O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ilmiy-pedagogik qarashlari


Download 2.48 Mb.
bet140/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ilmiy-pedagogik qarashlari. Qomusiy olim Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr) Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga keldi. Berun - birun so’zi "tashqari", shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi.
Beruniy xali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Qiyot shaxrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan. O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrihohlik ko’rsatadi. SHams al Maoli" ("Oli martabalar quyoshi") laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy "qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini YAqin va O’rta SHarqqa mashhur qildi.1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo’lib qoladi . Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi" nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon sharqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadi.
Beruniy bir necha yil noyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlar asosida "Mineralogiya" asasarini yaratadi. Beruniyning yana bir muhim asari munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalardir. Bu asarda ham u bir necha fanlar yuzasidan dastlabki tushuncha, ma’lumotlar berishrgan.
Ma’lumki, Maxmud G’aznaviy Xindistonga qarshi bosqinchilik yurishlarini olib borgan. Ana yurishlarning birida Beruniy ham G’aznaviyga hamrox bo’lib bordi. U sanskrit (eski xind tilini) bilganligi xind halqi madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi va bu mehnatlari natijasida 1030 yilda o’zining SHarq va G’arbda keng e’tirof qilingan mashhur "Xindiston" asarini yaratadi. Kitobning to’liq nomi "Kitobu fi taxkiki molil Xind ma’kulatin makbo’latin fil Aqli av marzulatin", ya’ni "Xindlarning sig’adigan sig’maydigan ta’limot asarini aniqlash kitobi" bo’lib, o’qishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha "Taxkiku mo-mil Xind"-(“Xindistonga oid tadkiqotlar" yoki "Xindiston") deb yuritiladi.
Beruniy astranomiyaga oid "Al - qonun al - Mas’udy" ("Mas’ud qonuni”) nomli yirik asarni shox Mas’udga bag’ishlaydi. Beruniy yana "qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami" ("Mineralogiya"), "Dorivor o’simliklar haqida kitob” asarlarini ham yozdi. "Mineralogiya" sharqdagina emas, yevropada ham qimmatbaho toshlarni ishlash usullarini va ular bilan savdo qilish qonunlarni o’rganish. yer osti boyliklarini tekshirish haqida ma’lumot bersa, "Saidona" nomi bilan mashhur bo’lgan keyingi asarda SHarqdagi dorivor o’simliklarning tavsifi bayon qilingan. Mutafakir ilgari --surgan ahloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda adolat o’rnatish ,uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli xukmdor bo’lish kerak deydi. Beruniy insonni kamolotga yetkazuvchi hislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi. Olijanoblikning mazmuni yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim inson sifatida muamola qilishni nazarida tutadi.
Eng muhim mutafakir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi e’tirof qiluvchi irsiyat, muhim tarbiyadir. Beruniy inson har tomonlama kamolotga yetish uchun u ilmiy bilishi bilan birga mehnatsevar va xunar egasi bo’lish kerak deydi. Zero, uning o’zi ham xaqikiy komil insonga xos hislatlarga ega ekanligini, hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy meros qoldirdi.
SHarqda "SHayx ar - Rais" nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh Qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, «kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhyp yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko’chib o’tgach, u boshlang’ich maktabda o’qiy boshlaydi. Undagi tug’ma qobiliyat, o’tkir zehn, kuchli xotira o’zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdullox xamda uning do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ularning ilmiy munozara o’tadigan oilaviy muhim yosh Ibn Sinoga ham ta’sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va usmirlik yillari o’tgan Buxoro shaxri Somoniylar davrining yirik madaniy markazi hisoblanar edi. Buxoroda ko’plab Madrasa, kasalxona nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo’lgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning munozaralarida yosh Ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqxdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdullox Notiliydan falsafa mantik, xandasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. Shundan so’ng Ibn Sino o’zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug’ullana boshlaydi. U Ayniqsa tip ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim berishgan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy bo’ldi. Ibn Sino so’ngra falsafani o’rganishga kirishadi. Ayniqsa, Arestotel falsafasini, uning “Metafizika" asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nars Forobiyning yozgan sharxi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi.
X asr oxiri - XI asr boshlariga kelib, o’lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. SHu tufayli Ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko’chib o’tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy boshqarayotgan "Ma’mun akademiyasida" ilmiy ish bilan shug’ullana boshlaydi. Xorazmda o’zining yirik asari - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish olib boradi.
Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talkin etgan. SHuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruhga , ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo’ladi. Nazariy guruh kishilarni o’zidan tashqaridagi borlik holati haqidagi bilimlarni egallashga yo’llasa, amaliy qism bizga bu duneda nima qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi.
U birinchi o’ringa etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dune qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Abu Ali Ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga dav’at etadi. CHunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonuniyatlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson kiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi. "Ey birodarlar! “Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir".
Talabaga bilim berish o’qituvchining mas’uliyatli burchidir. Shunga ko’ra Ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l-yo`riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosik, jiddiy bo’lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi.
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
- Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish zarur, deydi olim.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin berilgan. CHunki inson avvalo oilada kamolotga yetadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to’xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnat sevarligi bilan farzandlarini ham kasb va xunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari xunarmand, dexqonlar mehnatini ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham ahloqiy-estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa Ibn Sinoning tarbiya sohasidagi katta xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi.
Ibn Sino inson kamolotida aqliy, ahloqiy, jisomoniy tarbiyaning o’zaro aloqada amalga oshirishning ilmiy ta’limotini, usullarini yaratib, ta’lim-tarbiya sohasida o’z o’rniga ega bo’ldi.
Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug’laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini tinmay targ’ib qildi.
Ibn Sinoning inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina emas, balki mustaqil risolalarida ahloqiy masalalarni chuqur ilmiy-amaliy jihatdan ifodalagan , ilm-fan sohasida tarbiyashunos olim sifatida ham tadkik etish, o’rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling