O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 153-rasm. Bosh miya arteriyalari. / - o l d i n g i birlashtiruvchi arteriya; 2 - miyaning oldingi arteriyasi; J - i c h k i uyqu
- 0 ‘mrov osti arteriyasi
- Kurak osti arteriyasi
- Yelka suyagini orovchi oldingi arteriya
- Muskullarga boradigan tarmoqlar
- Bilak suyagi tomondagi yon arteriya
- 1 0 - tirsak arteriyasi; / / - kaft arteriyasi tarmoqlari; / 2 -k a f tn in g chuqur ravogi; 13 - kaftning
Ichki uyqu arteriyasi. Umumiy uyqu arteriyasidan boshlanib, dastlab tashqi uyqu arteriyasini chetlab o'tib (bukilib), uning medial tomonida (ichkarisida) joylashadi, so'ngra tikka yo'nalib, tashqi uyqu teshigi orqali uyqu kanaliga kirib bukilib, keyin kalla bo'shlig'iga kiradi. Ichki uyqu arteriyasi bo'yinda medial tomondan halqum, orqa va lateral tomondan adashgan nerv, bo'yinturuq venaga tegib turadi (153-rasm). A rteriya kalla b o 's h lig 'id a miyaning qattiq va to'rsimon par- dalarini teshib o'tib, bir qancha tarmoqlar beradi: 1. U y q u a r t e r i y a s i n i n g n o g ' o r a b o ' s h l i g ' i t a r m o q l a r i — nog'o ra bo'shlig'iga tarqaladi. 2. K o ' z k o s a s i a r t e r i y a s i ichki uyqu arteriyasidan ajralgach, ko'rish kanali orqali ko'z kosasiga kiradi. Arteriyadan ko'z kosasida miya qattiq parda sining oldingi bo'lagiga boruvchi tolalar, ko'z yoshi beziga boruv chi tolalar va ko'z soqqasining tomirli pardasiga boruvchi tola lar hamda to 'r pardaning marka ziy arteriyasiga va g'alvirsim on suyakka tarmoqlar beradi. 3 . M i y a n i n g o ' r t a a r t e r i y a s i ichki uyqu arteriya sining davomi va uning eng yirik tarmoqlaridan biri bo'lib, lateral 153-rasm. Bosh miya arteriyalari. / - o l d i n g i birlashtiruvchi arteriya; 2 - miyaning oldingi arteriyasi; J - i c h k i uyqu arteriyasi; 4 - miyaning o'rta arteriyasi; 5 - orqadagi birlashtiruvchi arteriya; 6 - tomir chigali arteriyasi; 7 - m iyaning orqadagi arteriyasi; 8 - asosiy arteriya; 9 - m i y a - chaning orqadagi pastki arteriyasi; 1 0 - umurtqa arteriyasi; / / - o r q a miyaning oldingi arteriyasi. www.ziyouz.com kutubxonasi tomondan Silviyev chuqurchasi orqali Reyli orolchasiga borib tarqaladi. Miyaning o ‘rta arteriyasi oxirgi tarmoqlari orolchani, yarimshaming chakka, peshona va tepa bo'lagini qon bilan ta’minlaydi. 4. T o m i r l a r c h i g a l i a r t e r i y a s i yon qorinchaning chakka bo'lagida joylashgan pastki shoxida (miya katta yarimsharining chakka sohasida) tomirlar chigalini hosil qilib tugaydi. 5. O r q a d a g i b i r l a s h t i r u v c h i a r t e r i y a ichki uyqu arteri yasidan chiqib, miyaning orqa arteriyasi bilan anastomozlashadi. D o i r a v i y a r t e r i a l a n a s t o m o z . Chap va o'n g tomondagi miyaning oldingi arteriyasi o'zaro oldingi birlashtiruvchi arteriya bilan birlashib, anastomoz hosil qilsa, orqa tomonda umurtqa arteriyasining tarmoqlari o'ng va chap tomondagi miyaning orqa arteriyalarini o'zaro birlashtiruvchi arteriyasi orqali qo'shilishidan arteriya anastomozi paydo qiladi. Natijada bitta doiraviy arterial anastomoz (Villiziy arteriya halqasi) vujudga keladi. Bu arterial halqa bosh miya asosida, o'rgim chak iniga o'xshash parda ostida turk egarining atrofini gardish bo'lib o'rab turadi. Bu doiraviy arteriya anastomozi miyani qon bilan ta’minlashda, xirurgiyada muhim vazifani bajaradi. 0 ‘mrov osti arteriyasi O'm rov osti arteriyasi bir juft bo'lib, chap tomondagi arteriya to'g'ridan- to 'g 'ri aorta ravog'idan chiqadi, o 'n g o'm rov osti arteriyasi esa bosh- yelka arteriya stvolidan boshlanadi. Shuning uchun chap tomondagi o'mrov osti arteriyasi bir oz uzunroq bo'ladi. Ikkala o'm rov osti arteriyasi ham ko'krak bo'shlig'idan plevra gumbazini aylanib o'tadi va qavariq qismi yuqoriga qaragan arteriya ravog'ini hosil qiladi. O'm rov osti arteriyasi o'm rov suyagiga yaqinlashadi va birinchi qovurg'aning tashqi qirrasidan boshlab qo'ltiq arteriyasi nomini oladi. O 'm rov osti arteriyasi joylashgan o'rniga qarab uchga bo'lib o'rganiladi: birinchi bo'lim i — o'm rov osti arteriyasining boshlanishidan narvonsimon muskullar oralig'iga kirguncha bo'lgan qism, ikkinchi bo'lim i — narvonsimon m uskullar o ralig'id a joylashgan qism, uchinchisi esa narvonsimon muskullar oralig'idan chiqib, qo'ltiq sohasining yuqori chegarasigacha (birinchi qovurg'aning tashqi qirrasigacha) bo'lgan qism. O 'm rov osti arteriyasining birinchi bo'lim i- dan boshlangan tarmoqlari: I. U m u r t q a a r t e r i y a s i — o'm rov osti arteriyasidan boshlanib, oldingi narvonsimon muskul bilan bo'yinning uzun muskuli orasidan yuqoriga ko'tarilib, IV bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'sig'idan teshikka kiradi. Keyinchalik bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'siqlaridagi ana sh und ay te sh ik la rd a n tik k a y u q o rig a k o 'ta r ilib , ik k in ch i b o 'y in um urtqasigacha boradi va lateral tom onga burilib, birinchi b o 'y in umurtqasining ustki yuzasidagi egatdan o'tadi va miyaning qattiq pardasini www.ziyouz.com kutubxonasi teshib, ensaning katta teshigi orqali kalla b o 'sh lig 'ig a kiradi. Kalla bo'shlig'ida o'ng va chap tomondagi umurtqa arteriyalari nishabi bo'ylab uzunchoq miyaning ostida oldinga yo'naladi va ikkala arteriya o'zaro birlashib, bitta toq asosiy arteriyani hosil qiladi. U m urtqa arteriyasidan m uskullarga va kalla b o 's h lig 'in in g orqa chuqurchasida joylashgan miyaning qattiq pardasiga bir qancha mayda tarmoqlar beradi: 1 . Orqa m iyaning m ayda tarmoqlari umurtqa arteriyasining butun davomida chiqib, umurtqa oraliq teshiklari orqali orqa miyaga boradi. 2. O rq a m iy a n in g o ld in g i a r te r iy a s i um urtqa arteriyalaridan kalla bo'shlig'iga chiqib, ensaning katta teshigi orqali pastga yo'naladi, orqa miyaning oldingi sathiga yaqinlashganda ikkala arteriya o'zaro qo'shilib, bitta toq arteriyaga aylanadi. 3. O rq a m iy a n in g o rq a d a g i a r te r iy a s i umurtqa arteriyasidan kalla bo'shlig'iga chiqib, uzunchoq miya bilan orqa miyaning ikkala yonboshi- dan yoqalab pastga tushadi. 4. M iy a c h a n in g o rq a d a g i p a s tk i a r te riy a si umurtqa arteriyasining eng yirik tarm og'i bo'lib, miyacha pastki yuzasining orqa bo'lim ini qon bilan ta’minlaydi. 5. A so siy a rte riy a o 'ng va chap tomondagi umurtqa arteriyalarining nishabda o'zaro birlashishidan paydo b o 'lib , so'ngra katta miyaning orqadagi arteriyasiga ajraladi. Ana shu ikkala arteriya orqa tomonga yo'nalib, miya oyoqchasini pastki va tashqi tomondan aylanib o'tib, bosh miya yarimsharlarining ensa, chakka bo'laklariga hamda uchinchi va yonbosh qorinchadan qon tomir chigallariga tarqaladi. Asosiy arteriyadan miyachaning oldingi pastki yuzasiga, ko'prik qismi (labirint)ga, miyachaning ustki yuzasiga va ichki quloqqa tarmoqlar beradi. II. Q a l q o n s i m o n b e z - b o ' y i n a r t e r i y a s i stvoli y o 'g 'o n va kalta (uzunligi taxminan 4 mm) bo'lib, o'm rov osti arteriyasidan kekirdakka chiqib, qalqonsimon bezga, hiqildoqqa, qizilo'ngachga tar moqlar beradi: 1. B o'yinning y uqoriga k o 'ta rilu vch i arteriyasi qalqonsimon bez-bo'yin arteriyasidan ajralib, bo'yinning chuqur muskullariga tarqaladi. 2. K u ra k usti a rte riy a si oldingi narvonsimon muskulning old tomonidan boshlanib, kurakning orqa tomonida joylashgan muskullami qon bilan ta’minlaydi. III. K o ' k r a k q a f a s i n i n g i c h k i a r t e r i y a s i o'm rov osti arteriyasining pastki yuzasidan boshlanib, ko'krak qafasida to 'sh suyagi ning chekkasidan 1— 1,5 sm tashqariroqda tikka pastga yo'naladi va V II- VIII qovurg'alar oralig'i sohasiga borganda diafragma-muskul arteriyasi va qorin tepasidagi ustki arteriyaga bo'linadi. Diafragma-muskul arteriyasi diafragma bilan qorin muskullarini qon bilan ta’m inlashda ishtirok etadi www.ziyouz.com kutubxonasi va pastki 5— 6 ta qovurg'a oraliqlariga tolalar beradi. Qorin tepasidagi ustki arteriya pastga qorinning to 'g 'ri muskuli bo'ylab kindikkacha boradi va qorin tepasidagi pastki arteriya (tashqi yonbosh arteriya tarm og'i) bilan anastomozlashadi. Qorin tepasidagi ustki arteriya qorin to 'g 'ri mus kuli va uning qinini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak qafasining ichki arteriyasidan qovurg'a oralig'iga boruvchi shoxchalami beradi. Bu shoxchalar orqa tomonda aortadan chiqqan qovurg'alar oraliq arteriyalari bilan qo'shilib, qovurg'a oraliqlaridagi arteriyalaming anasto- mozlarini hosil qiladi. Natijada o'm rov osti arteriya sistemasini aortaning ko'krak bo'lagi bilan qo'shadi. Bunday anastomozlar xirurgiyada va kol- lateral tomirlar rivojlanishida muhim vazifani bajaradi. Arteriyaning ikkinchi qismidan quyidagi tolalar chiqadi: IV. Q o v u r g ' a - b o ' y i n a r t e r i y a s i stvoli o'm rov osti arteri yasining orqa yuzasidan kalta va y o 'g 'o n shox bo'lib boshlanadi, keyin ikkita tarmoqqa bo'linadi: 1. B o 'y in n in g c h u q u r a rte riy a si birinchi qovurg'a bilan III bo'yin umurtqasining ko'ndalang o 'sig 'i orasidan o'tib, ensa va orqaning chuqur muskullarini hamda orqa miyani qon bilan ta’minlaydi. 2. U stki q o v u r g 'a a rte riy a si arteriya stvolidan chiqib, pastga boradi va I— II qovurg'a oraliqlariga tarqaladi. O'm rov osti arteriyasining uchinchi qismidan chiqadigan tolalar: V. B o ' y i n n i n g k o ' n d a l a n g a r t e r i y a s i o'm rov osti arte riyasidan chiqqanidan so'ng bo'yinga va ko'krak atrofidagi muskullarga tarqaladi. Qo‘ltiq arteriyasi Q o'ltiq arteriyasi o'm rov osti arteriyasining bevosita davomi bo'lib, uning yuqori chegarasi birinchi qovurg'aning tashqi chekkasidir. Qo'ltiq arteriyasi qo'ltiq osti chuqurchasida ko'krak muskullarining orqa yuzasi bo'ylab pastga yo'naladi va katta ko'krak muskuli bilan orqa serbar muskulining pastki chekkasiga kelganda yelka arteriyasi nomi bilan davom etadi. Q o'ltiq arteriyasi qo'ltiq venasining orqasida va medial tomonida yelka nerv chigalini o'ragan holda joylashgan. Q o'ltiq arteriyasining past (tashqi) tomonida esa limfa tugunlari va yog' to'qim alari joylashgan. Q o'ltiq arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi (154-rasm): 1. E n g y u q o rid a g i k o 'k r a k a rte riy a si qo'ltiq arteriyasidan boshlanib, I— II qovurg'a oraliqlariga va ko'krak muskullariga tarqaladi. 2. K o 'k r a k q a fa si va k o 'k r a k o 's i g 'i a rte riy a si kalta bo'lib, kurak suyagining o 'sig 'ig a, deltasimon muskulga tarqaladi. 3. K o 'k r a k q a fa sin in g y o n a r te r iy a s i qo'ltiq arteriyasidan chiqib, ko'krakning oldingi tishli muskulini va ko'krak bezini qon bilan ta’minlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi 4. Kurak osti arteriyasi qo'ltiq arteriyasidan boshlanib, kurak muskullariga tarqaladi. 5. Yelka suyagini o'rovchi orqa arteriya qo'ltiq arteriyasidan chiqib, orqa tomonga yo'nalib, to'rt qirrali teshik orqali deltasimon muskulning ostidan o'tadi va yelka suyagining bo'ynini o'rab turadi. Deltasimon muskulning yelka bo'g'imini qon bilan ta’minlaydi va qo'shni arteriyalar bilan anastomozlanadi. 6. Yelka suyagini o'rovchi oldingi arteriya kichkina tola bo'lib, bu arteriya qo'ltiq arteriyasi dan yelka suyagini o'rovchi orqa arteriya boshlangan joyiga yaqin qismidan chiqadi. Yelka suyagi bo'ynini oldingi tomondan o'rab o'tadi va shu nomli orqa arteriya bilan anastomozlashadi, yelka bo'g'im iga tarmoqlar beradi. Yelka arteriyasi Yuqorida ko'rsatilganidek, qo'ltiq arteriyasi yelkaga o'tishi bilan yelka arteriyasi deb ataladi. Arteriya yelka sohasida yelkaning medial ariqchasi bo'ylab ikkita yelka venasi, tirsak, bilak va oraliq nervlar bilan yonma-yon yotadi. Yelka arteriyasi tirsak chuqurchasida bilak va tirsak arteriyalariga bo'linadi. Yelka arteri yasi tarmoqlari: 1. Muskullarga boradigan tarmoqlar yelka muskullariga boradi. 2. Yelkaning chuqur arteriyasi yelka arteriya sining y o 'g 'o n tolalaridan biri b o'lib , uning boshlanish qismidan chiqadi va bilak nervi bilan yelkaning orqa tomonidan, uch boshli muskul oralig'i (spiralsimon kanal) dan pastga yo'naladi. Yelka suyagiga boradigan bu arteriya yelka suyagini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, o'rtadagi yon arteriya yelkaning chuqur arteriyasidan chiqib, uch boshli muskulga tarmoqlar berib, so'ngra tirsak bo'g'imining tashqarisida bilak arteriyasi tarmog'i bilan anastomozlashib, arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi. 3. Bilak suyagi tomondagi yon arteriya yelka chuqur arteriyasining o'rta qismidan o'tib, tirsak bo'shlig'ining tashqi tomonidan pastga tushadi va bilak arteriyasi tarmog'i bilan anastomozlashadi. 154-rasm. Qo'ltiq arteriyasi. /- q o 'l t iq arteriyasi; 2, 3, 4 - q o 'lt iq a r te r iy a si tarmoqlari; 5 - yelkaning chuqur arteriyasi; 6 -b ila k suyagi tomondagi ustki yon arteriya; 7 - yelka arteriya s i ; 8 - b ila k su y a g i to m o n d a g i p a stk i yon arteriya; 9 - tirsak arteriyasi ta rm o q la ri; 1 0 - tirsak arteriyasi; / / - kaft arteriyasi tarmoqlari; / 2 -k a f tn in g chuqur ravog'i; 13 - kaftning yu za r a v o g 'i; 14 - kaft tomondagi arteriyalar; 15, 16 - panja arteriyalari; 1 7 - bosh barmoq arteriyasi; 18, 20 - bilak arteriyasi; 19, 21 - o ld in g i su yak lar oraliq arteriyalari; 22 - bilak arte riyasi tarmoqlari; 23 - bilak a rteriyasinin g m uskullar tarmog'i; 24 - yelka suyagini o 'ro v ch i arteriyasi; 2 5 - yelka nerv chigali. www.ziyouz.com kutubxonasi 4. T irsa k su y a g i to m o n d a g i u stk i y o n a rte riy a yelka suyagining o'rta qismidan chiqib, tirsak arteriyasi tarm og'i bilan anastomozlashadi. 5. T irsak s u y a g i to m o n d a g i p a s tk i y o n a rte riy a yelka arteriyasi distal bo'lagining medial tomonidan chiqib, tirsak arteriyasi tarm og'i bilan qo'shiladi va tirsak arteriyasi to'rini hosil qilishda qatnashadi. Bilak arteriyasi Bilak arteriyasi tirsak arteriyasiga qaraganda kichik diametrli bo'lib, bilak ariqchasida bilak venasi va nervi bilan birgalikda bilak suyagiga parallel joylashadi. Bilakning pastki b o 'lagida bilak arteriyasi bilan muskullar payi orasidan yuzaga chiqib qoladi, uni faqat fassiya teri osti yog' qavati va teri qoplab turadi. Bilak arteriyasining bilak pastida yuza joylashishi, uning pulsatsiyasini bemalol tekshirishga imkoniyat tug'diradi. Bilak arteriyasi bilak suyagining bigizsimon o'siqchasi uchiga kelib, orqa tomonga buriladi va I — II barmoqlar oralig'idagi muskullarni teshib kaftning oldingi tomoniga o'tadi va kaftning chuqur arteriyalar ravog'ini hosil qilishda qatnashadi (154-rasm). Bilak arteriyasi tarmoqlari: 1 . M u sk u lla rg a b o ra d ig a n m a yd a sh o xch a la r. 2. B ila k n in g q a y tu v c h i a rte riy a si bilak arteriyasining birinchi yirik tarmoqlaridan b o'lib, tirsak bo'g'im ida, uning lateral tomonidan chiqadi; y u q o rig a k o 't a r i l i b , y e lk a n in g c h u q u r a rte riy a ta r m o g 'i b ila n anastomozlashadi va qo'shni muskullarga tarqaladi. 3. K a ft to m o n d a g i sh o x i tirsak arteriyasining shunga o'xshash tarm og'i bilan anastomozlashadi va kaft tomondagi arteriya to'rini hosil qiladi. 4. K a ftn in g y u za sh o x i bosh barmoq tomon tepaligidagi muskullar orasidan o'tib, kaftda tirsak arteriyasining uchi bilan anastomozlashib, kaftning yuza ravog'i hosil bo'lishida qatnashadi. Kaftning yuza shoxi bosh barmoq tomondagi muskullarga va teriga mayda shoxchalar chiqaradi. 5. K a ftn in g o rq a (dorzal) tom ondagi sh o xi bilak arteriyasidan «anatomik tamakidon» sohasida chiqib tirsak arteriyasining shunga o'xshash tolasi bilan qo'shiladi va suyak oraliq arteriyalari bilan birgalikda kaftning dorzal yuzasidagi arteriya to'rini hosil qiladi. 6. K a ftn in g b irin c h i orq a a rte riy a si bosh va ko'rsatkich barmoqni qon bilan ta’minlaydi. 7. Q o 'l b o sh b a rm o g 'in in g b irin ch i (a so siy) a rte riy a si bilak arteriya sidan kaft yuzasida chiqib, bosh barm oqning ikkala va ko 'rsatk ich barmoqning lateral tomoniga tarqaladi. Tirsak arteriyasi Tirsak arteriyasi yelka arteriyasining ikkinchi yirik tarm og'i bo'lib, shu nomli ariqchadan pastda boshlanib, yumaloq pronator muskuli ostidan pastga boradi. Bilak o'rtasida tirsak ariqchasiga o'tib ketadi va no'xatsim on www.ziyouz.com kutubxonasi suyak oldiga kelganda tirsak tomonidagi kaft kanali orqali kaftga o'tadi. Kaftda tirsak arteriyasining asosiy stvoli kaftning yuza arteriya ravog'ini hosil qilishda qatnashadi. Tirsak arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 1. T irsa kn in g q a y tu v c h i a rte riy a la ri ko'pincha bitta umumiy stvol bo'lib boshlanadi, yelka arteriyasi tarm og'i bilan anastomozlashadi va yelka suyagining medial tepachasi orqasiga o'tib tarqaladi hamda tirsak ning arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi. 2. S u y a k la r o ra lig ‘ining u m um iy a rte riy a si bilak arteriyasidan tirsak chuqurchasining pastki chegarasida chiqadi. K eyinchalik suyak lar oralig'ining oldingi arteriyasi tarm og'i chiqib, suyaklar oraliq membranasi oldingi yuzasi bo'ylab pastga tushadi va uni teshib orqa tomonga o'tadi. Kaftning orqa yuzasidagi arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi. Su yaklar oralig'ining orqa tomonidagi arteriyasi suyaklar oralig'ining umumiy arteriyasidan chiqib, orqa tomonga yo'naladi. Muskullarga tarmoqlar beradi va arteriya to'rini hosil qilishda qatnashadi. 3. P a n ja a rte riy a la ri tirsak bilan bilak arteriyalarining kaft ustki qismi bilan kaft sohasida tarqalgan quyidagi tarmoqlardan iborat: 1. Kaftning orqa tomonidagi arteriya to'ri bilak va tirsak arteriyala rining shoxlari bilan suyaklar oraliq umumiy arteriyasi tarm og'ining o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. Kaft va panjani yozuvchi muskullar payi ostida yotadi. Arteriya ravog'idan kaft usti suyaklarining bo'g'im lariga, barmoqlaming oraliq muskullariga tarqaladi. Tirsak va bilak arteriya shox lari panjaning kaft yuzasida kaftning oldingi tomonidagi arteriya to'rini hosil qiladi. Bu to 'r kaft va panjalaming bukuvchi muskullari payi ostida joylashadi va kaft-bilak b o 'g 'im i sohasiga tarqaladi (154-rasmga qarang). 2. Panjaning kaft sohasida ikkita arteriya ravog'i bor, ulaming biri kaftning yuza ra v o g 'i— tirsak arteriyasining oxirgi uchi bilan bilak arteriyasining uncha y o 'g 'o n bo'lmagan shoxchasi o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. Ravoqning pastga qaragan qavariq yuzasidan to'rtta barmoq kaft tomonidagi umumiy arteriyalar chiqadi. Bu arteriya tarmoqlari II— V barmoqning bir-biriga qaragan chekkalariga borib tarqaladi. 3. Ikkinchisi — kaftning chuqur ravog'i, asosan bilak arteriyasining oxirgi uchi bilan tirsak arteriyasi shoxchasi qo'shilishidan paydo bo'ladi. Kaft va barm oqlam ing bukuvchi m uskullari payi ostida joylashadi. Ravoqning pastga qarab bo'rtib turgan yuzasidan uchta kaftning old tomondagi arteriyalari chiqib barmoqlar oraliq muskullarini teshadi va kaftning orqa tomondagi arteriyalari bilan anastomozlashadi. Yuqorida ta’kidlanganidek q o 'l panjasi sohasida bilak va tirsak arteriyalarining tarm o q lari o 'z a ro keng va xilm a-x il an asto m o zla sh a d i. Ana shu arteriyalarning xilma-xil murakkab anastomozlari qo'lning mehnatga mos- lashuvidan kelib chiqqan bo'lib, kaftning yuza ravog'i siqilganda, qon barmoqlarga chuqur ravoq arteriyasi orqali boradi. www.ziyouz.com kutubxonasi Pastga yo'naluvchi aorta aorta magistralining eng uzun qismi bo'lib, aorta ravog'ida IV ko'krak umurtqasining oldida boshlanib, ko'ks oralig'i ning orqa bo'lagidan pastga tushib diafragma teshigidan qorin bo'shlig'iga o'tadi va IV bel umurtqasi oldiga kelganda ikkita katta tarmoqqa bo'linadi. Aortaning ko'krak bo'shlig'ida joylashgan bo'lagi ko'krak aortasi deb ataladi va undan ko'krak bo'shlig'ining devoriga hamda ko'krak bo'shlig'ida joy lashgan a’zolar uchun mayda tarmoqlar chiqadi (155-rasm). Ko'krak qafasining devoriga boruvchi shoxchalar quyidagilar: 1. Qovurg'alar oralig'ining orqa arteriyalari aortaning ikki yonboshi- dan III— XI qovurg'a oraliqlari uchun 10 juft bo'lib chiqadi. I — II qovurg'a oraliqlariga o'm rov osti arteriyasi shoxchalari tarqaladi. Har bir qovurg'a oraliq arteriyadan orqa miya va uning pardalariga tolalar tarq aladi. Q ovurg'a oraliq arteriyasi qovurg'a ariqchasidan shu nomli vena va nervlar bilan birga yo'naladi. Shuning uchun ko'krak bo'shlig'iga igna bilan sanchib dori yuborishda qovurg'a oralig'ining o'rtarog'ini tanlash lozim. Q ovurg'a oraliq arteriyalari oldiga borganda ularga oldingi qovurg'a oraliq arteriya tarmoqlari bilan qo'shilib, arteriya doiralari (halqalari)ni hosil qiladi. Bunday arteriya halqalari hayotda yonlam a (kollateral) qon aylanishi ri- vojlanishida katta ahamiyat ga ega. 2. Diafragmaning ustki ar teriyalari diafragm aning bel bo'lagi tepasida tarqaladi. 3. Ichki a ’zolar (bronx, qizilo'ngach, ko'ks oralig'i)- ga ham tarmoqlar beradi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling