O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
ESHITISH VA MUVOZANAT A’ZOLARI
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 202-rasm. Eshitish azosi (kesib korsatilgan). 7 / - n o g o r a boshligining tomi; 9 2 - b o l g ‘acha;
- 203-rasm. Eshitish suyakchalari. / - bolgacha-sandon bogim i; 2, 4 - kalta va uzun oyoqchalar;
- 7 - bolgacha dastasi; 8 - bolgacha; 9 - bolgacha osimtasi; 1 0 - bolgacha boshi.
- 204-rasm. Suyak va parda labirintning tuzilishi. 1 - oldingi parda ampula; 2 - yarim halq asim on kanal;
- 205-rasm. Koz soqqasi. / - s h o x parda; 2 - old in gi kamera; 3 - rangdor parda; 4 - orqa kamera; 5 - k o z
- - tomirli parda; 11 - oq parda; 12 - markaziy chuqurcha; 13 - korish nervi chuqurchasi.
- 206-rasm. Koz soqqasining bir qismi. 1 - shox parda; 2 - oldingi kamera; 3 - rangdor parda;
- -to m irli parda; 1 0 - koruv arteriyasi va venasi. 207-rasm. Koz soqqasi muskullari.
ESHITISH VA MUVOZANAT A’ZOLARI Eshitish va muvozanatni saqlash a’zolari uch qism — tashqi, o'rta va ichki quloqdan iborat. Muvozanatni saqlash a ’zosi esa ichki quloq (labi- rint)ning bir qismi (dahlizi va yarim halqasimon kanallar)dir. Tashqi quloq Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi eshitish yo'lidan tashkil topgan (202-rasm). Quloq suprasi teri bilan qoplangan elastik tog'aydan tuzilgan bo'lib, tovush to'lqinini ushlash vazifasini bajaradi. Quloq suprasining tog'ayi quloq chetida qayrilib, supra burmasini hosil qiladi. Quloq suprasining ichkarisida supra burmasiga parallel joylashgan bo'rtm a bo'lib, ular www.ziyouz.com kutubxonasi 202-rasm. Eshitish a'zosi (kesib ko'rsatilgan). 7 / - n o g 'o r a bo'shlig'ining tomi; 9 2 - b o l g ‘acha; 3 - sandon; 4 - g orqadagi yarim h a lq a sim o n k a n a l; 5 - o l d i n g i yar i m halqasimon kanal; 6 - uzangi; 7 - c h ig 'a n o q ; 8 - n o g 'o r a 11 bo'shlig'i; 9 -ic h k i quloq; 1 0 - 14 nog'ora pardani taranglatuvchi mus kul ; / У - o ' r t a q u lo q 13 b o ' s h l i g ' i n i y ut qi n bi l an q o'shuvchi nay; 12 - nayning tog'ay qismi; 13 - nayning suyak oralig'ida ariqcha joylashgan. Quloq suprasi- qismi; / 4 -y u m sh o q tanglayni ning pastki qismida tog'ay plastinka o'rnida ko ^aruvchi m uskul;/5 - nog ora yumshoq yog' qatlam mavjud. Bu joy quloq par a’ ’ “shqi qu|oq yumshog'i deyilib, odatda (ayollarda) shu joyga har xil taqinchoqlar taqiladi. Quloq suprasining ichkarisida quloq teshigi bo'lib, uni old to mondan do'mboq chegaralab turadi. Tashqi eshitish yo'li uzunligi 30— 35 mm bo'lgan «S» simon kanal bo'lib, tashqi tomondan quloq teshigi, ichkaridan nog'ora parda bilan chegaralanib turadi. Tashqi eshitish kanali tashqi tog'ay, ichki tomoni suyak qismlaridan iborat. Tog'ay qismi quloq suprasi tog'ayining toray gan bo'lagi bo'lib, eshitish kanalining uchdan bir qismini tashkil etadi, suyak qismi eshitish kanalining qolgan uchdan ikki qismini hosil qiladi. Tashqi eshitish kanalini qoplagan teri sertuk bo'lib, yog' bezlari oltingu- gurtga boy modda ishlab chiqaradi. Nog'ora pardani ko'rish uchun quloq suprasini yuqoriga va orqa to monga bir oz tortib, «S»simon kanalni to'g'rilash kerak bo'ladi. N o g ' o r a p a r d a soat oynasiga o'xshash botiq doira shaklida bo'lib, yupqa elastik to'qimadan tuzilgan, diametri o'rta yoshdagi odamlarda 9 - 12 mm cha bo'ladi. Nog'ora parda tashqi eshitish kanali bilan o'rta quloq chegarasida joylashgan aylana ariqchaga soat oynasi soat korpusiga joy- lashgandek kirib turadi. Nog'ora pardaning tashqi eshitish kanaliga qaragan yuzasi yupqa teri bilan, ichki, o'rta quloqqa qaragan yuzasi esa shilliq parda bilan qoplangan. Nog'ora pardaning o'rta qismi yupqaroq, tashqi tomoni botiqroq, bu parda kindigi deb ataladi. Nog'ora pardaning chetlari ancha qalinlashib yopishadi. 0 ‘rta quloq O'rta quloq nog'ora bo'shlig'i va Yevstaxiy nayidan tashkil topgan. Nog'ora bo'shlig'i chakka suyagi toshsimon o'sig'ining ichida joy lashgan bo'lib, hajmi 0,75—0,1mm3. Bu bo'shliqni uning oltita devori chegaralab turadi: www.ziyouz.com kutubxonasi 1. Yupqa devori (nog'ora bo'shlig'ining tomi) chakka suyagi pirami da qismining yupqa suyak plastinkasidan tuzilgan bo'lib, o'rta quloqni kalla bo'shlig'idan ajratib turadi. 2. Orqa (so'rg'ichsimon o'siqqa qaragan) devori nog'ora bo'shlig'ini so'rg'ichsimon o'siq ichidagi havo saqlovchi kataklar bilan qo'shadigan bir necha teshiklardan iborat. 3. Ostki (bo'yinturuq venasiga qaragan) devori chakka suyagi pirami da qismining ostida joylashgan bo'yinturuq chuqurchasi bilan chegarala nadi. Bu chuqurchada bo'yinturuq venasi joylashgan. 4. Oldingi (ichki uyqu arteriyasi) devori yupqa suyak plastinkasidan tuzilgan bo'lib, nog'ora bo'shliqni ichki uyqu arteriyasi joylashgan kanaldan ajratib turadi. Bu plastinkaning yuqorisida Yevstaxiy nayining ichki teshigi ko'rinadi. 5. Ichki (ichki quloqqa qaragan) devori yupqa plastinkadan tuzilgan. Devorning o'rtasidan turtib chiqqan do'nglik ichki quloq chig'anog'ining turtib chiqishidan hosil bo'lgan. Do'nglik pastida joylashgan dumaloq teshik nog'ora pardasi bilan qoplangan. Do'nlikning yuqorirog'ida joy lashgan oval teshikni o'rta quloqda joylashgan uzangining asosi berkitib turadi. Oval teshik tepasida yuz nervi o'tadigan kanal yotadi. Kanal devori juda yupqa bo'lib, o'rta quloq kasallanganda yuz nerviga ham ta’sir etadi. 6. Tashqi (nog'ora pardaga qaragan) devori o'rta quloq bilan tashqi quloq chegarasida joylashgan nog'ora pardadan iborat. Nog'ora bo'shlig'ida uchta eshitish suyakchalari joylashgan (203- rasm). Ularning birinchisi bolg'acha bo'lib, uning dastasi nog'ora pardaga tegib turadi. Bolg'achaning ikkinchi tomoni — yumaloq boshi ikkinchi eshitish suyagi — sandonchaga bo'g'im hosil qilib tegib turadi. Sandonchaning uzun oyoqchasi uchinchi eshitish suyagi — uzangiga bo'g'im hosil qilib qo'shiladi. Uzangining kengaygan plastinkasi ichki quloqqa kiruvchi oval teshikni berkitib oladi. Nog'ora pardaning tarang bo'lishi- da va uning tebranishida bolg'achaga yopishgan nog'ora pardani taranglatuv- chi muskul hamda uzangiga yopishgan muskul muhim rol o'ynaydi. Shunday qilib, havo to'lqini tashqi quloqda nog'ora pardaga tegib, uni harakatlantiradi. Bu to'lqinlanish harakati o'z navbatida o'rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalarini harakatlantiradi- da, eshitish (havo) to'lqinini ovalsimon teshik orqali ichki quloqqa o'tkazadi. 203-rasm. Eshitish suyakchalari. / - bolg'acha-sandon bo'g'im i; 2, 4 - kalta va uzun oyoqchalar; 3 - sandon-uzangi bo'g'imi; 5 - sandon bilan uzangi oraliq bo'g'imi; 6 - uzangi; 7 - bolg'acha dastasi; 8 - bolg'acha; 9 - bolg'acha o'simtasi; 1 0 - bolg'acha boshi. www.ziyouz.com kutubxonasi Yevstaxiy nayi o'rta quloq bo'shlig'ini yutqin bilan qo'shib turadi. Nayning uzunligi o'rta yoshdagi odamlarda 30— 40 mm. Uning suyak qismi (10— 15 mm) voronkasimon shaklga ega bo'lib, chakka suyagining tarkibidagi muskul-nay kanalining pastki yarmidan iborat. Uning kengay gan uchi o'rta quloqqa ochilgan. Yevstaxiy nayining tog'ay qismi (20— 25 mm) ham voronkasimon shaklga ega bo'lib, uning kengaygan qismi yutqinga ochiladi. Nayni shilliq ishlab chiqaruvchi bezlarga boy shilliq qavat qoplab turadi. Nay o'rta quloq bo'shlig'idan havoni almashtirib, bir muvozanatda saqlab turish vazifasini bajaradi. Ichki quloq Ichki quloq yoki labirint suyak qismi va uning ichkarisidagi parda qismidan tuzilgan bo'lib, chakka suyagining piramida qismi ichida joylashgan. Labirint yarim halqasimon uchta kanaldan, labirint dahlizi va chig'anoqdan iborat (204-rasm). Labirint dahlizi 2—3 tomchi suv sig'dira oladigan bo'shliq bo'lib, o'rta quloqqa yumaloq va oval teshikchalar orqali qo'shilib turadi. Dahlizning orqa tomonida joylashgan beshta teshik uchta yarim halqasi mon kanal oyoqchalariga qo'shiladi va dahliz oldi tomonidagi teshik orqali chig'anoq bilan birlashadi. Bundan tashqari, dahliz ichidagi suyuqlik (perilimfa) miyaning qattiq pardasi ostidagi bo'shliqqa dahliz suvi yo'li orqali qo'shiladi. Shu bilan dahliz ichidagi suyuqlik miqdorining bir me’yorda bo'lishini ta’minlaydi. Y arim halqasim on k an allar yuqori, orqa va lateral kanallardan iborat b o 'lib , d ah lizning orqa tomonida uchta tekislikda joylash gan. J uml a da n ol di ngi yar i m halqasimon kanal sagittal tekislikda, orqa tomondagi yarim halqasimon kanal frontal tekislikda, lateral (ta shqi) tomonda joylashgan yarim halqasimon kanal esa gorizontal tek islik d a joylash g an . Har bir kanalning ikkita oyoqchasi (biri oddiy, ikkinchisi bir oz kengaygan — ampula oyoq) bo'lib, ulardan ol di ngi va o rq a d a g i yar i m halqasimon kanallarning oldingi 9 8 7 204-rasm. Suyak va parda labirintning tuzilishi. 1 - oldingi parda ampula; 2 - yarim halq asim on kanal; 3 - parda ampula; 4 - endolimfa qopchasi; 5 - orqadagi yarim h a lq a sim o n kanal ; 6 - l a t e r a l yarim halqasimon kanal; 7 - uzangi; 8 - yumaloq teshik pardasi; 9 -c h ig 'a n o q nayi; 1 0 - nog'ora narvoni; 11 - dahliz narvoni; 1 2 - chig'anoq nayi; /J - q o p c h a ; 14- bachadoncha. www.ziyouz.com kutubxonasi oddiy oyoqchalari qo'shilib, bitta umumiy oyoqchani hosil qiladi. Natijada uchta yarim halqasimon kanallaming oltita oyoqchalari beshta teshik bo'lib dahlizga ochiladi. Chig'anoq dahlizning pastidagi aylanish o'qi spiralga o'xshab 2,5 marta aylanishidan hosil bo'ladi. Birinchi aylanasi katta (6 mm), ikkinchi (4 mm) va uchinchi aylanasi (2 mm) bir-biridan kichiklashib boradi. Chig'anoqning kengaygan tomoni (asosi) ichki eshitish yo'liga qarab joylashgan bo'lsa, uning uchi o'rta quloq tomonga qaragan. Chig'anoq o'qidan chig'anoq bo'shlig'iga uchburchak shaklidagi spiralsimon suyak plastinka chiqadi. Suyak plastinka va uning uchidan boshlangan chig'a noq parda chig'anoq bo'shlig'ini dahlizga olib kiruvchi dahliz narvoniga va chig'anoq teshigi orqali o'rta quloqqa tushuvchi narvongacha boradi. Chig'anoq o'qi bilan spiralsimon plastinkalar orasida nerv tugunchasi joylashadigan spiralsimon kanal bo'ladi. Spiral plastinkadagi mayda teshikchalar orqali nerv tolalari Korti a’zosiga boradi. Parda labirint biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan suyak labirinti ichida ana shu labirint shaklini qaytarib joylashadi. Parda labirint hajmi suyak labirint bo'shlig'iga nisbatan kichikroq. Suyak labirint bilan parda labirint orasida perilimfa bo'shlig'i bo'lib, unda perilimfa suyuqligi bo'ladi. Parda labirint dahlizi sohasida ikkita bo'shliq bo'lib, biri bachadoncha, ikkinchisi qopchadir. Bachadoncha ichiga 5 ta parda yarim halqasimon kanal teshikchalari ochiladi. Bundan tashqari, bachadoncha bilan qopchalar o'zaro bitta yo'l orqali tutashgan. Ana shu yo'l orqali endolimfa kalla bo'shlig'ida joylashgan xaltachaga qo'shiladi. Qopcha bo'shlig'i ham parda chig'anoq bo'shlig'i bilan qo'shiladi. Parda yarim halqasimon kanallar suyak yarim halqasimon kanallarga o'xshab tuzilgan bo'lsa ham, ularga nisbatan birmuncha tor. Parda yarim halqasimon kanallar oyoqlari kengaygan qismi (ampula)ning ichki yuza- larida muvozanat nervining oxirlari (retseptorlar) tarqalgan. Bachadoncha va qopchalarning ich tomonida oq dog'lar ko'rinadi. Oq dog'lar yuzasida shilliqsimon modda (ohak zarracha — otolit) lar ko'rinadi. Odam muvozanati o'zgarganda ana shu otolitlar endolimfa suyuqliklari bilan qimirlab, parda yarim halqasimon kanallar ichidagi muvozanat nerv oxirlarini qitiqlab, ta’sirotni bosh muvozanat markaziga o'tkazib beradi. Markazdan javob ta’sirotlar (o'tkazish yo'llariga qaralsin) ishchi a’zolarga tarqaladi. Odam muvozanati o'zgaradi. Umumiy yarim halqasimon kanallar muvozanat a’zosi hisoblanadi. Odam fazoga ko'tarilganda (kosmonavtlarda) dahliz bilan yarim halqasimon kanalchalardagi endolimfa va otolitlarning og'irligi yo'qoladi. Shuning uchun gavdaning qanday holatda ekanligi faqat ko'z bilan aniqlanadi. Parda chig'anoq suyak chig'anoqdan taxminan 3 marta kichik va bosh- lanishda boshi berk bo'ladi. Lekin suyak chig'anoqning yo'lini qaytaradi. Chig'anoqda endolimfa dahliz va chig'anoq narvonlari orasida joylash- www.ziyouz.com kutubxonasi gan. Dahliz narvoni dahlizdan boshlanib, parda chig‘anog‘ining uchiga borganda u yerdagi yo'ldan nog'ora narvoniga qo'shiladi. Parda chig'anoq suyak chig'anoq ichidagi spiralsimon o'siqlar uchi- dan boshlanib, uning shaklini takrorlaydi va uchi suyak spiral kanalining devoriga borib qaytib, yana spiralsimon o'siqqa yopishadi. Chig'anoq yo'lining ko'ndalang kesimi uchburchak shaklida, uchta yo'lga bo'linadi. Ularning biri parda spiralsimon chig'anoq bo'shlig'i — chig'anoq yo'li, ikkinchisi uning ostki tomondagi nog'ora narvoni, uchinchisi esa ustki tomondagi dahliz narvoni. Chig'anoq yo'li ichida Korti a’zosini ko'ra miz. Bu a’zo parda chig'anoqning pastki (asosiy) plastinkasida joylash gan har xil uzunlikdagi tovushlarni qabul qiluvchi hujayralardan iborat. Korti a’zosi besh qator bo'lib joylashgan tukli hujayralardan tuzilgan. Bu a’zoning har bir qatori esa 60— 70 tukli retseptor hujayralardan iborat. Hujayralaming tuklari turlicha uzunlikda bo'lib, eng kalta (130— 135 mkm) tukli hujayralar chig'anoqning asosida joylashgan. Chig'anoq asosidan chig'anoq yo'liga ko'tarilgan sari hujayralaming tuklari asta- sekin uzunlashadi. Eng uzun (230—234 mkm) tukli retseptor hujayralari chig'anoq yo'lining uchida joylashgan. Ularning ustki tomonida tomchi- simon plastinka bo'ladi. Uning bir uchi tukli hujayralaming ustida erkin, ikkinchi uchi esa chig'anoqning asosiy membranasiga birikib joylashgan. Endi tovush o'tkazish va eshitish fiziologiyasi to'g'risida to'xtalamiz. Havodagi tovush to'lqinlari quloq suprasiga urilib, tashqi eshitish yo'li orqali nog'ora pardaga borib to'qnashib, uni tebratadi. Nog'ora parda to'lqinini o'rta quloqda joylashgan eshitish suyaklari zanjiriga (bolg'acha, sandon, so'ngra uzangiga) o'tkazadi. O'rta quloq bo'shlig'i eshituv (Yevstaxiy) nayi orqali halqum bo'shlig'i bilan tutashgan. Halqumga ana shu kanal orqali o'rta quloq bo'shlig'iga havo kirib, nog'ora pardaning tashqi va ichki tomonida havo bosimining bir xilda bo'lishini ta’minlaydi va nog'ora pardani normal to'lqinlantiradi. Natijada nog'ora pardaning to'lqinlari o'rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalarini harakatga kel tiradi. Agar Yevstaxiy nayi yallig'lanib berkilib, o'rta quloqqa havo o'tmay qolsa, o'rta quloqdagi bosim tashqi tomondagi bosimga nisbatan kamaya di. Bunday sharoitda nog'ora parda to'lqinlanmay tovush eshitilmaydi. Zambarak otish vaqtida, samolot tez ko'tarilganda tashqi to'lqin birdan oshib, nog'ora pardaga kuchli uriladi-da, yorib yuboradi. Shuning uchun bunday sharoitda og'izni bir oz ochib, to'lqin nog'ora pardaning (tashqi va ichki) tomonidan bir xil kuch bilan urilishini ta’minlash kerak bo'ladi. Ana shundagina nog'ora parda yirtilmaydi. To'lqin normal holatda bolg'acha va sandonga boradi. Sandon esa to'lqinni uzangiga uzatadi. Uzangi to'lqinni (uning asosi oval teshikni qoplab turganligidan) oval teshik orqali dahliz narvonidagi perilimfani tebratadi. Perilimfa to'lqini narvonchaning uchidan nog'ora narvonchaga o'tib, oxiri labirint dahlizi- dagi yumaloq teshikni qoplab turgan pardani tebratadi. Perilimfa tebrani- www.ziyouz.com kutubxonasi shi parda chig'anoq orqali uning ichidagi endolimfani harakatga keltiradi. Natijada Korti a’zosining tomchi plastinkasi tebranib, uning ostida joy lashgan hujayra ipchalarini qitiqlaydi. Bu yerda eshitish to'lqinlarini eshitish nervining uchlari — retseptorlar qabul qilib, ta’sirotni eshitish yo'li orqali miya po'stlog'idagi eshitish markazi (analizatori)ga yetkazadi. Natijada odamda eshitish — tovushni ajratish vujudga keladi. Tovush to'lqinlarini qabul qilish yoshga qarab o'zgarib boradi. Jum ladan, o'rta yoshli odamlar bir sekundda 16—22 mingga teng bo'lgan tovush to'lqinlarini qabul qilishi mumkin bo'lsa, qarigan odamlarda eshitish qobiliyati pasayadi. Ular 12— 15 ming (ba’zan bundan ham kam) to'lqin- li tovushlarni eshitadilar. KO'RISH A’ZOLARI Ko'rish a’zosi ko'z soqqasi, qovoqlar, ko'z soqqasini harakatga kelti- ruvchi muskullar va ko'z yoshi apparatidan tashkil topgan. Ko‘z soqqasi Ko'z soqqasi (205, 206-rasmlar) ko'z kosasida joylashgan bo'lib, uch qavat parda va ulaming ichida joylashgan ko'zning nur sindiruvchi appa ratidan iborat. 1. Ko'zning fibroz qavati ko'z soqqasining eng tashqi qavat pardasi bo'lib, oq va shox pardadan iborat: a) oq parda biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan qovoqlar ochilganda deyarli oppoq bo'lib ko'rinadi. Pardaning orqa tomonida ko'rish nervi o'ta digan teshik bo'ladi; b) shox parda oq pardaning old tomonida soat oynasiga o'xshab (qavariq linza kabi) joylashgan. Shox pardaning oq pardaga birikkan joyida aylana venoz kanali bo'ladi. 2. Ko'zning o'rta (tomirli) par dasi qon tomir va pigmentlarga boy parda bo'lib, bevosita oq pardaning ostida yotadi va uch qism (tomirli parda, kiprikli tana va rangdor parda)ga bo'linadi. To mirli parda to'r pardani qon bilan ta ’minlaydi va suvsimon tiniq suyuqlik ajratadi: a) tomirli parda ko'z o'rta pardasining orqa tomo nidagi eng katta bo'lakni tashkil etadi; b) kipriksimon tana tomirli 205-rasm. Ko'z soqqasi. / - s h o x parda; 2 - old in gi kamera; 3 - rangdor parda; 4 - orqa kamera; 5 - k o ' z gavhari; 6 - boylamlar orasidagi yoriq; 7 - kipriksimon tana; 8 - shishasimon tana; 9 - to'r parda; 10 - tomirli parda; 11 - oq parda; 12 - markaziy chuqurcha; 13 - ko'rish nervi chuqurchasi. www.ziyouz.com kutubxonasi p ard an in g shox parda so h asid a joylashgan qismi b o ‘lib, orqadan tomirli parda, oldindan rangdor parda bilan chegaralanadi; d) rangdor par da kipriksimon tanadan boshlanib, old tomonida qorachiq teshik bo‘lib tugaydi. Pardaning orqa yuzasi ko‘z gavhari tomoniga, oldingi yuzasi shox pardaga qarab joylashgan. Rangdor parda tarkibidagi pigmentga qarab har xil bo'ladi. Pigment ko‘p bo'lsa, ko'z qora, kamroq bo'lsa, zangori, butunlay bo'lmasa, qizil bo'ladi. Ko'z qorachig'ida ikki xil muskul tafovut qilinadi (207-rasm). Ba’zi muskul tolalari aylana joylashgan bo'lib, ular qisqarganda, qorachiq tora yadi, ikkinchi xil muskul tolalari esa radial (uzunasiga) yo'nalgan bo'lib, qisqarganda ko'z qorachig'i kengayadi. 3. To'r parda ko'z soqqasining eng ichki pardasi bo'lib, uning ichki yuzasi ko'z soqqasi bo'shlig'ida joylashgan shishasimon tanaga tegib turadi, tashqi yuzasi tomirli pardaga yopishgan bo'ladi. To'r pardaning tashqi qavati pigmentlarga boy bo'lsa, ichki haqiqiy to'r parda qavati nurl arni qabul qi l uvchi nervlarga boy. T o'r pardaning ana shu qismi orqa tomonda tomirli pardaning ostida joy lashgan. Oldingi (kiprikli va rangdor parda qism larining ostida joylashgan) qismida nur- lami qabul qiluvchi elementlar bo'lm aganligi uchun, u to 'r pardaning «ко'г» qismi deb ataladi. T o'r pardaning ko'rish qism i o 'n qavatdan ib orat bo'lib, ularning birida nerv hujayralarining tayoqcha va kolbachasimon o'siqlari joylashgan. Tayoqchalar nurlarni qorong'i paytda qabul qiladi. Kolbachalar esa yorug' paytda ta’sirlanadi. To'r pardaning ikkinchi va 206-rasm. Ko'z soqqasining bir qismi. 1 - shox parda; 2 - oldingi kamera; 3 - rangdor parda; 4 - orqadagi kamera; 5 - ko'z gavhari; 6 - gavhar boylami; 7 - oq parda; # - t o ' r parda; 9 -to m irli parda; 1 0 - ko'ruv arteriyasi va venasi. 207-rasm. Ko'z soqqasi muskullari. I - tepadagi to'g'ri muskul; 2 - tashqi tomondagi to'g'ri muskul; 3 - ichki tomondagi to'g'ri muskul; 4 - Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling