O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
Qo‘l venalari Q o'lda yuza va chuqur venalar tafovut qilinadi. Yuza venalar — teri ostida (arteriyalarsiz) toq bo'lib joylashadi. Q o'lning teri osti venalari orasida quyidagi ikkita asosiy venani ko'rish mumkin. Ulardan biri bosh vena, ikkinchisi — asosiy vena (166-rasm). a) b o s h v e n a qo'l panjasining bosh barmoq tomonidan boshlanib, bilakda uning tashqi tomonidan yuqoriga ko'tarilib, tirsak sohasiga kelganda uning old tomonida joylashgan qo'shuvchi tirsak venasi vo sitasida asosiy vena bilan qo'shiladi. b) a s o s i y v e n a qo'l panjasining jimjiloq to monidagi orqa yuzasidan boshlanib, bilakning oldingi yuzasidan yuqoriga ko'tariladi va bilakning qo'shuvchi venasi vositasida bosh venasiga qo'shiladi. Shundan so 'ng bosh vena yelkaning tashqi yuzasi bo'ylab yuqoriga ko'tariladi va yelka kamari sohasida chu- qurlashib, q o 'ltiq venasiga quyiladi. Asosiy vena esa yelkaning ichki yuzasi bo'ylab ko'tarilib, yelkaning o'rtalariga borganda chuqurlashib yelka venasiga quy iladi. Q o'l panjasi hamda bilak va yelkaning chuqur venalari ko'pincha juft bo'lib, arteriyalar bilan birga joylashadi va ana shu arteriyalar nomi bilan ataladi. Q o'l panjasi venalari ko'pincha o'zaro qo'shilib, vena chigalini hosil qiladi. B i l a k v e n a l a r i — bir ju ft b o 'lib , shu joydagi arteriyalarga yondosh holda yo'naladi va shu arteriyalarning nomi bilan ataladi. M asalan, bilak venasi, tirsak venasi va hokazo. Yelka venalari katta ko 'k rak m uskulining pastida o 'z a ro q o'sh ilib, q o 'ltiq venasini hosil qiladi. Q o 'ltiq venasi q o 'ltiq chuqurchasida shu nomli arteriyaning oldidan yuqoriga k o 'tarilib, o 'm ro v ostidan o'tishi bilanoq o 'm ro v osti venasi deb ataladi. 166-rasm. Qo'lning yuza venalari. 1 - asosiy vena; 2 - bilak venalari; 3 - b o sh v e n a ; 4 - biriktiruvchi tirsak venasi. www.ziyouz.com kutubxonasi Pastki kovak vena sistemasi Pastki kovak vena (164-rasm) IV yoki V bel umurtqalari ro'parasida o'ng va chap umumiy yonbosh venalarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Bu vena yuqoriga ko'tarilgan sari o'ng tomonga buriladi va jigarning orqa tomonidagi egatchada joylashadi. Uning shu joyiga jigar venalari quyiladi. Pastki kovak vena o 'z yo'lida bel venalarini, erkaklarda moyak venasini yoki ayollarda tuxumdon venasini, buyrak va buyrak usti bezi venalari hamda diafragmaning pastki venalarini qabul qilib, so'ngra diaf ragma orqali ko'krak qafasiga o'tadi. Bu joyda bir oz oldinga yo'nalib, so'ngra yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Qopqa vena sistemasi Jigarning qopqa venasi (167-rasm) qorin bo'shlig'idagi hamma a’zo lar (jigardan tashqari) venalarining yig'indisidan hosil bo'ladi. Jumladan, ichak tutqichning yuqori va pastki venalari taloq venalarining bir-biri bilan m e’da osti bezi boshining orqa tomonida qo'shilishidan paydo bo'ladi. So'ngra bu vena yuqoriga ko'tarilib, qorin pardasidan hosil bo'lgan jigar- o 'n ikki barmoq ichak boylami orasiga kirib, jigar arteriyasi va umumiy o 't yo'li bilan birga joylashadi. Qopqa vena jigar darvozasiga borganda ikkita shoxga bo'linadi. Bular jigam ing o 'n g va chap bo'laklari paren- ximasiga kirib xuddi arteriyalar kabi mayda tarmoqlarga bo'linadi. Bu venalar hujayralararo kapillarlar darajasiga borib, u yerda moddalar al mashinuvi, qonni zararli moddalardan tozalash kabi vazifalarni bajargan- dan so 'n g qaytadan yiriklashib, pirovardida 3— 4 ta jigar venalarini hosil qiladi va pastki kovak venasiga quyiladi. 167-rasm. Qopqa vena sistemasi. I - qizilo'ngach venalari; 2 - qopqa venaning chap tarmog'i; 3 - m e’daning chap venasi; 4 - me'daning o'ng venasi tarmog'i; 5 - taloq venasi; 6 - me’daning chap venasi; 7 - ichak tutqichining pastki venasi; 8 - chambar ichakning chap venasi; 9 - sigmasimon ichak venalari; 1 0 - to 'g 'r i ich ak n in g yuqori venalari; 11 - to'g'ri ichakning o'rta venalari; / 2 - t o 'g 'r i ichakning pastki venalari; 1 3 - yonbosh chambar ichak venasi; 14 - och ichak venalari; 15 - ichak tutqichining yuqori venasi: 16 -k in d ik atrofidagi venalar; 1 7 - qopqa venaning o'ng tarmog'i; 18 - jigaming vena kapillarlari; 19 -jig a r venalari; 2 0 - pastki kovak venasi. www.ziyouz.com kutubxonasi Qopqa venalarini barpo qilishda qatnashgan venalar quyidagicha hosil bo'ladi: 1. I c h a k t u t q i c h n i n g y u q o r i v e n a s i qorin bo'shlig'idagi toq a’zolar, ya’ni och ichak, yonbosh ichak va y o 'g 'o n ichakning o'ng yarmi (ko'richak, ko'tariluvchi chambar ichak, ko'ndalang chambar ichakning o 'n g yarmi) m e’da, o 'n ikki barmoq ichak va m e’da osti bezidan qon olib keluvchi venalardan tuzilib, nihoyat, qopqa venasini hosil qilishda qatnashadi. 2. I c h a k t u t q i c h n i n g p a s t k i v e n a s i y o 'g 'o n ichakning chap yarmi (ko'ndalang chambar ichakning chap yarmi, pastga tushuvchi chambar ichak, sigmasimon ichak va to 'g 'ri ichakning yuqori qismi)dan boruvchi venalar yig'indisini hosil qilishda qatnashadi. 3. T a l o q v e n a s i taloqdan, qisman m e’dadan, m e’da osti bezidan, katta charvidan, o 'n ikki barmoq ichakdan qon yig'ib, ichak tutqichning yuqori venasi bilan qo'shiladi va bu vena orqali qopqa venasini hosil qilishda qatnashadi. Umumiy yonbosh venasi Umumiy yonbosh venasi o 'ng va chap tomonda bittadan bo'lib, ichki yonbosh vena va tashqi yonbosh venalarining qo'shilishidan hosil b o 'la di. O 'ng va chap tomondagi umumiy yonbosh venalar IV — V bel umurtqalari ro'parasida bir-biri bilan qo'shilib pastki kovak venasini hosil qiladi. Ichki yonbosh venasi kichik chanoq devoriga tegib turadi. Bu vena ning old tomonidan shu nomli arteriya o'tadi. Ichki yonbosh venasi kichik chanoq devorlaridan va uning ichidagi a’zolardan kelgan vena tomirlari yig'indisidan hosil bo'ladi. Ichki yonbosh venasiga kichik chanoq devoridan dumbaning pastki va ustki venalari, yopg'ich vena, dum g'azaning yon venasi va yonbosh-bel venasi quyiladi. Kichik chanoq bo'shlig'ida joylashgan a ’zolardan ichki yonbosh ve nasiga, to 'g 'ri ichak devorining pastki qismidagi vena chigalidan; qovuq venasi chigalidan, erlik olatidan (ayollarda esa klitordan), ichki uyatli venadan, prostata bezidan vena qoni quyiladi. Kichik chanoq bo'shlig'ida joylashgan a’zolar: to 'g 'ri ichak, qovuq, prostata bezi (ayollarda klitor va bachadon) atrofida to 'r hosil qilib jo y lashgan vena qon tomiri chigallari faqat vena qonining yo'nalishini ta’minlab qolmasdan, balki a’zolami tashqi ta’sirotlardan saqlab, amortizator vazifasini bajaradi. Bu xususiyat faqat chanoq bo'shlig'ida joylashgan ichi bo'sh a’zolarga xos bo'lib qolmasdan, balki barcha ichi b o 'sh a’zo larga ham taalluqlidir, chunki ichi bo'sh a’zolar funksional har xil holatda (hajmining kengayishi yoki kichrayishi) bo'lishidan qat’i nazar, m e’dada vena qon oqimini tomir chigali bir m e’yorda ta’minlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Tashqi yonbosh venasi tomir kovagidan o'tuvchi son venasining be- vosita davomi bo'lib, katta chanoq bo'shlig'ida shu nomli arteriyaning medial tomonidan yuqoriga ko'tariladi, ichki yonbosh venasi bilan qo'shilib, umumiy yonbosh venasini hosil qiladi. Oyoq venalari Oyoq venalari yuza va chuqur joylashgan venalardan tuzilgan. Yuza yoki teri osti venalari arteriyalarsiz yo'naladi. Chuqur venalar esa ko'pincha bir xil nomli arteriyalar bilan birga joylashadi. Oyoqda ikkita yirik teri osti venasi tafovut qilinadi. Ulaming biri katta «yashirin» vena bo'lib, u oyoq panjasining bosh barmoq tomonidan boshlanib, bol dir va sonning ichki yuzasi bo'ylab yuqoriga va sonning oldingi yuqori sohasida (chov boylami ostida) joylashgan ovalsimon teshik orqali o'tib, chuqur joylashgan son venasiga quyiladi. Ikkinchi teri osti venasi kichik «yashirin» vena esa jimjiloq tomondan boshlanib, boldirning orqa tomo nidan ko'tarilib taqim sohasida chuqurlashib, taqim venasiga quyiladi. Oyoqning teri osti venalari oyoq panjalari, boldir va sonning teri ostidan qon yig'adi. Ular bir-biri bilan o'zaro qo'shilib, anastomoz hosil qiladi (168, 169-rasmlar). O y o q p a n ja s in in g c h u q u r jo ylash gan venalari arteriyalar bilan birga yo'naladi. Ular kaft rav o g 'in i hosil qilib, yuqoriga ko'tariladi. Bu venalar shu nomli arteriyalar bilan birgalikda joyla shadi. Oldingi va orqadagi katta boldir venalari oyoq kaft venala ridan tashqari boldir muskullari dan qon yig'adi. Ular taqim so hasida o 'z a ro q o 'sh ilib , taqim v e n a sin i h o sil q ila d i va o 'z nomidagi arteriya hamda katta boldir nervi bilan birga umumiy parda (qin) ichida joylashadi. Taqim venasi kichik «yashi rin » v e n a d a n ta s h q a r i tiz z a b o 'g 'im i venalarini qabul qilib, 168-rasm. Oyoqning so'ngra son sohasiga o'tadi va son yUza venalari. venasi nomi bilan ataladi. Son / - oyoq panjasining venasiga sonning chuqur venasi, vena to'rlari; 2 - t e n . , . . o sti v en a la ri; 3 - sonmng yuza (ten osti) venalari kichik < va katta «yashirin» venasi quyi- vena; 4 - katta «yash- ladi. irin» vena. 169-rasm. Oyoqning yuza venasi. I - oy o q kafti ustki vena to'rlari; 2 - teri osti tarmoqlari; 3 - kichik «yashirin» vena. www.ziyouz.com kutubxonasi KO VAK VENA SISTEM ASI BILAN QOPQA VENA SISTEM ASI O'RTASIDAG I ANASTOM OZLAR Yuqori kovak vena sistemasi bilan pastki kovak vena sistemasi o 'rta sida kovak-qopqa anastomozlari bo'ladi. Bu xildagi anastom ozlarga quyidagilar kiradi (170-rasm). 1. K o v a k - k o v a k v e n a a n a s t o m o z i bel zonalari (pastki kovak vena sistemasi) bilan toq va yarim toq venalaming (yuqori kovak vena sistemasi) bir-biri bilan qo'shilishidan paydo bo'ladi. 2. K o v a k - k o v a k v e n a a n a s t o m o z i qorin old devori bo'ylab hosil bo'ladi. Qorin ustining yuqori venasi (yuqori kovak vena sistemasi) bilan qorin ustining pastki venasi (pastki kovak vena sistem asi)ning kindik atrofida bir-biri bilan qo'shilishidan vujudga keladi. 170-rasm. Kovak vena sistemasi bilan qopqa vena sistemasi. / - o ' m r o v osti venasi; 2 - yelka bosh venasi poyasi; 3 - toq vena; 4 - qizilo'ngach venasi; 5 - qovurg'a oraliq venalari; 6 - qopqa vena; 7 - kindik atrofidagi venalar; 8, 9 - bel venalari; 1 0 - pastki kovak vena; / / - ichak tutqichning pastki venasi; 12 - t o 'g 'r i ichak venalari; 1 3 - ichki yonbosh vena; 14, 15 - qorin devorining pastki venalari; 16 - umumiy yonbosh venasi; 17 -k in d ik ; 1 8 - me’da venasi; 19, 20 -q o rin ustki ko'prik venasi; 21 yuqori kovak vena. 3. Q o p q a - k o v a k v e n a a n a s t o m o z i kindik atrofidagi vena chigallarining (ikkinchi punktdagi kovak-kovak anastomoziga qaralsin) jigam ing yumaloq boylami orqali qopqa venasiga qo'shilishidan hosil bo'ladi. 4. Q o p q a - k o v a k v e n a a n a s t o m o z i m e’da venalarining bir tomondan qizilo'ngach bilan (yuqori kovak vena sistemasi), ikkinchi to mondan qopqa venalari bilan qo'shilishidan vujudga keladi. 5. Q o p q a - k o v a k v e n a a n a s t o m o z i to 'g 'ri ichak yuqori venasining (ichak tutqich pastki venasi orqali qopqa venasiga quyiladi) to 'g 'ri ichak o 'rta venasi (pastki kovak vena sistemasi) bilan qo'shilishidan hosil bo'ladi. Bu xildagi anastomozlar kovak vena sistemalari yoki qopqa venasida qon aylanishi qiyinlashgan (dimlanib qolgan) paytda yonlama (kollateral) qon aylanishini ta’minlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi EMBRIONDA QON AYLANISHI Embrionning rivojlanishi davrida homilaning o'sishi uchun kerakli oziq moddalar, kislorod ona qoni Binobarin, bolaning tug'ilgun- cha bo'lgan davrdagi qon ayla n ish i o 'z ig a xos. Ju m la d a n , h o m ila u c h u n k e ra k li o z iq m oddalar, kislorod ona qoni, uning bachadon arteriyasi orqali yo'ldoshga kirib, undan embrion (homila)ning kindik venasi orqali boradi. K indik venasi jig arg a yaqinlashganda ikkiga bo'linib, biri qopqa venasiga, ikkinchisi pastki kovak venasiga qo'shiladi (171-rasm). Shunday qilib, onadan ke layotgan arterial (kislorodli) qon nin g b ir q ism i j ig a r o rq a li homilaning kindik venasiga, ik kinchi qism i esa em brionning pastki kovak venasiga tutashadi. Natijada arteriya qoni homila ta nasining pastki qismidan kelayot gan vena qoni bilan aralashib ketadi. Bu aralash qon pastki kovak venasi orqali yurakning o'ng bo'lm achasiga quyiladi. Bu yerdan qonning bir qismi bo'lm a chalar oraliq devoridagi ovalsi mon teshik orqali yurakning chap bo'lmachasiga o'tsa, ikkinchi qis mi o 'n g qo rinchaga quyiladi. O 'ng qorinchaga quyilgan qon esa o 'p k a arteriyasiga o'tadi. Lekin homilada o'p k a ishlamay turgani uchun o 'p k a g a yetib borgan oz miqdordagi qon o'pka venasi orqali yurakning chap bo'lmachasiga quyiladi. O'pka ar- teriyasidagi qonning asosiy qismi Botallo arteriya yo'li orqali aorta- orqali boradi. 171-rasm. Embrionda qon aylanishi. 1 - o'ng bo'yinturuq arteriya; 2 - chap o'mrov osti arteriyasi; 3 - arteriya yo'li; 4 - o'ng o'pka arteriyasi; 5 - chap o'pka venalari; 6 - ikki tavaqali klapanlar; 7 - chap qorinchadan aortaga qonning yo'nalish sxemasi; 8 - o ' n g qorinchadan o'pka arteriya qonining yo'nalishi; 9 - qorin aortasi poyasi; 10 - ichak tutqichning yuqori arteriyasi; / / - b u y r a k usti bezi arteriyasi; 12 - buyrak; 13 - chap buyrak arteriyasi; 14 - aorta; 15 - ichak tutqichning pastki arteriyasi; 16 -u m u m iy yon b osh arteriyasi; 17 - tashqi yonbosh arteriyasi; 18 - ichki yonbosh arteriyasi; 19 - qovuq arteriyasi; 20 -q o v u q ; 21 - kindik arteriyasi; 22 - siy dik yo'li; 23 - kindik; 24 - kindik venasi; 25 - qisqich; 26 - j ig a r venasi yo'li; 2 7 - jigar venasi; 28 - pastki kovak vena; 29 - oval teshikdan qon o'tish sxem asi; 30 - yuqori kovak venasi; 31 -c h a p yelka-bosh venasi; 32 - chap o'm rov osti ven asi; J J - o ' n g bo'yinturuq venasi; 34 - yelka-bosh arteriyasi poyasi; 3 5 - qopqa vena; J 6 - o ‘ng buyrak venasi; 37 - pastki kovak vena. www.ziyouz.com kutubxonasi ga quyiladi va butun tanaga tarqaladi. Natijada homila tanasining yuqori qismi arteriya qoni bilan yaxshi ta’minlanganligi tufayli pastki qismiga qaraganda yaxshi o ‘sadi. Tananing pastki qismiga arteriya qoni unchalik bormaganligi uchun bola tug'ilguncha bo'lgan davriga nisbatan sustroq rivojlanadi. Embrion tanasidagi vena qoni kindik arteriyasi orqali yo'ldoshga borib, u yerda moddalar almashinuvi bo'ladi. Natijada qon arteriya qoniga aylanadi, bu qon yana kindik venasi orqali embrion tanasiga yuqorida aytilgan yo'l orqali tarqaladi. Bola tug'ilganidan so'ng birinchi nafas olishidan boshlab mustaqil qon aylanishi boshlanadi, ya’ni kislorod al mashish bolada o'pka kichik qon aylanish doirasi orqali bajariladi. Bu holat Botallo arteriya yo'li va pastki kovak venasiga quyilgan vena y o 'li ning hamda kindik arteriyasi 3— 5 kunda, kindik venasi esa 5— 6 kunda ichlari puchayib (qon kelmay) boylamga aylanishiga sabab bo'ladi. Chap va o'ng bo'lm achalar oraliq devoridagi ovalsimon teshik ham bir hafta ichida berkilib, ovalsimon chuqurchaga aylanadi. Shunday qilib, mustaqil (katta odamlardagi kabi) qon aylanishi boshlanadi. B a’zida Botallo arte riya yo'lining yoki bo'lm achalar oraliq ovalsimon teshigining batamom bitib ketmasligi oqibatida tug'm a yurak porogi vujudga keladi. TOM IRLARDA QON OQISHI VA BOSIMI Qon aylanish sistemasida yurak markaziy a ’zo bo'lib, qonni vena qon tomirlari orqali qabul qilib, arteriya qon tomirlariga muntazam o'tkazib beradi. Qonning normal oqishi uchun qon tomirlarda qon miqdori doimo bir xil bo'lishi, qon bosimi va oqish tezligi esa arteriya, vena tomirlarida, kapillarlarda har xil bo'lishi shart. Jumladan qon bosimi arteriyalarda 80— 120 mm (simob ustuni bo 'y i cha), venalarda 50— 100 mm va kapillarlarda 20 mm bo'ladi. Qonning oqish tezligi esa aortada hamma qon tomirlardan tez, ya’ni 0,5 m/s bo'lsa, kapillarlarda juda sekin — 0,5 mm/s ni tashkil etadi. Venalarda qonning oqishi yana tezlashib, 0,5 m/s ga teng bo'ladi. Qon oqish tezligining turli qon tomirlarda turlicha bo'lishi, ularning hajmiga bog'liq. Masalan, aortaning uzunligiga nisbatan kapillarlarning yig'indi yo'li 600— 800 marta katta. Shu bilan birga aortaning diametri o'rtacha 3 sm bo'lib, kapillarlarning ko'ndalang kesimi esa aortaga nisbatan 100 000 marta kichkina, shuning uchun qon kapillarlarda juda sekin oqadi. Jumladan, 1 sm’ qon bir dona kapillarda bir yil mobaynida oqadi. Kapillarlarda qonning sekin oqishi moddalar va gaz almashinuvi jarayonlarining osongina bajarilishi uchun qulaylik tug'diradi. O 'rta va kichik diametrli arteriyalar hamisha ikkita yo'ldosh venalar bilan birga joylashgan arteriya diametri- ga qaraganda ikki baravar keng bo'lgani uchun ularda qon oqish tezligi ham ikki baravar sekinroq va bosimi pastroq (50— 100 mm) bo'ladi. Arteriya bilan vena qon tomirlari o'rtasidagi bosimning farqi yurak orqali bajariladi. Yurakning har bir siqilishi (sistolasi) da otilib chiqqan (60— 80 mg) qonning bir qismigina arteriola va kapillarlardan o'tadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Chunki ulaming diametrlari haddan tashqari kichkina (3— 35 mkm) bo'lgani uchun sistola vaqtida chiqqan qonning ham m asi ham arteriola va kapillarlardan o'tib ulgurmaydi. Binobarin, bosimning yuqori yoki past bo'lishi yurakning sistola kuchi bilan arteriya, arteriola va kapillarlarning qarshilik kuchiga bog'liq. Yurak nechog'lik kuch bilan qisqarsa-yu, arte riola va kapillarlar torayib, qonning hammasi o'tib ulgurmasa, unda qon bosimi ko'tariladi. Odam tinch holatda bo'lganda qonning bir qismi jigar, taloq va terida (qon depolarida) saqlanadi. Jismoniy mehnat qilgan vaqt da depodan qon chiqib, qon aylanish doirasida qon miqdori ko'payadi. Qon bosimi ko'tarilib, muskullaming qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. Odam darmonsizlanganda (ich ketganda yoki qattiq terlaganda) qonning yopishqoqligi ko'payadi, harakati esa pasayadi. Bu vaqtda yurakning ishi kuchayib, qon bosimi ko'tariladi. Sistola vaqtida yurakdan qon arteriyaga chiqib, ulaming devorlarini cho'zib, kengayishiga olib keladi. Diastola vaqtida esa kengaygan katta arteriya tomirlari torayib, qonga qarshilik ko'rsatadi, shu boisdan diastola vaqtida qon oqishi to'xtam aydi. Ammo qon bosimi arteriyada sistola va diastola vaqtida o'zgarib turadi. Shuning uchun sistola vaqtidagi yuqori bosimga maksimal yoki sistolik bosim, diastola vaqtidagi pasaygan bosim minimal yoki diastolik bosim deyiladi. O 'rta yoshli odamlarda maksimal bosim 110— 120 mm yoki 130 mm bo'lsa, minimal bosim 70— 80 mm, ba’zida 85—90 mm bo'ladi. Maksi mal bosim bilan minimal bosim oralig'idagi farq ko'pincha 30— 40 mm ga teng. Turli sabablarga ko'ra (buyrak kasalligi, qon tomirlarning sklerotik o'zgarishi, keksalik va b.q.) qonning maksimal bosimi 130 mm va undan oshsa, unga gipertoniya (qon bosimining oshishi), 100 mm dan kamaysa, gipotoniya deyiladi. Arteriya qon tomirlari yurakdan uzoqlashgan va ular diam etri toraygan sari qon bosimi ham o 'zg arib boradi. Jum ladan, arteriyalarda bosim 110— 120 mm ga teng bo'lsa, arteriolalarda 60— 70 mm ga, kapillarlarda 30 mm ga, venalarda esa 15 mm ga teng. Q o 'l-o y o q v e n a la rid a bo sim (simob ustuni bo'yicha) 5— 8 mm bo'lsa, yurak yaqinidagi venalar da undan ham past. Arteriya bosi mi k o 'p in c h a m axsus o 'lc h o v ( R iv a - R o c h c h i a s b o b i) — sfigmomanometr yordamida aniq lanadi. Buning uchun qon bosimini o 'lch ash asbobining (172-rasm ) serbar rezina manjeti bilan bilak b o 'g 'im in in g yuqorisidan o 'rab , so'ngra rezina balloncha orqali (uni Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling