2.4.1-o‘quv elementi. . XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya va maktab va pedagogik fikrlar rivoji
Nazariy blok. Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnihatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida. Muhammad Sodiq Qosh-g’ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.
Muammoli blok. Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklaridagi ta’lim muasssasalari hamda o‘qitish tizimini qiyosiy tahlil etish. “Axloqi Jaloliy” va “Odob as-solihin” asarlari g’oyasidagi umumiylik va o‘ziga xosliklarini qiyosiy tahlil etish.
Mustaqil ta’lim bloki. “O‘zbek pedagogkasi antologiyasi”ning 416-429 betlarini o‘qib, konspekt yozish. Muhаmmаd Sоdiq Qоshg’аriyning “Yaxshi kishilаr оdоbi” asarini o‘qib, annotatsiya yozish.
2.5-submodul. XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-yarmida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
2.5.1-o‘quv elementi. XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
Nazariy blok. XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi. Chor Rossiyasining ta’lim siyosati. Turkistonda maktablar tizimi. V.P.Nalivkinning ta’lim rivojidagi xizmati. Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi. Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma'rifatparvarlik xizmatlari.
Muammoli blok. Yangu usul maktablaridagi o‘qitish tizimi va mazmunini qiyosiy tahlil etish. Mustaqil ta’lim bloki. “Pedagogika tarixidan xrestomatiya”ni, o‘qib, Munavvar Qori Abdurashidxonovning pedagogik qarashlarini konspekt qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |