O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Bosh miya fiziologiyasi
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 191-rasm. Reflekslami yuzaga keltirish uslubi va refleks yoyi sxemasi. A - tizza refleksi; В
- 192-rasm. Kozni harakatlantiruvchi uch shoxli va til osti nervlari. ^ 1, 2, 3
- 193-rasm. Yuz nervi. 1 - chakka tarmoqlari; 2 - yorgoq tarmoqlari; 3 - lunj tarmoqlari;
- 194-rasm. Boyin nervlarining oldindan korinishi. / - bigizsim on o siq —til muskuli; 2 - simpatik nerv poyasi; 3
Bosh miya fiziologiyasi Bosh miya, ayniqsa uning po'stloq qavatida joylashgan hujayralar organizmning barcha vazifalarini boshqaradi va ulaming o'zaro hamda tashqi muhit bilan organizmning uzviy munosabatini boshqarib tartibga soladi. Miya xotira, ong va aqliy faoliyat a’zosidir. Miya po'stlog'i fiziologiyasini o'rganishda I. P. Pavlov po'stloqni qisman kesib olish, elektr va kimyoviy moddalar ta’sir ettirish, miya biotoklarini yozib olish va shartli reflekslarini qo'llash kabi usullar orqali juda ko'p ma’lumotlami aniqladi va isbotlab berdi. Olimning fikricha, odamning fe’l-atvorini o'rganishda shartli refleks muhim rol o'ynaydi. Miya yarimsharlari kasallansa yoki jarohatlansa, odam hayotda orttirgan barcha individual harakatlari, shu jumladan shartli reflekslar ham yo'qoladi. Miya yarimsharlari p o 'stlo g 'id a joylashgan turli sezgi zonalari assosiatsion tolalar yordamida o'zaro bog'lanib (o'qish, yozish, gapirish, fikrlash, xotirlash), impulsni analiz qiladi va kerakli javobni yuzaga chiqarib, ishchi a’zolarga yetkazadi. Agar assosiatsion birlashmalar buzilsa, unda odam narsalarni tanib olish, o'rgangan harakatlarni bajarish kabi faoliyat- larni yo'qotadi. Xatni o'qiy olmaydi, eshitgan so'zlarning ma’nosini tu- shunmaydi. Chap tomondan pastki peshona pushtasining orqa qismi shi- kastlanganda esa odam gapning ma’nosini tushunsa ham gapira olmaydi. Po'stloqning ustki chakkasi pushtasi kasallanganda odam gapning ma’nosini anglamaydi. Miya po'stlog'ining bioelektrik holatini ossillograf asbobi yordamida yozib o'rganiladi. Bunga elektroensefalogramma (EEG) deb ataladi. Elektroensefalogramma odam holatiga qarab turlicha bo'ladi. Tashqi yoki ichki muhitdan qabul qilingan har qanday ta’sirotga mar kaziy nerv sistemasi ishtirokidagi reaksiya refleksi va uni yuzaga keltirishda qatnashgan nervlar yig'indisi refleks yoyi deb ataladi. Ta’sirot berilgan paytdan boshlab o'sha ta’sirotga javob kelguncha sarf bo'lgan vaqt refleks vaqti deb ataladi. Organizmdagi mavjud www.ziyouz.com kutubxonasi reflekslaming o ‘ziga xos anatomik maydonlari bo'lib, ana shu soha ta’- sirlangandagina refleks paydo bo'ladi (191-rasm). Masalan, tizza refleksi tizza qopqog'ining pastrog'idagi payga urilganda paydo bo'ladi. Ko'z to'r pardasiga yorug' tushganda ko'z qorachig'ining qisilish refleksi vujudga keladi. Organizmda qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari ham bo'ladi. Jumladan, qo'zg'alishda nervning ta’siri bilan a ’zo fao liy atin i yuzaga chiqarish yoki bor faoliyatni k u c ha yt i r i s h mu mk i n . To r mo z l a n i s h d a esa nervning ta’siri orqali a’zo- dagi mavj ud faol i yat ni susaytirish yoki uning kelib chiqishiga to'sqinlik qilish paydo bo'ladi. I. P. Pavlov ifodasi bo'yicha organizm reflekslar vositasida atrof- muhitga moslashib boradi. Reflekslar shartsiz va shartli bo'ladi. Shartsiz reflekslar cha qa l oq t u g ' i l g a n d a n boshlab (so 'rish , yutish, y o 'talish , ko' zni ochib- yumish kabi) paydo bo'la di. Shartsiz reflekslar na sldan naslga o'tadi va atrof- muhit ta’siriga javoban qonuniy tarzda kelib chiqadi. Biroq atrof-muhit- ning organizmga ta’siri o'/garuvchan va murakkab bo'lganidan mavjud shartsiz reflekslar odamning muhitga moslashishi uchun kamlik qiladi. Binobarin, organizmning mavjud sharoitga moslashishi uchun shartli ref lekslar ham kerak bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolalarda bosh miya unchalik rivojlanmagani uchun ularda shartli reflekslar bo'lmaydi. Chunki shartli reflekslar markaziy nerv sistemasining bevosita ishtirokida paydo bo'ladi, vaqtincha aloqalami tutashtirib, shartli reflekslami hosil qiladi. Bosh miya jarohatlanganda paydo bo'lgan shartli reflekslar yo'qoladi. Shartli reflekslar vaqtinchalik bo'lib, uni takrorlab mustahkamlanmasa, yo'qolib ketadi. Shartli reflekslar hosil bo'lishi uchun shartli (indifferent) ta’sirot bilan shartsiz ta’sirot bo'lishi kerak. Jumladan, oldin qo'ng'iroq chalib yoki yorug'lik berib, so'ngra ovqat berishni bir necha marta takrorlagandan so'ng ovqatsiz qo'ng'iroq chalish yoki yorug'lik berishning o'zi ham itda so'lak ajralishiga sabab bo'ladi. Oldin ovqat berib, keyin chiroq yoqilsa (indifferent), so'lak ajralmaydi, ya’ni shartli refleks paydo bo'lmaydi. Shartli reflekslar yot ta’sirotlardan ajratilgan, alohida xonalardagina paydo 191-rasm. Reflekslami yuzaga keltirish uslubi va refleks yoyi sxemasi. A - tizza refleksi; В - Axill payi refleksi. www.ziyouz.com kutubxonasi bo'ladi. Bunda miya po'stlog'ida joylashgan tovushni qabul qilish markazi bilan, ovqatni ko'rgandan keyingi it miyasidagi ta’sirot markazi o'zaro qo'shilib, shartli refleksni vujudga keltiradi. Odatda, shartli ta’sirot organizmga oldinroq ta’sir qilsa, unga yaqinlashish yoki qutilish yo'lini ko'radi. Masalan, qo'rqinchli tovushni eshitish, it yoki ilonni ko'rish, ulardan qochish shartli refleksini yuzaga chiqaradi. Binobarin, shartli reflekslar organizmning yashashi va atrof-muhitga moslashishi uchun zarur hisoblanadi. Shartsiz reflekslar organizmga ta’sirot ta’sir qilgandan keyin (oyoqqa tikan kirsa, qo'lga zirapcha qadalsa, odam yiqilsa va h.k.) vujudga keladi. Bu vaqtda xalos bo'lish ehtimoli juda kam bo'ladi. Markaziy nerv sistemasi faoliyatida bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki jarayon (qo'zg'alish va tormozlanish-to'xtalish) o'zaro mahkam bog' langan. Qo'zg'alish shartli refleksning paydo bo'lishida muhim rol o'ynaydi. Tormozlanish esa shartli reflekslar organizmning mavjud atrof-muhitga m oslanishida qatnashadi. Torm ozlanish ikki (shartsiz va shartli tormozlanish) turda bo'ladi. Shartsiz tormozlanishni yuzaga chiqarilgan shartli reflekslarning yangi (notanish) muhitda to'xtab qolishi bilan tushuntirish mumkin. Masalan: 1) itda qo'ng'iroqqa so'lak oqishi shartli refleksini uy sharoitida paydo qilib, so'ngra itni notanish joyga o'tkazilganda refleks paydo bo'lmaydi — shartsiz tormozlanadi. Bu holat bir necha marta qaytarilgandan so'ng refleks vujudga keladi. 2) Ovqatni qo'ng'iroq chalingandan so'ng beriladigan shartli refleks, keyinchalik ovqatni qo'ng'iroqsiz berilsa, shartli tormozlanish bo'lib, asta-sekin shartli refleks yo'qoladi. Bu vaqtda shartli refleksning paydo bo'lishiga aloqador mar- kazda tormozlanish (to'xtash) vujudga keladi, atrofda joylashgan markazlarda esa qo'zg'aluvchanlik kuchayib, qarama-qarshi ishorali hodi salar paydo bo'ladi. Qo'zg'aluvchanlik va tormozlanish jarayonlari tashqi muhit ta’sirida doimiy o'zgarib turadi, ya’ni organizm sharoitga moslashadi. Odamlarning miya faoliyati va xarakterlari turlicha bo'ladi, ularni fe’l-atvori (xarakteri)ga qarab to'rt turga ajratiladi: I — xolerik tipdagi odamlar — oson qo'zg'aluvchan, vajohatli, hujumkor; II — sangvinik tipdagi odamlar — harakatchan, quvnoq, odamshavanda; III — flegmatik tipdagi odamlar — kam harakat, vazmin, kamgap va og'ir; IV — melanxolik tipdagi odamlar — xafaqon, tajang. Odatda, xolerik va melanxolik tipdagi odamlarda ko'proq va haddan tashqari qo'zg'alish hamda tormozlanish, ya’ni nevroz bo'ladi. Odamda haddan tashqari qo'zg'alishning ro'y berishiga ko'pincha tashqi ta’sirot lar sabab bo'ladi. Odatda, kuchsiz ta’sirotga kuchli qo'zg'alish yoki kuchli ta’sirotlarga, aksincha, kuchsiz reaksiya vujudga keladi. Uyqu. Uyg'oqlik bilan uyquning o'zaro almashib turishi hayotning eng muhim sharti bo'lib, odamga uyqusizlik juda yomon ta’sir qiladi. U lanj bo'lib, muskullari bo'shashshadi, ishtahasi bo'lmay, unda ruhiy www.ziyouz.com kutubxonasi o'zgarishlar ro'y beradi. Katta yoshdagi odamlar bir kecha-kunduzda 7— 8 soat uxlasa, chaqaloqlar har 3—4 soatda uyqu bilan uyg'oqlikni al- mashtiradi. O'tkazilgan tajribadan ma’lum bo'lishicha, itni uyqudan mahrum etilganda 10— 12 kungina yashagan. Uyquda energiya almashinuvi va yurak urishining soni pasayadi, nafas olish siyraklashib, muskullar bo'shashadi. Uyquda odamning es-hushi, ongi yo'qoladi. Tushda esa odamning uyg'oqlik vaqtiga o'xshab, yurak urishida, qon bosimida o'zgarish bo'ladi. Tushga, odatda, tashqi muhit o'zgarishlari (sovuq, issiq, turli hidlar va shovqinlar) sababchi bo'ladi. Masalan, odam uxlaganda tovoniga issiq ta’sir ettirilganda, tushida o 't ketganini ko'rgan. Oyoq kaftiga sovuq ta’sir ettirilsa, tushida suvda suzadi yoki shudgorda oyoqyalang у uradi. I. P. Pavlovning iborasicha, uyqu po'stloq va po'stloq osti yadrolari tormozlanishining mahsulotidir. Binobarin, uyqu muhim biologik hodisa bo'lib, organizmni charchab, holdan toyishdan saqlovchi tormozlanish- dir. Uyqu markazi gipotalamusning oldingi yadrolarida, uyg'oqlik markazi esa gipotalamusning orqa yadrolarida joylashgan. Uyqu bilan uyqusizlik miya p o 's tlo g 'i orqali tartibga solinadi. Itda miya stvolini miya yarimsharlaridan ajratib qo'yilsa, juda chuqur uyqu vujudga keladi. Odamda gipotalamus yoki o'rta miya kasallansa, uzoq uyqu (15—20 yillab ham), ya’ni letargik (surunkali) uyqu bo'ladi. Gipnoz miya po'stlog'ining ayrim qismlari tormozlanishidan paydo bo'ladi. Gipnoz ham uyquga o'xshash har turli ta’sirlar ostida ro'y beradi. Odatdagidan ko'proq (chuqurroq) tormozlanish vujudga kelishi uchun qulay bo'lgan sharoitda kuchli, ta’sirchan gipnoz yuzaga keladi. I. P. Pavlovning fikricha, bu himoyalovchi tormozlanishdir. Jumladan yirtqich hayvonlami ko'rgan zaif hayvon o'lganga o'xshab yotib oladi, shu bilan saqlanib qoladi, chunki yirtqich hayvonlar ko'pincha o'lik hayvonlarga tegmaydi. PERIFERIK NERV SISTEMASI Periferik nervlar bosh miyadan (12 juft) va orqa miyadan chiqadi. BOSH MIYA NERVLARI Bosh miya nervlari doimiy tartib raqamiga ega bo'lgan 12 juft nervlardan iborat (179-rasmga qarang). I juft — hid bilish nervi. II juft — ko'rish nervi. III juft — ko'zni harakatlantiruvchi nerv. IV juft — g'altak nervi. V juft — uch shoxli nerv. VI juft — uzoqlashtiruvchi nerv. VII juft — yuz nervi. VIII juft — dahliz-chig'anoq nervi. www.ziyouz.com kutubxonasi IX juft — til-yutqin nervi. X juft — adashgan nerv. XI juft — qo'shimcha nerv. XII juft — til osti nervi. Bu nervlar vazifalariga qarab uch guruhga bo'linadi, ulardan I, II va VIII juft nervlar sezuvchi a’zolarning nervlari, III, IV, VI, XI va XII juftlari harakatlantiruvchi nervlar, V, VII, IX va X juftlari esa aralash nervlardir. Hid bilish nervi bilan ko'rish nervi boshqa juft nervlardan bosh miya pufakchalaridan rivojlanganligi bilan farq qiladi. Shuning uchun bu nervlarda nerv tugunlari bo'lmaydi. Aralash nervlar esa orqa miya nervla- riga o'xshash tuzilgan bo'lib, ulaming sezuvchi tolalarida nerv tugunlari bo'ladi. Harakatlantiruvchi tolalar esa bosh miya po'stlog'idan orqa miya nervlariga o'xshab, kulrang moddaning oldingi shoxidan boshlanadi. Ill, VII, IX va X juft nervlar bag'rida boshqa nerv tolalaridan tashqari parasimpatik tolalar ham mavjud. I. H id b i l i s h n e r v i . Bosh miya yarimsharlari asosida (tagida) gi hid bilish piyozchasidan 16— 20 ta ingichka tolalar chiqib, g'alvirsi mon suyakning ilma-teshik plastinkasidan o'tib, burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga tarqaladi. II. K o ' r i s h n e r v i . Miya oyoqchalarining tashqi chetida joylash gan ko'rish yo'llaridan boshlanadi. Ko'rish yo'llari oyoqchalari o'rtasi dagi chuqurcha tepasida bir qism tolalar o'zaro kesishib, nerv kesishma- sini hosil qiladi va o'ng tomondagi kesishgan tolalar chap tomonga o'tib ko'rish nervini hosil qiladi. Nerv shu nomli kanal orqali ko'z kosasiga kirib, ko'z kosasining to'r pardasiga borib taqaladi (Ko'rish a’zolari va uning o'tkazish yo'liga qaralsin). III. K o ' z n i h a r a k a t l a n t i r u v c h i n e r v (192-rasm). Miya oyoqchalarining ichki yuzalaridan boshlanib, ko'z kosasining ustki yorig'i 192-rasm. Ko'zni harakatlantiruvchi uch shoxli va til osti nervlari. ^ 1, 2, 3 - ko'z nervining peshonaga ^ tarqaluvchi tolalari; 4 - ko'zni hara- katlantiruvchi nerv; 5 - ko'z kosasi ^ pastidagi nerv; 6 - qanot-tanglay 14 tuguni; 7 - ustki katakchalar nervi; 8 - tepa jag' tishlari nerv tolalari; 9 - til nervi; 10 - j a g ' - t i l osti muskuliga boruvchi nerv; 11 - pastki katakchalar nervi; 12 - en gak tolasi; 13 - til osti nervi; 1 4 - pastki jag' nervi; 15 - ustki jag' nervi; 16 - uch shoxli nerv poyasi; 17 - ko'z nervi. www.ziyouz.com kutubxonasi orqali ko'z kosasiga kirib tepa va pastki shoxchalarga bo'linadi. Nervning harakatlantiruvchi tolalari ustki qovoqni ko'taruvchi muskuliga, ko'z soqqasining ustki, pastki, ichki to'g'ri muskullari va pastki qiyshiq mus kullarga borib tarqaladi. Nerv tarkibidagi parasimpatik tolalaming bir qismi ko'z qorachig'ini qisuvchi (sfmkter va kiprik) muskullariga borsa, ikkinchi qismi ko'z kosasining orqa qismida joylashgan kiprik nerv tugu- niga borib tugaydi. IV. G ' a l t a k n e r v i . Uzunchoq miya chodirining orqa tomonidan chiqib, miya oyoqchalarining tashqi tomonidan ko'z kosasining ustki yorig'i orqali ko'z kosasiga kirib, ko'z soqqasining ustki qiyshiq muskuliga boradi. V. U c h s h o x l i n e r v . Aralash nerv bo'lib, uning harakatlanti ruvchi tolalari miya ko'prigidan alohida chiqib, chakka suyagining pira- midasi sohasida I va II shoxlar bilan qo'shilib, uch shoxli nervni hosil qiladi. Nervning sezuvchi tolalari miya ko'prigidan (harakatlantiruvchi tolalari orqarog'idan) va uzunchoq miyaning yon tomonidan boshlanib, chakka suyagining piramidasidagi chuqurchada harakatlantiruvchi tolalar bilan qo'shilib, yarim oysimon tugunni hosil qiladi. Tugundan uch shoxli nervning quyidagi tolalari chiqadi. 1. Ko'z nervi sezuvchi nerv bo'lib, yarim oy tugundan ajralib, miya qattiq pardasiga tolalar beradi. Ko'z kosasining ustki yorig'idan ko'z kosasiga kirib, peshona, ko'z yoshi va burun, kiprik nervlariga bo'linadi. Ular tepa, qovoq, peshona terilariga, ko'z soqqasiga, konyunktiva (qovoqlarning ichkariga qaragan shilliq qavatlari)ni, peshona, g'alvirsi mon va ponasimon suyak kovaklarining shilliq qavatlariga borib tarqala di. Nervning ko'z yoshi bezi tarmog'i ko'z yoshi beziga boradi. 2. Ustki jag ' nervi uch shoxli nervning ikkinchi (sezuvchi) shoxi bo'lib, kalla suyagi bo'shlig'idan ponasimon suyakning yumaloq teshigi orqali qanot-tanglay chuquriga chiqib to'rtta shoxchaga bo'linadi: I. Ko'z kosasi pastidagi nerv qanot-tanglay chuqurchasidan ko'z kosasining pastki yorig'i orqali ko'z kosasiga, undan shu nomli kanal orqali yuzga chiqib, pastki qovoq, ustki lab va burun yon tomonidagi terilarga tarqaladi. II. Qanot-tanglay tolalari shu nomli nerv tuguniga qo'shiladi. III. Ustki kataklarga, ularda joylashgan tishlarga va milkka tarqaladi. IV. Yonoq nervi lunj va chakka terilarini innervatsiya qiladi. 3. Pastki jag ' nervi. Tarkibida harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalar bo'lib, kalla suyagi bo'shlig'idan ponasimon suyakning oval teshigi orqali chiqadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari chaynov muskullariga tarqalsa, sezuvchi tolalari lunj shilliq pardasini, tilning shilliq qavatini innervatsiya qiladi. Nerv tarkibidagi sezuvchi tolalar quloq oldi, til va jag' osti so'lak bezlariga boradi. Pastki kataklar shoxi esa pastki jag' tishlariga, milkka tarqaladi. Bu nervning tolalari dahan sohasidagi terilami innervatsiya qiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi VI. U z o q l a s h t i r u v c h i n e r v miya ko'prigining orqa chegara sohasidan chiqib, ko'z kosasining ustki yorig'idan ko'z kosasiga kirib, ko'z soqqasining tashqi to'g'ri muskulini innervatsiya qiladi. VII. Y u z n e r v i harakatchan nerv bo'lib, miya ko'prigi bilan uzunchoq miya orasidan chiqib, ichki eshitish teshigi orqali yuz nervi kanaliga kirib qayriladi. Nog'ora bo'shlig'ining ichki devori bo'ylab oldin orqaga, so'ngra pastga yo'nalib, chakka suyagining so'rg'ichsimon - bi gizsimon o'siqlari o'rtasida joylashgan shu nomli teshikdan tashqariga chiqadi. Kanal ichida yuz nervidan katta toshsimon nerv bilan eshitish tori nervi ajraladi. Katta toshsimon nerv (tarkibida parasimpatik tolalar bor) chiqib, quloq oldi beziga boradi. Eshitish tori nervi esa yuz nervidan ajralgach, o'rta quloq bo'shlig'idan tashqariga chiqib, uch shoxli nervning til nervi shoxi bilan qo'shiladi va tilning so'rg'ichlariga (ta’m bilish) va til osti hamda pastki jag' osti bezlariga tolalar beradi (193-rasm). Yuz nervi so'rg'ichsimon-bigizsimon teshikdan tashqariga chiqqach, quloq oldi bezining ichiga kirib, bir qancha tarmoqlarga ajraladi. Nervning harakatlantiruvchi tolalari yuzdagi mimika muskullarini va bo'yindagi teri osti muskuli bilan ikki qorinchali muskulning orqa qorinchasini innervatsiya qiladi. VIII. D a h 1 i z - c h i g ‘ a n o q n e r v i (sezish nervi) miya ko'prigi- ning orqasidan yuz nervi bilan yonma-yon chiqib, ichki eshitish teshigi orqali piramida (chakka suyagida) ichiga kiradi. Bu nerv ikkita nervdan tashkil topgan, biri ichki quloqning dahlizi bilan yarim to'garak kanallarga boruvchi dahliz nervi bo'lsa, ikkinchisi eshitish nervidan iborat. Dahliz nervi muvozanatni saqlash vazifasini bajaradi, uni ng p e rife rik to la la ri ta’sirotni ichki quloq (labi rint) dahlizida joylashgan yadroning labirint dahlizi va yarim to'garak kanallariga tarqalgan tolalardan oladi. Chig'anoq nervi esa ta’sirot ni labirint chig'anog'i ichida joylashgan nerv tugunidan oladi. Tugunning periferik nervlari Korti a ’zosidan i mpul s ni qabul qi l adi (quloqning tuzilishi va eshi tish yo'liga qaralsin). 193-rasm. Yuz nervi. 1 - chakka tarmoqlari; 2 - yorg'oq tarmoqlari; 3 - lunj tarmoqlari; 4 - pastki jag' tarmoqlari; 5 - bo'yin tarmoqlari; 6 -qu loq oldi chigali; 7 -y u z nervi. www.ziyouz.com kutubxonasi IX. T 1 1 -у u t q i n n e r v i sezuvchi, harakatlantiruvchi va ta m bi lish (parasimpatik) nerv tolalaridan iborat (aralash nerv) bo'lib, uzunchoq miyadagi pastki oliva orqasidan chiqadi va bo'yinturuq teshik orqali kalla bo'shlig'idan tashqariga yo'naladi. Teshik pastida nerv stvoli yo'g'on- lashib ostki va ustki tugunlar hosil qilib, shoxchalarga bo'linadi. Uning sezuvchi tolalardan tuzilgan shoxi tilning orqa qismiga, halqumga, o'rta quloq shilliq pardasiga tarqaladi. Ta’m bilish tolalari til so'rg'ichlariga borsa, uning parasimpatik tolalari quloq oldi beziga borib tarqaladi. X . A d a s h g a n n e r v murakkab tuzilgan nerv bo'lib, uning tar kibida somatik harakatlantiruvchi, sezuvchi va parasimpatik nerv tolalari bor. Nerv uzunchoq miyaning orqa egatidan IX juft nervidan keyin chiqadi, kalla ichidan bo'yinturuq teshik orqali (IX va XI juft nervlar bilan birga) 194-rasm. Bo'yin nervlarining oldindan ko'rinishi. / - bigizsim on o 'siq —til muskuli; 2 - simpatik nerv poyasi; 3 - adashgan nerv; 4, 5 - yurakka boruvchi tepa nerv tolalari; 6 - hiqildoqning qaytuvchi nervi; 7 - yurakka boruvchi pastki nervlar; 8 - oldingi narvonsimon muskul; 9 - til osti nervi; 10 - bo'yinning tepa nerv tuguni (simpatik tugun); / 7 -adashgan nerv. chiqadi. Nervdan kalla bo'shlig'iga, miyaning qattiq pardasiga va tashqi eshitish yo'lining terisiga tolalar boradi (194-rasm). Adashgan nervning somatik hara katlantiruvchi tolalari yutqin muskul lariga, yumshoq tanglay muskullariga (yumshoq tanglayning taranglatuvchi muskulidan tashqari) va hiqildoq muskullariga tarqaladi. Adashgan nervning bo'yinturuq teshigi ostida ostin-ustun joylashgan ikkita sezuvchi nerv tolalari tuguni b o 'la d i. Nerv b o ' y i n so h asid a bo'yinturuq vena bilan ichki uyqu a rte riy a s i o ra s id a , p a s tro q d a bo'yinturuq vena bilan umumiy uyqu arteriyalari o ralig 'id an yo 'nalib , ko'krak bo'shlig'iga boradi. Ko'krak bo'shlig'ida chap adashgan nerv qizi lo'ngach devorining oldidan, o'ng adashgan nerv esa orqa devoridan pastga tushib, diafragmaning qizil o'ngach teshigi orqali qorin bo'shli g 'ig a tushadi. Qorin b o 'sh lig 'id a adashgan nervning o'ng tomondagi si me’daning orqa yuzasida, chap to mondagisi esa me’daning oldingi yuzasida chigal hosil qiladi. Shunday qilib, adashgan nerv joylashgan www.ziyouz.com kutubxonasi joyiga qarab bosh, bo'yin, ko'krak va qorin bo'shlig'i qismlari tafovut etiladi. Adashgan nervning bo'yin qismi yutqin va yumshoq tanglay mus kullariga tolalar beradi. Orqaga qaytuvchi hiqildoq nervi esa hiqildoqning shilliq qavatini innervatsiya qiladi. Nervdan chiqqan yurakka boruvchi ustki tolalar yurak urishini pasaytirish (depressor)da qatnashadi. Adashgan nervning ko'krak qafasi sohasidan yurakka boruvchi pastki tolalar, traxeya, bronxlar va o'pkaga boruvchi tolalar, qizilo'ngach devorida tarqaladigan tolalar chiqadi. Adashgan nervning qorin bo'shlig'i qismidan tarqalgan nerv tolalari me’da devorining orqasida chigal hosil qiladi. Chigallardan chiqqan nerv tolalari arteriya tomirlarining devorlari bo'ylab jigar, me’da osti bezi, buyraklar, taloq, ingichka va yo'g'on ichaklarga borib, ulami innervatsiya qiladi. XI. Q o ' s h i m c h a n e r v harakatlantiruvchi nerv bo'lib, uzunchoq miyaning pastki qismi bilan orqa miyaning birinchi segmentlaridan tash kil topgan. Kalla ichidan bo'yinturuq teshik orqali chiqib, ikkita tarmoqqa bo'linadi. Uning bitta shoxi adashgan nervga qo'shilsa, ikkinchi shoxi to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskul bilan trapetsiyasimon muskullarga tolalar berib, bo'yin nerv chigallariga borib qo'shiladi. XII. T i l o s t i n e r v i harakatlantiruvchi tolalardan iborat bo'lib, uzunchoq miyaning oliva sohasidan boshlanib, kalladan ensa suyagining shu nomli kanali orqali chiqqach, bo'yinturuq vena bilan ichki uyqu arteriyasi bo'ylab pastga tushadi. Nerv tolalari til va til osti muskullariga tarqaladi. Uning pastga tushuvchi uzun tolasi I—II bo'yin nervlari bilan qo'shilib, nerv qovuzlog'i (petlya)ni hosil qiladi va til osti suyagidan pastda joylashgan bo'yin muskullariga tolalar berib tarqaladi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling