O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
U M U R T Q A L A R Odam umurtqa pog'onasining ko'krak qismi (ko'krak umurtqalari — 12 dona) tuzilishiga ko'ra boshqa umurtqalardan ajralib turadi. 1. K o ' k r a k u m u r t q a l a r i (21-rasm). Tanasi (tepadan pastga qarab) hajm jihatidan kattalasha boradi. Ko'krak umurtqalarining ikki www.ziyouz.com kutubxonasi yoniga va ko‘ndalang o ‘siqlariga 12 juft qovurg'aning boshchalari va bo'ynidagi do'mboqchalar bo‘g ‘im hosil qilib qo‘shilishi, ulami boshqa umurtqalardan ajratib turadi. Aksari yat q o vu rg 'alam ing boshchalari yonma-yon joylashgan ikkita umurtqa tanasining yonbosh oralig'iga o'mash- gan. Shuning uchun ko'pchilik umurt- qalaming ikkala tomonida (tepa va past- da) yarimtadan chuqurchasi bo‘ladi. Bundan birinchi umurtqa mustasno; uning tanasining yuqori qirrasida bi rinchi qovurg'a uchun bitta butun qovurg‘a chuqurchasi, tanasining pas- tida ikkinchi qovurg‘a uchun yarimta qovurg'a chuqurchasi bo‘ladi. O'ninchi umurtqada esa (X qovurg'a uchun) bitta yarim chuqurcha va XI—XII umur- tqada har birining ikki yonboshida (tegishli qovurg'alar uchun) bittadan to'la chuqurcha joylashgan. Umurtqa tanasi bilan uning ravog'i o'rtasida umurtqa teshigi bor. Yuqori va pastda frontal holatda joylashgan bir juft bo'g'im o'simta- lari bilan umurtqalar o'zaro birlashib turadi. Umurtqa tanasining ikki yonboshida o'rnashgan ko'ndalang o'siqlarning old tomonidagi bo'g'im yuzalariga qovurg'a do'mboqchalari joylashadi. Umurtqa ravog'ining o'rta qismida o'tkir qirrali o'siq bo'ladi. 2. B o ' y i n u m u r t q a l a r i 7 t a bo'lib, yuqoridan birinchi va ik kinchi umurtqalar boshqa beshta umurtqadan tuzilishi jihatdan ancha farq qiladi. Qolgan beshta umurtqa boshqa umurtqalar kabi tuzilgan. Bo'yin umutqalarining tanasi kichkina ko'ndalang-oval shaklda bo'lib, umurtqa teshigi katta, uchburchak shaklida tuzilgan. Ko'ndalang o'siqlarning old tomoniga embrionning o'sishi davridagi qovurg'a qoldiqlari yopishib qol- ganligi uchun uchlari ikkita do'mboqchaga bo'lingan. VI umurtqaning oldingi o'simtasi oldida uyqu arteriyasi o'tganligi uchun shu arteriya jarohatlanganda yuqorida aytilgan do'mboqchani bo- sib qon to'xtatiladi. Ko'ndalang o'siqlarda paydo bo'lgan barcha teshik- chalar yig'indisi umurtqa arteriyasi kanalini hosil qiladi. Bu kanaldan shu nomdagi arteriya o'tadi. II— V bo'yin umurtqalari tanasining orqa tomonida joylashgan o'tkir qirrali o'siqlar kalta va uchi ayri (VI—VII umurtqalar bundan mustasno), VII umurtqaning orqa o 'sig 'i boshqa bo'yin umurtqalariga nisbatan uzun va yo'g'on bo'lib, tirik odamda teri ostida bilinib turadi. Shuning uchun bu umurtqani turtib chiqqan umurtqa deyiladi. 21 -rasm. Ko'krak umurtqasi. 1 , 6 - yuqori va pastki b o 'g 'im o'siqlari; 2,4 - q o v u r g 'a chuqurchalari; 3 - umurtqa tanasi; 5 - umurtqa kesim tasi; 7 - o'tk ir qirrali o'siq; S - k o 'n d a la n g o'siq; 9 - b o 'g 'im yuzasi. www.ziyouz.com kutubxonasi 22-rasm . I b o'yin umurtqasi - allant. 1,5 - oldingi va orqadagi ravoqlar; 2 , 7 - b o 'g 'im yuzalari, 3 - ko'ndalang o'siq te shigi; 4, 6 -k o 'n d a la n g o 'siq . 23-rasm . II b o'yin umurtqasi (o'qli umurtqa). /- u m u r t q a tanasi; 2,4,10 - b o 'g 'im yuza lari; J - t i s h s i m o n o 's iq ; 5 - um urtqa teshigi; 6 - qirrali o'siq ; 7 - pastki bo 'g 'im o 'sig 'i; 8 - ko'ndalang o'siq; 9 - k o 'n d a lang o 'siq teshigi. 24-rasm . Bel umurtqasi. / - u m u r t q a tanasi; 2 , 7 - yuqori va pastki kesimta; 3,6 - yuqori va pastki b o 'g 'im o'siqlari; 4 - o ' t k i r qirrali o'siq; 5 - ko'ndalang o'siq . Birinchi bo'yin umurtqasi (22- rasm) atlant tanasi takomil etishi davrida ikkinchi umurtqaga o'tib, tishsimon o'siq hosil qiladi. Natija da uning tanasi o'rnida oldingi ravog'i vujudga kelib, umurtqa teshigi esa kengaygan. Orqa ravo- g'ida o'tkir qirrali o'siq qoldig'i — kichkina do'mboq paydo bo'lgan. Ikkinchi bo'yin umurtqasi (23- rasm) o'qli tishsimon o'sig'i bo'li shi bilan boshqa hamma umurtqa- lardan ajralib turadi. Ikkinchi umurt qa tishi birinchi umurtqa ravog'i bilan birlashib turishi kallaning at- rofga burilishiga imkon beradi. 3. Bel umurtqalari (24-rasm) 5 ta, umurtqalar orasida eng yirigi, uning teshigi katta va uchburchak shaklda, tanasi esa buyrak shakliga o'xshash, ko'ndalang o'sig'i deyarli frontal vaziyatda, uchi va o'tkir qir rali o'siq to'ppa-to'g'ri orqaga qara- gan bo'ladi. 4. Dumg'aza umurtqalari 5 ta bo'lib, odam 17—25 yoshga bor- ganda ular o'zaro qo'shilib, bitta bu tun dumg'aza suyagini hosil qiladi. Bu ham odam tik holatga о ‘tishi bi lan tana og'irligining dum g'aza umurtqalariga tushishi natijasida hosil bo'lgan. Dumg'aza suyagi uchbur chak shaklda, serbar qismi — tubi va pastga, oldinga qaragan uchi bo'ladi. Dumg'aza suyagi tubi bilan beshinchi bel umurtqasi tanasiga bir lashadi. Dumg'aza suyagining oldin gi chanoq sathi tekis va yoysimon bukilgan bo'lib, to'rtta oldingi te- shiklar ko'rinib turadi (25-rasm). D u m g 'azan in g orqa y uzasi g'adir-budur bo'rtib chiqqan bo'lib, www.ziyouz.com kutubxonasi 25-rasm . D um g'aza suyagi. A - old tomondan ko'rinishi; В - orqa tomondan ko'rinishi. A: J - dum g'aza tubi; 2 - b o ' g ' im o 'sig 'i; 3 - yonbosh qismi; 4 -k o 'n d a la n g chiziqlar; 5 -d u m g 'a z a tubi; old tomondan ko'rinishi; 6 - dum g'aza uchi. В: I - dum g'aza tubi; 2 - b o ' g ' im o 'sig 'i; 3 - quloqsim on yuza; 4 , 5 , 9 - s u y a k q ir r a la r i; 6 , 7 - d u m g ' a z a s h o x la r i ; 8 - dum g'aza teshiklarining orqa tomondan ko'rinishi. dumg'azaning orqa to'rt juft teshigi ko'rinib tu radi. Dumg'aza kanali pastki teshigining ikki tomonidan o'siqchalari — shoxlar chiqib tura di. Nihoyat, umurtqalar- ning ko'ndalang o'siq- lar qoldig'i yig'indisidan dumg'azaning orqa te- shiklari, lateral tomoni da juft lateral qirralari ko'rinadi. O'siqlarning qovurg'a qoldiqlari bi lan o'zaro qo'shilib ke- tishidan paydo bo'lgan dumg'aza tubining yon qismida quloqsimon yuza bo'lib, chanoq suyagining ana shunday yuzasi bilan birga bo'g'im hosil qilib qo'shilib ketgan (chanoq suyaklarining birlashuviga qarang). Ayollarning dumg'aza suyagi kengroq, kaltaroq va kamroq bukilgan bo'lishi bilan erkaklar dumg'aza suyagidan ajralib turadi. 5. D u m u m u r t q a l a r i 4— 5 ta bo'lib, odamda qoldiq (rudimen- tar) umurtqalar hisoblanadi. Bular balog'at yoshiga yetguncha suyakla nib, dum suyagini vujudga keltiradi. To'sh suyagi. Ko'krak umurtqalari qovurg'alar bilan birga ko'krak qafasini hosil qiladi. To'sh suyagi uzunchoq yalpoq shaklida bo'lib, o'rta yoshdagi odamda uchta ayrim qismdan iborat: 1) yuqori qismi — dasta; 2) o'rta qismi — tana; 3) past qismi — xanjarsimon o'siq deb ataladi. Bular o'zaro yupqa tog'ay qatlam bilan qo'shilgan bo'lib, keksalik davrida suyaklanib, yaxlit bitta to'sh suyagini hosil qiladi. Dastaning ikki yonboshidagi juft o'ymalar o'mrov suyagining to'sh suyagiga qaragan uchi va I qovurg'a tog'ayi bilan qo'shilish uchun xiz mat qiladi. Dasta bilan tana oralig'ida II— VII qovurg'a tog'aylari uchun o'yma bor. Xanjarsimon o'siq to'sh suyagi tanasining pastki tomonida jo y lashgan. Ayollar to'sh suyagi erkaklar to'sh suyagiga nisbatan bir oz kaltaroq bo'ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Q o v u r g ‘ a l a r (26-rasm) 12 juft ingichka yoylardan iborat bo'lib, orqa tomondan ko'krak umurtqalari tanasiga yopishib turadi. Har bir qovurg'a ikki qismdan iborat; uning orqa qismi suyak va oldingi qismi tog'aydan tuzilgan. Yuqoridagi I—VII qovurg'alar tog'ay qismlar vosita sida bevosita to'sh suyagiga birikadi va chin qovurg'alar deb ataladi. Keyingi VIII— IX va X juft qovurg'alar o'zlarining oldin gi tog'ay qismlari bilan to'sh suyagiga yopishmasdan, o'zidan yuqorida joylash gan qovurg'aning tog'ayiga tutashadi va soxta qovurg'alar deb ataladi. Qolgan XI va XII juft qovurg'a tog'aylari esa hech qayerga yopishmasdan qorin muskullari ora sida erkin joylashadi. Shu sababdan juda harakatchandir. Ular yetim qovurg'alar deb ataladi. Q ovurg'alarning oldingi, orqa uchlari hamda oraliq qismi va tanasi bor. Qovurg'aning orqa uchida yo'g'onlashgan boshcha bo'lib, u bo'g'im yuzasi orqali ko'krak umurtqalari tanasidagi qovurg'a chu- qurchalari bilan qo'shilib ketgan. Qovurg'a tanasida tashqi va ichki yuza lari, yuqori va pastki chekkalari; birinchi qovurg'ada, aksincha, yuqori va pastki yuzalar, ichki va tashqi chekkalar bo'ladi. Ko'pchilik qovurg'alar ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida qovurg'a egatchasi (nerv va tomirlar uchun) joylashgan. Qovurg'alar shakli va uzunligi ko'krak qafasining tuzilishi va shakliga bog'liq. Qovurg'alar uzunligi I qovurg'a- dan VII qovurg'agacha orta borib, VIII qovurg'adan oxirgi XII qovurg'a- gacha qisqarib kamayadi. Birinchi qovurg'a boshqa qovurg'alardan o'zining yuqori yuzasida o'mrov osti arteriyasi va venasi uchun egatcha borligi bilan tafovut qiladi. T A N A S U Y A K L A R IN IN G B IR L A S H IS H I. U M U R T Q A L A R O R A S ID A G I B IR L A S H M A L A R Umurtqa pog'onasining o'zaro birlashishida boylamlar, tog'aylar, suyak va bo'g'imlar ishtirok etishi mumkin; jumladan, umurtqa tanalari o'zaro fibroz tolali tog'ay disklar yordamida qo'shiladi, lekin bunday tog'ay I va II umurtqalar o'rtasida bo'lmaydi (27-rasm). Dumg'aza va dum umurtqalari yosh organizmda tog'aylar bilan bir lashsa, keyinchalik umurtqa tanasi o'rtasidagi tog'aylar suyakka aylanib ketadi. Shunday qilib, umurtqalar o'rtasidagi tog'aylar 23 ta diskdan 26-rasm. Q ovurg'a suyagi. / - q o v u r g ' a b o s h c h a s i; 2 - b o 'g 'im y u z a s i; 5 - q o v u r g ' a bo'yni; 4 - q o v u r g 'a egati; 5 - qovurg'a tanasi. www.ziyouz.com kutubxonasi iborat. Tog'ay diskining tashqi qismi zich joylashgan hamda bir oz cho'zi- lish va qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan fibroz tolali halqadan iborat. Tog'ay halqa o'rtasida o'zak modda joylashgan. Bu embrion orqa torining qoldig'i bo'lib, o'zining elastiklik xu susiyati bilan umurtqalami ezilishdan saqlaydi, tanaga tushadigan og'irlik- ni kamaytiradi. Umurtqalar oraliq dis ki har xil qalinlikda bo'lib, bel qism umurtqalarida ayniqsa yaxshi rivoj langan. Umurtqa pog'onasi rivojlangan boylamlarga boy, jumladan, bir-biriga yaqin umurtqa ravoqlari o'rtasida sar- g 'is h rangli boylam joylashgan. Umurtqalarning qirrali yoki orqa o'siqlari orasini o'siq boylam to'ldirib turadi, ularning ko'ndalang o'siqlari o'rtasida tortilgan boylamlar bo'ladi. Umurtqalarning orqa o'tkir o'siq lari orasidagi boylam lar o 'siq la r 27-rasm . Umurtqa o'rtasidagi bir- lashmalar. 1 , 3 - t o g 'a y d isk h a lq a s i; 2 - t o g ' a y halqaning o'rtasidagi liqildoq; 4 - oldinda- gi uzun b oylam ; 5 - umurtqalar oraliq teshigi; 6 - sarg'ish boylam; 7 - o'tkir o'siq orasidagi boylam; 8 -o 'tk ir o'siq ustidagi boylam; 9 - orqadagi uzun boylam. uchiga borib, bir-biri bilan tutashib, o'siq usti boylami nomini oladi. Bu boylam bo'yin qismda yaxshi rivojlangan bo'lib, bo'yin (gardon) boylami deb ataladi. Umurtqalarning bo'g'im o'siqlari o'zaro bo'g'im hosil qilib tutashsa, ular tanasining old tomonida oldingi uzun boylam, orqa tomonida orqa uzun boylam joylashgan bo'ladi. Birinchi, ikkinchi bo'yin umurtqalari boshqa umurtqalardan farqli o'laroq, o'zaro bo'g'im lar hosil qilib tutashadi. Ikkinchi umurtqaning tishsimon o 'sig 'i birinchi umurtqaning oldingi ravog'iga birikadi. Shu bilan birinchi bo'yin umurtqasining turli tomonga (aylanma) harakat qilishiga imkoniyat tug'iladi. Bosh skeleti ensa suyagining yon qismla- rida joylashgan do'nglar yordamida birinchi bo'yin umurtqasining ustki bo'g'im chuqurchasiga bo'g'im hosil qilib qo'shiladi. Bir xil tuzilishga ega bo'lgan bu ikki bo'g'im birgalikda bir xil harakatni amalga oshir- ganligi tufayli kombinatsiyalangan bo'g'im turkumiga kiradi. Bu bo'g'im ikkinchi bo'yin umurtqasining tishsimon o 'sig 'i bilan ensa suyagining nishabi o'rtasida tortilgan boylam, tishsim on o'siqning orqasidan ko'ndalangiga tortilgan boylamlar va ularning tarmoqlari — qanotsi- mon boylam bilan mustahkamlangan. www.ziyouz.com kutubxonasi Umurtqa pog'onasi umurtqalar ning o'zaro ustma-ust qo'shilishi- dan vujudga keladi va katta yosh dagi odamlarda «S» shaklida bo'la di. Umurtqa pog'onasining bo'yin va bel qismi oldinga fiziologik qiy- shaygan (lordoz) bo'lsa, ko'krak va dum g'aza qismlari orqa tomon ga fiziologik qiyshaygan (kifoz) bo'ladi. Umurtqa pog'onasining bu qiyshaymalari yangi tug'ilgan bo lalarda sezilmaydi (28-rasm). Umurtqa pog'onasi boshni ush- lab turish va tananing tayanch va zifasini bajarib, tikka turishni ta’ minlaydi. Umurtqa pog'onasi ka nali yordamida orqa miya tashqi ta’sirlardan saqlanadi. Umurtqa po- g'onasida har taraflama harakat so dir bo'ladi. Q O V U R G 'A L A R N IN G U M U R T Q A L A R V A T O ‘SH SU Y A G I B IL A N Q O ‘SH IL IS H I Qovurg'alar orqa uchi va do'mboqlari ko'krak umurtqalariga ustma- ust turgan tanalarining oralig'i va ko'ndalang o'siqlari bilan bo'g'im hosil qilib birlashadi. Qovurg'alaming oldingi uchlari qovurg'a tog'ayi bilan qoplangan bo'lib, birinchi yetti jufti to'g'ridan-to'g'ri to'sh suyagi yonboshiga birlashsa, keyingi 8,9,10-juft qovurg'alar tog'aylari bir-biriga tutashib, qovurg'a ravog'ini hosil qilib, so'ngra to'sh suyagiga birlashadi, 11 va 12-juft qovurg'a uchlari, qorin devori muskullari oralig'ida erkin qoladi. K O ‘K R A K Q A F A SI Orqa tomondan 12 ta ko'krak umurtqasi, ikki yon tomondan 12 juft qovurg'alar va ularning oldingi uchlaridagi tog'aylar, old tomondan to'sh suyagi o'zaro boylamlar bilan birlashib, ko'krak qafasini hosil qiladi. Ko'krak qafasida tepa va pastki teshiklar bo'lib, tepa teshik kichikroq, oldindan to'sh suyagi dastasi, ikki yondan I uzun qovurg'a va orqa tomondan 1 ko'krak umurtqasi bilan chegaralanadi, bu teshik orqali ke kirdak, qizilo'ngach, qon tomirlar va nervlar o'tadi. Pastki teshik yuqori teshikka nisbatan kattaroq bo'lib, uni orqadan XII ko'krak umurtqasi, ikki yondan XII juft qovurg'a va oldindan to'sh suyagining xanjarsimon 28-rasm . Ensa suyagi bilan I b o'yin umurtqasi birlashuvi. I - k o 'n d a la n g b o y la m ; 2 - II b o 'y in umurtqasi; J - tishsimon o'siq; 4 - qanolsimon boylam; 5 - tishsimon nishab boylam. www.ziyouz.com kutubxonasi o ‘sig‘i chegaralab turadi, bu teshik qorin bo‘shlig‘idan diafragma orqali ajralib turadi. Ko'krak qafasining haj mi va sh ak li y o sh , jin s va konstitutsiyaga qarab turlicha bo'ladi (29-rasm). Ko'krak qafasi chaqaloqlarda pira- mida shaklida. Uning oldindan orqaga qaragan hajmi ko'ndalang o'lchovga nisbatan kattaroq bo'ladi. To'sh osti burchagi keng, o'tmas burchak hosil qilib joylashadi. Ayollarning ko'krak qafasi esa erkaklamikiga qaraganda bir muncha kaltaroq va pastki qismi torroq. O'rta yoshdagi erkaklarning ko'krak qafasi oval shaklda bo'lib, ko'ndalang o'lchovi kattaroq. To'sh osti burchagi esa to'g'ri burchak hosil qilib joylashgan. Ko'krak qafasida yurak, o'pka va boshqa a’zolar o'mashgan. Ko'krak qafasi m uskullar yordam ida kengayib - torayib nafas olishga yordam beradi. Q O ‘L -O Y O Q S U Y A K L A R I Odamning qo'l skeleti bilan oyoq skeletining tuzilishida bir qadar o'xshashlik bo'lsa ham, vazifalari bir-biridan tubdan farq qiladi. Odam oyoqlari yordamida bir joydan ikkinchi joyga yurib boradi va gavdasini ko'tarib turadi. Qo'l esa mehnat quroli bo'lib, ushlash vazifasini bajaradi. Qo'l-oyoq suyaklari joylashgan o'rniga qarab kamar va erkin turgan bo'limlarga ajratiladi. Qo'l ham o 'z kamarlari vositasida tana skeletiga qo'shilib turadi. Q o ' l s k e l e t i yelka kamari-o'mrov va kurak suyaklaridan iborat. Qo'l suyaklari yelka, bilak-tirsak hamda bilak suyaklari va qo'l panjasi skeletidan iborat. Yelka kamari suyaklari ikki to mondan bittadan o'mrov va kurak su yaklaridan tuzilgan (30-rasm). O'mrov qo'lni tanaga birlashti rib turadigan birdan-bir suyak bo'lib, shakli lotincha «S» harfiga o'xshab 3 bukilgan, uzun. Bir uchi bilan to'sh 30-rasm . O 'm rov suyagi. suyagiga, ikkinchi uchi bilan kurak- 1.2 - suyak uchlari; 3 - suyak g'adir-budiri. 29-rasm . Ko'krak qafasi. I - ko'krak qafasining yuqori teshigi; 2 - qovu rg'a osti burchagi; 3 - ko'krak qafasining pastki teshigi; 4 - qovurg'a ravog'i; 5 - xanjarsimon o'siq; 6 - t o ' s h suyagi; 7 - to'sh suyagi dastasi; 8,9,10,11, 12,13,14 - chin qovurg'alar; 15, 16,1 7- s o x t a q o v u r g 'a la r ; 1 8 ,1 9 - y e tim qovurg'alar; 2 0 - ko'krak umurtqalari. www.ziyouz.com kutubxonasi dagi yelka o'sig'iga birlashib, yelka b o ‘g ‘im ining tanadan uzoqroqda bo 'lish in i ta’minlaydi. Shu bilan qo‘lning turli murakkab harakatlarni osongina bajarishiga qulaylik tug'dira- di. Ba’zida qo'l tanaga jips yopishadi, deyarli harakatsiz osilib turadi. Kurak suyagi (31-rasm) yalpoq, uchburchak shaklida bo'lib, ko'krak qafasining orqa tomonida II— VII qovurg'alaming tashqi sohasida joy lashgan. Kurakning uchta chekkasi tafovut qilinadi: umurtqa pog'onasi- ga qaragan medial chekkasi, qo'ltiqqa qaragan lateral chekkasi va yuqori kalta chekkasi. Yuqori chekkasidan kurak o'ymasi ko'rinib turadi. Kurak suyagining uchala chekkasi o'zaro uchta burchak hosil qilib qo'shiladi; shulardan biri pastga qaragan burchak, 3 1 -rasm. Kurak suyagi. 1,2,3 - kurak burchaklari; 4 - baland qirra: 5 - tum shuqsim on o'siq; 6 - yelka o 'sig 'i; 7 - b o 'g 'im yuzasi; 8 - qirra o s t id a g i c h u q u r c h a ; 9 , 1 0 - k u rak chekkalari; / / - q i r r a yuqorisidagi chuqurcha. ikkinchisi yuqori tomondagi medial burchak va uchinchisi yuqori tomon dagi lateral burchak. Yuqori tomondagi lateral burchak yo'g'onroq bo'lib, undagi bo'g'im yuzasi yelka suyagining boshchasi bilan bo'g'im hosil qilib birlashadi. Kurak suyagining bo'g'im yuzasi ustida tumshuqsimon o'siq bo'rtib turadi. Kurakning oldingi, qovurg'alarga qaragan yuzasi botiqroq bo'lib, kurak osti chuqurini hosil qiladi, ana shu yuzadagi bir nechta g'adir- budur chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi. Kurakning orqa yuzasi baland qirra bilan ikkita teng bo'lmagan qismga bo'linib turadi. Bu qismlarga shu nomli muskullar yopishgan bo'ladi. Kurakning baland qirrasi lateral tomonga davom etib, baquvvat yelka o'sig'i bilan tugaydi. Ana shu o'siq o'mrov bilan bo'g'im hosil qilib qo'shiladi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling