O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
O’qituvchilik sha’ni va qadr – qimmati
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
O’qituvchilik sha’ni va qadr – qimmati. Umuminsoniy va milliy ahloqning muhim fazilatlaridan biri insonlik sha’ni, qadr - qimmatidir. Kishining qadr - qimmati, avvalo, umumiy ishga qo’shayotgan hissasining salmog’i va sifati bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda inson o’z mehnatining salmog’i va sifati bilan, aqliy va jismoniy mehnatining samarasi bilan, ishbilarmonligi bilan qadrlanadi. halol mehnat kishining qadrini, izzat - hurmatini oshiradi. Kishi o’z mehnatining qadriga yetishi, u bajarayotgan ish jamiyatda ahamiyatli ekanligini tushunishi lozim. Kishining umumiy ishga qo’shayotgan hissasining salmog’i, u qaysi vazifani bajarayotganligida emas, balki, o’z ishini qanchalik yaxshi, sidqidildan bajarishiga bog’liq. Insonning qadr - qimmati uning mansabi, kasbi - koridan ko’ra ham ko’proq o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va hulq - atvoriga bog’liqdir.
Bu fazilat o’qituvchi odobida muallimning qadr - qimmati, sha’ni deb ataladi. U, avvalo o’qituvchidan o’z ishining ustasi, kamtar bo’lishni, shu bilan birga pedagoglar va o’quvchilar jamoasida o’zini tuta bilishini talab etadi. Sinfga maktab direktori, nazoratchi yoki boshqa kishilar darsni kuzatishga, tekshirishga kirgan paytlarida muallim «g’aflatda» qolmasligi lozim. Bunday paytlarda o’qituvchi, avvalo, o’z o’quvchilari oldida sinovdan o’tadi. Bunda o’qituvchi hovliqib, shoshilib qolsa, jahli chiqsa, o’z hulqini o’zgartirsa, o’quvchilar oldida uning burdi, qadri ketadi. Aksincha, muallim bunday hollarda o’zini mag’rur tutsa, darsni odatdagidek o’taversa, bolalarning hurmatini qozonadi. O’quvchilar bunday voqealarni uzoq vaqt esda qoldiradilar, gaplashib, o’rtoqlariga aytib yuradilar. U katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Muallim maktab rahbarlari, hamkasblari va boshqalar bilan muomala, munosabatda kibr - havoga berilmasa, manmanlik qilmasa yoki o’rinsiz itoatgo’ylik, hokisorlik, laganbardorlik qilmasa, uning o’quvchilar oldida obro’si, qadr - qimmati ortadi. O’quvchilar bilan muomalada ularning insoniy qadr - qimmatlarini hurmatlash, talabchanlikni insonparvarlik bilan uzviy bog’lay bilish, bolalarning qobiliyati va kuchiga ishonch bilan qarash, o’quvchilarga ular bajara oladigan va asta - sekin tobora murakkablashib boradigan vazifalar berish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu bolani shaxs sifatida va ahloqiy jihatdan shakllantirib boradi, yaramas hatti - harakatlardan, hulqi buzuqlik yo’liga kirib ketishdan asraydi, bola o’z kuchiga ishonib harakat qiladigan bo’ladi, yomon qiliqlardan o’zini kishining sha’ni — yuksak insoniy fazilat bo’lib, o’z - o’ziga bo’lgan munosabati, unga atrofdagi kishilar va jamiyatning munosabatini ham bildiradi. Kishining sha’ni — shaxsning xizmatlarini jamiyat tomonidan tan olinishidir. Sha’n, kishining sha’ni deganda odamning yoki u mansub bo’lgan ijtimoiy guruhning qadr - qimmatini, yaxshi nomi, obro’si, shuhrati, dong chiqarishi kabilar ham nazarda tutiladi (Oila sha’ni, olimlik sha’ni, o’qituvchilik sha’ni, rahbarlik sha’ni kabi), «Biz ona O’zbekiston istiqbolini, uning shonu - shavkatini qanday himoya etishni ota — bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog’imiz darkor»1. Sha’n tushunchasi bilan qadr — qimmat uzviy bog’liqdir. Qadr - qimmat kishi tevarak — atrofidagi odamlarning hurmatiga sazovor bo’lgani jamoatchilik tomonidan tan olinishidir. Kishining sha’ni va qadr - qimmatini oyok osti qilish mumkin emas. U bizning mamlakatimizda, davlatimizda qonun bilan ham, jamoatchilik fikri bilan ham himoyalanadi. Jamoaning sha’ni va qadr - qimmati, kasbning sha’ni va qadr - qimmati kabi tushunchalar odamlar ongida mustahkam qaror topsa, ayrim kishilarning sha’ni va qadr - qimmati ham tan olinadi. O’qituvchi odobida muallimning shuhratparastligi va manmanligi qoralanadi. Buning boisi shundaki, o’qituvchilik faoliyati avvalo, umumxalq baxt saodati uchun xizmat qilishga yo’naltirilgan. O’qituvchilik sha’nini jamoatchilik tan olgan bo’lishi kerak, aks holda uning ma’nosi qolmaydi. Muallimning sha’ni va qadr - qimmati uning xizmatlari va ahloqiy fazilatlarini jamoatchilik tomonidan tan olishini hamdir. Pedagoglik ishida boshqa kasblarga nisbatan sub’ektiv faktlar har bir kishining sha’ni va shaxsiy qadr - qimmatini e’tiborga olish ko’proq talab etiladi. O’qituvchi, avvalo, o’z qadr - qimmatini o’zi saqlay bilmog’i kerak, pedagoglar jamoasidagi urf - odatlar, an’analar, ahloqiy munosabatlar ham o’qituvchilik sha’ni va qadr - qimmatini asrashga qaratilmog’i lozim. Pedagoglik sha’ni va qadr -qimmati noto’g’ri tushunish ta’lim - tarbiya ishiga salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Masalan, ko’ra — bila turib o’quvchining bahosini oshirib qo’yish, maktabga nazoratchilar kelganda o’qituvchilarning faoliyati aktivlashib qolgan yoki hisobot uchun nomigagina tarbiyaviy tadbirlarning sonini ko’paytirish kabilar o’quvchilar tarbiyasiga salbiy ta’sir etadi, bu bolalarni qalbikichilikka o’rgatadi. O’quvchilar oldida o’qituvchining va jamoaning obro’siga ta’sir etadi. O’qituvchining pedagoglar jamoasi sha’nini o’quv yurti sha’nini saqlab qolaman deb sha’n, qadr - qimmat tushunchalarini noto’g’ri anglab qilgan hatti -harakatlari pedagogik odob normalarining buzilishiga olib keladi va o’quvchilar tarbiyasiga zarar yetkazadi. Bunday hodisalar ayrim hollarda uchrab turadi. O’qituvchi odobida sha’n, qadr — qimmat tushunchasi o’qituvchining pedagoglar jamoasida egallagan hurmatini bildiradi, SHu bilan birga o’quvchilar va ota — onalar orasidagi hurmatini ham ifodalaydi. Muallimning u o’quvchi qadr - qimmatini hurmat qilishi o’quvchilar orasida muallimlik hurmati va qadr - qimmatini oshirish shartlaridan biridir. Pedagoglik burchi hatti - harakatlari pedagogik odob normalarining muallimdan o’quvchilarda sha’n va qadr - qimmat hissini o’stirish talab etadi. Bu, o’z navbatida, bolalarga bo’lgan hurmatni ularga nisbatan ishonch va talabchanlik bilan bog’lab olib borishni taqozo qiladi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling