O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet128/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

TILLARI

YORDAMIDA


12-mavzu. DASTURLASHDASTURLARNI ISHLAB CHIQISH

    1. C++ dasturlash tili tahlili.

    2. Tahrirlagichdan foydalanish (boshlang’ch fayl yaratishda).

    3. Tahrirlagichning asosiy buyruqlari.

    4. Kompilyatsiya qilish va birlashtirish.

    5. Dasturning amalga oshirilishi (Dasturni ishga tushirish).

Tayanch iboralar: C++ dasturlash tili, tahrirlagich, buyruq,
kompilyatsiya qilish, dastur, dastur menyulari, oynalari.

    1. C++ dasturlash tili tahlili

Obyektga yo'naltirilgan dasturlash (OYD) dasturni tashkil qilishning bir usulidir. C++ obyektga yo'naltirilgan dasturlash tilidir. Bu til AQSh da, AT&T Bell Laboratories kompaniyasida (Nyu-Jersi), 1983-yilda B‘yarne Shtrushtrupom tomonidan ishlab chiqildi. U C tilining kamchligi deb modellashtirish imkoniyatini hisobladi va tilni kengaytirish uchun o'zining sevimli tili - Simula 67 ning funksiyalari bilan to'ldirdishga qaror qildi. Simula 67 eng oldingi obyektga yo'naltirilgan tillardan biri edi. B‘yarne Shtrushtrup buni dastlabki «C sinflar bilan" deb atadi. Qat’iy aytganda, C++ tili bu - C tilining takomillashgan shaklidir. C tilining deyarli har bir to'g'ri operatori C++ tilining ham to'g'ri operatoridir, ammo teskarisi to'g'ri emasdir. C++ nomi Rick Mashutti tomonidan berilgan. Uning 1.0 versiyasi 1985 yilda, 2 versiyasi 1989-yilda va 3 versiyasi 1992-yilda tijorat nuqtai nazaridan foydalanuvchlarda uchraydigan muammolarni hal eta oladigan rivojlangan C++ titli sifatida va AT&T kompaniyasida muhokamadan o'tgandan keyin ishlatish mumkin bo'ldi51.
Aslida, C++ tilining yetuk bo'lishi quyida keltirilgan ikkita voqea bilan aloqadordir:

  1. ANSI (America milliy standartlar instituti) va C++ bo'yicha qo'mitani shakllanishi va

  2. Ellis va Stroustrup tomonidan izohli C++ ma‘lumotnomasini nashri.

ANSI/ISO kompaniyasi C++ me‘yorlarini eng oxirgi hujjatlarini 2003 yilda chiqardi.
C++ quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. muammolarni hal qilib, murakkablikni pasaytiradi.

  2. natijalarning to'g'riligini ta‘minlaydi.

  3. I) mumkin bo'lgan apparat va boshqa resurslar jihati nuqtai nazaridan uni ishlatish mumkin.

  4. mavjud bo'lgan matematik ta‘minot va kutubxona vositalari bilan integrallashuvi uchun uni ishlatish arzon va yengildir.

  5. ko'chrib o'tkazuvchanlik, ya’ni, dasturlarda katta bo'lmagan yoki hech qanday o'zgarishlarsiz turli kompyuterlarda foydalanish mumkin.

Obyektga yo'naltirilgan dastur - bu diskret obyektlarni bir to'plamidir, ular o'z navbatida boshqa obyektlar bilan o'zaro aloqa qiladigan ma‘lumotlar tuzilmasining ikkala yig'indisining avtonom to'plamidir.
C++ sinflarni, meroslilikni, amallarni va operatorlarni yengillashtiradi. Ular yordamida, mavjud ma‘lumotlar turlaridan hossalarni va polimorfizmni ishlatib xossalarni nasliy o'tkazish, mavhum ma‘lumotlar turlarini yaratish mumkin. Shunday qilib, biz C++ tili obyektga yo'naltirilgan vositalarini qo'shimcha to'plamlarini ta‘minlaydigan yanada rivojlangan til deb ayta olamiz. Biroq, C++ da yana ko'pgina boshqa yangi funksiyalari ham bor, ular qatoriga kiritish-chiqarishning va sharhlarni yozishni yangi usuliga yengilgina yondashuvni kiritish mumkin. 12.1-rasmda C va C++ orasidagi munosabatlar ko'rsatilgan.
Aslida, C va C++ o'rtasida ko'proq amaliy farqlar ko'p. C++ da yozilgan dasturga aynan o'xshash dasturni yozish mumkin, lekin farqlarini ko'rish juda qiyindir. Dasturchilar C++ tilida C++ ning yangi funksiyalarini ishlatibgina qolmaydi; ular yana C tilining an‘anaviy funksiyalarini ko'p hollarda C tilini ishlab chiquvchilarga qaraganda ko'proq ta‘kidlaydilar; C dasturchilari ham turli nisbatlarda C an‘anaviy xususiyatlarni ta‘kidlashdi. 12.1-jadvalda C va C++ o'rtasidagi farqlar berilgan.

12.1-rasm. C va C++ orasidagi munosabatlar
12.1-jadval45
C va C++ tillari o'rtasidagi farqlar




Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling