O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


O’qituvchi nutqining o’rinliligi


Download 2.48 Mb.
bet257/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

O’qituvchi nutqining o’rinliligi. O’rinlilik nutqning fazilatlari ichida eng muhimlaridan biridir. CHunki nutqning boshqa fazilatlari parcha uchun, nutq so’zlanib turgan sharoit uchun o’rinli bo’lsagina, o’zini ko’rsata oladi. Aks holda, to’g’rilik ham, ifodalilik ham anglashilmaydi. O’rinlilik nutqning ma’lum bir voqea-hodisaga, aloqaning maqsadi va sharoitiga moslab tuzilishidir. O’rinli nutq berilayotgan ma’lumotga, tinglovchilarning nutq so’zlanilayotgan paytdagi ruhiy holatiga mos bo’ladi. Masalan, nikoh to’yi kechasida aytilgan nutq bilan ish yuzasidan o’tkazilgan majlisda so’zlangan nutq o’z so’z tarkibi, qurilishi, uslubi, ohangi bilan bir-biridan keskin ajralib turadi. O’rinlilikka erishishning asosida tilning so’z boyligini egallash, har bir so’zning ma’no qirralarini chuqur anglash yotadi. So’zlovchi ayrim so’z, so’z birikmalari yoki iboralarining leksik ma’nolarini yaxshi anglamasdan nuqqa kiritganda, mazkur til vositalari muallif ko’zlagan ma’noni anglatmaganligi uchun maqsad to’liq yuzaga chiqmaydi, mantiqsizlik paydo bo’ladi:
Muloqot paytida suhbatdoshlarning shaxsiy ruhiy holatlari muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, so’zlovchining nutqi uning nutq so’zlanib turgan paytdagi ruhiy holatiga ko’ra turlicha leksik tarkibda va ohangda bo’lishi mumkin. Bunday nutq tinglovchiga ham turlicha ta’sir ko’rsatadi. Eng o’rinsiz nutq-qo’pol nutqdir. Qo’pol nutq tinglovchi kayfiyatini vayron qiladi va ruhiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’qituvchining o’quvchi bilan qo’pol muomalasi o’quv materialining yomon o’zlatirishiga sabab bo’lishidan tashqari, o’quvchilarni o’zidanbezdiradi hm. +o’pol so’zli o’qituvchini o’quvchilar yurakdan sevmaydilar, o’zlariga yaqin bilmaydilar. O’quvchilar sevmaydigan ustozning ishdagi yutug’i qanday bo’lishi hammaga ma’lum. SHuning uchun biz nutqimiz tinglovchiga qanday ta’sir etishi haqida, qo’polligi bilan jarohatlamayaptimi, qobiliyatini yerga urmayaptimi,- deb o’ylashimiz zarur.
Nutqning o’rinliligi ijtimoiy jihatdan juda muhim. CHunki, u bizning nutqiy xulqimizni boshqaradi.
Maqsadga muvofiq pedagogik nutq o’zining mantiqiyligi, ishonchliligi, qo’zg’atuvchanligi bilan xarakterlanadi.
Pedagogik nutqning funksiyalaridan biri - bilimni to’liq holda berilishini ta’minlashdan iboratdir.
O’qituvchi nutqining kommunikativ o’ziga xosligi bilan bilimni o’quvchilar tomonidan qabul qilinishi va esda qolishi o’rtasida to’g’ridan - to’g’ri aloqa bo’lib, nutq buni ta’minlashi yoki qiynlashtirishi mumkin.
O’qituvchining nutqi faqat axborot berib qolmay, o’quvchining ongi, sezgisiga ta’sir qilishi, ularni o’ylash faoliyatiga undashi kerak.
O’qituvchi nutqi ikkinchidan o’quvchining samarali o’quv faoliyatini, darsda samarali o’quv eshituini ta’minlashi kerak.
O’quvchi o’qituvchi nutqini eshita turib qator operatsiyalarni bajaradi: berilayotgan axborotni ko’rgazmali shaklda aniqlashtiradi, o’zidagi bilim bilan unga munosabat bildiradi, eslab qoladi, nutq mantiqini, fikrlar rivojini kuzatib boradi.
Ovoz tonining balandligi, tovushning yuqoriligi, bir xilda gapirish bolalarni charchatadi. O’quv - biluv jarayonning samarali bo’lishiga darsda o’qituvchi tanlagan kommunikativ xulq uslubi ham ta’sir qiladi. O’qituvchi ko’pincha "o’chir", "jim o’tir", "o’tir", "tugat", "yop" kabi norozilikni bildiruvchi so’zlarni ishlatadi, o’quvchi javobini bo’ladi, "har doimgidek hech narsa bilmaysan", "sen buni qayerdan ham tushunarding" kabi gaplarni aytadiki, bo’lar o’qituvchi o’quvchi munosabatini buzilishiga, aqliy faollik pasayishiga olib keladi.
Pedagogik nutqning uchinchi funksiyasi - o’qituvchi o’rtasidagi maxsuldor o’zaro munosabatni ta’minlashdan iborat.
O’qituvchi nutqi o’quvchi - o’qituvchi munosabatini boshqarish rolini ham bajaradi. Bu yerda hamma narsa ahamiyatli: o’qituvchi o’quvchilarga qanday murojaat qiladi, salomlashadi, talablarini qanday qo’yadi, qanday ogohlantiradi, hoxishini qanday bayon qiladi; nutqi impotensiyasi, yuz ifodasi, qarashi, ham bolaga ta’sir ko’rsatadi. Darsdan tashqari muloqotda bularning ahamiyati yanada katta bo’ladi. Ko’p narsa o’qituvchining individual muloqot uslubiga ham (qurquvga asoslangan, o’yinga, do’stona aloqaga asoslangan), muloqot doirasidagi ijtimoiy xarakterlariga ham bog’liq bo’ladi.
O’qituvchi nutqining xususiyati u avvalo o’quvchilarga qaratilgan va yo’naltirilgan bo’ladi. O’qituvchi monologi ham o’quvchilar bilan ichki dialog shaklida bo’ladi. Uning nutqida birgalikdagi ish uchun chaqiruv bo’ladi: "Birgalikda o’ylab ko’raylik", "O’ylaymanki, bu ishlar sizni qiziqtiradi", "siz albatta esladingiz" va boshqalar.
O’qituvchi og’zaki nutqining yana bir xususiyati, uning mazmuni o’quvchilar tomondan ikki kanal orqali tovush va vizual yo’l bilan qabul qilinadi. Vizual harakatlar o’qituvchi nutqining ta’sirchanligi, ifodaliligini oshiradi, u o’qituvchining kayfiyati haqida ham o’quvchilarga axborot beradi. SHuning uchun yosh o’qituvchi muloqotda o’zining tashqi ko’rinishini boshqara olish ko’nikmasini shakllantirishi kerak.
Og’zaki nutqning yana bir xususiyati uning improvizatsiya xarakterida ekanligidir. Tajribali o’qituvchi tekstga yoki konspektga qaramasdan gapiradi, o’quvchi uni tinglay turib, so’z va ifodalar birdan tug’ilayotganligini ko’radi. SHunday holat vujudga keladiki, guyoki o’qituvchi bu haqiqatni fikrlarini birinchi marta o’quvchilar bilan ochayotgandek bo’ladi.
O’qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo’lishi, o’quv materialini o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlash garovidir. Bolalar o’qituvchi nutqiga juda e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovushni noto’g’ri aytilishi kulgiga sabab bo’ladi. Bir ohangdagi nutq-tezda charchatadi. Individual suhbat paytidagi baland ovozdan o’quvchi o’zini aldanayotgandek his etadi. Bu o’qituvchga ishonchsizlik bilan qarash hislarini uyg’otadai. Ayrim mutaxassislar tovush va uning tembri tug’ma xususiyat deb aytishadi. Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovush sifatini o’zgartirish mumkinligini tasdiqlaydi. Bugungi kunda nutq texnikasi bo’yicha bir necha mashq komplekslari ishlab chiqilgan. Ular asosan teatr pedagogikasi tajribasiga asoslangan bo’lib, so’zlashish paytida nafas olish, tovush hosil qilish va uni ma’noli ifodalash malakalarini takomillashtiradi, bu esa o’qituvchiga o’z so’zi mazmunini o’quvchilarga yanada to’laqonliroq qilib yetkazishga imkon beradi.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling