O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi


Download 1.42 Mb.
bet3/5
Sana23.12.2022
Hajmi1.42 Mb.
#1048117
1   2   3   4   5
Bog'liq
sanoat asliddin

5. Konstruktiv qism
Loyihalanayotgan binoning asosiy konstruktiv elementlari kuyidagilardan tashkil topgan:
a) Ustunlar
Loyihalanayotgan binoda ustunlar yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan loyixalangan. O‘zaro parallel holda loyihalangan kengligi 18 metr va balandligi 7.2 metr bo‘lgan prolyotlarning chekka qatorlari uchun, bo‘ylama yo‘nalishda ustunlarning qadami 6 metr ekanligini hisobga olgan holda KP 72-1 markali ko‘ndalang kesimi 400x400 mm bo‘lgan ustun konstruksiyasi tanlab olingan. Loyihalanadigan prolyotlarning o‘rta qator ustunlari uchun KP 72-1 markali ko‘ndalang kesimi 400x400 mm bo‘lgan ustun konstruksiyasi tanlab olingan.
Loyihalanadigan binoning ko‘ndalang tomon devorlarini mahkamlash uchun A,B, va C bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha o‘zaro parallel tarzda joylashgan prolyotlarning 1- 11 o‘qlari bo‘yicha KF11- I markali faxverk ustun konstruksiyasi tanlab olingan.



Qo‘llanilgan ustun konstruksiyalarining barcha o‘lchamlari kurs loyihasi chizma qismining “TeMIR BeTON KONSTRUKSIYaLAR RO‘YXATI” da keltirilgan.
b) Poydevorlar
Loyihalanayotgan binoda poydevorlar yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan loyihalangan. Binoning cho‘kish choki loyihalangan 8-ko‘ndalang o‘qida poydevorlar yaxlit tarzda loyihalangan.

A ,B,C bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha o‘zaro parallel tarzda joylashgan prolyotlarning 400x400 mm kesimga ega bo‘lgan chekka va o‘rta qator ustunlari uchun ikki qavatli to‘shamaga ega bo‘lgan FB 5-1 markali poydevor konstruksiyasi tanlab olingan. Qo‘llanilgan poydevor konstruksiyalarining barcha o‘lchamlari kurs loyihasi chizma qismining “TeMIR BeTON KONSTRUKSIYaLAR RO‘YXATI” da keltirilgan.





v) Tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari
Loyixalanayotgan binoda tomning yuk ko‘taruv elementlari yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan loyixalangan. A,B, va C bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha o‘zaro parallel tarzda joylashgan prolyotlar uchun tomning yuk ko‘taruv konstruksiyasi sifatida ikki nishabli kengligi 18 metr bo‘lgan FB 24 I-1 markali ferma konstruksiyasi tanlab olingan.
Qo‘llanilgan tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalarining barcha o‘lchamlari kurs loyihasi chizma qismining “TeMIR BeTON KONSTRUKSIYaLAR RO‘YXATI” da keltirilgan.




Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling