O’qitish tizimida o’zaro aloqadorlik. O’qitish jarayonini metodlar nuqtai nazaridan ko’rib chiqish lozim. Agar o’qish jarayoni ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish qobiliyatlarini hisobga olmasdan tashkil etilsa, unday holda o’qitish jarayoni samarasiz bo’ladi.
O’qitish jarayonining muhim komponenti. Beriladigan bilim mazmuni o’quv dasturi, davlat ta’lim standartida ko’rsatilgan bo’lib, uning tarkibini ijtimoiy maqsad, davlat buyurtmasi, pedagogik tizimining aniq maqsadlari belgilaydi. Pedagogik jarayonning faqat ta’limning mazmunliligigagina emas, balki uning qonuniyligiga ham ta’sir ko’rsatadi, chunonchi,
a) pedagogik jarayon sharoitiga qarab mazmun belgilanmasa, ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishlari qiyin kechadi hamda pedagogik jarayon bilan amaliyotiy sharoit o’rtasidagi bog’liqlik yo’qoladi.
b) guruhning shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqib o’qituvchi dasturga mantiqiy o’zgartirishlar kiritishi mumkin, biroq bunday holda ham pedagogik jarayonning o’zaro bog’liqligi buzilmasligiga e’tibor berishi kerak. O’quv jarayonining sifati butun pedagogik jarayon samaradorligiga bog’liq. Ma’lumot berishning pedagogik jarayoni – o’qituvchilarning ilmiy shakllanishi texnik va texnologik ishlab chiqarish bilimlarini shakllantirishdir. Pedagogik jarayonning tarbiyaviy funksiyasi doimiy o’qitish va tarbiyalashdan iboratdir. Ushbu pedagogik jarayonda o’qituvchi va ustaning vazifasi ta’lim oluvchida ijobiy sifatlarni rivojlantirish uchun tarbiyaviy choralarni maksimal qo’llashdan iborat. Tarbiyachi ta’lim oluvchilarda jamoaga intilish, do’stlik, intizom, rostgo’ylik, o’z ishiga javobgarlik kabi insoniy sifatlarni rivojlantirishga asosiy e’tiborni qaratadi. Buning uchun esa eng avvalo, murabbiyning o’zida shu sifatlar mujassam bo’lmog’i lozim.
Pedagogik jarayonning rivojlantiruvchanlik funksiyasi
Berilayotgan bilimlarni o’zlashtirish o’quv dasturida qayd qilingan ta’lim oluvchilar aqliy, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish borasidagi harakatlar ularning o’zlari tomonidan ham amalga oshirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |