O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 2.48 Mb.
bet239/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Darsdagi pedagogik takt. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarning asosiy sabablardan biri – bu o’qituvchining taktsizligidir deb aytib o’tdik. Ba’zi o’qituvchilar "nimaga jim o’tirolmaysan, tagingda mix bormi?" kabi ogohlantirishlarni normal holat deb hisoblashadi. Ba’zi o’qituvchilar darsga kirib o’quvchini ko’chada ko’rganligi kim bilan yurganligi va nima kiyinganini, ota-onasi qanday kishilaru, ular nima qilishayotganini kesatib aytib beradi. Ba’zan shundan qarama - qarshiliklar boshlanadi.
Nazokat (takt) darsning barcha bosqichlarida zarur. Ayniqsa, o’quvchilar bilimini baholash vaqtida bunga alohida e’tibor berish kerak. Javob berayotgan vaqtda gapni bo’lish "hech narsa bilmaysan", "bu gaplar nima uchun kerak?" kabi so’zlar bilan ularni to’xtatish mumkin emas. Ba’zi duduq o’quvchilar nazokatli o’qituvchi darsida yaxshi gapira olsa, taktsiz o’qituvchi darsida javob berishga qiynaladilar.
Barcha o’quvchilar ularning javobini e’tibor va hurmat bilan tinglovchi o’qituvchiga javob berishni xoxlashadi. O’quvchi gapirayotganda o’qituvchi ularni quvvatlab, qarashi, mimikasi bilan ma’qullab turishi kerak. Javobni befarq tinglasa yoki mensimay e’tibor bermasa o’quvchi shu o’qituvchiga javob berishdan qochadi
Mohir o’qituvchilar hatto duduqlanib javob berayotgan o’quvchini kamchiligini to’g’rilab boradilar. Taktsiz o’qituvchida esa, hatto qobiliyatli bola ham duduqlanib javob berolmasligi aniqlangan.
Barcha o’quvchilar, ularni diqqat va hurmat bilan tinglaydigan, javobni to’g’rilab, yo’llab turadigan o’qituvchiga javob berishni yoqtiradilar. Javob berayotgan o’quvchiga jilmayish, imo-ishora, bosh qimirlatish bilan ma’qullab turish juda ahamiyatlidir.
Nazokat o’quvchilarni baholash vaqtida juda muhim. Ba’zan o’qituvchi avval yaxshi javob bermagan o’quvchi yaxshi gapirib qolsa: "Sen meni hayron qoldirding, senga "4" baho qo’yishga majburman", - deydi. Aslida u o’qituvchi mvaffaqiyatidan mamnun bo’lishi kerak edi.
Ayniqsa, baho qo’yish payti nihoyatda mas’uliyatlidir. Bahoning psixologik ta’siri haqida B.G.Ananev: noto’g’ri qo’yilgan bahoning o’quvchiga salbiy ta’siri uch oygacha sezilib turishini aniqlagan. O’quvchilar faoliyatini baholashda V.A.Suxomlinskiy tajribasidan foydalanish juda e’tiborlidir. Uning baholash sistemasi asosan quyidagi asosda yaratilgan.
Bolaga funksional yondoshish emas, balki unga shaxs nuqtai nazaridan yondoshish (o’quvchi bo’lgandan keyin o’qib kelish kerakda, deb qarash noto’g’ri). «Mening o’quvchilarim, eng avvalo inson, bola, so’ngra esa o’quvchidir. Men unga qo’yadigan baho uning bilimlari o’lchovi emas, balki mening unga nisbatan insoniy munosabatimdir».
Baho o’quvchini kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashi zarur. U o’quvchi mehnatini rag’batlantirishi, lekin uning dangasaligi va qobiliyatsizligi uchun jazolash vositasi bo’lmasligi zarur.
Pedagogik takt o’qituvchi xulqining moslashuvchanligi - taktikani talab etadi. CHunki o’qituvchi bolalar oldida turlicha nazokatni talab qiluvchi turli rollarda chiqadi.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling