Tizimli dasturiy ta‘minot quyidagicha tasniflanadi:
Bazaviy dasturiy ta‘minlanish (base software)-kompyuterini ishlashini ta‘minlovchi dasturiy vositalarning eng kichik majmuasidir.
Servisli dasturiy ta‘minlanish- bazaviy dasturiy ta‘minlanishning imkoniyatlarini oshiruvchi va foydalanuvchiga qulayroq ish muhitini tashkil qiluvchi dasturlar va dasturiy majmualardir.
Bazaviy dasturiy ta‘minlashga quyidagilar kiradi:
operatsion tizim;
operatsion qobiq(matnli va jadvalli);
tarmoqli operatsion tizim.
Operatsion tizim foydalanuvchi fayillarni bajarish, kompyuter hisoblash resurslarini rejalashtirish va boshqarish uchun mo'ljallangan.
Masalalarni boshqarish.
Shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimlar quyidagilarga bo'linadi:
bir yoki ko'p masalali (parallel bajariladigan amaliy jarayonlarning soniga ko'ra);
bir yoki ko'p foydalanuvchili (operatsion tizimda bir vaqtda ishlovchi foydalanuvchilarning soniga ko'ra);
kompyuterlarning boshqa turlariga ko'chirilmaydigan va ko'chiriladiganlar;
kompyuterlarning mahalliy hisoblash tarmog'ida ishlashni ta‘minlovchi tarmoqsiz va tarmoqli.
4.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |