O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 182-rasm. Miyacha yadrolari. I - choqqi (tom) yadro; 2 - sharsimon yadro; 3 - pokaksimon yadro;
- 183-rasm. Oraliq va orta miyalarning ust tomondan korinishi. I - qadoq tana; 2 - dumli yadro;
- 184-rasm. Miya yarimsharining tashqi yuzasi. / - oldingi markaziy pushta; 2 - markaz oldi egati;
- 9 - k o ‘ruv qismi; / / - y o n b o s h egati; 12, 14, / 6 -ch a k k a push talari;
- markaz yaqini- dagi boIak; 4 - ensa bolagi; 5 - ensa pushtalari; 6 - ensa-chakka oraliq egat;
Fiziologiyasi. Uzunchoq miya yadrolarida nafas olish, yurak va tomir qon harakatlarini bajaradigan nerv hujayralari joylashgan. Bulardan tashqari, muskullar tonusini idora etib, odam muvozanatini ta’minlaydi. So'lak ajratish, ovqatni yutish, ichaklardagi bezlardan ichak suyuqligini ajratish, yo'talish, aksirish va qayt qilish, yosh oqishi kabi funksiyalar ham rombsimon chuqurchada joylashgan yadrolarga bog'liq. Agar bu chuqurchada qon aylanishining buzilishi yoki qon tomirlari yorilib, qon quyilishi sodir bo'lsa, nafas olish va qon aylanishi buziladi. Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa o'tkazish yo'llaridan iborat. Uzun tolalar bosh yoki orqa miyadan keladi va turlicha o'tkazish yo'llarini hosil qiladi. Kalta tolalar esa uzunchoq miyaning ichida joylashgan yadrolami bir-biri bilan bog'laydi. ORTQI MIYA Ortqi miya miya ko'prigi va miyachadan iborat. Ko'prik ko'nda lang joylashgan tolalardan tuzilgan bo'lib, miya tubining orqa tomonida joylashgan. Ko'prik old tomondan miya oyoqchalariga, orqa tomondan uzunchoq miyaga qo'shilib turadi va qo'shni a’zolar bilan ko'ndalang joylashgan egatchalar orqali chegaralanib turadi. Orqadagi ko'ndalang egatdan VI, VII, VIII juft bosh miya nervlari chiqadi. Ko'prik pastki yuzasining o'rtasida uzunasiga joylashgan egatdan asosiy arteriya o'tadi. Ko'prikning pastki yuzasidan V juft nerv chiqadi. Ko'prikning uch shoxli nerv chiqqan yeri bilan miyacha o'rtasidagi qismidan miyachaga boradigan nerv tolalari miyachaning o'rta oyoqchalarini hosil qiladi. Ko'prikning orqa tomoni rombsimon chuqurchaning yuqori qismini hosil qiladi. Ko'prikni ko'ndalangiga kesib qaralganda eshitish yo'lining nerv tolalaridan hosil bo'lgan trapetsiyasimon tana kuzatiladi. Ko'prikning old tomoni ko'proq oq moddadan iborat bo'lib, kulrang modda alohida y ad ro c h a lar ta rz id a jo y lash g an . Bu y ad ro ch a larg a bosh mi ya yarimsharlaridan kelgan po'stloq-ko'prik o'tkazish yo'lining tolalari keladi. Yadrochalardan esa miyachaga boradigan ko'prik — miyacha o'tkazish yo'lining nerv tolalari boshlanadi. Ko'prikning orqa qismida kulrang moddadan tuzi’gan yadrochalar ko'proq bo'lib, ular uch shoxli (V juft) nerv, uzoqlashtiruvchi nerv (VI juft), yuz nervi (VII juft) va dahliz- chig'anoq nerv (VIII juft)larining yadrolaridir. Ortqi miya oq moddalarida joylashgan afferent va efferent nervlar orqali periferiyani bosh miya po'stloq qavati bilan bog'laydi — haqiqiy ko'prik vazifasini bajaradi. Milk, chaynov muskullari faoliyatini ta’min laydi. Burun va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida joylashgan retseptor orqali sezgi impulslarini qabul qiladi va idora etadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Miyacha (kichik miya) bosh miyaning katta bo'laklaridan biri bo'lib, og'irligi 120— 150 g gacha. Miyacha bosh miya ensa qismining ostida, bosh skeletining ichki yuzasidagi maxsus orqa chuqurchada joylashgan. Miyachaning ostida miyacha ko'prigi bilan uzunchoq miya turadi. Miya- chani ikki yon tomonidagi miyacha yarimsharlari o'rtasida joylashgan miyacha chuvalchangi birlashtirib turadi. Odatda, ustki va pastki chuval- changlar tafovut etiladi. Miyachaning yuzalari 2— 3 mm qalinlikdagi kul rang modda (po'stloq) bilan qoplangan bo'lib, undagi yupqa pushtalar chuqur egatlarni kitob varaqlari singari bir-biridan ajratib turadi. Yupqa pushtalar yig'ilib, alohida bo'lakchalami hosil qiladi. Bu bo'lakchalar esa chuvalchangdagi bo'lakchalarga mos keladi. Miyacha bosh miyaning boshqa qismlari bilan uch juft oyoqchalar orqali tutashib turadi. 1. Ustki oyoqchalar — miyachaning tishli yadrosini to'rt tepalik bilan birlashtirib turuvchi nerv tolalaridan iborat. 2. O'rta oyoqchalar — eng yo'g'oni bo'lib, miyachani ko'prikka bir- lashtiradigan nerv tolalaridan iborat. 3. Pastki oyoqchalar — miyachadan uzunchoq miyaga boruvchi nerv tolalaridan iborat. Ana shu oyoqchalar vositasida miyacha miyaning bo shqa qismlari bilan birlashib turadi. Miyachani o'rtasidan ko'ndalangiga kesilganda, o'rta miyacha po'stloq qavatining oq modda ichida archa daraxtiga o'xshab joylashganini ko'ra miz. Shuning uchun unga hayot daraxti deb nom berilgan. Oq moddaning markazida qator joylashgan kulrang modda yadrolarini ko'rish mumkin. Ularning eng yirigi ikki chetdagi tishli yadrolar bo'lib, uning ichkari tomonida uchburchak shaklidagi bir juft probkasimon yadroni, bulardan yuqorida uchinchi juft sharsimon yadroni ko'ramiz. Sharsimon yadrolar bir qancha mayda va yumaloq yadrochalardan to'plangan. Yad- rochalarning o'rtasida cho'qqi (tom) yadrolari joylashgan (182-rasm). Fiziologiyasi. Yadrolar odam yurishini, tana muvozanatini tik ravishda boshqarib turish uchun xizmat qiladi. Miyacha shikastlan- sa yoki ensaga qattiq modda tegsa, odam muvozanati yo'qolib, tikka tura olmaydi. Skelet muskullari tar- tibsiz qisqarib, tebranma yoki poy- ma-poy harakatlar qiladi. Bu vaqtda muskullardan borgan impulslarni to'g'ri tahlil qilish qobiliyati miya- chada yo'qoladi. Bunday sharoitda vegetativ funksiyalar (qon tomirlar 182-rasm. Miyacha yadrolari. I - cho'qqi (tom) yadro; 2 - sharsimon yadro; 3 - po'kaksimon yadro; 4 - tishli yadro. www.ziyouz.com kutubxonasi tonusi, harorat va ovqatlanish jarayonlari) ham izdan chiqadi. L.A.Orbe- lining tasdiqlashicha, «miyacha - skelet muskulaturasini va vegetativ a’zolar faoliyatini boshqarishda bosh miya po‘stlog‘ining yordamchisi- dir». Miyacha faoliyati izdan chiqqanda odam ko'zini yumib tik tura olmaydi, ko'rsatkich barmog'ini burniga to'g'ri tegizish qobiliyati yo'qoladi. Odam nutqi buzilib, bo'lib-bo'lib so'zlaydi. Rombsimon miya bo‘yni Rivojlanish davrida rombsimon miya bilan o'rta miyani birlashtirib turgan siqiq — bo'yin paydo bo'ladi. Bu bo'yin miyachaning ustki oyoqchalari, miyachaning oldingi chodiri va qovuzloq uchburchagidan iborat. Bo'yinning ikki tomonida joylashgan ushbu uchburchak eshitish yo'li nerv tolalaridan tuzilgan. Xuddi shu bo'yin sohasida IV qorinchaning oldingi cheti turadi. Miyachaning ustki oyoqchalari oralig'ida tortilgan chodir esa miyachadan to'rt tepalikka qadar boradi. To'rtinchi qorincha To'rtinchi qorincha old tomondan miya ko'prigi va uzunchoq miya ning rombsimon yuzasi bilan orqa tomondan miyacha oralig'ida hosil bo'lgan bo'shliq, oldindan suv yo'li orqali III qorincha bilan, orqadan esa orqa miyaning markaziy kanali bilan qo'shilib turadi. IV qorincha ning tubini rombsimon chuqurcha, old tomondan miyachaning old chodi ri, orqa tomondan miyachaning orqa chodiri hosil qiladi. Chodirning ichki yuzasida qorinchaning tomir pardasi bor. Orqa chodirda joylashgan uchta teshik orqali qorincha miyaning tomirli parda ostidagi bo'shliq bilan qo'shiladi. Teshiklardan biri rombsimon chuqurchaning pastki bur chagida, ikkitasi ikki yon burchaklarida joylashgan. Ana shu teshiklar orqali qorinchalar ichidagi suyuqlik miya pardalari orasidagi suyuqlik bilan qo'shilib aylanib yuradi. Qorinchaning old chodiri orqa chodir bilan o'tkir cho'qqi hosil qilib, miyacha ichiga botib kirib qo'shiladi. Rombsimon chuqurcha to'rt burchakli romb shaklida bo'lib, miya bo'yni ko'prik va uzunchoq miyalaming qo'shilishidan vujudga kelgan. Rombsimon chuqurcha qoq o'rtasidan o'tgan egat orqali o'ng va chap bo'laklarga bo'linadi. Egat old tomondan suv yo'liga, orqa tomondan orqa miyaning markaziy kanaliga tutashib ketadi. Egatning ikki yonbo shida kulrang moddadan hosil bo'lgan tepalikda yuz nervi bilan uzoq lashtiruvchi nervning yadrolari joylashgan. Bundan tashqari, eshituv maydoni, undan chiqqan eshituv nervi tolalarining ko'ndalang yo'nalishi, VIII juft nervning yadrosi ko'rinadi. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida XII juft nerv yadrosining uchburchagi joylashgan. Shunday www.ziyouz.com kutubxonasi qilib, rombsimon chuqurchada, yuqorida aytilganidek, bosh miyaning V,VI,VII,VIII,IX,X,XI va XII juft nerv yadrolari joylashgan. Shuning uchun rombsimon chuqurcha odam organizmidagi muhim vazifani baja radi. Jumladan, yurak va qon tomir, nafas a’zolari, ovqat hazm qilish sistemasi, siydik chiqarish va tanosil a’zolari faoliyatini avtomatik ra vishda tartibga soladi va ulami bir butun sistemaga qo‘shadi. 0 ‘RTA MIYA 0 ‘rta miya miya oyoqchalari, to'rt tepalik plastinkasi, ulaming yelkalari orasida joylashgan miya suv yo'lidan iborat (183-rasm). To'rt tepalik yoki orqa miya tomi oldingi miya chodiri bilan shishsi- mon tana orasida (qadoq tana orqasida) joylashgan. Bu plastinkada to'rt tepalik bo'lib, ulaming ustki ikkita tepaligi ko'rish yo'lining po'stloq osti markazi, pastki ikkita tepaligi esa eshituv yo'lining po'stloq osti markazi hisoblanadi. Ustki ikkita tepalik oralig'ida shishsimon tana joylashgan. Pastki ikkita tepalikdan chiqqan yelkalar oraliq miyaga qarashli ichki tizzasimon tanada tutashsa, ustki tepaliklar- ning yelkalari ko'rish do'mbog'ining yos- tiqchasi orqali tashqi tizzasimon tanaga boradi. Miya oyoqchalari miya yarimsharlariga va miya po'stlog'iga boradigan nerv tolala ridan iborat bo'lib, miya ko'prigining old tomonidan boshlanib, miya sharlarining ichiga kirib tarqaladi. Oyoqchalar oralig'i dagi chuqurcha tubi ilma-teshik modda bilan qoplangan. Shu joydan ko'zni harakatlanti ruvchi nerv (III juft) boshlanadi. To'rt tepa lik ostida joylashgan miya suv yo'li (o'rta miya pufagi bo'shlig'i qoldig'i) III qorin- chani IV qorinchaga qo'shib turadi. Miya oyoqchasi tarkibida joylashgan qoramtir modda oyoqchani ikkiga ajratib turadi. Qoramtir moddaning orqa tomoni oyoqcha tomi, oldingi qismi oyoqchaning oldingi qismi bo'lib, bunda dumaloq shaklli qizil yadro joylashgan. Oyoqchada III va IV juft bosh miya nervlarining yadrolari va parasimpatik nerv yadrosi joylashgan. Fiziologiyasi. Muskullar tonusini tartibga solib, odam muvozanatini saqlash va yurishda faol qatnashadi. O 'rta miya jarohatlanganda yoki kasallikka duchor bo'lganda muskullar kuchli qisqarib, oyoq-qo'llar bukilmaydi. 1 183-rasm. Oraliq va o'rta miyalarning ust tomondan ko'rinishi. I - qadoq tana; 2 - dumli yadro; 3 - uchinchi qorincha; 4 - ko'ruv do'mbog'i; 5 -to 'r t tepalik; 6 - ortiqsimon bez; 7 - orqa bitishma. www.ziyouz.com kutubxonasi To'rt tepalikning ustki do'mboqchalari yadrosi ko'zning to 'r pardasi- dan impulslarni qabul qilib, kerakli javob yuboradi, ya’ni yorug'likka qarab, boshni burishda qatnashadi. Ko'zga nur yo'nalishiga qarab ko'z qorachig'ining kengayishi yoki torayishini, ko'z gavharining holatini atrof- muhitni aniq ko'rishga moslashtiradi (akkomodatsiya). To'rt tepalikning pastki do‘mboqchalarida joylashgan yadrolar quloqni tovushga nisbatan moslash, boshni tovush kelgan tomonga burishni idora qiladi. ORALIQ MIYA Oraliq miya oxirgi miya bilan o'rta miya oralig'ida joylashgan bo'lib, ko'rish do'mbog'i, do'mboq osti sohasi va qorinchadan iborat. Ko'rish do'mbog'i tuxum shaklidagi kulrang moddadan tuzilgan te palik bo'lib, ular ikki yarimshaming bag‘rida joylashgan. Tepalikni ko'rish uchun miya yarimsharlarini o'rtadagi yoriqdan ikkiga ajratish lozim. Tepalikning ichkari (medial) yuzalari III qorincha bo'shlig'iga qarasa, oldingi uchi ingichkalashib tugaydi, orqa uchi esa yostiqsimon tepalikni hosil qiladi. Tepalikni past tomondan tepalik egati chegaralaydi. Bu egat yon qorinchalar orasidagi teshikdan miya suv yo'ligacha borgan. Ko'rish tepaliklarining ichki yuzalari bir-biri bilan kulrang bitishma orqali qo'shilgan. Tepalikning tashqi tomoni ichki kapsula bilan chegaralangan. Ko'rish tepaligi oldingi, ichki va tashqi yadrolardan tashkil topgan. Bu tepalikning vazifasi juda murakkab, bu yerda bosh miya po'stlog'iga boradigan hamma sezgi yo'llari almashinadi, ya’ni sezgini olib keladigan nerv tolasi (neyron) shu yerda tugab, oxirgi neyronga o'tkazib beradi (orqa miya bilan miya po'stlog'i o'rtasidagi yo'lga qaralsin). Uning yostiq qismi po'stlog'i osti ko'rish markazi hisoblanadi. Ko'rish tepaligining oldingi yadrosi so'rg'ichsimon tanalar bilan birgalikda hid bilish sistemasini hosil qiladi. Shunday qilib, ko'rish tepaligi sezuvchi yo'Ilaming po'stloq osti markazi bo'lib xizmat qiladi. T e p a l i k u s t i s o h a s i : Ortiqsimon tana miyaning ustki ortig'i- dan iborat bo'lib, to'rt tepalikning ustki ikkita tepachasi o'rtasida osilib joylashgan. Tanacha katakcha bitishmasi va III qorinchaning orqa bitishmasiga qo'shilgan. Shishsimon tana boshqa ichki sekretsiya bezlari bilan birga tanosil a’zolarining bir me’yorda rivojlanishini ta’minlab turadi. Tepalik orqasi ichki va tashqi tizzali tanalardan iborat. O 'ng va chap tomondagi ichki tizzali tana to'rt tepalikning pastki tepachalari bilan ularning oyoqchalari orqali qo'shiladi va ular bilan birga po'stloq osti eshitish markazi vazifasini bajaradi. O'ng va chap tomondagi tashqi tizzali tana ko'rish tepaligining yos- tig'i ostida joylashgan bo'lib, ular to'rt tepalikning ustki ikkita do'm bo g'iga ularning oyoqchalari orqali qo'shiladi va ular ko'rish do'mbog'i- ning yostig'i bilan birga po'stloq osti ko'rish markazi vazifasini bajaradi. www.ziyouz.com kutubxonasi D o ' m b o q o s t i s o h a s i kulrang do'mboqcha, miyaning ostki ortig'i, ko'rish nervi va uning kesishmasi bilan so'rg'ichsimon tepalardan tuzilgan. Kulrang do'mboqcha gipofiz bezi, ko'rish nervi kesishmasi bilan so'rg'ichsimon tanalar oralig'ida maxsus voronkasimon bo'shliqqa osilgan holda, bosh suyagi oldidagi ponasimon suyakning shu nomli chuqurcha- siga joylashgan. Kulrang do'mboqcha oliy vegetativ markaz bo'lib, mod dalar almashinuvi va issiq-sovuqni tartibga solib turadi (ichki sekretsiya bezlariga qaralsin). So'rg'ichsimon tanalar bir-biridan egatcha bilan ajralib turadi, ular tarkibidagi kulrang moddalar hid bilish vazifasini o'taydi. Uchinchi qorincha ikkita ko'rish tepaligining oralig'ida joylashgan tor bo'shliq bo'lib, do'mboqchalar qorinchaning ikki yonbosh devori ham hisoblanadi. Qorinchaning oldingi devorini gumbaz ustunchalar bilan oldingi bitishma hosil qilsa, orqa devorini orqa bitishma chegaralab turadi. Pastki devori do'mboq osti sohasidan tuzilgan bo'lsa, ustki devori qon tomir epiteliy plastinkasidan, uning ustida joylashgan miya gumbazi bilan qadoq tanalardan tuzilgan. Uchinchi qorincha old tomonda qorinchalar oraliq teshiklar orqali yon qorinchalarga qo'shilsa, orqa tomonda miya suv yo'li bilan IV qorinchaga davom etib tutashadi. Fiziologiyasi. Ko'rish do'mbog'i po'stloq osti sezgi yadrosi bo'lib, barcha sezgi impulslari, afferent nervlar ana shu yadroga keladi. Odam organizmining barcha sohasidan sezgilar ko'rish do'mbog'iga kelib, analiz- sintez qilinadi. Natijada ko'rish do'm bog'ida ba’zi sezgilar yumshab, boshqalari esa kuchaytirilib, miya po'stlog'iga uzatiladi. Ko'rish do'mbog'i kasallangan yoki jarohatlanganda organizmdan ko'rish do'mbog'iga kelgan sezgilar zo'rayib, oshib miya po'stlog'iga boradi-da, odamning g'azabini oshiradi.Odam arzimagan gapga kuladigan yoki sababsiz yig'laydigan bo'ladi. Odamda mimika o'zgaradi, ichki a’zolarda og'riq kuchayadi. Bu vaqtda yurak urishi, nafas tezlashib, qon bosimi ko'tariladi. Bosh og'rib, uyqu buziladi, odam g'ayriixtiyoriy harakatlar qiladi. Ko'rish tanasi o'zidan pastda joylashgan uzunchoq va orqa miya yad rolari bilan miya yarimshari bag'rida joylashgan barcha po'stloq osti harakatlanuvchi yadrolari bilan nervlar orqali bog'liqdir. Po'stloq osti sohasi barcha vegetativ funksiyalarni tartibga soladigan po'stloq osti yadrosi bo'lib, organizm ichki muhitining doimo bir xilda bo'lishini idora etadi. Yog'lar, oqsillar, uglevodlar va suv-tuz almashinu vi jarayoni, gavda haroratining bir xilda bo'lishini ta’minlaydi. Po'stloq osti sohasi jarohatlanganda gavda harorati o'zgaradi. Jumla dan, odam harorati sovuq xonada pasaysa, issiq xonada ko'tariladi. Simpatik va parasimpatik nervlarning po'stloq osti markazi ham gipotalamusda joylashgan. Jumladan, gipotalamusning oldingi qismida parasimpatik nerv sistemasining yadrosi joylashgan bo'lib, uni qitiqlaganda www.ziyouz.com kutubxonasi ichak peristaltikasi kuchayadi, shiraning chiqishi oshadi, yurak urishi pasayadi. Gipotalamusning orqa qismida simpatik nerv sistemasining yadrolari bo'lgani uchun ulami qitiqlaganda yurak urishi tezlashadi, qon tomirlar devori torayib, qon bosimi ko'tariladi. Gipotalamus qon haroratini, qon tarkibini bir xilda saqlashda muhim rol o'ynaydi. Ovqatlanish va suyuqlik shimilish jarayonlari ham gipotalamus tomonidan ta’minlanadi. Gipotalamus kasalligida haddan tashqari ko'p suv ichish, ko'p ovqat iste’mol qilish kuzatiladi, suv-tuz almashinuvi jarayoni buzilib, ko'p miqdorda siydik ajraladi, bunga qand kasalligi deyiladi. Gipotalamus gipofiz faoliyatini ham boshqaradi (ichki sekretsiya bezlariga qaralsin). OXIRGI MIYA Oxirgi miya plashch (yopg'ich), hid bilish miyasi, kulrang yadrolar va yon qorinchalardan tuzilgan. Plashch miya yarimsharlarini 2—4 mm qalinlikda qoplagan (eng keyin rivojlangan) kulrang po'stloqdan iborat bo'lib, unda tashqi, ichki va ostki yuzalar tafovut etiladi. Har qaysi plashch peshona, tepa, ensa, chakka va chuqurlikda joylashgan orolcha bo'laklardan tashkil topgan. Orolchani ko'rish uchun peshona, chakka va tepa bo'laklar oralig'ida joylashgan yoriqni kengaytirish yoki orolchani qoplab turgan bo'laklami kesish lozim. Plashchning tashqi yuzasida peshona bo'lakni tepa bo'lakdan ajratib turgan markaziy egat bor. Bu egat pastda ko'ndalangiga joylashgan botiqqa borib taqaladi. Tepa bo'Iak bilan ensa bo'Iak oralig'ida ulami ajratib turuvchi yoriqni ko'rish mumkin. Chakka bo'lakni boshqa bo'laklardan miyaning yon tomonidagi egat ajratib turadi. Peshona bo'lagini markaz oldi egati va uning oldida joylashgan oldin gi markaziy pushta ajratadi. Markaz oldi egatidan ko'ndalangiga ketgan ikki peshona egati uni ustki, o'rta va pastki peshona pushtalariga ajratib turadi. Tepa bo'Iak esa markaziy egat orqasida joylashgan markaz orqa egati va unga ko'ndalang ketgan ustki, ostki egatlar vositasida orqa markaziy pushta, ostki, ustki tepa pushtalarga bo'linadi. Ensa bo'lagi ko'ndalang joylashgan egat va boshqa mayda egatlar bilan alohida pushtalarga ajralib turadi. Chakka bo'lagida parallel joylashgan ustki va ostki egatlar ularni uchta (ustki, o'rta va ostki-chakka) pushtalarga ajratadi. Yarimshaming ichki yuzasida (184,185-rasmlar) qadoq tana ustidagi chuqur egat orqa tomonda qadoq tananing uchidan pastki dengiz osti egati nomi bilan davom etadi. Bu egat ustida esa belbog' egat joylashgan. Egatlar oralig'ida har xil shakl va hajmli pushta hamda bo'lakchalar ko'rinadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 184-rasm. Miya yarimsharining tashqi yuzasi. / - oldingi markaziy pushta; 2 - markaz oldi egati; 3 - peshona pushtasi; 4, 6 - peshona egatlari; 5, 7, 8, 10 - peshona pushtalari; 9 - k o ‘ruv qismi; / / - y o n b o s h egati; 12, 14, / 6 -ch a k k a push talari; 13, 15 - chakka egatlari; / 7 - m i y a c h a ; 18, / 9 - e n s a pushtalari; 20, 21, 23 - tepa pushtalari; 22 - tepa egatlari; 24 - markaziy orqa egat; 25 - marka ziy orqa pushta; 26 -markaziy egat. 185-rasm. Miya yarimsharlarining ichki yuzasi. / - markaziy egatning boshlanish qis mi; 2 - tepa sohasi; 3 - markaz yaqini- dagi bo'Iak; 4 - ensa bo'lagi; 5 - ensa pushtalari; 6 - ensa-chakka oraliq egat; 7 - chakka bo'lagining bir qismi; 8 - ortiqsim on bez; 9 -m iy a c h a ; 1 0 - u zu n ch o q m iya; / / - t o ' r t i n c h i qorincha; 12 - ko'prik; 13 Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling