O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari. Xalqimizning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari ulug` olim, mutafakkir Mahmud Qoshg`ariy (XI asr)ning "Devonu lug`atit turk" asarida keng bayon etilgan.
Asar 1076-1077 yillarda yozilgan va yoshlarga nasihatlar tarzida tuzilgan she’riy parchalardan iboratdir. Devondagi qo`shiqlarda tabiat, ov va jang manzaralari, sevgi - muhabbat va ugit - nasihatlar uz ifodasini topgan. She’rlarda ilm olishning qadri, bilimli kishilarni hurmat qilish, mehmondo`stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni targ`ib qiluvchi, baxil, ochko`z, do`stga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko`p uchraydi. Pand - nasihatlarda asosiy o`rin ilm olishga undashga, uning foydasini targ`ib etishga qaratilgan. Ko`plab tarbiyaviy xarakterdagi maqollar ham berilgan. Majmud Qoshg’ariyning «Devonu lugotit turk» asarida ilm olishning qadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik xushxulqlik mardlik va jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’stiga va xalkiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko’p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko’rsatadi. Ayniqsa, pand-nasixatlarda asosiy o’rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm axlini xurmat etish to’g’risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o’gitlar olish maslaxat beriladi: o’g’lim, senga qoldirdim o’git, Unga amal qil. Olimlarga yaqinlash, baxra olgil, Tutib dil. Ma’lumki, bilim-ma’rifatli kishi kibr-xavodan uzoqroq turishini ta’minlaydi, bunga insonning o’zi xam sababchi deb uqtiradi, o’gitlarda. Ilm sari intilishni kutlug’ ish sanaydi. Demak, har bir kishi ilm sari intilishi, unga bo’ysunishi, moyil bo’lishi, kibrni esa o’zidan nari surishi kerak bo’ladi. O`rgan uning bilimin, Borgin uning sari. Qutlug’ ishga bo’ysungin, Kibrni quv nari. ( IIt. 161-162) Aqlli odamning zexni o’tkir bo’ladi, u xar qanday o’git-nasixatni xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning pastda ovni ko’rgandagi tezlik bilan sho’ng’ishiga o’xshatadi. Oqil odam zexnining tezligi kush parvoziga qiyoslanadi: Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar, Olim kishi o’git bersa, darxol uqar. (III t.53) Bu misolda aqlli, bilimli odamning tabiati, o’ziga xos xislati ifodalangan. «Devonu lug’atit turk» asarida insoniy fazilatlarning ajralmas qismi xushxulqlik alohida ajratib ko’rsatiladi. Har bir inson egallashi lozim bo’lgan ezgulik-yaxshilik, umum manfaati uchun mexnat qilish hushxulq insonga xos fazilat ekanligi o’qtiriladi: Ulug’liging oshsa agar. Xushxulq bo’lg’il. Bek yonida xalq uchun Xo’b ish qilg’il.(I t.95) Kishilar o’rtasidagi totuvlik, axillikning muximligini xam quyidagicha ifodalaydi: Qo’ni-qo’shni, qarindosh Ko’rsin sendan yaxshilik. Ne-ne sovg’a qilishsa Yaxshirog’in qil tortiq. (I t. 137) YAna bir she’riy parchada shoir inson faqat o’zini o’ylamasligi, o’zgalar manfaati uchun ham xarakat qilishi lozimligini aytadi: Ko’rklik to’ning o’zingga, Totlig’ oshing o’zgaga, Qo’noqqa ko’rgiz izzat, Yozsin sha’ning uzoqqa. (I t.80) Shoir mol-mulkka xirs qo’ymaslik, insonning mol-mulki ko’payganda xam mag’rurlanib ketmaslikni, bu borada keksa avlod o’gitlariga rioya etishni ta’kidlaydi. Ta’lim-tarbiyaga oid pand-nasixatlarga boy she’rlar inson turmushining turli tomonlariga oiddir. Inson xayotining abadiy emasligi, shuning uchun xam kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik xusniga ishonish suvga suyanish bilan barobar, deydi. Shu bilan birga she’r parchalarida: Kimning ko’ngli bo’lsa Qashshoq, kambag’al. To’q bo’lmaydi, Boy bo’lmaydi, deyilgan misralar xam uchraydi.(III t.257) Bu pandlar xozirgi davrda xam o’z axamiyatini yo’qotmagan. CHunki ma’naviy boy bo’lmagan mamlakat xech qachon moddiy tomondan mustaxkamlana olmaydi. «Devonu lug’atit turk» asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar ham mavjud. Maqollarda xam qo’shiqlardagi kabi do’stg’ik va hamkorlik mehnatga muhabbat, ilm olishga va kasb-hunar egallashga undash, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg’usi, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizliq yaxshilik va yomonlikling natijalari, axloq-odob qoidalari, sixat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar talqin etiladi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling