O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHARQ UYG`ONISH DAVRIDA TA`LIM-TARBIYA. (FOROBIY, XORAZMIY, YUSUF XOS XOJIBLARNING TA`LIMIY-AXLOQIY QARASHLARI ) REJA
ADABIYOTLAR RO`YXATI
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., 1998y. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини бир галикда барпо этамиз. Тошкент - «Ўзбекистон» - 2016й, 12 б I.A. Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q». «Muloqot» jurnali. 1998. 5-son. Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1996. Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005. Ҳошимов К., C.Очил. Ўзбек педагогикаси антологияси. – Т.: Ўқитувчи, 1999. History of pedagogy. William Harold Payne. Gabriel Compayre Ulan Press, 2012.. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad. Odob durdonalari . —T.: O’zbekiston, 2007. Yo’ldoshev Z., S.Hasanov. «Avesto»da axloqiy-ta’limiy qarashlar.T. 1992 y. Qur’oni Karim. -T.: Cho’lpon, 1993. 22-23-Mavzu: SHARQ UYG`ONISH DAVRIDA TA`LIM-TARBIYA. (FOROBIY, XORAZMIY, YUSUF XOS XOJIBLARNING TA`LIMIY-AXLOQIY QARASHLARI) REJA: 1.Sharq uyg`onish davrida ijtimoiy va madaniy taraqqiyot 2.Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari 3.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning taraqqiyotga qo`shgan hissalari 4.Yusuf Xos Xojibning «Qutadg`u bilig» asarining tarbiyaviy ahamiyati 5.Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari. 6.Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar. 7.Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati. 1. VII asrdan keyingi pedagogik qarashlar va madaniyat haqida gapriganda shu narsaga amin bo`lamizki bu masalalar O`rta Osiyo tarixida islom dini g`oyalari bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki shu davrdan boshlab bizning yurtimizga ham islom dini g`oyalari kirib kela boshlagan edi. XII asrboshlarida islom g`oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o`z movqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt etishni boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, shuningdek,Eron, Kavkaz orti, Suriya,Shimoliy Afrika, Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi. 651 - 715 yillar davomida arablar Movarounnahrni egalladilar. Ular bosib olingan xalqlarni islom diniga kirita boshladilar. Arab tili ham yangi madaniyat tili bo`lib maydonga chiqdi. Arablar yunon fanini yutuqlaridan foydalandilar, faylasuflar asarlarini tarjima qildilar. Astronomiya, tibbiyot, kimyoga oid yirik asarlar arabchaga o`girildi. Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi: 1. Matematika tibbiyot yo`nalishi (Хorazmiy, Farg`oniy, Ibn Sino, Jurjoniylar asarlar yaratganlar). 2. Ijtimoiy - falsafiy yo`nalish, bunga falsafa, tarix, mantiq, ruhshunoslik, notiqlik fanlari kirgan (Forobiy, Ibn Sino, Narshaxiy). 3. Тa’limiy - axloqiy yo`nalish. Bunda adib va tarbiyashunos olimlar ta’limiy - didaktik asarlari misol bo`ladi. Sharq uyg`onish davri madaniyati fanlarning rivojlanishi, qomusiy olim, mutafakkirlar yetishib chiqishi bilan butun kishilik jamiyati rivojlanishining yuksak bosqichi haqida batafsil ma’lumotga ega bo`lishlari uchun «Pedagogika tarixi (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasi» 25-38- betlaridan, «Pedagogika tarixi (O.Hasanboyeva va boshqalar)o`quv qo`llanmasi» 38-39- betlaridan foydalanishlari mumkin. 2. Abu Nosr Forobiy (879-950) mashhur faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo`lgan. Uning axloq, tarbiya, sha’riyatga oid asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv yo`llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi asarlari mavjud. Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni guruhlarga bo`lgan va bunda ularning diniy mazxabga emas, balki avvalo, akliy iqtidoriga, ilm o`rganish va hayotiy tajriba to`plash jarayonida orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi. Forobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini ( O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Hamidov «Pedagogika tarixi»oliy o`quv yurtlari uchun darslikning 43-44 betlaridan foydaliniladi) har bir shaxs munosib inson kishilar bilan muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni o`rganadi. Forobiy bolaning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida «qattiq» yoki «yumshoq» usullardan foydalanish kerakligiga to`xtalib: -tarbiyalanuvchilar o`qish va o`rganishga moyil bo`lsa, ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul qo`llaniladi;- tarbiyalanuvchilar o`zboshimcha, itoatsiz bo`lishsa, qattiq usul qo`llanishi lozimligi haqida ham fikrlar bayon etish mumkin. 3. Muhammad ibn Muso al-Хorazmiy 783 yilda Хorazmning Qiyot mavzeida dunyoga kelib, 847-850 yillar oralig`ida Bog`dodda vafot etgan. Uning yoshligi va ilm olishi asosan Marv va Qiyot shaharlarida o`tgan. Хorazmiy Abu Bakr ar-Roziydan tabobat va Kimyo, Abu Nasr Farobiydan ilmi hujum, geografiya, riyoziyot va boshqa fanlarni o`rgangan. Хorazmiyning ta’lim borasidagi fikrlari har bir fanning qonun-qoidalarini va ularni o`qitish yo`llarini asoslagani «Pedagogika tarixi» (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasi 71-75- betlaridan, «Pedagogika tarixi» oliy o`quv yurtlari uchun darslikning (O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Hamidov) 39-41 betlaridan foydaliniladi hamda uning yozgan asarlari haqida ham fikrlar bildiriladi 4. Didaktik dostonchilikning asoschisi Yusuf Xos Hojibning birgina “Qutadg`u bilig” asari necha yuz yillar davomida pedagogikadagi eng noyob durdonalardan biri bo`lib hisoblanadi. “Qutadg`u bilig” kitobining nomlanishi haqida to`xtaladigan bo`lsak, “Qut” eski turkiy tilda “baxt”, ”baraka” ma`nolarini anglatadi.Bu so`z hozirgacha xalq tilida ishlatilib kelinadi. Masalan:”qut baraka arimasin”, “qutlaymiz”, “qutlug` bo`lsin” kabi. “Adg`u” so`zi esa – eltuvchi deganidir. “Adg`u” so`zining asli turkiy tilda “edg`u” tarzida uchraydi. “Bilig” so`zi esa “bilim” degan ma`noni anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, kitobning o`zbekcha nomi “Baxtga eltuvchi bilim” yoki “Baxtiyor etuvchi bilim”dir. Asar hijriy 462- yilda yozib tugatilgan bo`lsa, milodiy hisob bilan 1069-1070 yillarga to`g`ri keladi. Allomaning 73 bobdan iborat “Qutadg`u bilig” asarida so`zlash odobi, ilm o`rganishning foydasi, olimlarning jamiyatdagi o`rni, mehmondorchilikda o`zini tutish, halollik, poklik, rostgo`ylik, mehr-oqibat ya’ni asarning boshidan oxirigacha komil inson tarbiyasi haqida fikrlariga to`xtalib o`tiladi. Nazorat uchun savollar Sharq «Uyg’onish davri»da ta’lim-tarbiyaning mazmunini o’rganib mohiyatini aniqlang. (foydalanish); Sharq «Uyg’onish davr»dagi ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini asoslang (baholash); Sharq «Uyg’onish davri»da ta’lim-tarbiya hozirgi mustaqillik davr ta’lim-tarbiyaga uzviy bog’liqligini taqoslab ko’ring (baholash); Abu Nasr Forobiyning pedagogika taraqqiyotiga qo’shgan hissasini mohiyatini izohlang. (tushuntirish) Abu Nasr Forobiyning pedagogik fikrlarini hozirgi zamon pedagogikasi uzviybog’liq tomonini taqqoslang. Qaysi davrni Sharq uyqonish davri deb ataymiz va nima uchun? Al Хorazmiy va uning didaktik qarashlari haqida gapirib bering. Forobiyning qaysi asarlarida ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari bayon etilgan? Yusuf Хos Хojibning "Qutadg`u bilig" asarida ilm va bilimdonlikning ulug`lanishini ko`rsatib bering. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling