O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 2.48 Mb.
bet334/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Oligofreniya yunoncha oligos — kam, oz fren — aql so‘zlaridan olingan bo‘lib, esi past, aqli past demakdir. Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar umrbod saqlanib qolish bilan boshqa anomal bolalardan farq qiladilar.
Amaliyotda "aqlan zaif", "oligofren", "demensiya" degan atamalar ko‘p ishlatiladi. "Aqlan zaiflik" — bu yig‘ma tushuncha bo‘lib, aqliy jihatdan qoloqlikning sodir bo‘lgan vaqti, boshidan kechirilgan kasallikning harakteri, patologik o‘zgarishlarning o‘tishi, darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘zda tutadi.
Aqliy qoloqlikni belgilashda klinik, psixologik va pedagogik mezonlarni tafovut qilmoq kerak. Klinik mezon — aqliy qoloqlik va bu markaziy nerv sistemasining qanday organik kasalliklariga aloqadorligini, psixologik mezon-bilish faoliyatining turg‘un buzilganligini; pedagogik mezon — o‘zlashtirish qobiliyati past bo‘lib, bolaning dastur materiallarini o‘zlashtira olmasligini ifodalaydi.

Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qornidaligi davrida, tug‘ilish vaqtida va tug‘ilgandan to uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga ko‘ra, aqlan zaiflik bolaning uch yoshidan keyingi davrida paydo bo‘lsa, buni endi orttirilgan aqliy zaiflik - demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressiv, ya’ni tabiatan kuchayib boradigan bo‘ladi. Oligofreniyada esa nuqsonning kuchayib borishi kuzatilmaydi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra oligofreniya tug‘ma, hamda orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Aqliy (intellektual) rivojlanishiga ko‘ra oligofreniya uch darajada namoyon bo‘ladi: 1) debillik; 2) imbetsillik; 3) idiotiya.
Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri buyuk Vatanimizning kelajagini yaratuvchi yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlarni tarbiyalashdir. Bu ishni amalga oshirishda, ya’ni sog’lom avlodni shakllantirish ishlarida oila asosiy o’rinni egallaydi.Bugungi kunda har bir oila bolaning unga bitilgan sog’lom tarbiya ertangi kun yaratuvchisini sog’lom bo’lib yetishishini ta’minlaydi. Respublikamizda nuqsonli bolalarga yordam ko’rsatish uch yo’nalishda: xalq ta’limi, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirliklari orqali olib boriladi.


Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling