O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
yuqori qovoqni ko'taruvchi muskul
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
yuqori qovoqni ko'taruvchi muskul; 5 - tepadagi qiyshiq muskul. www.ziyouz.com kutubxonasi o'rta qavatlari hajmli (ganglioz) nerv hujayralaridan tuzilgan. Ana shu hujayralardan chiqqan nerv tolalari (aksonlar) yig'ilib, ko'rish nervini vujudga keltiradi. Ko'rish nervi to'r pardaning orqa tomonidan tashqari ga chiqib ketadi. Ko'rish nervining chiqib ketayotgan teshigi bir oz chuqurroq bo'lib, unga ko'rish nervi so'rg'ichi deyiladi. Buning tashqi tomonida ko'zning eng o'tkir ko'rish nuqtasi — sariq dog' ko'rinadi. Sariq dog' diskasi (2 mm) faqat kolbachalardan tuzilgan bo'lib, bu yerdan uzoqlashgan sari kolbachalar kamayib, o'rnini tayoqchalar qoplaydi. To'r parda ko'rish qismining old tomonida faqat tayoqchalar bo'ladi. To'r pardada hammasi bo'lib 110— 115 mln tayoqchalar, 6— 8 mln kolbacha lar uchraydi. Ko'z soqqasining to'r parda qismi oraliq miyadan rivojlangan. Ko‘zning nur sindiruvchi apparati Ko'zning nur sindiruvchi apparati shox parda, ko'z gavhari va shisha- simon tanadan tuzilgan. Ko'z gavhari ikki tomonlama qavariq linzaga o'xshab tuzilgan. Gavhar tiniq va bo'yiga cho'zilgan hujayralardan iborat bo'lib, uning markazida o'zak qismi mavjud. Gavhami ust tomonidan o'rab turgan tiniq parda gardishiga to'r pardaning kipriksimon tanasi soqqasidan boshlangan bi riktiruvchi boylamlar kelib yopishadi. Bu boylamlar ko'z gavharini ushlab turadi. Bundan tashqari, gavharning orqa tomonida joylashgan shishasimon tananing old tomonidagi chuqurcha gavharga mos bo'lib, unga tegib turadi. Gavhami ushlab turgan biriktiruvchi boylamlar ikki qavat joylashgan bo'lib, ular orasida suyuqlik oqib yuradigan bo'shliq (Petit kanali) bor. Ko'z gavhari ko'zning uzoq yoki yaqinga qarashiga qarab o'zgarib turadi. Uzoqqa qaraganda gavhar atrofi yopishgan boylamlar gavhami chetga tortib yalpaytiradi. Yaqinga qaralganda esa kipriksimon muskullar qisqarib, kipriksimon boylam bo'shashadi, natijada gavhar yumaloqlashadi, akkomodatsiya deb shunga aytiladi. Oldingi kamera shox parda (old tomondan) bilan rangdor parda (orqa tomondan) oralig'ida joylashgan. Oldingi kamerada tiniq suyuqlik bo'lib, rangdor parda chetida joylashgan boylamlar orasidagi yoriqlar orqali shox parda chetida doira bo'lib o'rnashgan Shlemm kanaliga quyiladi. Orqa kamera rangdor parda bilan ko'z gavhari va kipriksimon tana orasida joylashgan. Orqa kamera oldingi kameraga ko'z qorachig'i orqali qo'shiladi. Ko'zning oldingi va orqadagi kameralarida suvsimon tiniq suyuqlik oqib yuradi. Shishasimon tana ko'z gavhari bilan to 'r parda oralig'ida joylashgan tiniq — yumshoq modda bo'lib, yupqa parda bilan o'ralgan. Shishasi mon tana bilan gavharda qon tomir va nervlar uchramaydi. Ko'z soqqasining shox pardasi markazida (o'rtasida) ko'zning oldingi qutbi bo'ladi. Ko'zning orqa qutbi esa shox pardaning orqa qismida www.ziyouz.com kutubxonasi (ko'rish nervining chiqish joyidan chetroqda) joylashgan. Oldingi qutb bilan orqa qutb oralig'i 2 mm bo'lib, ko'z soqqasining o'qi deyiladi. Ko'z soqqasining aylana o'lchovi uning ekvatori hisoblanadi. Ko'z soqqasining oldingi qutbi bilan orqa qutbi oralig'idagi masofa ko'z meri- diani nomi bilan ataladi. Ko'zning yordamchi apparati Ko'z soqqasini odam ixtiyori bilan ishlovchi to'rtta to'g'ri va ikkita qiyshiq muskullar harakatlantirib turadi. Bulaming hammasi (ostki qiyshiq muskuldan boshqa) ko'z kosasidagi ko'rish teshigi atrofidan boshlanib, ko'z soqqasining turli tomonlariga kelib yopishadi. Ostki qiyshiq muskul ko'z kosasining ostki devoridan boshlanadi (207-rasmga qarang). Funksiyasi: ko'zning qiyshiq muskullari ko'z soqqasining o'qi atrofi da aylanadi. T o 'g 'ri muskullar esa ko'z soqqasini pastga, yuqoriga, tash qariga va ichkariga tortadi. Bundan tashqari, tepa qovoqni ko'taruvchi muskul ham bo'ladi. Bu muskul qisqarib, tepa qovoqni ko'tarib turadi. Ko'z qovoqlari va konyunktiva K o'z qovoqlari bir juft (ustki va pastki qovoqlar) bo'lib, teri burmalaridan tashkil topgan. Qovoqlar yumilganda ko'z tamomila yopi- ladi. Qovoqlarning ustki yuzasi yupqa teri bilan qoplangan, ko'zning ichiga qaragan yuzasi (shilliq qavat) konyunktiva deb ataladi. Unda bez larning mayda chiqarish teshiklari joylashgan. Qovoqlarning erkin chekkasida kipriklar o'mashgan. Ustki va pastki qovoqlar tashqi va ich tomonda burchaklar hosil qilib o'zaro qo'shiladi. Ichki burchakda ko'z yoshi yo'li va bo'rtib turgan ko'z eti ko'rinadi. Qovoqlar asosida tog'ay plastinkasi bo'ladi. Ustki qovoq tepasida qosh joylashgan bo'lib, ko'zni har xil chang zarrachalari tushishidan saqlab turadi. Ko‘z yoshi apparati Ko'z yoshi apparati (208-rasm) ko'z yoshi bezi va ko'z yoshi yo'lla ridan tashkil topgan. Ko'z yoshi bezi ko'z kosasining tashqi devori tepa qismidagi ko'z yoshi bezi chuqurchasida joylashgan. Bez oralig'idan o'tgan tepa qovoq ni ko'taruvchi muskul payi uni ikki (ko'z kosasi va qovoq) qismga ajratib turadi. Ko'z yoshi bezi ajratgan suyuqlik ko'z yoshi yo'li orqa tepa qovoqning konyunktiva qismiga ochilib, ko'z soqqasining oldingi va shox pardasini yuvib, ko'z qovoqlarining ichkari burchagidagi ko'lchaga to'planadi. Ko'z yoshi suyuqligi ko'lchadan ko'z yoshi yo'llari orqali ko'z yoshi xaltasiga quyiladi. Xaltadan esa ko'z yoshi-burun yo'li orqali burun bo'shlig'iga tarqaladi. Burun bo'shlig'ida ko'z yoshi nafas bilan www.ziyouz.com kutubxonasi kirgan havoni chang va har xil zarrachalardan tozalaydi va bo'shliqni namlaydi. Ko'z yoshi yo'li (kana li) tepa va pastki qovoqda bittadan bo'lib, ko'z yoshi kurtagidan boshlanadi. Bu kanallar ko'z yoshini xaltachaga uzatib beradi. Ko'z yoshi xaltasi ko'z ko sasi ichki devorining pastki burchagidagi chuqurchada joylashgan. Uning ustki qis miga k o'z yoshi yo'llari ochilsa, pastki qismi torayib, bevosita ko'z yoshi-burun yo'liga o'tib ketadi. Ko'z yoshi-burun yo'li shu noml i suyak kanali ichida joylashib, burun bo'shlig'iga (pastki chig'anoq ostiga) ochiladi. Ko'zga chang zarrachalari tushganda yoki odam haddan tashqari hayajonlanganda ko'z yoshi bezining faoliyati kuchayib, suyuqlik ko'p ajraladi. Bunday holatda ko'z yoshi yo'liga sig'maydi, ortiqchasi esa pastki qovoq qirrasidan chiqib, yuz uzra pastga qarab oqa boshlaydi. Ko'z fiziologiyasi. Ko'z o'rtacha 400—700 mkm uzunlikdagi yorug'lik to'lqinini normal qabul qiladi. Ammo ultrabinafsha (qisqa to'lqinli), inf- raqizil (o'ta uzun to'lqinli) nurlarni ko'z seza olmaydi. Yorug'lik to'lqini to'r pardaga borgandan so'ng tasvir paydo bo'ladi. Yorug'lik avvalo shox pardaning oldingi kamerasidan ko'z qorachig'i orqali ko'z gavhariga boradi. Undan shishasimon tana orqali o'tadi. Ko'zga tushgan nurlar shox parda va shishasimon tanada reduksiyalanib (sinib), hajmi kichik- lashib, so'ngra to'r pardaga boradi. To'r pardada nurlar bir nuqtaga yig'iladi (fokuslanadi). Shundan keyingina ko'zga tushgan narsalar teskari (oyog'i osmondan bo'lib) aniq va ravshan ko'rinadi. T o'r pardada paydo bo'lgan tasvir teskari bo'lishidan qat’i nazar (boshqa sezish a’zolarining ta’siri orqali), odam tasvirlarni to'g'ri ko'radi. Ko'z ikki nuqtani aniq va alohida ko'rsa, ko'rish o'tkirligi deb ataladi (211-rasm). Ko'zning normal ko'rishini tasvirlarni bir minut davomida aniq va ravshan ko'rish bilan ifodalanadi. Agar ko'rish muddati bir minutdan kam bo'lsa, unda ko'z xiralanib, tasvirlar aniq ko'rinmaydi (209, 210- rasmlar). Odam uzoqdan qaraganda ko'zga tushgan nurlar to'r pardaning kolba- chalarini qatorasiga birdan ko'rsatsa, unda ko'zga tushgan tasvirlaming www.ziyouz.com kutubxonasi har birini aniq ko'ra olmaydi. Ak sincha, tasvirlar yaqindan ko'zga tushsa, to'r pardadagi kolbachalar oralanib tasvirlanishi natijasida odam har bir tasvirni aniq (ayrim nuqtalarini ham) ko'rish qobiliya tiga ega bo'ladi. Odamning ko'rish o'tkirligi to'r pardaning sariq dog' markazida joylashgan kolbachalar yig'indisiga bog'liq bo'lib, nuqtadan uzoqlash- gan sari kolbachalar tayoqchalar bilan aralashib joylashadi. Natija da ko'rish o'tkirligi nutqadan (mar kazdan) periferiyaga qarab kamay ib boradi, ya’ni tasvirlarni asta- sekin noaniq ko'ra boshlaydi. Ko'rish o'tkirligi maxsus jad- vallar orqali aniqlanadi. Akkomodatsiya. Har xil ma- sofada turgan tasvirlarni aniq va ravshan ko'rish ko'zni moslash orqali bo'ladi. Bunda shox parda ning sindiruvchi kuchi doimiy qoladi, gavhar egriligi esa o'zga rib (fotokameraga o'xshash) fokus- lanadi-da, tasvirni aniq ko'radi. Buni ko'zning moslashishi — akkomodatsiya deb ataladi. Yaqindagi tasvirlarni ko'rganda ko'z gavhari dumaloq bo'ladi, nurni sindiruvchi kuchi esa kattalashadi. Keksalarda ko'z gavhari qattiqlashib, moslashish qobiliyati ancha pasayadi. Natijada odam yaqindan aniq ko'rolmaydi. Shuning uchun ko'zoynak taqish yo'li bilan yaqindan ko'rish tiklanadi. Ba’zida ko'z soqqasi cho'zinchoq yoki kalta bo'lib rivojlansa, narsa larning tasvir fokusi to 'r pardaga yetmasdan undan oldinroqda yoki orqaroqda to'planadi. Natijada tasvirlarni odam aniq ko'rolmaydi. Bunda maxsus ko'zoynak yordamida normal holga keltiriladi. Ba’zida shox parda yoki ko'z gavhari egri (qiyshiq) bo'lib, bunda tasvirlar noto'g'ri (astig- matizm) ko'rinadi. Bunday anomaliyani ham maxsus ko'zoynak taqish orqali tuzatsa bo'ladi (211-rasm). Ko'zning moslashishi — odam yorug'dan qorong'u uyga yoki aksin cha, qorong'ilikdan yorug'likka chiqqanda avvaliga ko'z qamashib, hech narsa ko'rinmaydi. Keyinchalik asta-sekin ko'z sharoitga moslashib, atrof 209-rasm. Ko'zda tasvir paydo bo'lish sxemasi. a, b - buyum, «а», «Ь» - buyumning to'r pardaga teskari holatda tushgan tasviri; s - nurlar sinmasdan boradigan asosiy nuqta; a - k o ' r is h burchagi. - , 210-rasm. Ko'zning turlicha ko'rish sxemasi. I - uzoqdan ko'ruvchi ko'zda nurlarning sinishi; 2 - normal ko'ruvchi ko'zda nurlar ning sinishi; 3 - yaqindan ko'ruvchi ko'zda nurlarning sinishi. www.ziyouz.com kutubxonasi ko'rina boshlaydi. Buni moslashish deb ataladi. Yorug'likka moslashish 2—3 minutda sodir bo'lsa, qorong'ulikka mo s l a s h i s h 15— 20, b a ’zida 30 minutgacha davom etadi. T o'r pardada joylashgan kolbachalar orqali odam tur li (qizil, yashil, binafsha) ranglarni ko'rish va ularni bir-biridan ajratish qobiliyatiga ega. Ba’zida ranglarni aj- rata olmaslik (daltonizm) holati ham bo'ladi. Tasvirlarni bir ko'z bilan qabul qilishdan ko'ra ikki ko'z bilan qabul qilish afzal. Bunda masofa, ranglarning tiniqligi, tasvirlarning bir-biridan farqi to'la-to'kis aniqlanadi. Buni binokular ko'rish deb ataladi. Nazorat uchun savollar 1. Qaysi a’zolar sezgi a’zolari hisoblanadi? 2. Sezgi a’zolarining vazifalari. 3. Teri jarohallarini tushuntiring. 4. Sovuq urish nima? 5. Eshitish va muvozanatni saqlash a'zolarining tuzilishi va uning qismlari. 6 . Tashqi quloqning tuzilishi va uning ahamiyati. 7. O'rta quloqning tuzilishi, vazifasi. 8 . Yevstaxiy nayining tuzilishi va ahamiyati. 9. O'rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalari. 10. Ichki quloqning tuzilishi, uning qismlari va joylashgan o'm i. 11. Suyak labirintning qismlari. 12. Parda labirintning tuzilishi va qismlari. 13. Endolimfa va perilimfalar labirintning qaysi qismlarida joylashgan, ulaming vazifasi. 14. Ko'rish a’zosi qaysi qismlardan tashkil topgan va ulaming tuzilishi. 15. Ko'z gavhari. 16. Shishasimon tananing tuzilishi va ahamiyati. 17. Ko'z soqqasining muskullari. 18. Ko'z yoshi bezlari, tuzilishi, ahamiyati. 19. Ko'zning fiziologiyasi. 211-rasm. Ko'rish maydonini Forst- ner perimetri yordamida aniqlash. www.ziyouz.com kutubxonasi A h m e d o v N. K . , S h o m i r z a y e v N.H. Normal va topografik anatomiya. Т., 1991. A h m e d o v N. K. Odam anatomiyasi. Т., 1991. X u d о у b e rd i у e v R . E . , A h m e d o v N . K . Odam anatomiyasi. Т., 1994. A h m e d o v N. K. Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya. Т., 1997. A h m e d o v N. K. A tla s, O dam anatomiyasi. 1, 2-jild. 1996. 1998. www.ziyouz.com kutubxonasi N orm al anatom iya va norm al fiz io lo g iy a f a n la r i............................... 5 A natom iyani o'rganish u su lla r i..........................................................7 N orm al anatom iya va normal fiz io lo g iy a fanlarining qisqacha tarixi...................................................................... 8 Irsiyat haqida tu sh u n ch a ..................................................................... 13 O dam gav d a sin in g t u z ilis h i....................................................................... 15 Hujayraning t u z i li s h i............................................................................15 T o 'q im a la r ................................................................................................. 17 E m brionning r iv o jla n ish i.................................................................... 27 A ’zolar va ular s is t e m a s i.................................................................... 31 O dam g a v d a sin in g qism lari, o 'lc h o v la r i, y o sh g a va jin sg a oid m a s a la la r ...................................................................................................... 3 2 G avda qom ati (k o n s tit u ts iy a s i)....................................................... 35 Harakat a ’zolari s is te m a s i............................................................................. 39 Suyaklar haqida ta’l i m o t .................................................................... 3 9 S u yak larn in g r iv o j la n is h i...................................................................4 2 Suyaklarning o'za ro b ir la sh ish i....................................................... 4 4 Tana s k e l e t i ...............................................................................................4 6 U m u rtq a la r................................................................................................. 4 6 Q o v u r g 'a la r ................................................................................................ 5 0 www.ziyouz.com kutubxonasi Tana su yak larin in g birlashishi. Umurtqalar orasid agi b irla sh m a la r........................................................... 5 0 Q o v u rg'alarn in g umurtqalar va to 'sh su yagi bilan q o ' s h i l i s h i .................................................................................................. 52 K o'krak q a f a s i ..........................................................................................5 2 Q o 'l-o y o q s u y a k la r i.............................................................................. 53 Q o 'ln in g erkin b o 'lim id a g i s u y a k la r ............................................5 4 Q o 'l suyaklari va yelk a kamari suyaklarining b ir l a s h i s h i.................................................................................................. 57 O yoq s k e l e t i ............................................................................................. 5 9 O yoq suyaklarining b ir la s h is h i....................................................... 63 B o ld ir suyaklarining b ir la sh ish i...................................................... 6 7 B o sh s k e le t i.............................................................................................. 7 0 K alla suyaklarining birlashishi ....................................................... 8 0 Butun k a lla ................................................................................................ 8 0 Kalla suyaklari o n to g en ezi ......................................................................... 8 6 C haqaloq kallasi .....................................................................................8 6 M uskullar haqida ta’lim o t ........................................................................... 8 9 U m u m iy m a ’lu m o tla r ........................................................................... 8 9 T ana m u sk u lla ri.......................................................................................9 2 B o sh m u s k u lla r i................................................................................... 105 T o'q im alarn in g q o 'z g 'a lu v c h a n lig i to 'g 'r isid a qisqacha lu a 'lu in o t............................................................................................................ I 23 M uskullar fiz io lo g iy a s i..................................................................... 125 O dam g a v d a sin in g statikasi va d in a m ik a si...................................... 127 Ichki a ’zolar haqida ta’l i m o t .................................................................. 130 Ichki a ’zolarn in g rivojlanishi haqida qisqacha m a’lu m o t ............................................................................................................ 131 O vqat hazm q ilish a ’zolari to 'g 'risid a m a’lu m o t........................... 132 www.ziyouz.com kutubxonasi T is h la r ....................................................................................................... 134 T i l ................................................................................................................ 136 S o 'la k b e z la r i.................................................................................................. 137 O g 'iz b o 's h lig 'i f i z io l o g iy a s i.................................................................. 138 H a lq u m ...................................................................................................... 139 Q i z i l o ' n g a c h .......................................................................................... 141 M e ’d a ........................................................................................................ 142 Ingichka ic h a k .......................................................................................145 Y o 'g 'o n ichak .......................................................................................147 M e ’da osti b e z i .................................................................................... 150 J ig a r ............................................................................................................ 152 O 't p u f a g i................................................................................................ 153 Q orin p a rd a ............................................................................................. 154 N afas a'zolari s is t e m a s i............................................................................... 158 Burun b o ' s h l i g ' i ................................................................................... 158 H iq ild o q ....................................................................................................159 H iqildoq b o 's h l i g 'i .............................................................................. 161 K ek ird ak ....................................................................................................162 B r o n x la r .................................................................................................... 163 O 'p k a ..........................................................................................................163 P le v r a .........................................................................................................165 N afas a’zolari fiz io lo g iy a s i..............................................................166 S iyd ik va tanosil a ’zolari s is te m a s i...................................................... 170 S iyd ik a ’z o la r i....................................................................................... 170 Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling