O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Ishontirish va ma’qul qilish


Download 2.48 Mb.
bet223/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Ishontirish va ma’qul qilish.
Kishilarning o’zaro ta’sir etishdagi barcha vaziyatlar, asosan to’rtta o’zaro bog’liq munosabatlar orqali amalga oshiriladi: ishontirish, o’ziga rom qila olish, taqlid qilish, uqtirish.
Ishontirish- bu biror fikr yoki xulosani mantiqiy asoslashdir. Ishontirish suhbatdosh yoki guruh ongini o’zgartirib, ma’lum fikr qo’llab- quvvatlaydigan va uning asosida faoliyat ko’rsatishni nazarda tutadi.
So’z bilan ishontirish eng qiyin tarbiyaviy vositalardir. Bunda tinglovchilar fikrini o’zgartira oladigan mantiq yoki suhbat ohangini tanlash juda muhimdir.
Ishontirish- ishontiruvchi axborotning mazmunli bo’lishi, tinglovchi esa unga ongli munosabatda bo’lishini nazarda tutadi.
Ishonuvchanlik - bu kishining o’z xulqini boshqa kishi yoki kishilar guruhi talabi bilan o’zgarishi.
Ishonuvchanlik - nerv sistemasining normal holati. Lekin uning aks etishi turli hollarda turlicha. U yoshga (yoshroqda yuqoriroq), jinsga (ayollarda ishonuvchanlik yuqoriroq), intellektga (ma’lumot oshishi bilan inonuvchanlik pasayadi), sog’liq holatiga (charchaganda, kasallikdan so’ng ishonuvchanlik yuqori bo’ladi) va boshqa omillarga bog’liq. Bundan tashqari ishontiruvchi shaxsning roli ham muhim.
Ishontirish faqat o’kituvchi bilan muloqotga emas balki boshqa hollarda ham o’quvchiga ta’sir qiladi. (O’rtacha qobiliyatli, sekinlik bilan ish qiluvchi o’quvchi borgan sari yomon o’zlashtiradigan bo’la boradi. O’qituvchining "Nima uchun o’zlashtirmayapsan?" degan savoliga "Mening kallam ishlamaydi", deb javob beradi. Suhbatdan aniq bo’ladi-ki, uyda vazifa bajarganda buvisi yonida o’tirgan va uning sekin harakatlanishi va sekin fikrlashidan zerikaib "Sening kallang ishlamaydi", degan ekan. Bola bu fikrga o’zini ishontirib yomon o’zlashtira boshlagan).
Ishontirish ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. O’qituvchi o’quvchida ijobiy holat - uy vazifasini tayyorlash ko’nikmasi shakllanishini xohlaydi. Uning ko’ziga ifodali qarab, hukmron tovushda deydi: "Sen yaxshi o’qishni xoxlaysan va o’qiy olasan. Bugun soat 3 da dars tayyorlashga o’tirasan".
SHaxs rivojlanishiga o’z - o’zini ishontirishning o’rni muhimdir. O’z - o’zini ishontirishning yuksak darajasini biz yoglar faoliyatida ko’rishimiz mumkin.
O’quvchi o’z kamchiligini bilib, uni to’g’rilashga kirishishini ko’rsak o’z - o’zini ishontirdi deb bilamiz. Ba’zan esa salbiy holatlar, sifatlarga o’z - o’zini ishontirish ham bo’ladi.
O’z - o’zini ishontirish tarbiyaviy maqsadlarda qo’llash faqat yetarli darajada rivojlangan shaxsda qo’llash mumkin.
Ishontirish haqiqiy va soxta bo’lishi mumkin. Haqiqiy ishonch haqiqiy voqelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O’zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo’lishi hatto o’limga ham rozi bo’ladi. Masalan, Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalangan askarlarimizni jang maydonida ko’rsatgan matonatlari. Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun ham zararli bo’lgan odatlarni shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o’quvchilarning o’zi va atrofdagilar ta’sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi.
Ayrim o’quvchilarda soxta ishonch hosil bo’lishining sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • faqat a’lo bahoga o’qish- bu bilim olishda ko’r-ko’ronalik, quruq yodlashga olib borish;


  • o’zini o’ta itoatkorona tutish- bu o’quvchi faoliyatini nihoyatda sust bo’lishiga olib keladi;


  • o’qituvchini aldash- bu o’quvchi o’ta aqlli va topqirligidan dalolat beradi;


  • maktab ichki tartib-qoidasini buzish- faqat kuchli harakterga ega bo’lgan o’quvchigina doimo o’qituvchi tomonidan tanqid qilib turiladi;


  • haddan tashqari ko’p mehnat qilish- bu kerak bo’lmagan tirishqoqlikdir.


YUqoridagi bunday ishonchlar o’quvchida shakllanib, asta-sekin boqimandalik, o’qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini sodir qiladi.


Soxta ishonchni bartaraf qilish o’qituvchidan astoydil mehnat qilishni talab qiladi. Buni uch yo’nalishda olib borish lozim: sinf jamoasida sog’lom ijtimoiy fikrni shakllantirish, muhim ahamiyat kasb etuvchi hayotiy tajriba yaratish, soxta ishonchlarni asosli ravishda inkor qilish. Birinchi navbatda jamoani shakllantirishga, uni yaqin kelajakda va istiqboliy rivojlanish yo’nalishlarini yaratishga alohida e’tibor berish zarur. O’qituvchi har bir o’quvchidagi ijobiy xislatlarga asoslangan holda, ahil sinf jamoasi yordamida soxta ishonchlarni bartaraf qilishda qiyinchiliklarga duchor bo’lmaydi. Soxta ishonchlarni o’zgartirishning quyidagi usullari mavjud:
- o’quvchiga o’zini boshqalar bilan taqqoslashga undash, uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo’lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o’qishni hohlamaydi, Lekin uning tanish o’rtog’i ko’p o’qiydi va biladi, ammo o’zining «quruq yodlovchi» yoki «o’ta bilimdon» qilib ko’rsatmaydi);
- noto’g’ri qarashlar va ishonch oqibatda nimalarga olib borishini ko’rsatish (maslan, ana shunday xislatlarga ega bo’lib o’z hayotini barbod qilgan, o’z erki, g’ururi va vijdonini yo’qotgan kishilar haqida so’zlab borish. Buning uchun hayotiy misollar, badiiy asar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin);
- soxta ishonchni yoqlab himoya qiluvchi o’quvchi fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish (masalan, barcha o’quvchilar o’qituvchilarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi mumkinligini uqtirish);
- o’quvchiga o’z qarashlarini asoslab, isbotlashga imkon berish va ularni alohida birma-bir inkor qilish. Soxta ishonchlar haqiqiy ishonch, ahloqiy tasavvurlar, qadriyatlar va odatlar bilan almashinishi lozim.
Noto’g’ri ishonchlarni bartaraf qilish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
- o’smir ma’naviy dunyosida qadriyatlar to’qnashuvini vujudga keltirish kuchli bo’lish istagi, sportning ixtiyoriy turi bilan shug’ullanishi mumkin, buning uchun esa kun tartibiga rioya qilish va astoydil o’qish zarur. Radio (foto) to’garakka a’zo bo’lishi mumkin, Lekin buning uchun ikki bahosiz o’qish kerak va hokazo;
- o’qituvchi ahloqiy sifatlarini o’quvchining noto’g’ri xulqi bilan to’qnashuvi: o’quvchining qo’pol muomalasiga o’qituvchi o’zini tutib, muloyimlik bilan javob beradi. O’quvchi shaxsi va g’ururini poymol qilmaydi;
- o’quvchi noto’g’ri hatti-harakat qilganda ham ishonch bildirib, uning qarashlarini o’zgartirish («Men senga qanday yordam beray? Seni qiynalayotganingni ko’rib turibman-ku!»);
- o’quvchidagi noto’g’ri ishonch bilan, sinf o’quvchilari amaliy tajribasiga asoslangan sog’lom fikr o’rtasida kurash paydo qilish, uning har bir noto’g’ri fikrini alohida-alohida inkor qilish.
O’quvchi bilan muloqotda bo’lganda, avvalo uning o’zini ham ikkilantirib turgan soxta ishonchlarni «asta-sekin», «paypaslab» topish, asosli tarzda ularni bartaraf qilishi kerak. Agar o’quvchi ishontirish jarayonini erkin, o’z hohishi bilan qabul qilsa, maqsadga erishish oson bo’ladi.
Ishontirish natijasi o’qituvchi so’zi va xulqiga ham bog’liqdir. Tarbiyachining so’zi va ishi bir bo’lishi kerak. Masalan, jahl ustida o’quvchini jazolash bilan qo’rqitib, so’ng esdan chiqarib qo’yishi, o’quvchilarga va’da berib uni bajarmaslik va hokazolar, ishontirish metodi samarasini pasaytiradi. Eng yomoni-o’qituvchi o’quvchilarga haqiqat haqida balandparvoz so’zlarni aytsada, o’zi kundalik ish faoliyatida unga amal qilmasligidir. Bunday o’qituvchi jamiyatga katta zarar keltiradi.
Ishontirishning yuqori samaradorligi o’quvchilar bilimlarini (irodaviy xislatlar, to’g’ri xulq me’yorlarini tarkib toptirish) mustahkamlovchi mashqlarga ham bog’liq bo’ladi. O’quvchi xarakterini shakllantirishda mashqlar alohida o’rin tutishini o’z davri da A.S.Makarenko ham ta’kidlab o’tgan. Jumladan, Papaninning jasorati haqidagi hikoyalarni o’qib berish bilangina o’quvchilarda jasurlikni tarbiyalab bo’lmasligini uqtirgan. Bu holda boshqalar jasoratini ko’z-ko’z qiluvchi, undan faqat zavqlanuvchi sub’ekt-tomoshabinni tarbiyalab yetkazish mumkin. Insonni shunday holatga tushirish kerakki, u chidamlilik, shiddatkorlik va jasurlik xislatlarini namoyon qila olsin. Mehnatsevarlikni mahnat haqidagi hikoyalar bilan emas, balki mehnat jarayonini o’zida tarbiyalash, xuddi shuningdek, shiddatkorlik esa qo’rqoqlikni va jur’atsizlikni yengishda tarbiyalanadi.
Ba’zan maktablarda faqat og’zaki tadbirlar o’tkazishga nihoyatda ko’p e’tibor beriladi. Birinchidan, bunday tadbirlar bolalarni zeriktiradi, ikkinchidan, ular hayotdagi aniq vaziyatlarda o’zini qanday tutishga oid tajribani egallay olmaydilar. Natijada, ijtimoiy hayotda sustkash bo’lib yetishadilar. Lekin, bunday og’zaki tadbirlarni ham yuqori darajada ishontirish salohiyatiga ega bo’ladigan qilib o’tkazish mumkin

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling