. Bunda markaziy nerv sistemasining qo'zg'aluvchanligi, moddalar almashinuvining zo'rayishi, yurak urishining tezlashuvi, ko'zlaming chaqchayib, gavda 133-rasm . Q alqonsim on bez. / - t i l osti suyagi; 2 - t i l osti s u y a g id a n q a l q o n s i m o n tog'ayga tortilgan muskul; 3 - uzuksim on tog'aydan qalqon s im o n t o g ' a y g a o 't a d ig a n muskul; 4 - qalqonsim on bez; 5 - bez bo'yn i. www.ziyouz.com kutubxonasi og'irligining kamayib ketishi kuzatiladi. Odamda ochlik hissi paydo bo'ladi, ko‘p ovqat iste’mol qilsa ham ozaveradi, chunki moddalar almashinuvi zo'raygan bo'ladi. Qalqonsimon bezning orqa tanachalari Qalqonsimon bezning orqa tanachalari (134-rasm) to'rtta, ba’zan beshta bo'lib, ular qalqonsimon bez yon bo'laklarining orqa yuzasiga yopishib yotadi. Bezlar endokrin bezlar ichida eng kichkinasi bo'lib, uzunligi 6 mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm. Har bir bez qon tomirlarga boy parda bilan o'ralgan. Funksiyasi. Bu bezlar gormoni o rg an iz m d a k alsiy va fo sfo r almashinuvini bajaradi. Nerv va m uskullarning norm al ishlashi uchun k erak li b o 'lg a n k alsiy miqdorini qonda bir me’yorda saq- lashni va ana shu m oddaning suyaklarga so'rilishini ta’minlaydi. Qonda kalsiy miqdori kamaysa, su yaklar tarkibidagi kalsiy ajralib, suyaklar yumshab qoladi. Kalsiy miqdori oshganda esa arterial qon tomirlarda, buyraklarda to'planadi. Bez gormonni kam ishlasa, odam qaltiroq bo'ladi, hatto halok bo'lishi ham mumkin. Ayrisimon bez Ayrisimon bez (135-rasm) ikki bo'lakdan tuzilgan bo'lib, ko'krak qafasining tepa qismida (to'sh su yagi dastasining orqa tomonida) joylashgan, uning toraygan tepa bo'lagi ko'krak qafasidan bo'yin qismiga chiqib turadi. Bezning kengaygan pastki bo'lagi esa qon tomirlar va yurakning old tomonida joylashgan. Og'irligi yoshga qarab o'zgaradi. Jumladan, yangi tug'ilgan bolada 12 g, balog'atga yetish oldida esa 30—40 g gacha bo'ladi. Balog'atga yetgach asta-sekin qayta kichraya boradi: 25— 30 g, 60—70 yoshlarda burishib, 6— 15 g bo'lib qoladi va yog' moddasiga aylanadi. Bezning ustki qismi po'stloq, ichi mag'iz qismidan tuzilgan bo'lib, ular to'siqlar vositasida limfositlarga boy bo'lgan bo'lakchalarga ajralgan. 134-rasm . Q alqonsim on bezning orqa tanachalari. 1,3 - qalqonsim on bez orqa bezlari; 2 - qalqonsim on bez; 4 - halqum. www.ziyouz.com kutubxonasi 135-rasm. Ayrisim on bez. I - kekirdak; 2 - ayrisimon bez bo'laklari; 3 - yurak pardasi; 4 - o'pka; 5 - o'ng o'm rov osti venasi; 6 - o'ng bo'yinturuq venasi. F u nksiya si. T- lim fo s itla r ishlab chiqaradi, limfa tugun lari rivojlanishini ta’ minlaydi. Umuman, organizmni zararli ta’- sirlardan saqlaydi. Miyaning pastki ortig‘i Miyaning pastki ortig'i (136-rasm) oval shaklidagi kichik (og'irligi 0,3—0,5 g) bez bo'lib, miya asosidagi kulrang do'mboqqa varonkasimon oyoqcha orqali osilib turadi. Bez kalla asosiy suyagining turk egari chuqurchasida joylashgan. Miyaning pastki ortig'i oldingi va orqa bo'laklardan tashkil topgan. Bezning oldingi bo'lagi bez epiteliy hujayra- laridan iborat va shuning uchun adenogipofiz bo'lagi deb ham ataladi. Bezning orqa bo'lagi oldingi miya ning ostidan bo'rtib o'sib chiqadi. Oldingi qismidan ishlanib chiqqan (som atotrop, pro laktin , adreno- kotikotrop, gonadotrop) gormonlar organizmning turli funksiyasiga ta’ sir etadi. Jumladan, somatotrop gor moni organizmning umumiy o'sishi- ga ta’sir ko'rsatadi. O'sayotgan organizmda gipofiz oldingi bo'lagi hujayralarining giperfunksiyasi tufayli o'sish gor moni me’yoridan ortiqcha ishlab chiqarilsa, organizm haddan tashqari o 'sib ketishi mumkin. Bordi-yu, , . r . 136-rasm . M iyaning pastki ortig'i. bezning giperfunksiyasi organizm . . . " , . . / - m i y a n i n g o ld in g i arteriyasi; 2 - k o ‘z balog atga yetgandan keyin sodir nervi; J - o'rtadagi B e r iy a ; i-gipofiz; 5 - bo Isa, akromegaliya rivojlanadi. orqadagi arteriya; 6 - asosiy arteriya. www.ziyouz.com kutubxonasi Tananing ayrim qismlari haddan tashqari o'sib ketadi. Prolaktin gormoni ko'krak bezining sut chiqarishini kuchaytiradi va ayollar tuxumdonidagi sariq tanacha faoliyatiga ta’sir etadi. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining po'stloq qismi faoliyatiga ta’sir etib, undan jinsiy gormon chiqarilishini kuchaytiradi. Gonadotrop gormon jinsiy bezlar (tuxumdon, moyak) funksiyasini faollashtiradi. Aksincha, gormon kam ajralsa, odam semirib, jinsiy a’zolari faoliyati pasayadi. Bezning oldingi bo'lagi orqa tomonida joylashgan hujayralardan ajralgan gormon odam terisi rangiga ta’sir qiladi. Bezning orqa bo'lagidan ajralgan gormonlar aslida ko'rish do'm bog'i- ning pastki qismidan ajralib, varonkasimon oyoqcha orqali pastga tushadi va bezda to'planadi. Oksitotsin gormon bachadon m uskullarining qisqarishini, ko'krak bezida ko'proq sut ishlanishini ta’minlaydi. Va- zopressin qon tomir silliq muskullarining qisqarishini kuchaytirib, qon bosimining ko'tarilishiga sabab bo'ladi, buyrakdan siydik ajralishini susaytiradi. Ortiqsimon tana Ortiqsimon tana (137-rasm) yoki bosh miyadagi to'rt do'mboqning yuqorisidagi ikkita do'mboq o'rtasida joylashgan mosh- dek (og'irligi 0,2 g) dumaloq bez bo'lib, ko'rish do'mbog'iga yuganchalar yordami da tutashib turadi. Bez uni o'rab turgan par da o'siqlari (trabekulalar) bilan bo'lakcha- larga ajralgan. Epifiz gormoni jinsiy bezlarning rivoj- lanishini m e’yorida ushlab turadi. Bez faoliyati susaysa, jinsiy bezlar tezroq rivoj lanib, qiz va o'g 'il bolalar ertaroq balog'atga yetadi. 137-rasm . Ortiqsim on tana. 1 - ortiqsim on tana; 2 - orqa bi- tishma; Buyrak usti bezi Buyrak usti bezi (138-rasm) qalpoq shaklida o'ng va chap buyrak ustida joylashgan bo'lib, og'irligi 3—5 g gacha. Bezni qoplab turgan pardadan boshlangan o'simtalar bezning ichiga kirib, uni bir necha bo'lak- larga ajratadi. Bez tashqi sarg'imtir po'stloq va ichkarisida joylashgan qoramtir miya qismidan tuzilgan. Po'stloq qismi va miya qismi tuzilishi, rivojlanishi va bajaradigan ishi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Po'stloq qismi mezodermadan rivojlanib, qon tomir va nervlarga boy epiteliy hujayralardan paydo bo'ladi. Bezning bu qismida ishlanadigan aldosteron gormon organizmda suv-tuz almashinish jarayoniga ta’sir etsa, www.ziyouz.com kutubxonasi gidrokortizon gor moni oqsil, yog' va uglevod alm ashi- nish jarayonida ish tirok etib, organiz m ning kasallikka qarshilik ko'rsatish kuchini oshiradi, yallig‘lanish kasal- ligining tez tuzali- shini ta’minlaydi. B ezda ish lan g an jinsiy gormonlar esa jinsiy bezlarga ta’ sir etadi. Buyrak usti bezi po'stloq qismining faoliyati pasaygan vaqtda organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko'rsatish qobiliyati ham pasayadi, hatto kasallikka (odam terisi bronza rangiga o'xshab qoladi) olib keladi. Aksincha, bez ning po'stloq qismi funksiyasi kuchayib, odatdan tashqari gormon ishlasa, jinsiy bezlarning gormon chiqarish faoliyati kuchayadi, o'spirinlar tezroq balog'atga yetadi. Bezning miya qismi ektodermadan (simpatik tugunlari o'sadigan joydan) rivojlanadi. Bu qismga adrenalin yoki xromaffin sistemasi deyiladi. Bezning miya qismidan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlanadi. Adrenalin yurak qisqarish faoliyatini oshiradi, qon tomirlarni siqadi. Ichak devorlarining siqilish qobiliyatini (ichak peristaltikasini) pasaytiradi. Bronxlarni kengaytiradi. M E ’DA O ST I B E Z IN IN G IN K R E T O R Q ISM I Me’da osti bezining bir millionga yaqin yumaloq shaklli hujayralari bo'lib, ular ishlab chiqargan gormonlar qonga shimiladi. Shuning uchun bu xildagi bez to'plamini inkretor funksiyali me’da osti bezi orolchasi deb ataladi. Orolcha bezlari insulin, glukogen va lipokain gormonlarini ishlab chiqaradi. Insulin hujayralarda ishlanib, qon tarkibidagi glukoza kontsentratsiyasining kamayishi (gipoglikem iya)ni ta’minlab, nerv hujayralariga o'tishiga yordam beradi. Glukoza insulin ta’sirida qonda kama yadi, glukozani glukogenga aylantiradi. Shu bilan insulin glukoza uchun hujayralar membranasining o'tkazuvchanligini oshiradi va glukoza hujayra ichiga kirib utilizatsiya bo'ladi. Bulardan tashqari, insulin oqsillar parchala- nishining oldini oladi va ularni glukozaga aylantiradi, insulin aminokislota lardan oqsil sintezlanishini va ulaming hujayralarga yo'nalishini kuchaytiradi. U yog' almashinuvini boshqaradi, yog'ning sarflanishini tormozlaydi. 138-rasm. Buyrak usti bezi. ) - buyrak usti bezlari; 2 - o ' n g va chap buyrak. www.ziyouz.com kutubxonasi Diabet kasalligida qonda qand miqdori ortadi. Bunda jigar va muskullarda glikogenez (glukozaning glukogenga aylanishi) susayadi, organizm hujayralarida glukozaning o'zlashtirilishi buziladi. Diabet kasalligida uglevod almashinuvining buzilishidan tashqari, oqsillar va yog'lar almashinuvi ham buziladi. Glikogen me’da osti bezi hujayralari da ishlanib, insulinga antogenezdir. Jigarda glukogenning glukozaga parchalanishi kuzatiladi va qonda glukoza miqdori oshadi. Glukogen yog' parchalanishini kuchaytiradi. Lipokain gormoni lipidlaming hosil bo'lishini va jigarda yog' kislotalari oksidlanishini kuchaytirib, ulami o'zlashtirishga yordam beradi. Glukogen gormoni hujayralarda ishlanib, jigardagi glukogenni glukozaga aylantirib, qonga chiqarib beradi. Natijada qonda glukoza miqdori (normada 4,45— 6,65 mmol/1 yoki 80— 120 mg%) 0,1—0,5% gacha ko'payadi. Orolcha hujayrasining insulin ishlab chiqarish faoliyati susaysa, buyrak orqali siydik bilan ko'p miqdorda (5% gacha) glukoza tashqariga chiqadi. Bu hoi qand kasalligi (diabet) kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shu bilan birga bir kecha-kunduzda 5—6 / suv chiqib, organizm suvsizlanadi, odam chanqab, ko'p suyuqlik ichadi. Qonda qand miqdorining kamayishi jigar da glikogenning kamayishiga, oqsil va yog'laming parchalanib, qandga aylanishiga olib keladi, odam ozadi. Natijada organizm funksiyalari (na fas olish funksiyasi ham) o'zgarib, bemor hushdan ketib, ahvoli og'irla- shib, o'lib qolishi ham mumkin. Shuning uchun qand kasalligi bilan og'rigan odamlar shirinlikdan, oq non va xamirli ovqatlardan saqlanib, insulin olib turishlari kerak bo'ladi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling