O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Oyoqning limfa tomirlari va tugunlari
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 175-rasm. Neyronning tuzilishi. 1 - dendritlar; 2 - sinaps; 3 - hujayra tanasi; 4
- 176-rasm. Refleks ravogi. 1 - sezuvchi nerv tolasining uchi; 2, 4 - sezuvchi nerv tolasi; 3 - orqa miya
- Orqa miya fiziologiyasi.
- Bosh miyaning rivojlanishi
72. Oyoqning limfa tomirlari va tugunlari. 73. Chanoqning limfa yo'llari va tugunlari. 74. Bosh, bo'yin limfa yo'llari va tugunlari qayerdan o'tadi? 75. Taloqning tuzilishi va joylashuvi. NERV SISTEMASI (NEVROLOGIYA) Nerv sistemasi organizmda hayotiy muhim funksiyalami bajaradigan, barcha a’zolar ishini boshqaradigan, tartibga soladigan, organizmni ta shqi muhit bilan bog'laydigan sistemadir. Nerv sistemasining asosiy qismini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra o'zidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit) va bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. Neyron nerv sistemasining negizi hisoblanadi yoki, bo- shqacha aytganda, nerv sistemasi neyron- lar to'plamidan iborat (175-rasm). N erv h u ja y r a la r i, a s o sa n , nerv sistemasining markaziy qismida (bosh va orqa miyalarda) joylashgan. Ulaming tolalari periferik nervlarni hosil qiladi. Har bir nerv tolasi retseptor (nerv tola larining oxiri) b o 'lib tugaydi. Nerv hujayralari o'zaro aloqalanuvchi tola 175-rasm. Neyronning tuzilishi. 1 - dendritlar; 2 - sinaps; 3 - hujayra tanasi; 4 - miyelin parda; 5 - harakatchan nerv oxiri. www.ziyouz.com kutubxonasi uchlarining bir-biriga tegib turishi (sinaps) orqali qo'shilib turadi. Perife rik nervlar, asosan, markazga tomon yo'naluvchi (sezuvchi — afferent) tolalardan va miyadan a’zolarga boruvchi markazdan uzoqlashuvchi (hara katlantiruvchi — efferent) tolalardan iborat. Afferent va efferent tolalar o'tkazish yo'llarini hosil qiladi. Shuning uchun markaziy va periferik nerv sistemasi birlashib, o 'z vazifasini bajaradi. Jumladan, nerv tolalari ning oxiri retseptorlar orqali ichki va tashqi muhit sezgilarini qabul qilib, afferent tolalar orqali markazga (orqa yoki bosh miyaga) yetkazib beradi. U yerdagi hujayralar sezgilarni o'ziga olib tahlil qiladi va zarur bo'lgan javob reaksiyalarini efferent tolalar orqali ishchi a’zolarga yetkazib beradi. Shunday qilib, sezgi tolalari nerv hujayralari orqali qo'shilib, harakat chan tola — refleks ravog'ini tashkil etadi. Ko'pincha, refleks ravog'iga yuqorida aytib o'tilgan ikki neyrondan tashqari, yana qo'shim cha uchin chi neyron (konduktor) ham kiradi. Bu neyron sezuvchi neyron bilan harakatlanuvchi neyron o'rtasida joylashadi va ularni bir-biriga qo'shib turadi. Shunday qilib, nerv sistemasi quyidagi uch qismdan tuzilgan: 1) retseptorlar tashqi yoki ichki muhitdan ta’sirotni qabul qilib, markazga intiluvchi (afferent) neyronga o'tkazadi; 2) konduktor neyron vositasida ta’sirot sezuvchi neyrondan harakat qiluvchi neyronga o'tadi; 3) effektor (markazdan uzoqlashuvchi neyronlar) orqali ta’sirotlar (javoblar) ishchi a’zolarga yetib boradi. Ta’sirotlar tashqaridan terilar, sezgi a ’zolari orqali ichki a’zolar, suyaklar va muskullardan boradi (176-rasm). Markaziy nerv sistemasini tashkil etgan bosh va orqa miya ikki xil (kulrang va oq) moddalardan tuzilgan. Kulrang modda nerv hujayralari- dan, oq modda nerv tolalaridan iborat. Kulrang modda, asosan, bosh miyaning po'stloq qavatida joylashgan bo'lib, nerv sistemasining eng muhim (oliy) qismidir. Bosh miyaning po'stloq qismida ichki va tashqi mu- hitdan olingan ta’sirotlami qabul qilib, kerakli bo'lgan javoblarni nerv tolala- riga yo'naltiradi. Binobarin, bosh mi yaning po'stloq qavati organizmning hamma qismlarini idora qiladi. Orqa miyada kulrang modda uning ichki qismida joylashgan bo'lib, atro- fini oq modda (nerv tolalari) o 'rab turadi. O rg an izm d ag i nerv to la la ri va ulaming markaziy qismi vazifalari va tuzilishiga qarab shartli ravishda ikkiga bo'linadi: 1. S o m a t i k ( t a n a ) n e r v s i s t e m a s i — k o 'n d a la n g -ta rg 'il 176-rasm. Refleks ravog'i. 1 - sezuvchi nerv tolasining uchi; 2, 4 - sezuvchi nerv tolasi; 3 - orqa miya tuguni; 5 - qistirma (oraliq) neyron; 6 - oldingi shoxdagi harakat hujayrasi; 7 - neyrit; 8 - harakat nervining oxiri. www.ziyouz.com kutubxonasi muskullami (yoki skelet muskullarini) idora etadi va uning qisqarishi ixtiyoriy ravishda bajariladi. Bu sistema organizmni sezgi a’zolari orqali tashqi muhit bilan bog'lab turadi. 2. V e g e t a t i v ( a v t o n o m ) n e r v s i s t e m a s i silliq muskul lami (ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik chiqarish va tanosil a’zolari dagi muskul va h.k.), qon tomirlar devoridagi muskullami bizning ixtiyo- rimizga itoat etmay boshqarib boradi. Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nerv sistemalariga ajratiladi. Ammo periferik nerv siste masi ham, vegetativ nerv sistemasi ham markaziy nerv sistemasiga bog'langan. Shuning uchun nerv sistemasi yagona (yaxlit) sistema bo'lib xizmat qiladi. ORQA MIYA Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalining ichida joylashgan, old va orqa tomondan yassilangan nay shaklida bo'lib, uzunligi 40— 45 sm, og'irligi o'rtacha 30 g. Orqa miyaning tepa chegarasi I bo'yin umurtqa sining tepa yuzasiga to'g'ri keladi va katta ensa teshigi orqali uzunchoq miyaga o'tadi, pastki chegarasi esa I—II bel umurtqalariga kelib, konus shakliga kiradi. Konus esa ingichka tola shaklida dum umurtqasining ichidagi qoplovchi pardaga borib yopishadi (177-rasm). Orqa miyaning pastki chegarasi yosh bolalarda III bel umurtqasining ro'parasida bo'lsa, kattalarda umurtqa pog'onasining tezroq rivojlanib kattalashishi natijasida orqa miyaning p astk i c h e g a ra si, y u q o rid a ko'rsatilgandek, I—II bel umurtqala riga to'g'ri kelib qoladi. Orqa miya old va orqa tomonda o'rtadan uzunasiga ketgan chuqur egatlar yordamida ikkita teng (o'ng va chap) bo'lakka ajraladi. Har bir bo'Iak yana bir juftdan (oldingi va orqadagi) yon egatlar yordamida har — 8 ikkala tomonda uchtadan tizimcha- larga bo'linadi. Bu yon egatlardan 177-rasm. O rqa miya. A - orqa m iya nerv ildizlarining sim patik nerv tugunlari bilan birga ko'rinishi. В - orqa miyaning old tom ondan ko'rinishi. D - orqa m iyaning orqa tom ondan k o 'rin is h i; 1 - H __ 7 7 ^ ~ - ro m b sim o n c h u q u rc h a ; 2 - b o 'y i n y o ‘- g'onlashm asi; 3 - orqadagi o 'rta egat; 4 - orqadagi yonbosh egat; 5 - oldingi o 'rta chuqur egat; 6 - oldingi yonbosh egat; 7 - bel y o 'g 'o n lash m asi; S - o t dumi. 2 - 3 - I D www.ziyouz.com kutubxonasi orqa miya nervlarining ildizlari chiqadi. Oldingi har ikkala yon egatlardan chiqqan nerv ildizlaridan harakatlantiruvchi nerv tolalari, orqadagi har ikkala yon egatlardan chiqqan nerv ildizlaridan sezuvchi nerv tolalari boshlanadi. Harakatlantiruvchi (oldingi) tolalar bilan sezuvchi (orqadagi) tolalar umurtqa oraliq teshiklariga kirishda bir-biri bilan qo'shilib, ara lash nervni hosil qiladi. Shu qo'shilish oldida orqa ildizchalaming har birida nerv hujayralaridan tuzilgan bittadan tuguncha bo'ladi. Homilaning ona qomida rivojlanishi davrida orqa miyaning uzunligi umurtqa pog'onasi uzunligiga teng bo'lib, undan chiqqan har bir nerv ildizchalari o'zi o'tadigan umurtqa oraliq teshikchalar ro'parasida joylashgan bo'ladi. Keyinchalik orqa miyaga nisbatan umurtqalarning o'sishi tez- lashgan sari umurtqa oraliq teshiklardan o'tayotgan nerv ildizlarini o'zi bilan pastga tortadi. Natijada orqa miyadan chiqayotgan nerv ildizlari pastga tomon qiyshayaveradi. Orqa miyadan hammasi bo'lib 31 juft nerv chiqadi. Bulaming har biri bitta segment (jami 31 segment) deb ataladi. Segmentlar bo'yin qismida 8 ta, ko'krak qismida 12 ta, bel qismida 5 ta, dumg'aza qismida 5 ta va dum qismida 1 ta juft bo'ladi. Orqa miya nerv ildizlari bo'yin qismida gorizontal yo'nalsa, ko'krak qismida qiyshayib, I—II umurtqada, bel va dumg'aza qismlarida esa III va IV umurtqada pastga tushib, so'ngra umurtqa oraliq teshikdan o'tadi. Natijada nerv tolalari yig'ilib, dumg'aza qismida ot dumini hosil qiladi. Orqa miya yo'g'onligi hamma joyda bir xil bo'lmaydi. II bo'yin umurtqasi bilan ko'krak umurtqasi oralig'ida bitta bo'yin yo'g'onlashma- sini, ikkinchisi ko'krak umurtqalaridan boshlanib, konusgacha davom etgan bel yo'g'onlashmasini hosil qiladi. Bunday yo'g'onlashmalar qo'l va oyoqlarga boradigan nervlardan paydo bo'ladi. Orqa miya sirti nerv tolalaridan iborat oq va markaziy nerv hujayrala ri joylashgan kulrang moddalardan tuzilgan. Kulrang modda orqa miyaning uzunasi bo'ylab joylashgan bo'lib, ko'ndalangiga qarab kesishganda kapalak shaklida yoki «N» harfi shaklida ekanini ko'rish mumkin. Uning markazidan markaziy kanal o'tadi. Kulrang moddalaming oldingi tomonida (o'ng va chap tomonda) bir oz kengaygan bir juft oldingi shoxlar, orqa tomonda esa, aksincha, toraygan bir juft shoxlar (o'ng va chap tomonda) tafovut etiladi. Oldingi va orqadagi shoxlar o'zaro oraliq soha vositasida qo'shilib turadi. Ana shu oraliq sohadan yon tomonga (birinchi ko'krak segmenti bilan uchinchi bel segmenti sohasida) yon shoxlar turtib chiqqan. Oldingi shoxlarda yirik harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan bo'lib, ulaming uzun shoxlari harakatlantiruvchi ildizlarni hosil qiladi. Kulrang moddalaming orqadagi shoxlarida kichik sezuvchi hujayralar joylashgan. Ulaming shoxlari sezuvchi ildizlarni hosil qiladi. Yon shoxlarda esa vegetativ (simpatik) nerv hujayralari bo'lib, ulaming shoxlari oldingi ildizlar tarkibida chiqadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan iborat bo'lib, ular o'tkazish yo'llari vazifasini bajaradi. Oldingi ildizchalaming harakatlantiruvchi to lalari orqa miyaning oq moddasini tashkil qilishda kamroq ishtirok etadi. Oq moddada ko'proq orqa ildizchalarning tolalari bo'ladi. Chunki orqa ildizchalar tarkibida nerv tolalaridan tashqari, sezuvchi tugunchalar ham mavjud. Tugunchalardan chiqqan o'simtalar ikkita shoxchaga bo'linadi. Ulaming bitta shoxi periferik nervga qo'shilsa, ikkinchisi orqa ildizcha tarkibida orqa yon egat orqali orqa miyaga kiradi va ikkita shoxchaga bo'linadi. Ulaming bittasi oq modda tarkibida yuqoriga, ikkinchisi pastga tomon yo'naladi. Bu tolalardan tashqari, kulrang moddaning orqa shoxla- rida joylashgan hujayralardan ham tolalar chiqib, orqa miyaning boshqa qismlari va uzunchoq miya bilan ham qo'shiladi. Orqa miyaning oq moddasida yuqorida aytilgan tolalardan tashqari, bosh miyadan keluvchi tolalar ham joylashgan. Kulrang modda orqa miyaning pastki qismida oq moddaga qaraganda ko'proq bo'ladi, o'rta, ko'krak segmentlaridan boshlab yuqoriga ko'taril gan sari, aksincha, oq modda ko'payib boradi. Orqa miya pardalari Orqa miya uch xil parda (tashqaridan qattiq parda, o'rtadan to'r parda va ichkaridan yumshoq parda) bilan o'ralgan (178-rasm). Qattiq parda boshqa pardalarga qaraganda qalinroq va orqa miyaga nisbatan diametri kattaroq bo'lib, orqa miyani boshidan oxirigacha o'rab joylashgan. Qattiq parda bilan umurtqa pog'onasining ichki tomonidan qoplangan parda oralig'ida bo'shliq bo'lib, unda qon tomir chigallari, limfa yo'llari va yog' qatlamlari mavjud. Yuqorida qattiq parda katta ensa teshigi- ning atrofiga birikadi. Qattiq parda orqa miyadan chiquvchi nervlar uchun o'zidan o'simtalar chiqarib, ularni o'ragan holda umurtqa oraliq teshiklariga kirib ketadi. Shu ning uchun orqa miyaning qattiq pardasi mustahkam, qimirlamaydigan bo'lib joylash gan. T o 'r parda yupqa, qattiq parda bilan mustahkam birikkan. Bundan tashqari, to'r parda 21 juft tishli boylamlar vositasida umurtqalar oraliq teshiklari ro'parasida qattiq pardaga yopishgan. To'r parda bilan yumshoq parda orasida orqa miya suyuqligi bilan to'lib turgan bo'shliq bo'ladi. Bu bo'shliq tepa tomonda katta ensa teshigi 178-rasm. O rqa miya pardalari. / - sezuvchi nerv ildizlari; 2 - tishli boylam lar; 3 - qattiq parda. www.ziyouz.com kutubxonasi orqali kalla ichidagi shu nomli bo'shliq bilan tutashadi. T o'r pardaning tishli boylamlari va uni ko'mib turgan suyuqlik tufayli gavdaning har xil silkinishlari, tashqi tomondan badanga ta’siri ham orqa miyaga ta’sir etmaydi yoki orqa miyaning amortizatori (tashqi ta’sirlami qaytaruvchi) bo'lib xizmat qiladi. Yumshoq parda qon tomirlariga boy bo'lgani uchun tomirli parda deb ham ataladi va orqa miyani qon bilan ta’minlashda qatnashadi. Yumshoq parda orqa miya sathiga yopishib turadi va uning egatlari orqasiga ham kirib boradi. Yumshoq parda orqa miyaning konusiga borganda uning oxirgi ipiga aylanib ketadi. Orqa miya fiziologiyasi. Orqa miya moddasidagi nervlar yordamida barcha a’zolar va skelet muskullari bosh miya bilan bog'lanadi. Sezgi impulslari markazga intiluvchi (afferent) tolalar orqali bosh miya po'stloq qavatida joylashgan analizatorlarga boradi. U yerdan impulslami markazdan qochuvchi (efferent) tolalar orqali ishchi a’zolarga olib keladi (orqa miya va bosh miya o'tkazuvchi yo'llariga qaralsin). Jumladan, qo'l yoki oyoqqa to'satdan kirgan zirapcha, gugurt chaqqandagi uchqun ta’siri yoki to'satdan qo'rqish alomati (bosh miya ishtirokisiz) orqa miya segmentar reflektor yo'li vositasida bajarilib, beixtiyor to'satdan qo'lni tortish yoki oyoqni ko'tarish kabi harakatlar vujudga keladi. Bunda qo'ldan yoki oyoqdan impulslar sezgi nervlari orqali orqa miya kulrang moddasining orqa shox- chasida joylashgan nerv hujayralariga (qo'l, oyoqqa bog'liq segmentlarga) boradi. Impuls bu yerdan qo'shuvchi nervlar orqali oldingi shoxchadagi harakatlantiruvchi (motor) hujayralarga o'tadi. Motor hujayralar esa impulsni efferent tolalar orqali zudlik bilan kerakli skelet muskullariga yetkazadi. Natijada, qo'l yoki oyoq harakatga keladi. Bunday harakatlar bosh miyaning ishtirokisiz bo'ladi. Orqa miya ko'krak bo'limining yon shoxchalarida va bel qismining ustki segmentlarida simpatik nerv sistemasining markazlari joylashgan. Bu markazlar ichki a’zolar silliq muskullarini innervatsiya qiladi. Ko'krak segmentlarida joylashgan simpatik markazlar yurak, qon tomirlar, ter bezlari, ovqat hazm qilish a’zolari va ko'z qorachig'ining faoliyatini boshqaradi. Orqa miyaning dumg'aza bo'limida joylashgan parasimpatik markaz chanoq bo'shlig'ida joylashgan a’zolar (qovuq, to'g'ri ichak, jinsiy a’zolar) funksiyalarini boshqaradi (vegetativ nerv sistemasiga qaralsin). Orqa miya segment markazlari organizmning ayrim qismlari va a’zo lari bilan bog'langan. Masalan, tizza refleksi orqa miyaning II— V bel segmentida, axill payi va oyoq kaft reflekslari, V bel va I—II dumg'aza segmentlarida, qorin devori muskullarining markazi VIII—XII ko'krak segmentlarida, diafragmaning markazi III— IV bo'yin segmentlarida joylashgan. Orqa miya jarohatlanganda (shikastlangan joydan pastki qis mida) faoliyati keskin pasayib, spinal shok bo'ladi. Bunda skelet mus kullari harakati yo'qoladi (falaj), qon bosimi pasayadi. Siydik chiqarish, www.ziyouz.com kutubxonasi hojatga borish refleksi bo'lmaydi. Jarohatning bitib, yo'qolgan reflekslari- ning tiklanish muddati orqa miyaning jarohatlanish darajasiga bog'liq. Bu muddat odamda o'rtacha 4— 6 oy davom etadi. Ammo orqa miyaning jarohat langan qismidan yuqorisidagi markazlar o'z vazifasini normal bajaradi. BOSH MIYA Bosh miya uni o'rab turgan pardalar bilan bosh skeletining ichki bo'shlig'ida joylashgan. Bosh miya, asosan, uch qism (ustki katta qismi — katta miya, miyacha va miya pog'onasi) dan iborat. Katta miya chuqur yoriq orqali ikkita yarim sharga bo'lingan. Yarimsharlarning tashqi yuzalari notekis egatlar va pushtalar bilan qoplangan. Orqa tomonda yarimsharlar ostida joylashgan miyacha ko'ndalang yoriqcha bilan ajralib turadi. O'ng va chap yarimsharlar bir-biri bilan qadoq tana orqali qo'shilgan. Yarim sharlar oq va kulrang modda (po'stlog'i)dan tashkil topgan. Bosh miya ichida embrion rivojlanishida paydo bo'lgan bo'shliq — miya qorinchalarini ko'rish mumkin. Bosh miyaning pastki yuzasi — tubi bosh skeleti asosining ichki yuzasiga tegib turgani uchun notekis tuzilishga ega (179-rasm). Miya tubining oldida miya yarim- sharlari peshona qismining с -/ pastki yuzasidan hid bilish yo'li ko'rinadi. Bu yo'lning uchi piyoz shaklida yo'g'on- lashgan bo'lib, undan 15— 20 tacha ingichka hid bilish nervi ipchalari chiqadi. Hid bilish yo'lining orqasida «X» shaklida ko'rish nervi bosh lanadi. Kesishmaning orqa sida kulrang tepa bo'lib, pastga voronka shaklida davom etadi. Voronkaning uchida miya pastki ortig'i joylashgan. Kulrang tepa orasida sharsim on ikkita oqish do'ng — so'rg'ichsi mon tanalar bor. Ularning yonginasida miya oyoqcha- lari joylashgan. Oyoqchalar orasida chuqurcha ko'rinadi. Oyoqchalar orqa tomonda miya ko'prigiga tarqaladi. 179-rasm. Bosh miya tubi. 1 - hid bilish egati; 2 - hid bilish piyozchasi; 3 - hid bilish poyasi; 4 - k o 'r i s h nervi; 5 - hid bilish uch burchagi; 6 - ko'rish nervi poyasi; 7 - so'rg'ich tanalar; 8 - k o 'z n i harakatlantiruvchi nerv; 9 - ^'altaksim on nerv; 10 - uch shoxli nerv; 11 - uzoqlashtiruvchi nerv; 12 - yuz nervi; 13 - dahliz chig'anoq nervi; 14 - til- yutqin nervi; 15 - adashgan nerv; 16 - qo'shim cha nerv; 17, 19 -u z u n c h o q miya; 1 8 - oliva; 20 - o r q a miya; 21 - miyacha; 22 - til osti nervi. www.ziyouz.com kutubxonasi Ko‘prik orasida uzunchoq miya turadi. Ko'prik bilan uzunchoq miya yo‘g ‘on qismining ikki yon tomonida miyacha yarimsharlari ko'rinadi. Miya tubidan 12 juft bosh miya nervlari chiqqan. Ular oldindan boshlab quyidagi tartibda chiqqan: I juft — hid bilish nervi ipchalari, II juft — ko'rish nervi, III juft — ko'zni harakatlantiruvchi nerv, IV juft — g'altak nervi, V juft — uch shoxli nerv, VI juft — uzoqlashtiruvchi nerv, VII juft — yuz nervi, VIII juft — dahliz-chig'anoq nervi, IX juft — til- yutqin nervi, X juft — adashgan nerv, XI juft — qo'shimcha nerv, XII juft — til osti nervlari. Bosh miyaning rivojlanishi Embrionning dastlabki taraqqiyot davrida miya naychasining old qismi tezroq rivojlanib, ikki joyidan torayib uchta (oldingi, o'rtadagi va orqadagi rombsimon) miya pufakchalariga ajraladi. Oldingi va rombsimon miya pufakchalari o 'z navbatida ikkitadan pufakchaga bo'linib, jami beshta bosh miya pufakchasini vujudga keltiradi (180-rasm). Shunday qilib, rombsimon pufakchadan uzunchoq miya hamda orqa miya pufakchasi vujudga keladi. O'rta miya pufakchasi bo'linmaydi. Oldingi miya pufakchasi ham ikkita pufakchaga bo'linadi. Ularning biri oxirgi miya pufakchasi, ikkinchisi — oraliq miya pufakchasidir. Bir lamchi nerv naychasi uzunchoq miya pufakchasining ortqi tomo nidagi qismidan orqa miya rivoj lanadi. Bosh miyaning beshta miya pufakchasidan bosh miya ning quyidagi alohida qismlari ri vojlanadi: 1. Rombsimon pufakchadan uzunchoq miya rivojlanadi. 2. Ortqi miya pufakchasidan ko'prik va miyacha rivojlanadi. 3. O'rta miya pufakchasidan miya oyoqlari va to'rt tepalik ri vojlanadi. 4. Oraliq miya pufakchasidan ko'rish tepaligi, tepalik osti sohasi va tashqi tanalar rivojlanadi. 5. Oxirgi miya pufakchasidan bosh miya yarimshari va uning qopla- masi taraqqiy etadi. U ZU N C H O Q MIYA Uzunchoq miya uzunligi 25—30 mm piyoz shaklida bo'lib, ensa su yagining ichidagi nishabda joylashgan. Uning orqa chegarasi ensaning 180-rasm. Miya. I - oldingi miya pufakchasi; 2, 6 - o 'r t a miya pufakchasi; 3 - orqa miya pufakchasi; 4 - oxirgi miya pufakchasi; 5 - oraliq miya pufakchasi; 7 - siqiq qism i; 5 - ortqi miya; 9 - rombsimon pufakcha; /О - o r q a miya. www.ziyouz.com kutubxonasi katta teshigi ro'parasida bo'lib, orqa miyaga o'tib ketadi. Old tomondan miya ko'prigiga qo'shilib turadi. Uzunchoq miya tuzilishi jihatdan orqa miya tuzilishiga o'xshaydi. Uni old va orqa tomonida joylashgan o'rta egat ikkita pallaga ajratadi. Har ikki palla o'z navbatida orqa tomonidan o'tgan yonbosh egatlar orqali tizimchalarga ajralgan. Oldingi tizimchalardagi harakatlantiruvchi nerv lar (piramida yo'llari) piramidada joylashgan. Orqa qismidan esa sezuvchi nerv tolalari o'tadi. Uzunchoq miya bilan orqa miya chegarasida piramida yo'li kesishmasi ko'rinadi. Piramidalarning ko'prikka yaqin bo'lagi yonginasida oval shaklidagi tepalik — oliva bor. Oliva bilan piramida o'rtasidan XII juft (til osti) nervlarning ildizchalari chiqadi. Olivaning orqa tomonidagi yonbosh egatdan IX juft (til-yutqin), X juft (adashgan) va XI juft (qo'shimcha) nerv ildizlari chiqadi. Uzunchoq miya markaziy egatining yonboshida joylashgan orqa tizimchalarning har biri uncha chuqur bo'lmagan egatlar yordamida ikkita dasta (ichki nozik dasta, tashqi — ponasimon dasta) ga bo'linadi. Nozik dastaning uchi y o 'g 'o nlanib , to'qm oq, ponasimon dastaning uchi yo'g'onlashgan o'zak do'mboqcha bo'lib joylashgan. Bular o'z navbatida ingichkalashib, chilvir tanalarga aylanadi. Uzunchoq miya orqa yuzasining tepa bo'lagi uchburchak shaklida bo'lib, rombsimon chuqurchaning pastki yarmini hosil qiladi. Uzunchoq miya ikki xil moddadan — ichida joylashgan kulrang va tashqarisidagi oq moddadan tuzilgan. Kulrang moddada V—XII juft bosh miya nervlarining yadrolari, nozik va ponasimon dastalarning hamda olivaning yadrolari joylashgan (181-rasm). 181-rasm. Rom bsimon yuza va 12 ju ft bosh m iya yadrolari. & I - ko'zni harakatlantiruvchi nerv yad- rosi; 2 - g ‘altak nervi yadrosi; 3, 4, 5 - uch shoxli nerv y ad ro lari; 6 - uzoqlashtiruvchi nerv yadrosi; 7 - yuz & nerv i y a d ro s i; 8, 9, / / - d a h l i z - c hig'anoq nervi yadrolari; 10 - y u z 22 nervi; 12 - til osti nervi yadrosi; 13 - ti l- y u tq i n va a d a s h g a n n e r v l a r yadrosi; 14 - uch shoxli nervning orqa tom ondagi yadrosi; 15, 17 - til-yutqin 21 va adashgan n erv lar yadrosi; 16 - q o 'sh im c h a nerv; / 5 - q o 'sh im c h a 20 nerv yadrosi; 19 - n o z i k dasta; 2 0 - ponasim on tepalik; 21 - adashgan ^ nervning chiqish joyi; 22 - yuz nervi tepaligi; 23 - medial tepalik; 24 - nerv ildizlari; 25, 26 - to ‘rt tepalik. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling