O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Tarbiyaning kelib chiqishi, uning kishilar mehnat faoliyati bilan bog`liqligi. Ibtidoiy jamiyatda tarbiya
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
3. Tarbiyaning kelib chiqishi, uning kishilar mehnat faoliyati bilan bog`liqligi. Ibtidoiy jamiyatda tarbiya.
Kishilik jamiyati paydo bo`lishi bilan odamlarda mehnat faoliyati jarayonida ishlab chiqarish tajribalari, mehnat qilish malakalari va mehnat qurollarini ishlatish ko`nikmalari hosil bo`ldi. Bu qurollarni takomillashtirish natijasida nutq va tafakkur o`sib, kamol topa bordi. Keksa avlod mehnat qilish jarayonida orttirgan tajribasi asosida yosh avlodni ham mehnat qilishga o`rgatdi, uni mehnat jarayonida tarbiyaladi. Shunday qilib, kishilik jamiyatining paydo bo`lishi bilan tarbiya ham vujudga keldi, u bilan birga taraqqiy etdi, jamiyatning o`zgarishi bilan u ham o`zgarib bordi. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi kishilarni bilim, malaka, ko`nikmalarda aks etgan mehnat, bilim tajribalarini avloddan - avlodga yetkazishdir. Tarbiyani amalga oshirish jarayonini anglash va bu sohadagi tajribalarni o`rganishga bulgan ehtiyojning tug`ilishi pedagogika fanini yuzaga keltirdi. Shaxs jamiyatdan tashqarida kamol topa olmaydi, jamiyatdan tashqari tarbiya ham bo`lishi mumkin emas. Tarbiya ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat hayoti, uning to`xtovsiz taraqqiy etib borishi tarbiyasiz bo`lmaydi. Tarbiya bo`lmasa, jamiyat ham bo`lmaydi, jamiyat usiz yashay va taraqqiy eta olmaydi. 3-2. chizma Ibtidoiy jamiyatda kishilar o`rtasida tengsizlik, xususiy mulk bo`lmagan. Mehnat va ijtimoiy funksiyalarning taqsimlanishi tabiiy - biologik negizga asoslangan, buning natijasida erkaklar va ayollar o`rtasida mehnat taqsimoti mavjud edi, kishilar yosh jihatidan jamolarga bo`linganlar. Ibtidoiy jamiyatda bola o`zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo`lib, tarbiyalanar va ta’lim olar edi. O`g`il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan ov qilish, baliq tutish, qurol yasashda qatnashar, qizlar esa ayollar rahbarligida ekin ekib, hosil yig`ish, ovqat pishirish, idish yasash, kiyim tayyorlash ishlarida qatnashganlar. Matriarxat taraqqiyotining oxirgi bosqichlarida yosh alodning yashashi va tarbiyalanishi uchun ug`il bolalrga alohida va qizlarga alohida - birinchi tarbiya muassasalari - Yoshlar uylari paydo bo`ladi. Yoshlar uylarida bolalar urug` oqsoqollari rahbarligida tarbiyalangan, mehnatga o`tkaziladigan "sinovlar"ga tayyorlanar edilar. Patriarxat urug`chilik jamoasi bosqichida chorvachilik, dehqonchilik va boshqa kasb - hunar paydo bo`lib, rivojlanib bordi. Bir muncha tashkiliy ravishda tarbiya qilish zarurati tug`ilishi bilan yoshlarni tarbiyalash tajribali kishilarga topshiriladigan bo`ldi. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o`lchash, suv toshqinlarini oldini olish, odamlarni davolashga oid bilimlar avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezila boshladi. Dastlab suratli piktografik xat paydo bo`lgan bo`lsa, keyinchalik qo`shni mamalakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo`ladi va tez tarqala boshlaydi. Er.Av. birinchi ming yillik o`rtalarida oromiy yozuvi, Aleksandr Makedonskiy istilosidan keyin esa yunon yozuvi shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlargacha qo`llanib kelingan. O`sha davrda Xorazm, Sug`d, Kushan, Run, Uyg`ur va boshqa yozuvlar paydo bo`lgan va bu yuksalish ta’lim - tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Inson ibtidoiy jamoa bulib yashash tarzini asta - sekin rivojlantirib borib, jahon madaniyatida katta kashfiyotlar yaratdi. Xitoyda qog`ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash o`nlik tizimining paydo bo`lishi, Mesopotamiyada yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo`lishning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda O`rta dengiz bilan Hindistonni bog`lovichi karvon yo`lining vujudga kelishi, keyin Markaziy Osiy orqali Xitoydan O`rta dengizga "Buyuk ipak yo`li"ning ochilishi kabi muhim voqealar madaniyatning taraqqiy etishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo`ldi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling