O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 195-rasm. Kokrak va qorin devorlari (nervlari). /-q o v u rg a oraliq nervlar; 2 -qovurga oraliq yelka-nervi; 3
- 196-rasm. Boyin va yelka chigallari. I - til osti nervi; 2 - adashgan nerv; 3
- 197-rasm. Yelka chigali nervlari. / - y e l k a chigali; 2 -o m r o v suyagi; 3 - qoltiq venasi;
- 198-rasm. Bel va dumgaza nerv chigali simpatik sistemasining bel va dumga za qismlari. /- q o v u r g a osti nervi; 2
- dumgazaning simpatik nerv tuguni; II - s im - patik nerv poyasi; 12 - aortaning
- 199-rasm. Oyoq terisi nervlarining tarqalish sxemasi. 1, 2 - dumba terisining yuqori nervlari; 3, 4 - son orqasining teri
- Periferik nerv sistemasining rivojlanishi
- Periferik nervlar fiziologiyasi
- Nazorat uchun savollar U m u m i y q i s m v a o r q a m i y a 1. Bosh miya sistemasining tuzilishi va uning qismlari, funksiyasi.
- 5. Orqa miyaning tashqi va ichki tuzilishi, joylashgan om i. 6. Orqa miyaning markaziy kanali yuqorida qaysi bosh miya qorinchasiga qoshiladi
- B o s h m i y a 11. Bosh miyaning joylashuvi, ortacha ogirligi. 12. Bosh miya sathlari. 13. Bosh miyaning tubi.
ORQA MIYA NERVLARI Orqa miyaning kulrang moddasi oldingi shoxidan harakatlantiruvchi tolalar, orqa shoxidan esa sezuvchi tolalar chiqadi (orqa miya tuzilishiga qaralsin). Sezuvchi tolalar umurtqalararo teshik oldida tugun hosil qilib, so'ngra oldingi (harakatlantiruvchi) tolalar bilan qo'shilib, orqa miyaning 31 juft aralash nervini hosil qiladi. Ular bo'yin qismida 8 juft, ko'krak qismida 12 juft, bel qismida 5 juft, dumg'aza qismida 5 juft va dum qismida 1 juft bo'ladi. Bundan tashqari, 8 juft bo'yin, 12 juft ko'krak va 1—2 juft bel nervlari tarkibida (harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalardan tashqari) orqa miya kulrang moddasining yonbosh shoxlaridan chiqqan simpatik tolalar ham bo'ladi. Dumg'aza nervlari tarkibida esa efferent parasimpatik tolalar mavjud (195-rasm). Har qaysi orqa miya nervlari umurtqalararo teshiklardan chiqib, ikkita (orqa va oldingi) shoxga bo'linadi. O r q a m i y a n e r v l a r i n i n g o r q a s h o x l a r i . Orqa miya nervlari asosiy nerv poyasidan ajralib, orqa miyaning orqa shoxlari nomi www.ziyouz.com kutubxonasi bilan gavdaning orqa tomonidagi muskullarga va teriga tarqala di. Ammo ba’zi bir orqa shox nervlar o ‘ziga xos nom bilan ataladi. Jum ladan, birinchi bo‘yin nervining orqa shoxi ensa tagi nervi, ikkinchi bo‘yin nervining orqa shoxi katta ensa nervi nomi bilan tarqaladi. O r q a m i y a n e r v l a r i n i n g o l d i n g i s h o x l a - r i . Orqa miya nervlarining aso si poyadan ajralgandan so'ng ishchi a’zolarga tarqalishdan ol din bir-biri bilan aralashib, chi- gallar hosil qiladi. Bunday chi- gallar odam organizm ining (ko'krak nervlaridan tashqari) to'rt joyida uchraydi: 1) bo'yin chigali; 2) yelka chigali; 3) bel chigali; 4) dumg'aza chigali. K o'pincha bel chigali bilan dumg'aza chigalini bir-biriga qo'shib, bel-dumg'aza chigali nomi bilan o'rganiladi. Ko'krak nervlarining oldingi shoxlari chigal hosil qilmaydi, har biri alohida qovurg'alararo bo'shliqqa tarqaladi. Ammo II ko'krak nervining oldingi shoxidan yelka chigaliga, XII ko'krak nervidan bel chigaliga qo'shilish uchun tarmoqlar ajraladi. BO'YIN CHIGALI Bo'yin chigali (196-rasm) I — IV bo'yin nervlarining oldingi shoxla ridan paydo bo'ladi. Bo'yin chigalini to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mus kul bekitib turadi. Bu chigaldan quyidagi nervlar chiqadi: 1. Katta quloq nervi — sezuvchi nerv. Quloq suprasiga va tashqi eshitish yo'li terisiga tarqaladi. 2. Kichik ensa nervi — sezuvchi nerv. Boshning ensa qismi terisiga tarqaladi. 3. Bo'yinning ko'ndalang nervi — sezuvchi nerv. Bo'yinning oldingi yonbosh qismi terisiga tarqaladi. 4. O'mrov ustidagi nervlar — sezuvchi nerv. O'mrov atrofidagi teri- larga tarqaladi. 195-rasm. Ko'krak va qorin devorlari (nervlari). /-q o v u rg 'a oraliq nervlar; 2 -qovurg'a oraliq yelka-nervi; 3 - yonbosh-qorin osti nervi; 4 - yonbosh-chov nervi. www.ziyouz.com kutubxonasi 196-rasm. Bo'yin va yelka chigallari. I - til osti nervi; 2 - adashgan nerv; 3 - bo'yin nervining til osti nerv tolasi bilan tutashgan jo y i; 4 - o 'm r o v osti nerv tolalari; 5 - muskul tolalari; 6 - ko'krakning uzun nervi; 7 - yelka chigalining tashqi poyasi; 8 - yelka chigali; 9 - o'mrov usti nervlari; 1 0 - di afragma nervi; 11 - qo'shimcha nerv. 5. Muskullarga boruvchi tarmoqlar — harakatlanti ruvchi nervlar. Bo'yinning chuqur muskullari (bosh- ning, bo'yinning uzun mus kullari, narvon muskullari)- ga tarqaladi. 6. Diafragma nervi — aralash nerv. Oldingi narvon muskulining oldingi ko'ks oralig'ida yurak pardasi (perikard) bilan plevraning ko'ks oraliq varag'i orasidan yo'nalib, diafragmaga borib tarqaladi. YELKA CHIGALI Yelka chigali IV — VIII bo'yin nervlari bilan qisman birinchi ko'krak nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi. Chigal bo'yinning pastki chegarasida (o'mrov suyagining ustida), to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mus kulning orqasida joylashgan (197-rasm). Chigaldan chiqqan uzun nervlar uchta (ichki, tashqi va orqa) poya hosil qilib, narvon muskullar oraliq yorig'idan qo'ltiq bo'shlig'iga o'tadi va qo'ltiq osti arteriyasini uch tomondan o'rab turadi. Yelka chigalidan 197-rasm. Yelka chigali nervlari. / - y e l k a chigali; 2 -o 'm r o v suyagi; 3 - qo'ltiq venasi; 4 - qo'ltiq arteriyasi; 5 -k o'k rak nervlari; 6 - qovurg'a oraliq-yelka nervi; 7 - ko'krakning uzun ne rvi; 8 - ko'krak orqa devorining nervlari; 9 -q o 'ltiq nervi; 1 0 - yelkaning ichki terisiga boruvchi nervi; II - bilak nervi; 12 - tirsak nervi; 13 - bilakning ichki tomon terisiga boruvchi nervi; 14 - oraliq nerv; 15 - muskul teri nervi; 16, 18 - orqa miya; / 7 - ichki poya. www.ziyouz.com kutubxonasi qisqa va uzun tarmoqlar chiqadi. Odatda, qisqa tolalar yelka chigalining o ‘mrov suyagi ustki qismidan boshlanadi. 1. Ko'krak orqasi nervi rombsimon muskul bilan ko'krakni ko'taruv chi muskulga tarqaladi. 2. Uzun ko'krak nervi oldingi tishli muskulni innervatsiya qiladi. 3. O'mrov osti nervi — shu nomli muskulga boradi. 4. Kurak ustidagi nerv kurakning orqa yuzasidagi (kurak ustidagi va ostidagi) muskullarga tarqaladi. 5. Ko'krak oldi nervlari katta va kichik ko'krak muskullariga boradi. 6. Ko'krak orqa devorining nervi orqadagi serbar muskulga tarqaladi. Yelka chigalining uzun tarmoqlari (o'mrov suyagi ostki qismi) uchta poyadan boshlanadi: I. I c h k i p o y a t a r m o q l a r i : 1. Yelkaning ichki tomon terisiga boruvchi nerv —sezuvchi nerv yelkaning ichki tomondagi terisiga tarqaladi. 2. Bilakning ichki tomoniga boruvchi nerv — sezuvchi nerv, bilak ning ichki tomondagi terisiga tarqaladi. 3. Tirsak nervi — aralash nerv, yelkada yelka arteriyasi bilan yonma- yon bo'lib, yuza joylashadi, tirsak egati orqali bilakka o'tib, bilak arteriyasi va venalari bilan birga qo'l kaftigacha borib, ikkita shoxga bo'linadi. Nervdan bilakda kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskul bilan panjani bukuvchi chuqur muskulning bir qismiga tolalar boradi. Nervning qo 'l panjasiga boruvchi shoxining biri kaftning chuqur tarmog'i bo'lib, jimjiloq tomondan tepalik muskullarining suyaklararo muskullari bilan ikkita chuvalchangsimon muskullarga tarqalsa, ikkinchisi panjaning yuza tarmog'i bo'lib, kaftning kalta muskulini, kaftning jimjiloq tomon terisini, jimjiloqning oldingi va orqa tomondagi terisini va IV barmoqni tirsak tomon terisiga (1V2 barmoq terisini) innervatsiya qiladi. Kaftning orqa tomonidan, V, IV barmoqlar terisini va III barmoqning jimjiloqqa qaragan terisini innervatsiya qiladi. II. T a s h q i p o y a t a r m o q l a r i : 1. Muskul-teri nervi tumshuqsimon o'siqdan yelkaga boruvchi mus kulni teshib o'tib, yelka muskuli bilan yelkaning ikki boshli muskullari orasidan pastga yo'naladi va ularga o'zining harakatlantiruvchi tolalarini beradi. Nervning sezuvchi tolalari bilakning tashqi teri nervi nomi bilan bilakning tashqi, qisman old tomonidagi terisini innervatsiya qiladi. 2. Oraliq nervi ichki va tashqi nerv poyalaridan hosil bo'lib, yelkada, yelka arteriyasi bilan birga yotadi (yelkaga hech qanday tola bermaydi), undan tirsak chuqurchasiga, so'ng bilakka o'tadi. Bilakda yuza va chuqur joylashgan muskullar oralig'idan yo'naladi va ulaming hammasiga (kaftni www.ziyouz.com kutubxonasi tirsak tomonga bukuvchi muskul bilan panjani bukuvchi muskul chuqur qismining yarmidan boshqa) harakatlantiruvchi tolalar beradi. Oraliq nerv shoxlari kaftda bosh barmoq tomondagi tepalik muskullari (bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskuldan boshqa), bosh tarmoq tomondan ikkita chu valchangsimon muskullami va kaft tomondagi 3 '/, barmoqning (bosh barmoq tomonidan) terisini innervatsiya qiladi. III. O r q a p o y a t a r m o q l a r i : 1. Qo‘Itiq nervi aralash nerv bo‘lib, to'rt tomonli teshikdan o'tib, yelka suyagi orqasidan boradi va deltasimon muskul, kichik yumaloq muskul hamda yelka bo'g'imiga tarqaladi. Sezuvchi tolalari deltasimon muskulni qoplab turgan terini innervatsiya qiladi. 2. Bilak nervi — aralash nerv. Yelka arteriyasining chuqur shoxi bilan yelkaning orqa tomoniga o'tib, yelka chiziqcha muskul kanali orq ali tirsakka borganda yuza va chuqur shoxlarga bo'linadi. Nervning harakatlantiruvchi tolalari yelkada uch boshli muskulni innervatsiya qilsa, sezuvchi tolalari yelkaning orqa tomondagi terisiga tar qaladi. Bilak nervi bilak sohasida uning orqa tomonida joylashgan muskul lami va ulami qoplab turgan terini, kaftda esa bosh barmoq tomonidan boshlab 2 42 barmoqning orqa tomondagi terisini innervatsiya qiladi. BEL CHIGALI Bel chigali (198-rasm) XII ko'krak nervi oldingi shoxining bir tarmog'i, I, II, III bel nervlarining oldingi shoxlari va IV bel nervi oldingi shoxi ning bir qismi ishtirokida hosil bo'ladi. Bel chigalidan quyidagi nervlar chiqadi: 198-rasm. Bel va dumg'aza nerv chigali simpatik sistemasining bel va dumg'a za qismlari. /- q o v u r g ' a osti nervi; 2 - yonbosh-qorin osti nervi; 3 - y o n b o s h -c h o v n erv i; 3 - simpatik nerv sistemasining bel va dumg'aza qismi; 5 - sonning tashqi teri nervi; 6 - tanosil-son n erv i; 7 - son n erv i; 8 - yopiluvchi nervi; 9 -dum g'aza nerv poyasi; 1 0 - dumg'azaning simpatik nervi; 9 -d u m g 'a z a nerv poyasi; 1 0 - dumg'azaning simpatik nerv tuguni; II - s im - patik nerv poyasi; 12 - aortaning simpatik nerv chigali. www.ziyouz.com kutubxonasi 1. Muskul tolalari katta va kichik bel muskullari hamda belning to'rt burchakli muskullariga tarqaladi. 2. Yonbosh-qorin osti nervi qorin devori muskullarining pastki qismiga va ulami qoplab turgan teriga tarqaladi. 3. Yonbosh-chov nervi chov kanalidan tashqariga chiqib, qov va yorg'oq (ayollarda katta uyatli lab) terisiga tarqaladi. 4. Tanosil-son nervi ikkita tarmoqqa bo'linadi. Uning bitta shoxi chov sohasidagi teriga tarqalsa, ikkinchi shoxi urug' tizimchasi bilan pastga tushib, moyakni ko'taruvchi muskul bilan moyak pardasini innervatsiya qiladi. 5. Sonning tashqi teri nervi sonning tashqi tomondagi terisiga (tizzaga qadar) tarqaladi. 6. Son nervi chigalning eng yo'g'on nervi bo'lib, katta bel muskuli bilan chov boylami tagidan (muskul kovakdan) o'tib, songa chiqadi va uchta tarmoqqa bo'linadi: a) muskul tarmoqlari sonning to'rt boshli muskuli, mashinachilar muskuli va taroqsimon muskullarga tarqaladi; b) sonning oldingi va ichki tomondagi teriga tarqaluvchi tolalar; d) «yashirin» nerv eng uzun sezuvchi nerv bo'lib, boldirga tushib, uning ichkari tomondagi terisini innervatsiya qiladi. 7. Yopiluvchi nerv katta bel muskuli orqasidan kichik chanoq bo'shli g'iga tushadi, undan yopiluvchi kanal orqali sonning ichkari sohasiga chiqadida, shu yerdagi barcha (sonni yaqinlashtiruvchi) muskullarga, cha noq-son bo'g'imining xaltasiga va sonning ichkari tomonidagi terisiga tarqaladi. DUMG'AZA CHIGALI Bu chigal V va qisman IV bel nervlari, I — V dumg'aza hamda dum nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi. Dumg'aza chigali tanadagi hamma chigallar ichida eng kattasi bo'lib, kichik chanoq bo'shlig'ining orqa tomonida, noksimon muskulning oldingi yuzasida joylashgan. Chigaldan quyidagi tarmoqlar chiqadi (199- rasm). 1. Muskul tolalari noksim on m uskulga, ichki yopiluvchi muskulga, egizak muskullarga, sonning kvad- ratsimon muskuliga tarqaladi. 2. Ustki va pastki dumba nervlari chanoq bo'shlig'i dan noksimon muskulning ustki va pastki teshiklaridan chiqib, dumba sohasida dumba muskullariga, katta, o'rta va kichik chanoq-son bo'g'im i xaltasiga tarqaladi. 199-rasm. Oyoq terisi nervlarining tarqalish sxemasi. 1, 2 - dumba terisining yuqori nervlari; 3, 4 - son orqasining teri nervi; 5, 6 , 7 - boldirning tashqi yuzasi terisi nervi. www.ziyouz.com kutubxonasi 3. Son orqasining teri nervi chanoq bo‘shlig‘idan noksimon muskul ostidan katta quymich teshikdan quymich nervi bilan chiqib, sonning orqa sohasidagi terini innervatsiya qiladi. 4. Quymich nervi — organizmdagi eng yo‘g ‘on va uzun aralash nerv. Katta quymich teshigidan (noksimon muskul ostidan) dumba sohasiga chiqadi va sonning ikki boshli muskuli, yarim oy va yarim parda muskullari orasidan o'tib, ularga tolalar beradi. Nerv tizza osti chuqurchasining tepa burchagiga kelib, katta boldir nervi va kichik boldirning umumiy nervlariga bo'linadi: a) katta boldir nervi tizza osti chuqurchasi sohasidan pastga tushib, boldirning orqa tomondagi yuza va chuqur joylashgan bukuvchi muskul lari orasidan medial to'piqqa borib, ichki va tashqi kaft nervlariga bo'linadi. Katta boldir nervi tizza osti sohasidagi muskullami, boldirning orqasida joylashgan bukuvchi muskullami va shu sohadagi terini innervatsiya qiladi. Tashqi va ichki kaft nervlari oyoq panjasining muskullariga va terisiga tarmoqlanadi (199-rasm); b) umumiy kichik boldir nervi quymich nervidan ajralgach, tizza osti chuqurchasining qirg'og'i bo'ylab kichik boldir suyagi boshi oldiga borib, ikki shoxga bo'linadi. Ulaming chuqur shoxi boldirning oldingi muskullari orasidan yo'nalib, ularga tolalar beradi va oyoq panjasining ustki tomon terisini, muskullarini va I—II barmoq oraliq terisini innervatsiya qiladi. Umumiy kichik boldir nervining yuza shoxi kichik boldir muskullariga, oyoq panjasining ust tomondagi terisiga, II, III, IV, V barmoqlar va ulaming oraliq sohasidagi terilarga tarqaladi. UYATLI CHIGAL Uyatli chigal — dumg'aza chigalining bir qismi. Ill—IV dumg'aza nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi. Chigal tarmoqlari: 1. Muskul tarmoqlari orqa chiqaruv teshigini ko'taruvchi muskul va dum muskuliga boradi. 2. Tashqi olat nervi kichik chanoq bo'shlig'idan noksimon muskul tagidan chiqib, quymich qirrasini aylanib o'tib, kichik quymich teshik orqali yana chanoq bo'shlig'iga kiradi. U yerda quymich suyagi bilan to'g'ri ichak o'rtasidagi chuqurda joylashib, orqa chiqaruv teshigini siquvchi tashqi muskul, oraliq muskullari va terilari, yorg'oq terisining orqa qismi (ayollarda katta uyatli lablaming orqa qismi)ga tarmoqlar beradi. Periferik nerv sistemasining rivojlanishi Odamning embrional rivojlanishida birlamchi nerv naychasining ichi dagi hujayralar ko'payib, yangi hujayralarni hosil qilish hisobiga orqa miyaning ichki kulrang moddasini vujudga keltiradi. Keyinchalik kulrang www.ziyouz.com kutubxonasi modda o ‘sa borib, «N» shaklli bo‘ladi. Ularning oldingi shoxidagi nerv hujayralari katta hajmli bo‘lib, tolalari harakatlantiruvchi (efferent) nerv ildizlarini hosil qiladi. Kulrang moddaning orqa shoxlarida joylashgan nerv hujayralar unchalik katta bo'lmasdan, ulardan chiqqan nerv tolalari sezuvchi (afferent) ildizni hosil qiladi. Sezuvchi ildizlarda rivojlanayot- gan hujayralar (neyroblast)dan sezuvchi tugunchalar paydo bo‘ladi. Ke yinchalik oldingi nerv ildizi bilan orqa ildiz nerv tolalari qo'shilib, orqa miya nervini hosil qiladi. Nerv tolalari taraqqiy etib yetilgan paytiga yaqin, maxsus pardalarga o'raladi. Pardalar ikki xil bo'ladi. 1. Ektodermaga oid hujayralar ko‘payib, nerv tolalari atrofida yupqa parda (neyrolemma)ni hosil qiladi. Periferik nervlarning hamma tolalari neyrolemma bilan o ‘ralgan. 2. Neyrolemma paydo bo‘lganidan keyin ba’zi nerv tolalari qo'shim cha parda (miyelin — yog‘simon yumshoq modda) bilan qoplana bosh laydi. Binobarin, bu xildagi nerv tolalari miyelinli nervlar deb ataladi. Periferik nervlar fiziologiyasi Periferik nervlarning deyarli ko‘pchiligi aralash nervlar bo'lgani uchun, tarkibida ham sezuvchi, ham harakatlantiruvchi nervlar bo'ladi. Shu bois bunday nervlar qo'zg'aluvchan va o'tkazuvchan xususiyatga egadir. Qo'zg'aluvchanlikni a’zolarda, muskullar va terida joylashgan nerv oxirlari (retseptorlar) qabul qilib, markazga intiluvchi afferent (sezuvchi) nervlar orqali markaziy nerv sistemasiga, u yerdan harakatlantiruvchi (efferent) nervlar orqali ishchi a’zolarga kerakli javob impulslarini yetkazadi. Ta’sirlami o'tkazish tezligi nervlarda har xil bo'lib, o'rtacha sekundiga 0,5— 120 m ga teng, miyelin pardali nervlarda miyelinsiz tolalarga nisbatan qo'zg'alishni o'tkazish ancha tezroq. Impulslar yo'g'on diametrli nervlarda ingichka diametrli nervlarga nisbatan tezroq bo'ladi. Jumladan, quymich nervlarda biotoklar bir sekundda 120 m tezlikda tarqalsa, ingichka ne rvlarda (ayniqsa ichki a’zolarga tarqalgan simpatik nervlarda) bir sekundda faqat 0,5— 1,5 m tezlikda o'tadi. Nerv tolalarida impulslar faqat bir tomonga qarab yo'naladi. Jumladan, sezuvchi (afferent) nerv tolalari qo'zg'alishni markaziy nerv sistemasi tomonga yo'naltirsa, harakatlantiruvchi (efferent) nervlar, aksincha, markaziy nerv sistemasidan periferiyaga — ishchi a’zo larga qarab yo'naladi. Q o'zg'alish nervlardan a’zolarga, muskullarga quyidagicha o'tadi: harakatlantiruvchi nerv tolalari a’zolar, muskullar tarkibiga kirib, o 'z miyelin pardalarini yo'qotib, retseptorlar (nerv tolalarining oxirlari)ga bo'linadi. Retseptorlar turli (halqacha, taqacha va h.k.) shaklda bo'lib, maxsus (presimpatik) parda bilan o'ralib, muskul tolalari yuzalaridagi chuqurchalarga botib joylashadi. Parda ichida taxminan 2,5—3 mln. gacha asetilxolin pufakchalari bo'ladi. Ana shu retseptorlar muskul tolalarining ko'pdan-ko'p burmalar hosil qilib joylashgan postsinaptik pardasi orqali www.ziyouz.com kutubxonasi tutashadi. Parasimpatik parda bilan postsinaptik parda oralig'ida 200— 500 A keladigan sinaps bo'lagi bor. Postsinaptik pardada xolinesteraza (xolinoretseptor va asetilxolinni parchalaydigan) fermenti joylashgan. Harakatlantiruvchi nervdan kelgan impulslar retseptor membranasini qutbsizlantirib, pufakchalar pardasini parchalab sinaps o ralig 'ig a asetilxolinni quyadi. Asetilxolin molekulalari diffuziyalanib, muskul tolasining postsinaptik membranasiga shimilib, xolinoretseptorlar bilan birikib, postsinaptik membranadagi Na+ va K+ ionlarining o'tkazuvchanligini oshiradi. Natijada membrana qutbsizlanib, manfiy zaryadli bo'ladi va muskullar qisqarib harakatlanadi. Muskullar harakati natijasida ajralgan asetilxolin postsinaptik pardadagi xolinesteraza fermenti ta’sirida parcha lanib, postsinaptik pardani qutblantiradi. Qutblangan postsinaptik parda yana avvalgi holatiga qaytadi. Nazorat uchun savollar U m u m i y q i s m v a o r q a m i y a 1. Bosh miya sistemasining tuzilishi va uning qismlari, funksiyasi. 2. Markaziy nerv sistemasi qaysi qismlardan tuzilgan? 3. Periferik nerv sistemasining tuzilishi. 4. Refleks ravog'i va uning tarkibi. 5. Orqa miyaning tashqi va ichki tuzilishi, joylashgan o'm i. 6. Orqa miyaning markaziy kanali yuqorida qaysi bosh miya qorinchasiga qo'shiladi? 7. Orqa miya segmentlari va nervlarining hosil bo'lishi. 8. Orqa miya segmentlarining soni. 9. Orqa miya pardalari. 10. Orqa miya fiziologiyasi. B o s h m i y a 11. Bosh miyaning joylashuvi, o'rtacha og'irligi. 12. Bosh miya sathlari. 13. Bosh miyaning tubi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling