Mavzu yuzasidan savollar
Temur davlatining gullab - yashnashiga nima sabab bo`ldi?
Nima uchun XIV - XVI asrni Sharq o`yg`onish davrining 2-davri deb atash mumkin?
Amir Temurning madaniyat, ilm - fan, san’at rivojiga qo`shgan hissasi qanday?
"Amir Temur o`gitlari" va "Temur tuzuklari"ni avval o`qiganmisiz, ularning ahamiyatini qanday tushunasiz?
Ulug`bekning riyoziyot va falakkiyot fanlari rivojiga qo`shgan hissasini qanday baholaysiz?
"Boburnoma"ning tarbiyaviy ahamiyati qanday?
24- mavzu.
XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAHRDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI (ABDURAHMON JOMIY, ALISHER NAVOIY, JALOLIDDIN DAVONIY, HUSAYN VOIZ KOSHIFIYLARNING TA’LIMIY-AXLOQIY QARASHLARI) ALISHER NAVOIYNING “MAHBUBUL QULUB” VA “HAYRATUL ABROR” ASARLARIDA TA`LIMIY-TARBIYAVIY QARASHLAR)
Reja
Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi.
Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari.
Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni.
Tayanch so`z va iboralar
Abdurahmon Jomiy, Abdurahmon Jomiyning “Tuhfat-ul-ahror” asari, Alisher Navoiy, “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari, Jaloliddin Davoniy, Davoniyning “Axloqi Jaloliy” asari, Husayn Voiz Koshifiy, , Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asar.
Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari. Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Jom shahrida tug`iladi, yoshligida ularning oilasi Hirotga ko`chib o`tadi. Maktab, keiyn Nizomiya madrasasida o`qiydi. Keyin Samarqandda uz ilmini oshiradi. U ko`p sohalar bo`yicha chuqur bilim oladi.
Jomiy 1469 yili Hirotda Navoiy bilan uchrashadi, do`stlashadi. 1472 yili Xajga boradi mashhur olimu mutafakkirlar bilan muloqotda buladi. 2 yillik safardan so`ng Hirotga qaytadi.
Jomiy 3 ta lirik devoni, 7 ta dostondan iborat "Xaft avrang", ta’lim - tarbiyaga oid "Bahoriston" asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan.
Ta’limiy axloqiy qarashlari "Bahoriston" va "Xaft avrang"ga kirgan "Tuxfat ul - axror", "Silsiltul zaxob" (Oltin tizmalar) asarlarida ifodalangan.
Jomiy inson kamolotining birinchi mezonini bilimlilika deb biladi. Kasb - hunarli bo`lishni ham kamolot mezoni deb biladi. U tarbiyaning roliga ham katta baho beradi. U insonda yaxshilik, saxiylik, shirinso`zlik, kamtarlik, sabr - qanoat, rostlik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga alohida e’tibor beradi.
Adib inson xirs va ta’madan uzoq bo`lishini istaydi. "It va gado" hikoyatida bu aks etadi. (It berganingga qanoat qiladi, gado esa qancha narsasi bo`lsa ham yana talab qilaveradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |